toggle_night_mode
Oʻzbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 23 sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 292]
1. SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1999-yil 16-fevraldagi 11-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.13-99 “Qozonxonalarni oʻrnatish” qurilish meʼyorlari va qoidalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2002-yil 17-apreldagi 19-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.13-99 “Qozonxonalarni oʻrnatish” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. S. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-avgust,
01/2-58-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 6-avgust
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 2-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 16-avgust
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 14-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 22-avgustdagi 01/2-58-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) bugʻ bosimi 4 MPa dan va suv harorati 200 °S dan oshmagan bugʻ yoki suv isitish hamda bugʻ-suv isitish qozonlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Mazkur SHNQ talablari issiqlik elektr stansiyalari, koʻchma, elektrod, qozonlar-utilizatorlar, yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilarga ega hamda texnologik maqsadiga koʻra boshqa turdagi qozonlar va kvartiralarning isitish qozonxonalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, qurilish reglamentlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, qurilish reglamentlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga havolalar keltirilgan:
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovod va kanalizatsiyasi”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti: Tashki tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyiha meʼyorlari”;
SHNQ 2.04.14-22 “Asbob-uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni issiqlik himoyalash”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.09.02-19 “Sanoat binolari”;
SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari”;
QR 05.06 “Elektrotexnik qurilmalar”;
QR 05.07 “Avtomatlashtirish tizimlari”;
SanQvaN 0318-15 “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv manbalaridagi suvni himoya qilish boʻyicha gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar (rasmiy manba: Gigiyenicheskiye i protivoepidemicheskiye trebovaniya k oxrane vodi vodoyemov na territorii Respubliki Uzbekistan)”;
OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”;
GOST 16860-88 “Termik deaeratorlar (rasmiy manba: Deaeratori termicheskiye)”;
GOST 20995-75 “Bugʻ bosimi 4 MPa gacha boʻlgan statsionar qozonlar. Isteʼmol suvi va bugʻning sifat koʻrsatkichlari (rasmiy manba: Kotli parovie statsionarnie davleniyem do 4 MPa. Pokazateli kachestva pitatelnoy vodi i para”.
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama, taʼriflar va qisqartmalardan foydalanilgan:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
qozonxona — bino va inshootni issiqlik bilan taʼminlash uchun moʻljallangan inshoot;
tomdagi qozonxona — bino tomida yoki chordogʻida joylashgan inshoot.
3. Ushbu SHNQda quyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:
EQOʻQ — elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari;
RSQ — Reduksiyaviy sovitgich qurilmalari;
RQ — reduksiyaviy qurilmalar;
SQ — sovitish qurilmalari.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Bugʻ bosimi 0,07 MPa dan ortiq va suv harorati 115 °S dan ortiq qozonxonalarni loyihalashda mazkur SHNQ talablariga rioya qilish kerak.
5. Tomdagi qozonxonalar uchun suyuq yoki qattiq yoqilgʻidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Qozonxonalar funksional maqsadiga koʻra quyidagicha toifalanishiga yoʻl qoʻyiladi:
markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimida markaziy;
markazlashtirilmagan issiqlik taʼminoti tizimida avtonom.
7. Qozonxonalar maqsadiga koʻra quyidagi turlarga ajratiladi:
isitish — isitish, ventilyatsiya tizimlarini issiqlik bilan taʼminlash va issiq suv taʼminoti uchun;
isituvchi va ishlab chiqaruvchi — isitish, ventilyatsiya tizimlarini issiqlik bilan taʼminlash, issiq suv taʼminoti va texnologik isitish taʼminoti uchun;
ishlab chiqaruvchi — texnologik isitish taʼminoti uchun.
8. Qozonxonalar joylashtirilishiga koʻra quyidagi turlarga ajratiladi:
alohida joylashgan;
binolar yonida joylashgan;
binolar ichida joylashgan;
tomda joylashgan.
9. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari uchun binolar yonida joylashgan, binolar ichida joylashgan yoki tomda joylashgan qozonxonalarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
10. Qozonxonalar qozonxona devoridan yaqin deraza yoki eshiklar oʻrinlarigacha boʻlgan masofa kamida 2 m, qozonxona yopmasidan tiklik boʻyicha yaqin deraza va eshik oʻrinlarigacha boʻlgan masofa esa kamida 8 m boʻlishi kerak.
11. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari uchun qozonxonalarning bugʻ bosimi 0,07 MPa gacha va suv harorati 115 °S gacha boʻlgan tomda joylashgan qozonlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, tomda joylashgan qozonxonaning issiqlik quvvati 5 MWt dan ortiq boʻlmagan holda binoning issiqlikka boʻlgan ehtiyojidan oshmasligi kerak.
12. Portlash va yongʻin xavfsizligiga koʻra A va B toifali ishlab chiqarish binolari hamda omborxonalar ustida tomda joylashgan qozonxonalarni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Turar joy obyektlari uchun bino yonida joylashgan va tomda joylashgan qozonxonalarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, qozonxonalarni suv harorati 115 °S gacha va ishchi bosimi 0,4 MPa gacha boʻlgan suv isitkich qozonlarini qoʻllagan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
14. Tomda joylashgan qozonxonaning issiqlik quvvati binoning issiqlikka boʻlgan ehtiyojidan oshmasligi va 3,0 MWt dan ortiq boʻlmasligi kerak.
15. Qozonxona tashqi devoridan turarjoy obyektlari derazasigacha 4 m dan kam, qozonxona yopmasidan esa yaqin derazagacha 8 m dan kam masofada boʻlgan kirish yoʻlaklari va devorning deraza oʻrni tomonidan turar joy obyektlariga bevosita tutashtirib quriladigan qozonxonalarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Tomda joylashgan qozonxonalarni bevosita turar joy obyektlari yopmalarida (turar joy obyektlarini tom yopmalari qozonxona poli uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi), shuningdek turar joy obyektlari bilan birgalikda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Turar joy obyektlari ichida qozonxonalar qurilishini loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Jamoat, maʼmuriy va maishiy binolar uchun bino yonida joylashgan, bino ichida joylashgan hamda tomda joylashgan qozonxonalarni loyihalashga quyidagilar qoʻllanilganda yoʻl qoʻyiladi:
suv isitish harorati 115 °S gacha boʻlgan suv isitish qozonlari;
(t—100) V<100 shartini qanoatlantiruvchi toʻyingan bugʻ bosimi 0,07 MPa boʻlgan bugʻli qozonlar. Bu yerda:
T — hisobiy bosimda toʻyingan bugʻ harorati, °S;
V — qozonning suv sigʻimi m3.
19. Qozonxonalarni binolarning old tomoniga qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Qozonxona binosining devoridan eng yaqin derazagacha boʻlgan masofa yotiq boʻyicha kamida 4 m, qozonxona tom yopmasidan yaqindagi derazagacha tik boʻyicha kamida 8 m boʻlishi kerak.
Bunda, xona ostida va ustida birgalikda bir vaqtning oʻzida 50 dan ortiq kishi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Maktabgacha taʼlim va taʼlim tashkilotlari, davolash profilaktika muassasalari, kasalxonalar, sanatoriyalar va yotoqxona hamda dam olish muassasalari binolarining tomida, ushbu binolar yonida yoki ularning ichida qozonxonalarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Qozonxonalar uchun yonilgʻi omborlaridan tashqari, ularga yonma-yon holda yonuvchi xom-ashyolar omborlarini joylashtirib loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Jamoat binolari (foye va tomosha zallari, doʻkonlar, taʼlim muassasalarining xonalari va auditoriyalari, oshxona zallari, restoranlar, hammomlarni yechinish va dush xonalari hamda shu kabilar) va yonuvchi xom-ashyo omborlari ostida qozonxonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Issiqlik isteʼmolchilari quyidagicha toifalarga boʻlinishi kerak:
birinchi toifa isteʼmolchilari — shifoxonalar, tugʻruqxonalar, bolalar tunu-kun boʻladigan taʼlim muassasalari, sanʼat galereyalari, kimyoviy va maxsus ishlab chiqarish inshootlari, shaxtalar.
ikkinchi toifa isteʼmolchilari — turarjoy obyektlari va jamoat binolari (12 °C gacha), sanoat binolari (8 °S gacha);
uchinchi toifa isteʼmolchilari — boshqa barcha isteʼmolchilar.
25. Qozonxonalar quyidagi toifalarga boʻlinishi lozim:
birinchi toifadagi qozonxonalar — issiqlik energiyasining zaxira manbalariga ega boʻlmagan birinchi toifadagi isteʼmolchilarni taʼminlovchi issiqlik taʼminoti tizimining yagona issiqlik energiyasi manbai boʻlgan qozonxonalar;
ikkinchi toifadagi qozonxonalar — boshqa barcha qozonxonalar.
26. Issiqlik isteʼmolchilarining toifasi loyihalash topshirigʻida belgilanishi kerak.
27. Qozonxona uskunalarini hisoblash va tanlash uchun issiqlik yuklamalari uchta rejimda barqaror ishlay olishi taʼminlanishi kerak:
maksimal, qishda — eng sovuq besh kunlik davrda oʻrtacha tashqi havoda (hisoblangan parametrlar B);
oʻrtacha, eng sovuq oyda — eng sovuq oyning oʻrtacha tashqi havoda;
minimal, yozda — iliq davr tashqi havosining hisoblangan haroratida issiq suv taʼminotining minimal yuklamasida (hisoblash parametrlari A).
Tashqi havo harorati SHNQ 2.01.01 boʻyicha qabul qilinishi kerak.
28. Qozonxonaning hisobiy quvvati issiq suv taʼminotini loyihalash QMQ 2.04.01-98 ga binoan aniqlanuvchi va qishki eng katta tartibdagi isitish va shamollatishga soatdagi issiqlik sarfi yigʻindisi bilan aniqlanishi lozim.
Hisobiy quvvat aniqlanayotganda qozonxona xam qozonxonaning oʻz ehtiyoji uchun issiqlik sarfi va qozonxonada hamda issiqlik tarmoqlarida issiqlik yoʻqolishini hisobga olish kerak.
29. Qozonxonaga oʻrnatiladigan qozon agregatlarining soni va har donasining quvvatini qozonxonaning hisoblangan quvvatiga qarab tanlash, bunda qozonxona agregatlari ish rejimi yilning iliq davri uchun tekshirilishi lozim.
30. Birinchi toifadagi qozonxonalarda eng yuqori quvvatli qozon ishdan chiqqan hollarda qolgan qozonxonalar birinchi toifadagi isteʼmolchilarga issiqlik energiyasini yetkazib berishi kerak.
31. Qozonxona toifasidan qatʼiy nazar birinchi qozon ishdan chiqqan hollarda ikkinchi va uchinchi toifadagi isteʼmolchilarga chiqarilgan issiqlik energiyasining miqdori ushbu SHNQning 1-jadvalida koʻrsatilgan miqdorlarda taʼminlanishi kerak.

1-jadval

Isitishni loyihalash uchun tashqi havoning hisoblangan harorati, °S

Minus 10

Minus 20

Minus 30

Issiqlik yetkazishda yoʻl qoʻyiladigan kamayishi, foiz

78

84

87

Izoh: Ushbu koʻrsatkichlar 0.92 taʼminlanganlik bilan eng sovuq besh kunlik davrning tashqi haroratiga mos keladi.
32. Qozonxonaga oʻrnatiladigan qozonlarning eng koʻp soni texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida aniqlanishi lozim.
Qozonxonalarda kamida ikkita qozon oʻrnatishni taʼminlash kerak.
Issiqlik ishlab chiqarishi 100 kVt gacha boʻlgan ikkinchi toifali qozonxonalarda va ikkinchi toifadagi ishlab chiqarish qozonxonalarida texnik-iqtisodiy asoslangan hollarda bitta qozon oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
33. Qozonxona loyihalarida blokli transportabel koʻrinishdagi toʻliq zavod va montaj tayyor holatiga keltirilgan ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan yetkazilgan qozonlar, ekonomayzerlar, havo isitkichlar, kul yigʻuvchilardan foydalanish lozim.
34. Qozonxona loyihalarida quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
yuqori tayyorgarlikdagi qozonlar, ekonomayzerlar, havo isitkichlar, kul tutgichlar va bloklab harakatlanuvchi boshqa jihozlarni;
quvuroʻtkazgichlar va gaz-havo quvurlarni yiriklashtirilgan yigʻma bloklarini;
quvuroʻtkazgichlar va oʻzaklar bilan harakatlanuvchi yigʻma bloklarda toʻplash yoʻli bilan yordamchi jihozlarni oʻzaro texnologik bogʻlovchi yirik guruhlarni.
35. Ochiq maydonlardagi binodan tashqaridagi qozonxonalarda purkab tortgich mashinalar, kul tutgichlar, deaeratorlar, dekarbonizatorlar, tiniqlashtirgichlar, turli mohiyatli baklar, qoramoy isitkichlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, quvuroʻtkazgichlar va oʻzaklarni muzlashdan himoyalashni taʼminlash boʻyicha tadbirlar, shuningdek atrof-muhitni ifloslanishdan va shovqindan himoyalash boʻyicha tadbirlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
36. Loyiha topshirigʻiga koʻra chang purkaydigan tumanlar uchun purkab tortish mashinalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
37. Qozonxonaning texnologik sxemasi va jihozlarini toʻplashda quyidagilarni koʻzda tutishi lozim:
texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, jihozlarga xavfsiz va qulay xizmat koʻrsatishni;
jihozlarni navbat boʻyicha oʻrnatishni;
kommunikatsiyaning eng qisqa uzunligini;
taʼmirlash ishlarini mexanizatsiyalash uchun samarador shartlarni;
taʼmirlash ishlari olib borilayotganda jihozlar tugunlarini va quvuroʻtkazgichlarni tashish uchun qozonxonaga polda yuruvchi qurilmaning (avtotashuvchi, elektr karalar) kirish imkoniyatlari.
38. Ogʻirligi 50 kg dan ortiq jihoz tugunlari, oʻzaklari va quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlash uchun yuk koʻtargich qurilmalarni (elektr karalar, avtokranlar) koʻzda tutish lozim.
39. Yuk koʻtargich qurilmalarni (elektr karalar, avtokranlar) qoʻllash bilan jihozlarga xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan taqdirda, doimiy yuk koʻtargich mexanizmlarni (tallar, telferlar, osma va koʻprikli kranlar) koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
40. Ochiq maydonlarda oʻrnatiluvchi jihozlarni taʼmirlashni taʼminlash uchun yer usti relssiz kranlarni koʻzda tutish lozim.
41. Qozonxonalarda taʼmirlash hududlari yoki jihozlar, oʻzaklar, nazorat va sozlash asboblarini joriy taʼmirlarini olib borish uchun xonalar loyihalanishi kerak.
42. 0.7 MPa dan oshmagan bugʻ bosimi va suv harorati 115 ⁰S dan yuqori boʻlmagan bugʻ va issiq suv qozonlari boʻlgan qozonxonalarni loyihalashtirishda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
qozonlar orasidagi, shuningdek qozonlar va xonaning orqa devori orasidagi oʻtish joyi kengligi ishlab chiqaruvchining tavsiyasiga koʻra belgilanishi kerak. Bunday maʼlumotlar boʻlmasa, qozonxonalar va xona devori orasidagi oʻtish joyi kengligi kamida 1 m boʻlishi;
qozonlarning alohida chiqib turgan qismlari orasidagi, shuningdek bino, zinapoya, ish maydonchalari va boshqa boʻrtib chiqqan inshootlarning chiqib turgan qismlari orasidagi oʻtish joyi kengligi 0,7 m dan kam boʻlmasligi;
yonboshidan xizmat koʻrsatishni talab qiluvchi qozonlarni oʻrnatishda qozonxonalar orasidagi yoki qozon va xona devori orasidagi oʻtish joyi kengligi kamida 1.5 m boʻlishi;
qozonlarga zarur yonboshidan xizmat koʻrsatilmaganida qozonlar yoki chetdagi qozon va qozonxona devori orasida kamida bitta oʻtish joyi boʻlishi;
oʻtish joylarining kengligi, shuningdek qozon va xonaning orqa devori orasidagi kenglik 1 m dan kam boʻlmasligi;
qozonlarni devor yoki ustunlar yaqinida oʻrnatishda qozonlarning astari qozonxona devoridan kamida 0,7 m uzoqlikda boʻlishi.
43. Qozonlar old qismi yoki qozonlar oʻtxonalarining chiqib turgan qismlari oʻrtasidagi masofa (bir-biriga qarama-qarshi joylashgan) 5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
44. Suyuq yoki gazsimon yoqilgʻida ishlaydigan qozonlar uchun qozonlar old qismi orasidagi masofa kamida 4 m, gorelkalar orasidagi masofa esa kamida 2 m boʻlishi kerak.
45. Nasoslar, ventilyatorlar hamda qozonlarning bir smenadan uzoq boʻlmagan muddatga moʻljallangan qattiq yonilgʻi zaxiralarini qozonlarning old qismida joylashtirayotganda qozon oldi boʻylab erkin oʻtish joylari kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi, oʻrnatilgan jihoz va yonilgʻi oʻtxonalarga xizmat koʻrsatishda xalaqit bermasligi va kamida 1,5 m boʻlishi lozim.
46. Blok-modulli qozonxonalar va doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishlamaydigan qozonxonalar uchun oʻtish joylari oʻlchamlari blok-modulning konstruktiv xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanishi kerak.
47. Qozonxona bino (xona) va inshootlarining portlash, portlashdan yongʻin va yongʻin xavfsizligi hamda olovga bardoshlik darajasi boʻyicha ishlab chiqarish toifasini mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
4-bob. Qozonxonalarning bosh rejalari
48. Qozonxonalarning bosh rejalari ushbu bobning talablarini hisobga olgan holda SHNK 2.07.01 ga muvofiq belgilanadi.
49. Qozonxonalar qurish uchun yer uchastkalari issiqlik taʼminoti chizmasi, shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining rejalashtirish va rivojlantirish loyihalari, korxonalarning bosh rejalari, umumiy obyektlari (sanoat tarmoqlari) boʻlgan korxonalar guruhlarining umumiy rejalariga muvofiq tanlanishi kerak.
50. Turar joy hududida joylashgan qozonxonalar yer maydoni oʻlchamlari SHNQ 2.07.01 talablariga muvofiq olinishi kerak.
Katta quvvatli qozonxonalar uchun yer uchastkalarining oʻlchami loyiha boʻyicha aniqlanishi lozim.
51. Qozonxona bosh rejasi temir va avtomobil yoʻllari joylashuvi, muhandislik tarmoqlari va tuman (kvartal, uzel) rivojlanishining umumiy chizmasi bilan bogʻliq holda va meʼmoriy talablarni hisobga olib, eng oqilona texnologik bogʻlanishlarni inobatga olgan holda qabul qilinishi kerak.
52. Havo kemalarining uchish xavfsizligiga tahdid solishi yoki aerodrom xizmatlari radio texnikasi normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan qozonxona va uning tuzilmalari joylashgan joyi maydonlarining oʻlchamlari SHNQ 2.09.02 talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
53. Qozonxona bosh tarhini loyihalashda omborlar, shuningdek qurilish-yigʻish ishlarini olib borish davrida zaruriy boʻlgan vaqtincha inshootlarining yiriklashgan yigʻma maydonchalarni joylashtirish imkoniyatlarini koʻzda tutish lozim.
54. Qozonxonalarni loyihalashda quyidagi asosiy texnologik obyektlar nazarda tutilishi kerak:
maʼmuriy va maishiy binolarga ega boʻlgan asosiy bino;
yoqilgʻi xoʻjaligi hamda kul va shlakni olib ketish obyektlari;
transformator podstansiyasi;
gazni nazorat qilish punkti;
kondensat yigʻish va nasos yordamida boshqa joyga oʻtkazish stansiyasi;
issiq suv taʼminoti akkumulyator-baklari (zarur hollarda);
suv tayyorlash va reagent xoʻjaligi obyektlari;
loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadigan qozonxonalar faoliyatiga moʻljallangan boshqa obyektlar.
55. Suyuq yonilgʻi omborlari va suyultirilgan uglevodorod gazi rezervuarlari sigʻimi ikkinchi toifadagi omborlar uchun belgilangan SHNQ 2.07.01 ga asosan belgilanadi.
56. Bino yonida va bino ichida joylashgan qozonxonalarning tashqarisida qattiq va suyuq yonilgʻini saqlash uchun yopiq omborlar joylashtirilishi kerak.
57. Qozonxona bosh rejasida issiq suv akkumulyator-baklarini joylashtirish, ularni qurish, montaj va taʼmirlash ishlarini bajarish qulayligini taʼminlash lozim.
58. Qozonxona hududi boʻylab issiq suv oqib ketishini oldini olish maqsadida baklarning barcha guruhlari hududdan ajratilgan boʻlishi kerak.
Bunda, har bir issiq suv akkumulyator-baklari atrofida toʻkilgan toshlar va zarar yetkazilgan bakdan oqib tushadigan issiq suv tushishi uchun kanalizatsiyaga oqadigan toʻsilgan joy boʻlishi kerak.
59. Qozonxonalar toʻsiq devorlarini SHNQ 2.07.03 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
60. Sanoat korxonalari maydonlarida joylashgan qozonxonalarning bino va inshootlarida toʻsiq devorlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
61. Qozonxona maydoni chegarasidan tashqarida yonilgʻi uzatishni boʻshatish qurilmalari, yonilgʻi omborlari, qoramoy, kondensat yigʻish va tortish stansiyalari, issiq suv taʼminotining akkumulyator-baklari, nasos stansiyalari va yongʻinga qarshi hamda ichimlik suv taʼminoti sigʻimlari, kul shlak uyumlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, qora moy, issiq suv taʼminoti akkumulyator-baklari, yongʻinga qarshi va ichimlik suv taʼminoti sigʻimlari toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
62. Qozonxona hududidan suv chetlatish tizimini ochiq, qurilish sharoitida esa, qozonxona joylashgan mintaqa yoki korxonaning ishlab chiqarish va yomgʻir suv-oqova tarmoqlari bilan bogʻlik ravishda loyihalash lozim.
63. Neft va neft mahsulotlari omboridan masofani SHNQ 2.09.19 talablariga muvofiq qabul qilish lozim.
64. Kul-shlak tashlash joylari chiqindisiz texnologiya yordamida qurilish ehtiyojlari uchun kul va shlakni murakkab qayta ishlash imkoniyatini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
Bunda, kul va shlakdan foydalanish mumkin boʻlmasa, kul-shlak tashlash joylari quyidagi shartlarga koʻra loyihalanishi kerak:
kul-shlak tashlash maydonlari oʻlchamlarini olishda qozonxona ishlash muddati 25 yildan kam boʻlmasligini moʻljallash lozim. Bunda, qozonxonani 10 yil davomida ekspluatatsiya qilishni koʻzda tutgan qurilishning birinchi navbati ajratib koʻrsatiladi;
kul-shlak tashlash joylari qozonxona yaqinida qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz yer maydonlariga joylashtirilishi kerak;
kul-shlak tashlash joylari uchun pastliklar, jarlar, botqoqliklar, hosil boʻlgan karyerlardan qurilish maydonining istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda foydalanish lozim.
65. Shlak va kulni toʻkish joyiga tashish atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Kul-shlak tashlash joylarida suv havzalarini yomgʻir va sel suvlari bilan kul va shlaklarni yuvilishdan hamda shamol eroziyasidan himoya qilish choralari koʻrilishi kerak.
66. Qozonxonalar uchun yoqilgʻini yetkazib berish yoki kul va shlakni avtomobil vositasi orqali olib chiqishda qozonxona maydonini tashqi avtomobil yoʻl tarmogʻi bilan bogʻlovchi asosiy avtomobillar kiradigan yoʻl ikkita harakatlanish chizigʻiga ega boʻlishi yoki halqasimon yoʻlli boʻlishi kerak.
67. Loyihalarda qozonxonaning bino va inshootlariga hamda ochiq maydonlarda oʻrnatiluvchi jihozlarga yuk avtomobili harakatlanishi imkoniyatlarini koʻzda tutish kerak.
5-bob. Hajmiy tarxlash va konstruktiv yechimlar
68. Qozonxonalar binolari va inshootlarini loyihalashda mazkur bob talablariga amal qilish lozim.
69. Qozonxonalarni loyihalashda barcha bino va inshootlarni bir meʼmoriy va majmua yechimlari old koʻrinishi hamda jihozlar oddiyligi va jozibaligi taʼminlanishi, shuningdek qurilmalar va pardoz ashyolarining tejamkorlarini qoʻllashni koʻzda tutish lozim.
70. Qozonxona bino va inshootlarining oraliq oʻlchamlarini 6 m karrali qabul qilish lozim.
Loyiha topshirigʻiga koʻra 3 m karrali oraliq oʻlchamlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Javonlar oraliq oʻlchamlarini 1,5 m karrali qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
71. Ustunlar oraligʻini 6 m qabul qilish lozim.
Loyiha topshirigʻiga koʻra ustunlar oraligʻini 12 m etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
72. Qurilgan yuqorigi javonlar yoki jihozlar ostidagi maydonchalar balandligini 0,3 m karrali belgilab qabul qilish lozim.
73. Qozonxona binolarini bir yoʻnalishdagi oraliq bilan loyihalash kerak.
74. Qozonlar ustiga xonalar qurish va tomlar yopishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur talab ishlab chiqarish binosida oʻrnatilgan qozonlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
75. Sanoat binolarida qozonlarni oʻrnatish joyi xonaning qolgan qismidan qozonning butun balandligi boʻylab yonmaydigan boʻlinmalar bilan, lekin 2 m dan kam boʻlmagan eshiklar qurilmasi bilan ajratilishi kerak.
76. Qozonxonaning har bir qavatida xonaning qarama-qarshi tomonlarida joylashgan kamida ikkita chiqish yoʻli boʻlishi kerak.
Agar qavat maydoni 200 m2 dan kam boʻlsa va tashqi statsionar zinapoyaga ikkinchi evakuatsiya chiqish yoʻli boʻlsa, bir qavatli qozonxonalarda esa qozonlarning old qismi boʻylab xonalar uzunligi 12 m dan oshmagan taqdirda bitta chiqish yoʻli boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
77. Qozonxonadan chiqish eshiklari chiqish yoʻnalishi boʻylab ochiladigan, ichki tarafdan qulflanmaydigan boʻlishi va ish vaqtida qulflanmasligi kerak.
78. Avtonom qozonxonaning pol tekisligidan boʻrtib chiqqan konstruksiyalar tagigacha boʻlgan eng past balandligi kamida 2.5 m boʻlishi kerak.
79. Qozonxonalarning bino va inshootlarini hajmiy rejalashtiriladigan va konstruktiv yechimlari ularni kengaytirish imkoniyatini ham koʻzda tutishi kerak.
80. Qozonxona binolarining devor va oraliq yopmalaridagi jihozlarni yirik blokli yigʻish imkoniyatlarini taʼminlash uchun yigʻish oʻyimlarini koʻzda tutish kerak.
Bunday oʻyimlarni qozonxona kengaytiriladigan tomonda yon devorda koʻzda tutish lozim.
81. Bino yonida joylashgan qozonxonalar hududidagi xonalardan yongʻinga qarshi 2 turli devorlar bilan yoki yongʻinga qarshi 1 tur pardevorlar bilan va 3 tur yongʻinga qarshi oraliq yopmalar bilan ajratilgan boʻlishlari kerak.
82. Bino yonida joylashgan qozonxonalar asosiy binodan yongʻinga qarshi 2 tur devorlar bilan ajratilgan boʻlishlari kerak. Bunda, qozonxona yonida quriladigan bino devori kamida 0,75 h olovga bardoshlik chegarasiga, qozonxona oraliq yopmasi esa, yonmaydigan ashyolardan bajarilishi kerak.
83. Tomda joylashgan qozonxonalarni yuk koʻtaruvchi va toʻsqich qurilmalari 0,75 h olovga bardoshlilik chegarasiga, qurilmalar boʻyicha alanga tarqalish chegarasi nolga teng, qozonxona ostidagi asosiy binoning tom yopmasi esa qalinligi kamida 20 mm beton surtmali devoridan 2 m masofaga ega boʻlishi kerak.
84. Bino yonida va bino ichida joylashgan qozonxonalarni boshqa binolardan ajratib turuvchi devor va oraliq yopmalari, shuningdek qozonxonalar tomda joylashtirilganda bino tom yopmasining havo oʻtkazuvchanlik va bugʻ oʻtkazuvchanlik qarshiligi issiqlik texnikasi qurilishi hamda yondosh va tomdagi qozonxonalar devorlarining ichki yuzasi namga chidamli boʻyoqlar bilan boʻyalishi kerak.
85. Bino yonida va bino ichida joylashgan qozonxonalardan chiqish yoʻli bevosita tashqariga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
86. Bino ichida joylashgan qozonxonalar uchun zinapoya marshini umumiy zinapoyalarning oʻlchamlarida joylashtirish lozim. Bunda, ushbu marshlar zinapoya qafasining boshqa qismidan olovga bardoshliligi 0,75 h dan kam boʻlmagan muddatga yetadigan toʻsiqlar va pardevorlar vositasida chegaralanishi lozim.
87. Binolar ichida joylashgan avtonom qozonxonalar binoning tashqi devoriga binodan chiqish joyidan 12 m dan ortiq boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
88. Bino ichida joylashgan qozonxonalardan chiqish yoʻlini quyidagicha koʻzda tutish lozim:
qozonxonaning uzunligi 12 m yoki undan kam boʻlsa — koridor yoki zinapoya orqali tashqariga boʻlgan bitta chiqish yoʻli;
qozonxonaning uzunligi 12 m dan ortiq boʻlsa — kamida 2 ta chiqish yoʻli, ulardan biri tashqariga boʻlgan alohida chiqish yoʻli.
89. Qozonxonadan chiqish bu tashqariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish va zinapoya yoki tambur orqali chiqish yoʻli sifatida qabul qilinishi lozim.
90. Tomga oʻrnatilgan qozonxonalar uchun quyidagilar taʼminlanishi kerak:
qozonxonalardan bevosita tomga chiqish;
zina orqali asosiy binodan tomga chiqish;
agar tomning qiyaligi 10 foizdan ortiq boʻlsa, kengligi 1 m, tomga chiqishdan qozonxonaga va qozonxonaning perimetri boʻylab zina panjaralari boʻlgan harakatlanadigan koʻpriklar.
91. Koʻprik va panjara konstruksiyalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
92. Yonilgʻi uzatuvchi mexanizmlarni joylashtirish uchun bunker usti yoʻlaklari qozonxona zalidan olovga bardoshlik chegarasi kamida 0,25 h boʻlgan yonmaydigan pardevorlar bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
93. Yonilgʻi uzatuvchi va chang tayyorlash xonalari toʻsqich qurilmalarining ichki yuzalari silliq va och rangli namga chidamli boʻyoqlar bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
94. Mavjud chiqqan yerlari yotiq boʻyicha 60° burchak ostida qiyalikda bajarilishi va namga chidamli boʻyoqlar bilan boʻyalishi kerak.
95. Koʻrsatilgan sathdan yuqori deraza romlarini bir qavatli oynadan loyihalash lozim.
96. Tashqi devorlarda deraza oʻyimlarini joylashtirish va yuzasini tabiiy yoritilish shartidan, shuningdek ochiluvchi oʻyimlarining zaruriy yuzasini taʼminlash boʻyicha shamollatish talablarini inobatga olgan holda aniqlash lozim.
97. Deraza oʻyimlarining yuzasi eng kichik boʻlishi kerak.
Qozonxonaning bino va inshootlari yon tomondan yoritilganda tabiiy yoritilish koeffitsiyentini 0,5, laboratoriya, avtomatika shiti va taʼmirlash ustaxonalaridan tashqari esa 1,5 ga teng qabul qilinishi kerak.
98. Yonilgʻi uzatkich bino va xonalardagi deraza romlari devorning ichki yuzasi bilan bir tekislikda joylashgan va bir qavatli koʻzda tutilishi kerak.
99. Suyuq va gazsimon yonilgʻida ishlovchi xos qozonxonalarda qozonlar joylashgan xonalar hajmi 1 m3 ga 0,03 m2 hisobida yengil uloqtiriladigan toʻsuvchi qurilmalarni koʻzda tutish lozim.
100. Ishlab chiqarish jarayonlari guruhlari, maxsus maishiy binolar hamda qurilmalar boʻyicha qozonxona ishchilari mutaxassisligining roʻyxatini mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
101. Agar qozonxonada ishchilar soni 12 kishidan 30 kishigacha boʻlsa (eng koʻp kishilik smenada), quyidagi yordamchi xonalar berilishi kerak:
qozonxona boshligʻining xonasi;
yuvinish xonalari, dam olish xonalari, hammom;
ovqatlanish xonasi va tozalash uskunalarini saqlash xonasi.
102. Agar qozonxonada ishchilar soni 12 gacha boʻlsa (eng koʻp kishili smenada), yuqorida sanab oʻtilgan xonalardan qozonxona boshligʻining xonasi koʻzda tutilmasligi lozim.
103. Qozonxonada ishlaydiganlar soni bir smenada 5 kishidan koʻp boʻlmasa, kiyinish xonasidagi yuvinish xonasi ham koʻzda tutilmasligi kerak (hojatxonadagi yuvinish xonasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi).
104. Doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mavjud boʻlmagan holda ishlaydigan qozonxonalarda bet-qoʻl yuvgichli hojatxonalar boʻlishi lozim.
105. Doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlari boʻlgan suyuq yonilgʻili nasos stansiyaning alohida qurilgan binolarida kiyimxona, hojatxona, dushxonalarini isitishni nazarda tutish kerak.
106. Loyihalashda korxona sharoitida toʻliq pardozlash koʻrinishi va yemirilishdan himoyalash bilan yirik oʻlchamdagi devor panellarini qoʻllash kerak.
107. Pardozlangan panellar boʻlmaganda binolar va qozonxona tashqi old koʻrinishini silikatli, perxlorvinilli va boshqa chidamli boʻyoqlar bilan boʻyashga yoʻl qoʻyiladi.
108. Qozonxona binosini kengaytirish taklif etilgan tomonidagi barpo etiluvchi yon devor qurilmasi bunday kengaytirishga yoʻl berishi kerak.
109. Qozonxonaning poli silliq va sirpanmaydigan qoplamali yonmaydigan materiallardan boʻlishi kerak. Ular tekis va suvni chiqarish uchun qurilmalarga ega boʻlishi lozim.
110. Qozonxonadagi kanallar toza pol darajasida olinadigan plitalar bilan yopilishi kerak. Plitalarni olib tashlash zarur boʻlgan kanallar joyini yopishda taram-taram poʻlatdan foydalanish lozim.
111. Olinadigan qalqon yoki plitaning ogʻirligi 50 kg dan oshmasligi kerak.
112. Yopilmaydigan chuqur va oʻyiqlar 0.9 m kam boʻlmagan panjara bilan toʻsilishi kerak.
113. Jihozlar ostidagi poydevorlar va sunʼiy ariq, pol qurilmalari yigʻish uyumlaridan jihozlarni oʻrnatish yerigacha uni siljishdan keluvchi kuchga hisoblangan boʻlishi kerak hamda yuk koʻtargich mexanizmlari oʻtish imkonini taʼminlashi kerak.
114. Yigʻish va harakatlanish taʼsiri kuchlanishidan ortmaydigan toʻshama beton pol qatlamida statik va dinamik kuchli texnologik jihozlarni poydevorsiz oʻrnatilishi lozim.
115. Transportyor yoʻlaklari ularni qozonxona binosiga birikish yerlarida bino sinchi va toʻsqich qurilmalariga tayanmasligi kerak.
116. Yonma-yon va tomda qurilgan qozonxonalar uchun texnologik jihozlarni statik va dinamik kuchlari ularni poydevorsiz oʻrnatishga imkon beruvchilari koʻzda tutilishi kerak.
117. Tomdagi qozonxona jihozlarining statik va dinamik kuchlari binoning ishlatiluvchi qurilish qurilmalarining yuk koʻtarish qobiliyatidan oshmasligi lozim.
6-bob. Yonilgʻi
118. Yonilgʻining asosiy, zaxira va nosozlik turlari, shuningdek qozonxonalar uchun yonilgʻining zaxira yoki nosozlik turlarining zarurligi qozonxona toifasini inobatga olgan holda belgilanishi lozim.
119. Qattiq yonilgʻini yoqish uchun boʻlmali oʻtxona bilan jihozlangan oʻchoqli qozonxonalarni gazsimon yonilgʻi yoqishga oʻtkazishda, zaxira sifatida agarda yonilgʻining boshqa turi texnik — iqtisodiy va ekologik hisob-kitoblar bilan asoslanmagan boʻlsa, qattiq yonilgʻi saqlanib qolishi kerak.
7-bob. Oʻtxona qurilmalari, qozonlar va isitiluvchi yuzalar
120. Qozonlar uchun quyidagilar qoʻllanilishi kerak:
gazsimon va suyuq yonilgʻi yoqish uchun boʻlmali oʻtxonalar;
changsimon koʻrinishdagi qattiq yonilgʻini yoqish uchun boʻlmali oʻtxonalar;
qattiq yonilgʻini yoqish uchun qatlamli oʻtxonalar;
oʻtin va yogʻoch chiqindilarini yoqish uchun maxsus qurilmali oʻtxonalar.
121. Qozonxonalar uchun issiqlik genaratorlari sifatida bugʻli, suv isitkich va bugʻ-suv isitkich qozonlarni qoʻllash lozim.
122. Qozonlar ishlarining quvvati FIK, aerodinamik qarshiligi va boshqa koʻrsatkichlarga koʻra qabul qilinadi.
123. Quvvati 10 Gcal/h dan ortiq suv isitish qozonlarini oʻrnatishga, faqat agarda qozonxona ikkita mustaqil elektr quvvati bilan taʼminlovchi manba bilan taʼminlangan boʻlsagina yoʻl qoʻyiladi.
124. Qozonxonalarni loyihalashda qozon agregatlarini oʻtxona qurilmalari, isitish yuzasi tortib puflash qurilmalari, kul tutgichlar, nazorat — oʻlchov asboblari, sozlash va boshqaruv vositalarni birgalikda toʻplam xolida yetkazish shartidan kelib chiqqan holda bajarish lozim.
125. Isitish yuzasi sifatida havo isitkich, yuza va tutashuv ekonomayzerlar, shuningdek tugun gazlarini bugʻ hosil boʻlishining berk issiqligidan foydalanuvchi issiqlikdan qayta foydalanishni loyihalashtirish kerak.
126. Yuza ekonomayzerlar va havo isitkichlar hamda bugʻ hosil qilish berk issiqlikdan qayta foydalanishlar qozon agregatlari toʻplamlarida qabul qilinishi lozim.
127. Tutashuv-suvli ekonomayzerlar maishiy va texnologik issiq suv taʼminoti tizimlarida, hammom va kir yuvish joylarida suvni isitish uchun qoʻllanilishiga hamda tutashuv ekonomayzerlarida hosil boʻlgan issiqlikdan maishiy issiq suv taʼminoti uchun foydalanish oraliq issiqlik almashuvlari mavjudligida yoʻl qoʻyiladi.
128. Tutashuv ekonomayzerlari bevosita qozonlar ortida yoki yuza ekonamayzerlaridan keyin oʻrnatilishiga ham yoʻl qoʻyiladi.
129. Isitish yuzasi har qaysi qozon agregatiga xos loyihalash lozim.
130. Guruhli ekonomayzerlarni qozonxonani qayta tiklash maqsadida loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
131. Ekonomayzerlar bugʻli qozonlar va issiqlik taʼminoti tizimlarini taʼminlovchi suvlarni isitish uchun qoʻllanishi kerak.
132. Ekonomayzerlarni issiqlik taʼminotini berk tizimlari uchun suv isitishdan qozonlarni taʼminlovchi suvni isitish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
133. Choʻyan ekonomayzerlar bugʻli qozonlarni taʼminlovchi va ishchi bosimi 2,3 MPa gacha boʻlgan issiqlik taʼminoti tizimlari uchun suvni isitish uchun qoʻllanilishi lozim.
134. Poʻlat ekonomayzerlarni agarda ekonomayzerga kirishdagi suv harorati 65 °S dan past boʻlmagan sharoitda gazsimon yonilgʻida, agarda ekonomayzerga kirishdagi suv harorati 135 °S dan past boʻlmaganda oltingugurtli suyuq yonilgʻida ishlovchi bugʻli qozonlarni taʼminlovchi suvni isitish uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
135. Maxsus ekonomayzerlarni oʻchirilmaydigan qilib loyihalash lozim.
Bunda, ekonomayzerga tushuvchi suvni qozonni taʼminlashni uzluksizligini taʼminlovchi avtomatik sozlagichlarni koʻzda tutish kerak.
136. Taʼminlovchi va tarmoq suvlarini isitish uchun ekonomayzerlarda, suv oqimini pastdan yuqoriga yoʻnalishi koʻzda tutilishi kerak.
137. Ikki kolonkali ekonomayzerlardagi sovuq taʼminlovchi suvni kolonka gazining ikkinchi yurishi boʻyicha ulash lozim.
Taʼminlovchi suvning harakati ekonomayzerning ikkala kolonkasida pastdan yuqoriga amalga oshirilishi kerak.
138. Yonish jarayonini tezlashtirish va chidamliligi uchun zaruriy isitilish xollarida yoki oʻtxona ishini iqtisodiy koʻtarishda havo isitkichlar qoʻllanilishi lozim.
Bunda, havo isitkichga keluvchi havo harorati tutun gazi shudring nuqtasi haroratidan 5 — 10 °S yuqori boʻlishi kerak.
8-bob. Gaz-havo katta yoʻli, tutun quvurlari va tutun gazlarini tozalash
139. Qozonxonalarni loyihalashda tortib puflash qurilmalarini (tutun soʻrgichlar va puflagich shamollatkichlar) texnik shartga binoan qabul qilish lozim.
140. Tortib puflash qurilmalari har qaysi qozon agregatlariga xos nazarda tutilishi kerak.
141. Guruhli (qozonlarni alohida guruhlari uchun) yoki umumiy (barcha qozonxona uchun) tortib puflash qurilmalarini quvvati 1,16 MWt gacha boʻlgan qozonli yangi qozonxonalarni loyihalashda va qayta tiklanuvchi qozonxonalarni loyihalashda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
142. Guruhli yoki umumiy tortib puflash qurilmalarini ikkita tugun soʻrgich va ikkita shamollatkichli qilib loyihalash lozim.
143. Tortib puflash qurilmalarini tanlashni ushbu SHNQning 3-ilovasiga binoan bosim va quvvat boʻyicha zaxira koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish lozim.
144. Tortib puflash qurilmalarini loyihalashda ular quvvatini sozlash uchun jihozlar bilan toʻplamda keltiriluvchi va sozlashni tejamkor usullarini taʼminlovchi yoʻnaltirgich apparatlar, induksiyaviy ulagichlar va boshqa qurilmalarni eʼtiborga olish lozim.
145. Bino yonida, bino ichida va tomda joylashgan qozonxonalar uchun toʻsqich qurilish qurilmalarida binoning yuqori mintaqasida joylashgan yonishga havo uzatish uchun oʻyimlarni koʻzda tutish lozim.
146. Oʻyimlar qirqimi oʻlchamlarini 1,0 m/s dan ortiq boʻlmagan havo tezligini taʼminlanishidan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
147. Gidrogeologik sharoitlardan va qozon agregatlarini toʻplam yechimlariga koʻra tashqi gaz quvurlari yer osti va yer ustida nazarda tutilishi kerak.
148. Qozonxona ichidagi gaz va havo quvurlari poʻlat, dumaloq kesimli boʻlishi lozim.
149. Toʻgʻri burchakli kesimning gaz va havo quvurlari uskunaning toʻgʻri burchakli unsurlari bilan tutashgan joylarda taʼminlanishi kerak.
150. Chiqindi gazlar chiqib ketadigan gaz quvurlari portlovchi klapanlarga ega boʻlishi kerak.
Ular ishga tushganda gazlarni xizmat koʻrsatuvchi personal uchun xavfsiz boʻlgan joylarga olib chiqishga moʻljallangan boʻlishi lozim.
151. Gaz quvurlarida har bir qozonxona orqasida shiber oʻrnatilishi kerak.
152. Gaz va suyuq yonilgʻida ishlaydigan zaslonkaning yuqori qismida diametri kamida 50 mm boʻlgan teshik hosil qilinishi lozim.
153. Gaz quvurlarida kondensat hosil boʻlishi mumkin boʻlganda gaz quvurlarini ichki yuzalarini yemirilishdan himoyalash koʻzda tutilishi lozim.
154. Gaz yoʻnaluvchi qismlarda mumkinligiga, kulni toʻplanishini kuzatib turuvchi qurilma tozalash uchun boʻlishi kerak.
155. Qozonxonaning tutun quvurlari andozaviy loyihalar bilan barpo etilishi kerak. Tutun quvurlarini xos loyihalarini ishlab chiqishda andozaviy loyihalarda qabul qilingan texnik yechimlariga rioya qilinishi lozim.
156. Qozonxona uchun bitta tutun quvurini inshootlashni koʻzda tutish kerak. Zaruriyatga koʻra, ikkita va undan ortiq quvurlarni nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
157. Tabiiy tortishda tutun quvurlarini balandligi gaz-havo katta yoʻlining aerodinamik hisob-kitoblari natijalari asosida aniqlanadi va muhitga zararli moddalarni tarqalish shartlariga koʻra tekshirilishi lozim.
158. Atrof-muhitga zararli moddalarni tarqalish hisob-kitoblarida kul, oltingugurt oksidi, azot ikki oksidi va uglerod oksidini ruxsat etilgan eng koʻp quyuqligini qabul qilish lozim.
Bunda, chiqariluvchi zararli chiqindilar miqdori qabul qilinadi, zararli chiqindilar miqdori haqida maʼlumot boʻlmaganda ushbu miqdor hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
159. Birlashtirib yonma-yon tomda qurilgan qozonxonalar uchun tutun quvurlari uchining balandligi shamoldan tayanch chegarasidan baland: biroq tomdan kamida 0,5 m baland, shuningdek binoning eng yuqori qismi tomidan yoki 10 m radiusda eng baland binodan kamida 2 m baland boʻlishi kerak.
160. Tutunli quvurlarning chiqish tuynuklari diametrlari texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida optimal gaz tezliklari shartidan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim.
161. Tabiiy tortish kuchida tutunlarni quvurdan chiqish tezligi 6 — 10 m/s dan kam boʻlmasligi kerak. Bu tutun gazlarni shamolda va qozonxonaning past quvvatda ishlaganida ham chiqib ketishiga imkon berishi lozim.
162. Sunʼiy tortish kuchida tutun gazlarni quvurdan chiqish tezligi katta va oʻrta quvvatdagi qozonxona uchun 15 — 5 m/s ni tashkil etadi, kichik quvvatdagi qozonxona uchun esa (sanoat va isitish) — 10 — 20 m/s boʻlishi kerak.
163. Qattiq yoqilgʻida ishlaydigan qozonxonalar uchun moʻrining chiqish tezligi 6 — 10 m/s, dudburonning pechka oʻtxonasi bilan tutashuvchi qismida (borovlarda) 3-4 m/s, qozonlardan borovlarda yigʻma borovgacha 2 — 4 m/s dan kam boʻlmasligi kerak.
164. Toʻliq quvvatda ishlamaydigan qozonxonalar uchun shamol uchirishining oldini olish uchun chiqish kesimidagi gaz tezligi kamida 2.5 — 3 m/s boʻlishi lozim.
165. Gʻishtli va temirbeton qurilmalari devoriga tutun gazlarini kirishlarini oldini olish maqsadida, gaz chetlatgich quvuri devorida musbat statik bosim boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun R<1 sharti bajarilishi kerak. Bunda R — mezonni aniqlovchi quyidagiga teng

R

=

(γ+8i)h0

(1)

Br)d0

Bunda:
γ — ishqalanish qarshiligining koeffitsiyenti;
i — quvurning yuqori qismidagi ichki yuzasining doimiy qiyaligi;
γr — hisobiy tartibdagi tashqi havo zichligi, kg/m3;
d0 — quvurning chiqish teshigining diametri, m;
h0 — quvurning chiqish teshigidagi gazning dinamik bosimi, kgk/m2.
166. Tekshiruv hisob-kitoblari qozonxona ishlarini qishki va yozgi hisobiy tartiblar uchun olib borilishi kerak. Bunda, R>1 da quvur diametrini oshirish yoki maxsus qurilmali quvurlarni qoʻllash lozim (ichki gaz oʻtkazmaydigan gaz chetlatgich oʻzak bilan, oʻzak va qoplam orasida bosimga qarshi).
167. Moʻrilar temir-beton, gʻisht hamda metall keramikadan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
168. Material tanlash qurilish maydoni, quvurning hajmi, yongan yoqilgʻining turi, tortish kuchi (majburiy yoki tabiiy) turiga qarab texnik-iqtisodiy hisoblash asosida amalga oshirilishi kerak.
169. Tabiiy tortish kuchi asosida ishlaydigan qozonxonalar uchun moʻrilar zich gazli boʻlishi va boshqa yonmaydigan materialdan (metall, keramika, plastik) yasalgan boʻlishi kerak. Bunday quvurlar ogʻzining diametri tutun gazlarining hajmi va ularning ogʻizdan chiqish optimal tezligiga qarab hisob-kitob qilinishi lozim.
Moʻrilar kondensat hosil boʻlishini oldini olish uchun tashqi issiqlik himoyasiga hamda tekshirish va tozalash uchun tuynuklarga ega boʻlishi kerak.
170. Majburiy tortish kuchi bilan ishlaydigan qozonxonalar uchun jihozlar materialini tanlash texnik-iqtisodiy hisob-kitob asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunday quvurlar ogʻzining diametri ushbu SHNQning talablariga rioya etgan holda tutun gazlarining hajmi va ularning ogʻizdan chiqish optimal tezligiga qarab hisob-kitob qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
171. Quvur oʻzagi yoki poydevor chuqurchasi kesimining bir yotiqdagi gaz quvurlari uchun oʻyimlari aylana boʻylab bir tekisda joylashishi kerak.
172. Bir yotiq kesimdagi kuchsizlanish yuzalar yigʻindisi temirbeton oʻzak yoki poydevor chuqurchasi kesimining umumiy yuzasining 40 foizdan va gʻisht quvurlar oʻzagi uchun 30 foizdan oshmasligi lozim.
173. Tutun quvuriga uzatuvchi gaz quvurlarini birikish joylarini toʻgʻri burchak shaklida loyihalash kerak.
174. Gaz quvurlarini tutun quvuri bilan tutashishida haroratdan choʻkish choklari yoki muvozanatlagichlarni koʻzda tutish lozim.
175. Gʻishtli va temirbetonli quvurlar oʻzaklarida issiqlik kuchlanishlarini kamaytirish uchun issiqdan qoplam va issiqlik himoyalarini qoʻllash zarurati issiqlik texnikasi hisob — kitoblari bilan aniqlanishi kerak.
176. Oltingugurt yoqilgʻisining yonishidan (oltingugurt miqdori foizidan qatʼi nazar) tutun gazlarini olib tashlash uchun moʻljallangan quvurlar kislotaga chidamli materiallar yoki butun balandligi boʻylab korroziyaga qarshi qoplama bilan qoplangan boʻlishi kerak.
177. Tutun quvurlari balandligini hisob-kitoblarini va muhitni tajovuzkor taʼsirdan qurilmalar oʻzaklarini ichki yuzalari himoyalarini tanlashni asosiy va zaxira yonilgʻini yoqish shartidan kelib chiqqan holda bajarilishi kerak.
178. Loyihalarda gʻisht va temir-beton moʻrilarining tashqi poʻlat konstruksiyalarini, shuningdek poʻlat quvurlar yuzalarini korroziyadan himoya qilinishi taʼminlashi kerak.
179. Moʻrining pastki qismida yoki poydevorida quvurni tekshirish va kondensatni drenajlash uchun tuynuklar boʻlishi lozim.
180. Qattiq yonilgʻida ishlash uchun moʻljallangan qozonxonalar (koʻmir, torf, slanets va yogʻoch chiqindilari) kuldan tutun gazlarini tozalash uchun qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak, bunda:
ARV > 5000, (2)
bu yerda:
AR — ishchi yonilgʻi tarkibidagi kullar, foiz ;
V — yonilgʻining eng koʻp soatiy sarfi, kg.
181. Kul tutqich turlarini tanlash tozalanuvchi gazlar hajmidan, tozalashning darajasi va har xil turdagi kul tutqich qurilmalarini usullarini texnik — iqtisodiy solishtirish asosida yigʻish imkoniyatlariga koʻra olib borilishi kerak.
182. Kul tutqich qurilmalari sifatida quyidagilarni qabul qilish lozim:
MKTI yoki ITIOGAZ siklon bloklari — 6000 dan 20000 m3/h gacha tutunli gaz hajmida;
batareyali siklonlar — 15000 dan 150000 m3/h gacha tutunli gazi hajmida;
qayta aylanishli va elektr sizgichli batareyali siklonlar 100000 m3/h dan yuqori tutunli gazi hajmida.
183. Kul tutgich qurilmalarni tozalash koeffitsiyentlari hisob-kitoblar bilan qabul qilinadi va mazkur SHNQning 4-ilovasida belgilangan chegarada boʻlishi kerak.
184. Kul tutgichni oʻrnatishni ochiq maydonlarda, tutun soʻrgichning suruvchisi tomonida koʻzda tutish lozim. Zaruriyatga koʻra kul tutgichni xonalarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
185. Kul tutgichlar har bir qozon agregatlarida alohida koʻzda tutilishi lozim.
186. Qattiq yonilgʻida ishlovchi qozonxonalarning xos kul tutqichlari aylanma gaz quvuriga ega boʻlmasligi kerak.
187. Kul tutgich bunkerining shakli va ichki yuzasi kulni oʻzi oqar ravishda toʻliq tushishni taʼminlashi kerak. Bunda, bunker devorining qiyalik burchagi va yotiqqa 60° qabul qilinadi hamda asoslangan hollarda kamida 55 °ga yoʻl qoʻyiladi.
188. Kul tutqich bunkeri zich qopqoqlarga ega boʻlishi kerak.
189. Kul tutgich qurilmalariga uzatiluvchi gaz quvuridagi gaz tezligini kamida 12 m/s qabul qilish lozim.
190. Hoʻl uchqun oʻchirgichlarni AV<5000 boʻlgan xollarda yogʻoch chiqindilarida ishlash uchun moʻljallangan qozonxonalarda qoʻllash lozim. Kul tutgichlardan keyin uchqun oʻchirgichlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-bob. Quvuroʻtkazgichlar
191. Bugʻ qozonlari ulanuvchi magistral bugʻ quvurlari birinchi toifali qozonxonalar uchun bir yoki ikki seksiyali hamda ikkinchi toifali qozonxonalar uchun seksiyalanmagan boʻlishi kerak.
192. Bugʻ bosimi 0,07 MPa gacha va suv harorati 115 °S gacha boʻlgan qozonli qozonxonalar uchun toifasidan qatʼiy nazar, bugʻ quvuroʻtkazgichlar, taʼminlovchi quvuroʻtkazgichlar, issiqlik taʼminoti tizimlarining uzatuvchi va qaytuvchi quvuroʻtkazgichlar yakka seksiyalanmagan boʻlishi kerak.
193. Bugʻ quvuroʻtkazgichining diametri issiqlik tashuvchining eng koʻp soatli hisobiy sarfi va ruxsat etilgan bosim yoʻqotishiga koʻra qabul qilish lozim. Bunda, issiqlik tashuvchining tezligi quyidagilardan ortiq boʻlmasligi lozim:
isitilgan bugʻ uchun quvurlar diametrida, mm:
200 gacha — 40 m/s;
200 dan yuqori — 70 m/s;
toʻyingan bugʻ uchun quvurlar diametrida, mm:
200 gacha — 30 m/s;
200 dan yuqori — 60 m/s.
194. Yonma-yon quvuroʻtkazgichni issiqlik himoyalari qurilmalari yuzalari bilan, shuningdek quvuroʻtkazgichlar issiqlik himoyalari yuzalaridan binoning qurilish qurilmalarigacha oraliqdagi eng kichik masofani ushbu SHNQning 5-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
Muhit sharoiti boʻyicha qozonxona binosi (xonasi) va inshootlarining tavsiflari va qozonxona binolari va inshootlari uchun qurish ishlarining razryadlari va kichik razryadlari mazkur SHNQning 6 va 7-ilovalarida nazarda tutilgan.
195. Qozonxonalardagi suyuq yoqilgʻi quvurlarining joylashishi ochiq boʻlishi, ularga erkin kirish taʼminlanishi kerak. Suyuq yoqilgʻi quvurlarini nol belgisidan pastroqda yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
196. Suyuq yoqilgʻi quvurlari elektr-payvandlangan quvurlar va poʻlat armaturadan yasalishi kerak.
197. Gazsimon yonilgʻi armaturasi va quvurlari SHNQ 2.04.08 ga muvofiq tanlanishi va joylashtirilishi lozim.
Ushbu SHNQ talablariga mos kelgan boshqa mahalliy va import qilingan moʻrilardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
198. Quvuroʻtkazgichlarni birlashtirish payvandlanganligini koʻzda tutish kerak.
199. Gardishlilari quvuroʻtkazgichni oʻzakka va jihozlarga birlashtirishda yoʻl qoʻyiladi. Ulagichli birlashtirishni qoʻllash 100 mm dan ortiq boʻlmagan shartli oʻtish bilan toʻrtinchi toifali bugʻ va suv quvuroʻtkazgichlarida, shuningdek bugʻ bosimi 0,07 MPa va suv harorati 115 °S gacha boʻlgan qozonli qozonxonalar uchun yoʻl qoʻyiladi.
200. Oʻchiriluvchi qismlar, shuningdek bugʻ quvurning quyi va oxirgi nuqtalari davriy puflash va kondensatni chetlatish (joʻmrakli shtutser) uchun qurilmalarga ega boʻlishi kerak.
201. Bugʻ bosimi 0,07 MPa gacha va suv harorati 115 °S gacha boʻlgan chiqarish, puflagich va zovur yoʻllari quvuroʻtkazgichlarida bitta toʻsqich joʻmrak oʻrnatishni koʻzda tutish lozim.
202. Suvni davriy chiqarish yoki oʻchiqni davriy puflash uchun umumiy yigʻma chiqarish va puflash quvuroʻtkazgichlarini koʻzda tutish lozim.
203. Ichki hajmi yopiq organlar bilan cheklangan qozonning har bir unsuri avtomatik ravishda atmosferaga ish muhitini chiqarish orqali bosimning ruxsat etilgan meʼyoridan oshib ketishini oldini oladigan himoya uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
204. Quyidagilardan himoya qurilmalari sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan dastak-yuk himoya klapanlari;
prujinali himoya klapanlari;
oʻchiruvchi himoya uskunalari (gidroqulflar).
205. Xavfsizlik klapanlari bevosita oraliq qulflovchi jismlarsiz qozon yoki quvurga ulangan podtrubkalarga oʻrnatilishi kerak.
206. Bir necha xavfsizlik klapanlari bitta patrubkaga joylashganda, patrubkaning koʻndalang kesimi maydoni shu patrubkaga oʻrnatilgan klapanlar kesimining umumiy maydonidan 1.25 ga kam boʻlmasligi kerak.
207. Qozonga ikkita xavfsizlik klapani oʻrnatilgan boʻlsa, ulardan biri nazorat klapani boʻlishi kerak. Nazorat klapani xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning klapanni boshqarishga yoʻl qoʻymaydigan, ammo uning holatini tekshirishga toʻsqinlik qilmaydigan qurilma (masalan, qulflanadigan kojux) bilan jihozlanishi kerak.
208. Gaz yoʻnalishini oʻzgartiradigan uskuna konfiguratsiyasi va kesimi klapan orqasida bosimni oshib ketishiga yoʻl qoʻymaydi. Tashqariga chiquvchi quvurlar muzlab qolishdan himoyalangan va kondensatni drenajlash uchun qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak (chiqaruvchi va toʻkuvchi uskunalarda yopiq organlar boʻlmasligi kerak).
209. Suv koʻrsatuvchi qurilmalarni tozalashda suvni erkin toʻkish uchun himoya vositasi va drenajlash uchun boʻshatish trubkasi boʻlgan oʻramalar (voronkalar) boʻlishi lozim.
210. Quvuroʻtkazgichlarda qobiq oʻlchagich va ajratish qurilmalarini oʻrnatish uchun hisob-kitoblar bilan aniqlanuvchi toʻgʻri qism uzunligi koʻzda tutilishi kerak.
211. 500 mm va undan ortiq diametrli loʻkidonlar elektr uzatkichli qabul qilinishi kerak.
212. Kichik diametrli quvuroʻtkazgichlardagi elektr uzatkichli zulfinlarni oʻrnatishni nazarda tutish asoslanganda yoʻl qoʻyiladi (nasos agregatlari va jihozlarini xavfsiz, masofadan boshqarish, avtomatlashtirish ishlari shartlari boʻyicha).
213. Suv harorati 115 °S gacha, quvvati 0,4 MWt dan ortiq chambaraksiz, shuningdek quvvatidan qatʼiy nazar, chambarakli suv isitish qozonlari ikkita saqlagich qopqoqlar bilan, quvvati 0,4 MWt va undan kam boʻlgan chambaraksiz suv qozonlari bitta saqlagich qopqoq bilan jihozlanishi kerak.
214. Qozonxonalarda bir nechta chambaraksiz suv isitish qozonlarini loyihalashda qozonlarda saqlagich qopqoqlar oʻrniga qozonlar birlashuvchi quvuroʻtkazgichga diametri kamida 50 mm boʻlgan ikkita saqlagich qopqoqlarni oʻrnatishni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
Har bir saqlagich qopqoq diametri eng katta quvvatli qozonlardan bittasi uchun hisob-kitoblarga koʻra qabul qilinadi va quyidagi ifodalanishi kerak:
tabiiy aylanishli qozonlarni oʻrnatishda

d

=

6Q

(4)

106nh

Majburiy aylanishli qozonlarni oʻrnatishda:

d

=

3Q

(5)

106nh

bu yerda:
d — qopqoqning oʻtish diametri,cm;
Q — qozonning eng katta quvvati, kkal/h;
n — qopqoqlar soni;
h — qopqoqni koʻtarilish balandligi, cm.
215. Issiq suv umumiy quvuroʻtkazgichida saqlagich qopqoqlarni oʻrnatishda har qaysi qozonning toʻsqich qismidagi qaytish qopqogʻi bilan aylanish koʻzda tutilishi lozim.
216. Aylanma va qaytish qopqoqlarining diametri hisob-kitoblar boʻyicha qabul qilinishi lozim. Biroq, quvvati 0,28 MWt gacha boʻlgan qozonlar uchun kamida 40 mm va quvvati 0,28 MWt va undan ortiq boʻlgan qozonlar uchun kamida 50 mm boʻlishi kerak.
217. Suv isitish qozoniga kirishdagi suv haroratini tartibga solishda, taʼminot quvuridan tarmoq suvini qaytaruvchi (kondensatsiyaga qarshi kontur nasosli retsirkulyatsiya) quvurni koʻzda tutish kerak.
218. Qozonlarga bir nechta issiqlik taʼminlovchi quvurlar ulangan vaqtda isteʼmolchi issiqlik beruvchi va qayta chiquvchi qozon kollektorigacha birlashtirilishi kerak.
10-bob. Yordamchi jihozlar
219. Loyihada qozonxonaga kelib tushuvchi qoʻshimcha suvni va barcha kondensat oqimini dearatsiyasini koʻzda tutish lozim.
220. Deaeratorlar quvvati quyidagi deaeratsiyani taʼminlashi kerak:
bugʻli qozonlarni taʼminlovchi suv-qozonxonaning oʻrnatilgan quvvati boʻyicha (qozonning zaxira quvvatini hisobga olmaganda);
issiqlik taʼminotining berk va ochiq tizimlarida qoʻshimcha suv, issiq suv taʼminotining issiqlik tarmoqlari uchun SHNQ 2.04.07 va QMQ 2.04.01 ga muvofiq.
221. Issiqlik taʼminotining ochiq tizimlari va issiq suv taʼminotining markazlashgan tizimlari bugʻ qozonli qozonxonalar loyihalarida issiqlik taʼminoti tizimlarining alohida taʼminlovchi va qoʻshimcha suv deaeratorlarini koʻzda tutish kerak.
Umumiy deaeratorni berk issiqlik taʼminoti tizimlarida koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
222. Ikki va undan ortiq deaeratorlarni quyidagilarda koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi:
birinchi toifali qozonxonalarda;
bir deaerator zaruriy suv sifatini taʼminlamaganda, sezilarli kuchlar tebranishida;
bir deaerator bilan taʼminlash mumkin boʻlmagan kuchlarda,
poʻlat ekonomayzerlarni qoʻllanganda.
223. Bitta deaerator oʻrnatilganda deazratordan tashqari isteʼmol nasoslariga suv uzatish imkoni koʻzda tutilishi lozim (uni taʼmirlash davrida).
224. Bugʻli qozonlarni taʼminlovchi suvni deazratsiyalash uchun muhitiy yoki yuqori bosimli deaeratorlarni koʻzda tutish lozim.
Suv isitish qozonli qozonxonalarda havosiz boʻshliqli deaeratorlarni koʻzda tutish lozim: bugʻli va suv isitish qozonxonalar uchun deaerator turi (havosiz boʻshliqli yoki muhitiy) texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida belgilanishi kerak.
225. Qoʻllaniluvchi deaeratorlar GOST 16860-88 ga muvofiq boʻlishi kerak.
226. Ikki va undan ortiq yuqori bosimli deaeratorlarni muvoziy yoqilganda suv va bugʻ boʻyicha tenglashtiruvchi yoʻllarni, shuningdek deaerator quvvatiga mutanosib ravishda suv va bugʻ taqsimlanishni taʼminlashni koʻzda tutish lozim.
227. Havosiz boʻshliqli deaeratorlarni muvoziy yoqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Havosiz boʻshlikli deaeratorlarda siyraklanishni hosil qilish uchun suv oqimli va bugʻ oqimli ejektorlarni qoʻllash lozim.
228. Suv oqimli ejektorlar uchun maxsus nasoslar va ishchi suvi baklarini koʻzda tutish kerak.
229. Issiqlik tarmoqlari va markazlashgan issiq suv taʼminoti tizimlarini toʻldirish uchun deaeretorler turlaridan qatʼiy nazar, suvni iloji boricha uni deaeratorga kelgunigacha isitish koʻzda tutilishi lozim.
230. Bugʻli qozonlarning deaeratorlaridagi taʼminlovchi suvni oldindan isitishni faqat deaeratsiya jarayonida suv isitish GOST 16860-88 ga asosan amalga oshiriladi.
231. Bugʻli qozonlarni taʼminlash tizimida deaerator baklaridan tashqari, qoʻshimcha sigʻimlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
232. Havosiz boʻshliqli deaeratsiyada issiqlik taʼminotining berk tizimlari uchun suv toʻldirishda deaeratsiyalangan suvning oraliq baklarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
233. Issiqlik taʼminotining ochiq tizimlarida va issiq suv taʼminotining markazlashgan tizimlarida havosiz boʻshliqli deaeratorlardan suv uzatish bevosita akkumulyator-baklarida koʻzda tutilishi lozim.
234. Taʼminlovchi nasoslar quvvatini aniqlashda quyidagi sarflarni inobatga olish lozim:
barcha ishchi burli qozonlarni taʼminlashga;
qozonlarni uzluksiz puflashga;
qozonlarning bur sovutgichlariga;
reduksiyali sovitish va sovitish qurilmalariga.
235. Bugʻ bosimi 0,07 MPa dan ortiq boʻlmagan qozonlarni taʼminlash uchun kamida ikkita taʼminlovchi nasoslar, jumladan bittasi zaxira uchun koʻzda tutish lozim.
236. Yakka quvvati 500 kp/h dan ortiq boʻlmagan qozonlarni taʼminlash uchun zaxira sifatida qoʻl nasosini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
237. Agar qozonlarni suv quvurdan taʼminlashni amalga oshirilishi imkoni boʻlsa, zaxira taʼminlovchi nasos koʻzda tutilmaydi, bunda qozonlardan oldin suv bosimi qozondan bugʻ ishchi bosimidan 0,1 MPa dan kam ravishda oshmasligi kerak.
Bu holda qozondan oldin suv quvurda toʻsqich joʻmrak va qaytish qalpoqchasi koʻzda tutilishi kerak.
238. Bugʻ bosimi 0,07 MPa dan ortiq qozonlarni taʼminlash uchun qaytish bugʻidan foydalanishli burli uzatkichli (surtmasiz porshenli yoki turbonasoslar) nasoslarni koʻzda tutish lozim, bunda elektr uzatkichli zaxira nasoslarini koʻzda tutish lozim.
239. Bugʻli uzatuvchi nasoslardan qaytish bugʻini foydalanish imkoni boʻlmaganda quyidagilarni koʻzda tutish kerak:
faqat elektr uzatkichli nasoslar ikkita mustaqil elektr quvvatidan taʼminlanish manbalari mavjudligini;
elektr va bugʻ uzatuvchi nasoslar bitta elektr quvvati bilan taʼminlash manbaida bugʻ bosimi koʻpi bilan 0,4 MPa qozonlarni taʼminlash;
quvvati 1 t/h gacha boʻlgan qozonlar uchun faqat elektr uzatkichli bitta manbadan elektr quvvati olinuvchi nasoslarni qoʻllash.
240. Taʼminlovchi nasoslar soni va quvvati hisob-kitob qilinganida, eng katta quvvatli nasos toʻxtab qolganida, qolgan nasoslar qozonni belgilangan suv bilan taʼminlay olishi kerak.
241. Taʼminlovchi nasoslarni parallel ravishda ishlashi ruxsat etilgan xususiyatlari bilan umumiy taʼminlovchi asosiy tarmoqqa birlashtirishni koʻzda tutish lozim.
Ularning parallel ravishda ishlashini taʼminlanmaganida, qozonlarni alohida tarmoqdan suv bilan taʼminlanishi imkonini koʻzda tutish kerak.
242. Suv isitish uskunalarining quvvati SHNQ 2.04.07-22 talablari asosida aniqlanishi kerak.
243. Hisoblangan quvvatni aniqlashda qozonxonaning oʻz ehtiyojlari uchun issiqlik sarfini hamda qozonxona va issiqlik tarmoqlaridagi issiqlik yoʻqotilishini ham hisobga olish kerak.
244. Issiq suv taʼminoti tizimlari uchun avtonom qozonxonalarda sigʻimli suv isitgichlardan issiq suv saqlash rezervuarlari sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
245. Sigʻimli suv isitgichlar isitish muhiti tomonidan oʻrnatilgan himoyalash klapani bilan jihozlangan boʻlishi, shuningdek havo va tushirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
246. Isitish va ventilyatsiya tizimlari uchun suv isitgichlar soni kamida ikkita boʻlishi kerak.
Zaxira isitgichlar koʻzda tutilmaydi. Birinchi toifali qozonxonalarda eng yuqori quvvatli isitkich ishdan chiqsa, qolganlari isteʼmolchilarga issiqlikni yetkazishi kerak.
247. Texnologik issiqlik taʼminoti va ventilyatsiya tizimlari uchun:
eng kam ruxsat etilgan yuklamalar miqdorida (tashqi havo haroratdan qatʼi nazar);
isitish uchun — eng sovuq oy rejimi bilan belgilangan miqdorda belgilanishi kerak.
248. Issiq suv tizimlari uchun isitgichlar soni kamida ikkita boʻlishi kerak. Bunda, har birining quvvati 100 foizni tashkil etishi lozim.
249. Ikkinchi toifadagi isteʼmolchilar uchun isitish, ventilyatsiya yoki issiq suv taʼminoti tizimlari uchun bitta suv isitgich oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
250. Turli koʻrsatkichli suvlarni uzatish uchun (isitishga, shamollatishga, maishiy va texnologik issiq suv taʼminotiga), shuningdek isitkichlarni turli rejimda ishlashi uchun isitkich qurilmalarining alohida guruhlarini koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
251. Antikondensatsion konturning retsirkulyatsion nasoslarining quvvati qozonlardan oʻtadigan tarmoq suv sarfining 20 foizini tashkil etishi lozim.
252. Retsirkulyatsion nasoslar har bir suv isitish qozoniga bitta nasosdan oʻrnatilishi va qozon ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazilgan komplektni ichiga kirishiga yoʻl qoʻyiladi.
253. Retsirkulyatsion nasoslar suv isitish qozonlarining barcha guruhi uchun umumiy boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda nasoslar soni ikkitadan kam boʻlmasligi lozim. Ulardan biri zaxirada qolishi kerak. Zaxira retsirkulyatsion nasoslardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
254. Bugʻ suvli isitkichli qozonxonalardan kondensat bevosita deaeratorlarga yoʻnaltirilishi kerak.
255. Qozonxonalarda qozonxonani isitish va shamollatish tizimlarining bugʻ-suvli isitkichlari va kaloriferlar, bugʻ quvurlarining zovurlaridan kondensatlarni yigʻish uchun bugʻ toʻshamali yopiq baklarni koʻzda tutish lozim.
256. Qozonxona yoki uning atrofidagi kondensat yigʻish baklarini joylashtirishda barcha zovurlarni shu baklarga yoʻnaltirish lozim. Bunda, qozonxonalarda zovurlarni yigʻish maxsus baklaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
257. Issiqlikdan foydalanishdan, tutun gazlaridan bugʻ hosil boʻlishdagi yashirin issiqlikdan kondensatlar maxsus qayta ishlanishdan soʻng qozonlarni toʻldirish tizimlarida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi yoki aralashtirilmaydigan qurilmalardan soʻng oqova suv kanalizatsiyaga chiqarib tashlanishi kerak.
258. Tashqi isteʼmolchilardan qaytgan kondensatlar sifatiga koʻra, maxsus qurilmada uni deaeratorlarda birga qayta ishlashga bevosita uzatish imkonini koʻrib chiqish lozim.
259. Ochiq issiqlik taʼminoti tizimlari va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tizimlarini oʻrnatishga moʻljallangan qozonxonalarda (suv isitgichlari taxminiy oʻrtacha soatbay yuklamalar boʻyicha tanlagan) akkumulyator-baklari boʻlishi lozim.
260. Akkumulyator-baklari va zaxira suvni saqlaydigan baklarni tanlash va ularni qozonxona maydonida oʻrnatishga talablar SHNQ 2.04.07 va QMQ 2.04.01 ga muvofiq belgilanishi kerak.
261. Akkumulyator-baklari ishining ishonchliligini oshirish uchun quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
germetizatsiya qiluvchi suyuqliklari, himoya qoplamalari yoki katodik himoyani qoʻllagan holda baklarning ichki korroziyasini oldini olish va ularda aeratsiyadan suvni himoya qilish;
baklarni 95℃ dan oshmaydigan faqat deaeriratsiyalangan suv bilan toʻldirish;
baklar ortiqcha suvlarni chiqarib tashlaydigan va havo quvurlari bilan jihozlash;
ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan quvurning quvvati suvni bakka yetkazib beruvchi quvurning oʻtkazuvchanligidan kam boʻlmasligi lozim;
Akkumulyator-baklarining kiruvchi va chiquvchi quvurlarida tayanch konstruksiyalar, ular bakning devori yoki tubiga tashqi quvurlardan bosimni kelishini oldini oladi va bak choʻkishida yuzaga keladigan kuchni boshqaradi;
suv keladigan va chiqadigan joyda elektrlashtirilgan surma klapanlarni oʻrnatish, barcha klapanlar bak hududidan olib chiqilishi kerak (suv oqiziladigan joydagi klapan va germetikdan tashqari);
akkumulyator-baklarning suv darajasi va germetikni nazorat qilish uchun apparatura bilan, signalizatsiya va tegishli blokirovkalar jihozlash;
baklar hududida sovitilgan suvni keyinchalik kanalizatsiyaga oqizishga moʻljallangan suvni yigʻish, toʻkish va oqizish lotoklarini oʻrnatish;
texnik-iqtisodiy asoslashda akkumulyator-baklar koʻzda tutilmasligi mumkin.
262. RSQ, RQ va SQ tanlash texnikaviy shartlarga muvofiq olib borilishi kerak.
RSQ, RQ i SQ zaxiralarini birinchi toifali qozonxonalar isteʼmolchilari talablariga koʻra koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi. RQ dan tashqari qoʻlda sozlanuvchi qurilmalar va saqlagich qopqoqlarini oʻrnatgan holda aylanma yoʻlini koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
263. Ortiqcha suvni uni isitish tizimida olish va avtonom qozonxonalarda suv oqib ketishlar kuzatilganida isitish tizimini kerakli suv bilan taʼminlash uchun diafragment tipidagi kengaytiruvchi baklar oʻrnatilishi kerak:
isitish va ventilyatsiya tizimi uchun;
qozon tizimi uchun (birlamchi kontur).
264. Gcal/h dan ortiq issiqlik yuklamasiga ega suv isitish tizimlarida kengaytiruvchi bak oʻrniga suv yetkazuvchi nasoslardan foydalanish lozim.
11-bob. Suv tayyorlash va suv-kimyoviy tartibi
265. Suvni tayyorlash loyihasida bugʻ qozonlari, isitish va issiq suv taʼminoti tizimlari uchun suvni tozalash, shuningdek suv va bugʻ sifatini nazorat qilishga moʻljallangan yechimlar taqdim etilishi kerak.
266. Blok-modulli qozonxonalarda manba suvining sifati va qoʻshimcha yetkaziladigan suvning sifatiga qoʻyiladigan talablarga qarab, suvni tayyorlashni blokli qurilmasini koʻzda tutish lozim.
267. Isitish tarmoqlari boʻlmagan taqdirda suv isitish qozonlari boʻlgan avtonom qozonxonalarda isitish tizimi va qozon aylanish davrlarini dastlabki va favqulodda toʻldirish kimyoviy ishlov berilgan suv yoki kondensat bilan taʼminlangan boʻlsa, suvni tayyorlash uskunasi boʻlmasligi mumkin.
268. Qozonxona ishining suvli-kimyoviy tartibi qozonlar ishini, bugʻ-suv yoʻlini, issiqlikdan foydalanuvchi jihozlarni va issiqlik tarmoqlarini yemirilishsiz shikastlanishsiz va quyqalar qoldigʻisiz hamda ichki yuzalarida shlamlar choʻkindisi hamda bugʻ va suvni talab etilgan sifatida olinishini taʼminlashi kerak.
269. Suvni qayta ishlash texnologiyasini issiqlik taʼminoti tizimlari uchun taʼminlovchi va qozondagi suvga talab etilgan sifatiga chiqariluvchi oqovalarga, shuningdek dastlabki suv sifati va miqdoriga talablaridan kelib chiqqan holda tanlash lozim.
270. Ochiq issiqlik taʼminoti tizimlari va issiq suv taʼminoti tizimlarining isitish tarmoqlarining taʼminoti uchun suvning sifati OʻzMSt 133:2024 talablariga javob berishi kerak.
271. Qozonxona loyihalarida issiq suv taʼminoti tizimlari uchun manba suvlarini sanitariya jihatdan tozalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
272. 0.07 MPa (0.7 kgm/cm2) dan ortiq bugʻ bosimiga ega boʻlgan bugʻ qozonlarining bugʻ va ozuqa suvlarining sifat koʻrsatkichlari GOST 20995-75 ga muvofiq boʻlishi lozim.
273. Bugʻ bosimi 0.07 MPa (0.7 kgk/cm2) dan kam boʻlgan bugʻ qozonlarining ozuqaviy suvi sifati (tabiiy sirkulyatsiyada) quyidagi talablarga javob berishi kerak:
umumiy qattiqligi, mkg-ekv/l ≤ 20 tarkibi;
erigan kislorod mkg/l ≤ 50;
shrift boʻyicha shaffofligi cm ≥ 30;
rN qiymati (25 ℃ da ) 8.5÷ 10.5;
temir birikmalarining tarkibi;
Fe ga hisoblanganda mg/l ≤ 0.3.
274. Majburiy sirkulyatsiya bilan isitish tizimi uchun ishlaydigan suv isitish qozonlarini kerakli suv bilan toʻyintirish isitish tizimining tarmoq nasoslari tortishi orqali quvurga chiqarilishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
275. Tabiiy sirkulyatsiyada esa (kichik quvvatdagi avtonom qozonxonalar) — isitish tizimining orqa quvuriga, bunda qozonning yopiq uskunasi orasidagi masofa 3 m dan kam boʻlmasligi kerak.
276. Bosqichli bugʻlanishli qozonlar va bosqichsiz bugʻlanishli qozonlarning toza qismida fenolftalein boʻyicha qozondagi suv ishqoriyligining qiymatini kondensat — distillyat taʼminlashda > 50 mkg-ekv/l va qozonlarni yumshatilgan suv qoʻshish bilan taʼminlashda > 500 mkg-ekv/l — qabul qilish lozim.
12-bob. Suvni oldindan qayta ishlash
277. Yuza manbalardagi suvlardan foydalanilganda quyidagilarni koʻzda tutish kerak:
a) 100 mg/l gacha miqdordagi muallaq moddalarni yoʻqotish uchun tiniqlashtirgich sizgichlarda filtrlashni (agar suvning oksidlanishi 15 mg/l Og dan ortiq boʻlsa yoki temir bogʻlovchi quyuqligi 1 mg/l dan ortiq boʻlsa, suvni koagulyatsiyalash zarur);
b) 100 mg/l dan ortiq miqdordagi muallaq moddalarni yoʻqotish uchun, temir birikmalarni kamaytirish uchun har yili 30 kecha-kunduzdan ortiq davrda 15 mg/l Og dan ortiq oksidlanish qiymatida — organik qoʻshimchalarni yoʻqotish uchun tiniqlashtirgich sizgichlarda filtrlanishi va koagulyatsiyalanishini (koʻrsatilgan qayta ishlashni 1,5 mg-ekv/l gacha boʻlgan dastlabki suv ishqoriyligi qiymatida koʻzda tutilishi lozim);
v) ishqoriylikni — tuzni tarkibidagi temir birikmasining organik birikmalarni kamaytirish, 100 mg/l dan ortiq miqdordagi muallaq moddalarni yoʻqotish uchun tiniqlashtirgich sizgichlarda izchil sizish bilan tiniqlashtirgichlarda koagulyatsiyalab oxaklantirilishini (koʻrsatilgan qayta ishlashni dastlabki suvning ishqoriyligi 1,5 mg-ekv/l dan ortiq qiymatda koʻzda tutish lozim);
g) tiniqlashtirgich sizgichlarda izchil sizishli va tiniqlashtirgichlardagi koagulyatsiyalab sodali oxaklash koʻrsatilgan qayta ishlashni umumiy qattiqlik qiymatini ishqoriylik qiymatidagi oshuvchi suv uchun koʻzda tutishga yoʻl qoʻyilishini;
d) tiniqlashtirgich suzgichlarda izchil sizish bilan koagulyatsiyalab uyuvchan natriyli yumshatish, usulni koʻllash quyidagi shartda yoʻl qoʻyilishini:
2Shd.s. + SO2 = Jsa + Short + Dk ,
bu yerda:
Shd.c. — dastlabki suv ishqoriyligi, mg-ekv/l;
SO2 — dastlabki suv tarkibidagi erkin karbonat angidridi, mg-ekv/l;
JCa — kalsiyli qattiqlik, mg-ekv/l;
Short — qaytish suvidagi ortiqcha ishqoriylik, 1 — 1,5 mg-ekv/l qabul qilinadi;
Dk — qayta ishlanuvchi suvga qoʻshiluvchi koagulyant meʼyori, mg-ekv/l.
278. Koagulyantlashni qoʻllashda quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
suvni 1 mg-ekv/l dan kam ishqoriylik bilan ishqorlash koagulyatsiya jarayonini kuchaytirish va pN omilkor qiymatini yaratishni;
xlorni yoki xlorli temir eritmasini meʼyorlash-koloid organik moddalar mavjudligida, shuningdek oltingugurt turshli temir oksidi bilan koagulyantlashni.
279. Koagulyatsiyalashni jadallashtirish va oxakli koagulyatsiyalash uchun flokulyantlarni qoʻllashni koʻzda tutish lozim.
Koʻrsatilgan usullardan birini tanlash koagulyantlarni sinash yoki dastlabki suvni temirsizlantirishni sinash asosida olib boriladi.
13-bob. Bugʻ qozonlarini taʼminlash uchun suvni qozonga yetib kelgunigacha qayta ishlash
280. Bugʻ qozonlarini taʼminlash uchun suvni qayta ishlash usulini ushbu SHNQning talablari va qozonni uzluksiz puflashni ruxsat etilgan qiymatidan kelib chiqqan holda qabul qilish lozim.
281. Xoʻjalik-ichimlik suv quvuridan, qayta ishlashdan oʻtgan yuza manbalari suvidan temirsizlantirishda oʻtgan yer osti manbalari suvidan, shuningdek tarkibidagi muallaq moddalar 8 mg/l dan ortiq boʻlmagan va rangliligi 30 dan ortiq boʻlmagan yer osti va yuza manbalari suvidan foydalanilganda quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
a) bir bosqichli natriy-kationlash — 0,1 mg-ekv/l gacha umumiy qattiqlikni yumshatish uchun, ikki bosqichli — 0,1 mg-ekv/l dan kam boʻlgan. Koʻrsatilgan usulni karbonat qattiqligi 3.5 mg-ekv/l dan kam boʻlganda qoʻllashga yoʻl qoʻyilishini.
Natriy-katioilangandan keyin suvni qayta ishlashni tuzatish usullari qoʻllanilishi mumkin:
nitratlash — qozon metallini oraliq qattiqlanishidan yemirilishni oldini olishni;
amminiylash — bugʻ tarkibidagi erkin karbonat angidridini kamaytirish va quvurdagi bugʻ kondensatida yemirilishni kamaytirishni;
fosfatlash yoki trilonlash — bugʻ bosimi — 14 kgk/cm2 dan ortiq boʻlgan qozonlar isitilish yuzasida quyqa qoldigʻidan himoyalashni;
sulfitlash — bu bosimi 40 kgk/cm2 boʻlgan qozonlarni taʼminlovchi suvdan nitritlarni yoʻqotishni;
b) vodorod-natriy-kationlash qattiqlik, ishqoriylik va isteʼmol suvi tarkibidagi tuzni, shuningdek bugʻdagi karbonat angidrid miqdorini kamaytirish uchun vodorod — kation sizgichlarini parallel ravishda yoki ketma-ket meʼyoriy yoki toʻyinmagan qayta tiklashni.
v) natriy-xlor-ionlash umumiy qattiqlikni, jumladan bugʻ tarkibidagi karbonat va karbonat kislota kamaytirishni (koʻrsatilgan usul bikarbonat ishqoriyligi qiymatini sulfatlar, nitratlar va nitritlar yigʻindisi qiymatiga nisbati > 1 boʻlganda, kuchli kislotalar tarkibidagi anionlar (xlor ionidan tashqari) < 2 mg-ekv/l va organik moddalar va temir mavjud boʻlmaganda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi);
g) ammoniy-natriy-kationlash isteʼmol suvi tarkibidagi tuz va bugʻ tarkibidagi uglerod kislotasi, qattiqlik, ishqoriylikni kamaytirish uchun koʻrsatilgan usul agar bugʻda ammiak ruxsat etilgan boʻlsa, qoʻllanilishini;
d) suvning maʼdanlashtirilganligini kamaytirish uchun ionlash bilan qisman tuzsizlantirishni.
282. Natriy-kationlashda qayta ishlanuvchi suvdagi temir tarkibi 0,3 mg/l dan oshmasligi, vodorod-natriy-kationlashda 0,5 mg/l dan oshmasligi kerak. Natriy-xlor-ionlashda ionlash bilan qisman tuzsizlantirishda temir boʻlmasligi kerak.
Yer osti manbalaridan suvni temirsizlantirishni temir oksidi yoki marganets birikmalari bilan qoplangan donali toʻldirgichli sizgichlarda aeratsiyalangan suvni sizish yoʻli bilan koʻzda tutish lozim.
Vodorod-natriy-kagionlash, natriy-xlorlash, ammoniy-natriy-kationlashni koʻllash uchun tiniqlashtirgichlarda oldindan reagentli yumshatish koʻzda tutilmaydi.
14-bob. Bugʻ qozonlari uchun suvni qozon ichi va magnitli qayta ishlash
283. Qozon ichini qayta ishlashni suvni qisman yumshatish karbonat kislotasi bogʻliqligini yoʻqotish, tarkibidagi tuzni kamaytirish uchun koʻzda tutish zarur.
Qozon ichini qayta ishlashni koʻllash GOST 20995-75 da belgilangan shartlar uchun, taʼminlovchi suv qattiqligi 3 mg-ekv/l dan ortiq boʻlmaganda yoʻl qoʻyiladi.
284. Suvni qozon ichida qayta ishlashda shlam yoʻqotish uzluksiz taʼminlanishi kerak.
285. Suvni qozon ichida qayta ishlash uchun quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
Xds < Kk va Kk ≠ Ko ≠ KCa
2INV=KCa oʻyuvchan natrda;
ds < KCa, oʻyuvchan natr va sodada,
Ids — dastlabki suv ishqoriyligi, mg-ekv/l;
KCa — kalsiyli qattiqlik, mg-ekv/l;
Kk — karbonatli qattiqlik, mg-ekv/l;
Ku — umumiy qattiqlik, mg-ekv/l.
286. Magnitli qayta ishlashni oldindan qayta ishlashdan oʻtgan xoʻjalik-ichimlik suv quvurlarini yoki yuza manbalari suvlarini qozon ichida qayta ishlashga ruxsat etuvchi poʻlat bugʻli qozonlari, shuningdek dastlabki suv qattiqligi <10 mg-ekv/l va temir tarkibi < 0,3 mg/l boʻlganda choʻyan doimiy bugʻli qozonlaridan foydalanilganda qoʻllash lozim.
Suvni magnitli qayta ishlashda qozondan shlamlarni uzluksiz chiqarishni koʻzda tutish lozim.
15-bob. Bugʻ qozonlarini tozalash
287. 2 foizdan kam tozalashning hisobiy qiymatida davriy tozalashni koʻzda tutish zarur, tozalashni hisobiy qiymati 2 foiz va ortiq boʻlganda davriy tozalashdan tashqari uzluksiz tozalashni koʻzda tutish lozim.
288. Bugʻ bosimi 1,3 MPa gacha boʻlganda qozonlarni uzluksiz tozalashning ruxsat etilgan qiymatini qozonlar quvvatining 10 foizdan ortiq boʻlmagan, katta bosimlarda 5 foizdan ortiq boʻlmagan ravishda qabul qilish lozim.
Uzluksiz tozalash issiqligidan foydalanish uchun asosan barcha qozonlarga umumiy separatorlar va issiqlik almashtirgichlarni koʻzda tutish lozim.
Uzluksiz tozalashning 1 t/h va undan kam qiymatida faqat separatorlarni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
16-bob. Issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti tizimlaridagi suvni qayta ishlash
289. Issiqlik taʼminotining berk tizimlari uchun oldindan qayta ishlovdan oʻtqazilgan yuza suv manbalari, temirsizlanishdan oʻtqazilgan yer osti suv manbalaridan foydalanilganda yoki issiqlik taʼminotining berk va ochiq tizimlari, shuningdek issiq suv taʼminoti tizimlari uchun xoʻjalik ichimlik suv quvurlaridan foydalanilganda quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
a) bir bosqichli natriy-kationlashni:
issiqlik taʼminotining berk tizimlari uchun dastlabki suvning karbonat qattiqligi 7 mg-ekv/l va undan kamligida, bunda agar latun quvurchaga ega bugʻ suvli suv isitkich qozonlarining ishlari parallel koʻzda tutilgan boʻlsa, dastlabki suvning karbonat qattiqligi 3,5 mg-ekv/l dan oshmasligi kerak;
issiqlik taʼminotining ochiq tizimlari va issiq suv taʼminoti tizimlari uchun dastlabki suvning karbonat qattiqligi 4 mg-ekv/l va undan kam boʻlganda;
b) sizgʻichni toʻyinmagan qayta tiklashli vodorod-kationlashni:
issiqlik taʼminotining berk tizimlari uchun dastlabki suvning karbonat qattiqligi 7 mg-ekv/l dan ortiqligida;
issiqlik va issiq suv taʼminotining ochiq tizimlari uchun dastlabki suvning karbonat qattiqligi 4 mg-ekv/l dan ortiqligida (koʻrsatilgan usul karbonatlar qiymatining tarkibidagi sulfatlar va xloridlar 1 dan ortiq boʻlgan yigʻindisi nisbatiga, tarkibidagi natriy ioni qiymati tarkibidagi kalsiy va magniy ionlari qiymatining yigʻindisiga nisbati 0,2 dan kamligida qoʻllash lozim);
v) toʻyinmagan qayta tiklashli vodorod kationlash va nordonlashda dekarbonizatordan oldin suv ishqoriyligining oʻzgaruvchanligini bartaraf etish uchun sulfat koʻmir qatlamining balandligi 2 m va sizish tezligi 30 dan 40 m/h gacha boʻlgan ikkitadan kam boʻlmagan buferli (oʻzi qayta tiklanuvchi) sizgichlarni koʻzda tutishni.
290. Dastlabki suv sifati va issiqlik chiqarishning harorat tartibi qozonxonaning suv tayyorlash asosiy tarzi bilan uygʻunligiga koʻra suvni qayta ishlashning quyidagi toʻgʻrilash usullari qoʻllanilgan boʻlishi kerak:
suv isitish qozonlari va bugʻsuvli issiqlik almashtirgichlar yuzalarini quyqalardan himoyalash uchun organik fosfatlarni qoʻllash bilan ingibirlashni;
silikatlashni (issiqlik tarmoqlari va uyni isitish va issiq suv taʼminoti tizimlari qozonlarining ichki yemirilish tezligini sekinlashtirish uchun);
issiqlik tarmoqlarini toʻldirish dastlabki suvning haroratini yumshatishni (qozonlar va issiqlik almashtirgichlar isish yuzalarida yemirilish tezligini kamaytirish va quyqa paydo boʻlishi oldini olish maqsadida).
291. Issiqlik taʼminoti va issiqlik suv taʼminoti tizimlari uchun suvni magnitli qayta ishlashni quyidagi shartlarga rioya qilinganda koʻzda tutish lozim:
suv isitish — 95 °S dan yuqori emas;
dastlabki suvning karbonat qattiqligi — 9 mg-ekv/l dan ortiq emas;
dastlabki suv tarkibidagi temir — 0,3 mg/l dan ortiq emas.
Bunda, agar havosiz boʻshliqli deaeratsiyani koʻzda tutish lozim:
dastlabki suv tarkibidagi kislorod 3 mg/l dan ortiq;
tarkibidagi xloridlar va sulfatlar qiymatining yigʻindisi 50 mg/l dan ortiq (tarkibidagi kisloroddan qatʼiy nazar).
Maishiy issiq suv taʼminoti tizimlari uchun magnit maydonini kuchlanganligi 2000 ersteddan ortiq boʻlmagan magnit apparatlarini qoʻllash lozim.
292. Issiqlik taʼminotining berk tizimlarini toʻldirish uchun izchil sizishli va oxaklash yoki soda-oxakli koagulyatsiyalashli usul bilan qayta ishlangan yuza manbalarining suvlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
293. Suvni qayta ishlash texnologiyasi ochiq sistema issiqlik suv taʼminotida va issiq suv taʼminotida hamda ximikatlarni ishlatilishi va materiallar berilgan suvni sifatini buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17-bob. Suv tayyorlash qurilmalarining jihozlari va inshootlari
294. Suv tayyorlash qurilmalarini hisobiy quvvati quyidagicha aniqlanadi:
bugʻli qozonlarni taʼminlash uchun — bugʻ va kondensat yoʻqolishi, uzluksiz tozalash bilan suv yoʻqotish va qozonxonada bugʻ va kondensat yoʻqolishining eng koʻp yigʻindisi hisobidan;
chekka qozonxonalar uchun 8 h dan koʻp boʻlmagan davrda aylanishning barcha hajmlarini boshlangʻich yoki nosozlikda toʻldirilish hisobidan.
295. Suv tayyorlash jihozlarini mazkur SHNQning talablariga muvofiq aniqlangan hisobiy quvvati boʻyicha tanlash kerak.
Bunda, suvni oldindan qayta ishlash jihozlarini suv tayyorlagichning izchil bosqichidagi qayta tiklash sizgichlariga sarfini, shuningdek qozonxonaning oʻz ehtiyojiga tiniqlashtirilgan suv sarfini inobatga olgan holda tanlash lozim.
296. Suvni oldindan qayta ishlash uchun kamida ikkita tiniqlashtirgich koʻzda tutilishi lozim. Zaxira tiniqlashtirgichlar koʻzda tutilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
297. Tiniqlashtirgich sizgichlar sonini kamida uchta, jumladan bittasi zaxira uchun qabul qilish lozim.
298. Suv tayyorlashning har qaysi bosqichidagi ionitli sizgichlar soni kamida ikkita boʻlishi kerak.
Bunda, ikki bosqichli tarzlardagi suv tayyorlashda birinchi bosqich sizgich sifatida ikkinchi bosqich sizgichlarini ishlash imkonini koʻzda tutish lozim.
Sizgichlardan birini qayta tiklashda qolganlari suv tayyorlashning hisobiy quvvatini taʼminlashi kerak.
Sizgichlarni qayta tiklashni navbatchiligidagi sonini quyidagicha qabul qilish lozim:
qayta tiklanish jarayonlarini koʻlda boshqarishli sizgichlar uchun — koʻpi bilan uchta (barcha qurilmalar uchun);
qayta tiklanish jarayonlarini avtomatik boshqarish sizish tezligiga koʻra aniqlanadi.
299. Loyihalashda sizgichlarni eng katta oʻlcham turlarini qabul qilish lozim.
300. Siziluvchi ashyolarni suvli yuklash uchun barcha suv tayyorlagichga eng katta oʻlchamli sizgichdan siziluvchi ashyoni qabul qilish yetarli boʻlganda umumiy qoʻshimcha sizgich sigʻimini oʻrnatish kerak.
301. Dastlabki suvni isitkichlarini ion almashuv ashyolarini kzda tutuvchi texnik shartlarga kra ruxsat etiluvchi suvni 16 °S dan past boʻlmagan haroratgacha, biroq yuqori boʻlmagan haroratgacha isitish hisobdan tanlash lozim.
Tiniqlashtirgichlarni oʻrnatishda dastlabki suv haroratini oʻzgarishi +1 °S ga yoʻl qoʻyiladi.
302. Tiniqlashtirgich sizgichlarni yuvishni, asosan, 1 kgk/cm2 dan ortiq boʻlmagan bosimli siqiq havoni qoʻllagan holda tiniqlashtirilgan suv bilan koʻzda tutish lozim.
303. Tiniqlashtirgich sizgichdan keyingi yuvilgan suvdan qayta foydalanish uchun tiniqlashtirgichning pastki qismiga kecha-kunduz davomida choʻkindi bilan birgalikda bu suvni bir tekis uzatish uchun bak va nasoslarni koʻzda tutish kerak.
Bak sigʻimi ikkita yuvishdan suv qabul qilishga hisoblangan boʻlishi kerak.
304. Tiniqlashtirgichdan keyingi suvni yigʻish uchun tiniqlashtirgichning umumiy quvvati qiymatiga teng bak sigʻimini koʻzda tutish zarur.
Tiniqlashtirgich sizgichlarni yuvish uchun va koʻrsatilgan baklardan foydalanilganda baklar sigʻimini tiniqlashtirgichlarni soati quvvati va ikkita tiniqlashtirgich sizgichlarni yuvishga suv sarfi qiymatlarining yigʻindisiga teng qabul qilish lozim.
305. Yumshoq sizgich ashyolarni turli mohiyatli sizgichlarning har qaysi guruhi uchun yuvish suviga bak oʻrnatishni koʻzda tutish kerak.
Yumshatishni taʼminlovchi balandlikda bakni oʻrnatish mumkin boʻlmasa, nasos oʻrnatishni koʻzda tutish lozim.
Bakning foydali sigʻimi bitta yumshatilgan yuvish uchun zaruriy suv miqdori hisobidan aniqlanishi kerak.
306. Kuchli kislota bak oʻlchagichning hajmini bitta sizgichni qayta tiklash shartidan aniqlash lozim.
307. Ohak suti uchun baklar soni kamida ikkita koʻzda tutilishi lozim.
Sarf baklaridagi ohak sutining quyuqligini SaO boʻyicha 5 foizdan ortiq boʻlmagan holda qabul qilish kerak.
308. Doimiy ish uchun moʻljallangan nasoslar, shuningdek nasos-meʼyorlagichlarni kamida ikkita koʻzda tutish lozim.
Davriy ishlovchi nasoslar uchun zaxirani koʻzda tutishga yoʻl qoʻyilmaydi.
309. Har qaysi tiniqlashtirgichga alohida guruh nasoslar-meʼyorlagichlarni koʻzda tutish kerak.
310. Reagentlar uchun, asosan nam saqlash omborlarini koʻzda tutish lozim.
Reagentlari bir oyda 3 t gacha sarfida ularni berk omborlarda quruq holda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Koagulyantlar, osh tuzi, kalsiylashtirilgan soda va fosfatlar uchun sigʻimlar balandligini koʻpi bilan 2 m, oxak uchun — koʻpi bilan 1,5 m qabul qilish lozim.
Reagentlarni tushirish va yuklash mexanazatsiyalashtirilganda sigʻimlar balandligi orttirilgan boʻlishi mumkin: koagulyant, osh tuzi, kalsiylashtirilgan soda va fosfatlar — 3,5 m gacha, oxak — 2,5 m gacha.
Sigʻimlarni yerga chuqurlashtirish 2,5 m dan ortigʻiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Flokulyantni idishda va 5 °S dan past boʻlmagan haroratda saqlashni koʻzda tutish lozim.
311. Reagentlarni saqlash omborlari sigʻimini rejalashtirishda:
avtotransport bilan — 10 kecha-kunduzgi sarfi;
temir yoʻl transporti bilan oylik sarfi;
quvuroʻtkazgichlar boʻylab — kecha-kunduzgi sarfi hisobini qabul qilish lozim.
Reagentlarni temir yoʻl transporti bilan keltirilganda bir vagon yoki sisterna qabul qilish imkonini koʻzda tutish zarur. Bunda, omborga tushirish vaqti 10 kecha--kunduzgi reagentlar zaxirasi hisobga olinishi kerak.
Reagentlar zaxiralari kecha-kunduzgi eng koʻp sarfga koʻra aniqlanadi.
Qozonxona maydonchasida reagentlarni quruq saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, nam saqlash omborining sigʻimi kamaytirilishi mumkin.
312. Reagentlarni nam saqlash uchun sigʻimlar hajmini 1t quruq reagentga 1,5 m3 hisobida qabul qilish lozim.
Koagulyantni nam saqlash uchun sigʻimilarda aralashmalarni qorishtirish uchun qurilmalarni koʻzda tutish zarur.
313. Reagentlarni nam saqlash uchun sigʻimlarni bino tashqarisida joylashtirilganda, eritmani muzlashdan saqlovchi qurilmalarni koʻzda tutish kerak.
314. Ohak va flokulyantdan tashqari, reagentlarni rangsizlashtirish uchun har reagentga bittadan rangsizlantirgich sizgichlardan koʻzda tutish lozim. Bunda, sizish tezligini 6 m/h qabul qilish lozim.
315. Sizgich ashyolar omborini ashyoning hajmidan 10 foizga, rangsizlantirgich va kationitli sizgichlarga toʻkiluvchilarni anionitli sizgichlarga toʻkiluvchi ashyolar hajmidan 25 foizga hisoblash kerak.
316. Loyihalarda yemiriluvchi moddalar taʼsiriga beriluvchi jihozlar va quvuroʻtkazgichlari koʻzda tutilishi lozim yoki ularni yemirilishga chidamli ashyolardan qabul qilinadi.
317. Bugʻ va suv sifati nazoratini asosan, sanoat korxonalari yoki issiqlik taʼminoti tizimlaridan foydalanish tuman xizmatining maxsus laboratoriyalarida amalga oshirilishi kerak. Bu maqsadlar uchun koʻrsatilgan laboratoriyalardan foydalanish imkoni boʻlmaganda, zaruriy nazoratni qozonxonalarda koʻzda tutish lozim.
Issiqlik taʼminoti ochiq issiqlik tarmoqlari va issiq suv taʼminoti tizimlari uchun suv sifatining kimyoviy nazorati OʻzMSt 133:2024 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
18-bob. Kondensatni qayta ishlash
318. Ishlab chiqarish kondensatini tozalash qurilmalarini quyidagicha ifloslanganlikdan ortiq boʻlmagan qiymatlarda koʻzda tutish lozim, mg/l:
muallaq moddalar — 300;
temir birikmalari — 70;
yogʻlar — 20;
qora moy — 2;
fenollar, benzollar, naftalinlar (yigʻindisi) — 10.
Kondensatni ifloslanganligi yuqorida koʻrsatilganlardan ortiq boʻlganida va dastlabki suv bilan kondensatni birgalikda qayta ishlash imkoni boʻlmaganida, kondensatni qozonxonalarga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
319. Loyihalashda qozonlarni taʼminlash uchun qozonxonaning qora moy bilan taʼminlovchi qurilmalaridan kondensatni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Zaruriyatga koʻra, mazkur qurilmalar qora moydan tozalanishi kerak. Ayrim hollarda texnik — iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanganda, tozalashdan soʻng kondensatni kanalizatsiya tarmogʻiga chiqarib tashlashni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
320. Kondensatni qayta ishlash uchun quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
a) natriy-kationlashni — umumiy qattiqlikni kamaytirish va ammiakni yoʻqotish uchun;
b) tiniqlashtirish sizgichlarda sizishni — tarkibida 300 mg/l gacha muallaq moddalarni kamaytirish uchun;
shrift boʻyicha 30 cm dan kam koʻrsatkichda tiniqlikligini oshirish;
50 mg/l gacha miqdordagi temir birikmalarini kamaytirish;
harorati 100 °S dan kam boʻlgan kondensatda va 5 dan 15 mg/l gacha miqdordagi yogʻni kamaytirish;
v) sorbsiyali sizgichlarda sizish kondensati 100 °S gacha haroratda yogʻ miqdori 5 mg/l gacha boʻlganda ularni kamaytirish;
kondensat harorati 100 °S dan yuqori va tarkibidagi yogʻ 20 mg/l gacha miqdorini kamaytirish;
10 mg/l dan kam miqdordagi tarkibida fenollar, benzollar, naftalinlarni kamaytirish;
1 dan 50 mg/l gacha miqdoridagi temir birikmalarini kamaytirish uchun;
g) tiniqlashtirgich, sorbsiyali, kationli sizgichlarda izchil sizish bilan tindirish — 50 dan 70 mg/l gacha miqdordagi temir birikmalarini kamaytirish;
15 dan 20 mg/l gacha miqdordagi yogʻ tarkibini kamaytirish uchun;
d) vodorod-kationlash — 1 dan 50 mg/l gacha miqdordagi temir birikmalar tarkibini kamaytirish uchun.
Kondensat tarkibida 1 dan 50 mg/l gacha miqdorda temir birikmalari boʻlganda va tiniqlashtirgich sizgichlarni qoʻllanganda kondensatni ikki bosqichli qayta ishlashni koʻzda tutish lozim (birinchisi — tiniqlashtirgich sizgichlar, ikkinchisi — sorbsiyali).
321. Kondensatni sizish tezligini quyidagicha qabul qilish lozim, m/h:
tiniqlashtirgich sizgichlardagi:
sellyulozali — 10;
temir birikmalaridan danali tozalashda — 50;
bu ham, yogʻdan tozalashda — 5;
qationitli sizgichlarda — 50.
322. Tindirgichlarda kondensatlarni tindirish davomiyligini 3 h dan kam koʻzda tutilmasligi kerak.
19-bob. Qozonxonaga yonilgʻini tushirish, qabul qilish, taxlash va uzatish.
323. Ushbu bobda bayon etilgan talablarni qozonxonaga yonilgʻi sarfi 150 t/h gacha boʻlganda yuk tushirish, qabul qilish, taxlash va yonilgʻi uzatish uchun inshootlarni loyihalashda bajarish lozim.
324. Temir yoʻl bilan yonilgʻilarni keltirishda qozonxona maydonchasida vagon tarozilarini faqat qozonxona joylashuvchi korxona maydonchasida yoki temir yoʻl stansiyasida boʻlmagan xollarda koʻzda tutish lozim.
325. Yonilgʻini avtotransport bilan yetkazilishida qozonxona maydonchasidagi avtomobil tarozilarini faqat ularni asosiy (markaziy) omborda mavjud boʻlmagan xollarda koʻzda tutish lozim.
326. Tushirish qurilmalarining tushirish maydoni va yonilgʻi omborining tushirish maydonini birgalikda nazarda tutish lozim.
327. Qabul qilish tushirish qurilmalarida yonilgʻini mexanizatsiyalashtirilgan tushirish, shuningdek yonilgʻi qoldigʻidan vagonlarni mexanizatsiyalashtirishgan tozalash uchun qurilmalarni koʻzda tutish kerak.
328. Qattiq yonilgʻi omborlarini va qabul qilish — tushirish qurilmalarini ochiq holda loyihalash kerak. Yonilgʻi omborlari va qabul qilish — tushirish qurilmalarini yopiq loyihalashni ochiq saqlash uchun yaramaydigan yonilgʻini yoqishda ishlab chiqarishni alohida texnologiya bilan bogʻliq boʻlgan sanoat korxonalarida, qozonxonaning tor sharoitlarida, turarjoy obyektlari qurilgan tumanlar uchun yoʻl qoʻyiladi.
329. Yonilgʻini ochiq omborlari ostidagi maydonchalarni qoplash uchun asfalt, beton hamda yogʻoch toʻshamalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
330. Yonilgʻi omborlari sigʻimini quyidagicha qabul qilish lozim;
yonilgʻini avtotransport bilan yetkazilishida — 7 kecha-kunduzgi sarfdan ortiq emas;
yonilgʻini temir yoʻl transportida yetkazilishida — 4 kecha-kunduzgi sarfdan ortiq emas.
Koʻmirni uzluksiz yetkazish sharoitida qozonxonaning koʻmirni qazib oluvchi va koʻmirni qayta ishlovchi korxonalarning yonilgʻi omborlarining sigʻimi 2 kecha-kunduzgi sarfda ortiq boʻlmasligi kerak.
331. Omborlarda taxlamlar balandligi:
I guruh koʻmirlari uchun chegaralanmaydi;
II guruh koʻmirlari uchun 12 m;
III guruh uchun — 6 m;
IV guruh uchun — 5 m dan oshmasligi kerak.
332. Yonma-yon koʻmir taxlamlari orasidagi masofani taxlamlar balandligi 3 m dan ortiq boʻlmaganda 1 m va undan yuqori balandlikda 2 m qabul qilish lozim.
333. Torf taxlamlarining oʻlchamlarini uzunligi boʻyicha 125 m dan, eni boʻyicha 30 m dan va balandligi boʻyicha 7 m dan ortiq boʻlmagan ravishda koʻzda tutish lozim. Bunda, boʻlakli torf uchun taxlamlar burchak qiyaligini kamida 60°, kesib olingan torf uchun — kamida 40° koʻzda tutish kerak.
334. Torf taxlamlarini joylashishini taxlamlar asosi orasidagi masofalarni juft-juft bir juftini 5 m, juft taxlamlar orasini-taxlamlar asosining kengligi boʻyicha teng, biroq kamida 12 m nazarda tutilishi lozim.
Taxlamlar asosidan ular yon tomoni orasidagi masofani boʻlakli torf uchun — 20 m, kesib olingan torf uchun — 45 m qabul qilish lozim.
335. Yonilgʻi taxlami asosdan toʻsiqqacha boʻlgan masofani 5 m, yaqindagi temir yoʻl izi relsi boshchasigacha — 2 m va avtomobil yoʻlining qatnov qismi chekkasigacha — 1,5 m qabul qilish lozim.
336. Qozonxonaning yonilgʻi uzatish hisobiy soatdagi quvvati qozonxonaning eng koʻp 1 gacha kunduzgi yonilgʻi sarfidan (kelajakda qozonxonani kengaytirilishini inobatga olgan holda) va 1 kecha-kunduzdagi yonilgʻi uzatkichning ish soati miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
337. Yonilgʻi uzatkich loyihasida asosan koʻmir va kesib olingan torf uchun maydalagich oʻrnatishni koʻzda tutish lozim. Mayda yonilgʻida (0.25 mm) ishlashda maydalagichlar koʻzda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi.
338. Bolgʻali va tishli-gʻoʻla maydalagichlardan oldin mayda yonilgʻilarni elash va elektr separatorlarini oʻrnatishni nazarda tutish lozim.
Bolgʻali va valli-tishli maydalagichlardan oldin yonilgʻining mayda fraksiyalarini ajratib olish qurilmalari va elektr-monolit separatorlarini koʻzda tutish kerak.
339. Kesib olingan torfda ishlashga moʻljallangan qozonxonalar uchun yonilgʻi uzatishning qabul qilish qurilmalaridan keyin toʻnka va gʻoʻlalarni olib tashlash koʻzda tutilishi lozim.
340. Qozonlarning yonilgʻi bunkerlar sigʻimi va yonilgʻi uzatkichga muvofiq ish tartibi, shuningdek qozonxonaning umumiy yonilgʻi bunkerlarini oʻrnatish mumkin boʻlgan turlarini texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar asosida aniqlanishi lozim. Har qaysi qozonning bunkerlaridagi koʻmir zaxirasi uni ishlashi uchun 3 h dan, kesib olingan torf zaxirasi 1,5 h dan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi kerak.
341. Toʻqish yengi va oqimni egish va sinishsiz, yumaloq qirqimni koʻzda tutish lozim.
342. Isitishni loyihalash uchun hisobiy harorati manfiy 20 °S va undan past boʻlgan tumanlar uchun tasmali konveyerlarni berk yoʻlaklarda nazarda tutilishi kerak.
Tiklik boʻyicha yoʻlak balandligi kamida 2,2 m qabul qilinishi kerak.
Yoʻlak kengligi oʻrtacha boʻylama oʻtish bilan kamida 1000 mm kenglikdagi konveyerlar orasida va yonlama (taʼmirlash) boʻylama oʻtishni kamida 700 mm kenglikdagi konveyerlar oʻrnatishga koʻra tanlanish lozim.
Bir konveyerli yoʻlakda oʻtishlar kamida 700 mm kenglikda boʻlishi kerak. Asosiy oʻtishlarda 600 mm gacha yonlama tomonlarda 350 mm gacha, baʼzi joylarda torayishlar (1500 mm dan ortiq boʻlmagan uzunlikda) yoʻl qoʻyiladi. Bunda koʻrsatilgan yerlardagi konveyerlar toʻsiqlarga ega boʻlishlari kerak.
Yoʻlaklarda har 100 m dan keyin konveyerlardan oʻtish koʻprikchalarini oʻrnatishni koʻzda tutish kerak.
343. Isitish harorati manfiy 20 °S dan yuqori boʻlgan tumanlarda loyihalash uchun changni oldini oluvchi toʻsiqli ochiq tasmali konveyerlarni oʻrnatishni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
344. Qattiq yonilgʻi uchun bunkerlarni yonilgʻini oʻzi oqib tushishini taʼminlovchi silliq ichki yuzali va shaklli loyihalash kerak.
Bunkerlarni qabul qilish va sepish devorining qiyalik burchagi koʻmirlar uchun kamida 55°, torf va surkaluvchi koʻmir uchun esa kamida 60° qabul qilish lozim.
Qozon bunkerlarining, siloslarning konus qismi, shuningdek toʻkish yenglari va oqishlar devorining qiyalik burchagini koʻmir uchun kamida 60°, torf uchun esa kamida 65° qabul qilish lozim.
Bunkerlarni ichki qirralari uchlari egilgan yoki dumaloqlangan boʻlishi kerak. Koʻmir va torf bunkerlarida yonilgʻini tutib qurilmalarini koʻzda tutish lozim.
345. Tashish uchun tasmali konveyerlarni qiyalik burchagi koʻmir uchun 18° dan, torf uchun 20° dan ortiq qabul qilinishi lozim.
20-bob. Suyuq yonilgʻi
346. Yonilgʻi saqlashga kelib tushuvchi yonilgʻi ogʻirligini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanishi lozim. Yonilgʻi ogʻirligini aniqlash uchun tarozilarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
347. Asosiy va zaxira yonilgʻi sifatida qoʻllaniluvchi qora moy tushirish maydonini uzunligini 1 kecha — kunduzgi sarflarni va temir yoʻl bilan kelishilgan xolda yetib kelishi boʻyicha tengsizlik koeffitsiyentini inobatga olingan boʻlishi kerak.
348. Avtomobil bilan keltiriluvchi qora moy uchun quyish qurilmalarini bitta avtomobil sisternasini boʻshatishga koʻzda tutish lozim.
349. Yengil neft yonilgʻisini quyish qurilmalari bitta temir yoʻl yoki avtomobil sisternalarni qabul qilish uchun koʻzda tutilishi kerak.
350. Temir yoʻl sisternasining yuqori sathida qora moyni tushirish maydonining butun uzunligi boʻyicha isituvchi qurilmaga xizmat qilish uchun estakadani nazarda tutish lozim.
351. Temir yoʻl sisternalaridan yonilgʻini quyish uchun relslar orasida joylashuvchi qabul qilish novlarini koʻzda tutish lozim.
Qabul qilish novining ikkala tomoni boʻylab nov tomonga 0,05 dan kam boʻlmagan beton nishablik koʻzda tutilishi kerak.
Yonilgʻi avtonaqliyot bilan keltirilganda uni qabul qilish sigʻimiga yoki bevosita yonilgʻi saqlagichga quyishni qabul qilish novi yoki voronka orqali koʻzda tutish lozim.
352. Yonilgʻi saqlagichga yoki qabul qilish sigʻimiga yonilgʻini quyish koʻzda tutiladigan novlar va quvurlar qiyaligi kamida 0,02 boʻlishi kerak.
Quyish qurilmalari novlari (quvurlari) bilan va qabul qilish sigʻimi yoki sigʻimi oʻzida yonilgʻini tozalash uchun gidravlik lukidon yoki koʻtargich toʻrni oʻrnatishni koʻzda tutish lozim.
353. Temir yoʻl transporti bilan yetkaziluvchi yonilgʻilar uchun qabul qilish sigʻimining hajmi yonilgʻi qabul qilish nasoslarini tortib chiqarishda nosozlik toʻxtaganda, 30 daqiqa davomida taʼminlashi kerak.
354. Yonilgʻini qabul qilish sigʻimidan yonilgʻi saqlashga tortib chiqarish uchun kamida ikkita nasos nazarda tutilishi kerak. Nasoslar quvvati bir marotabada quyiluvchi yonilgʻi miqdoriga koʻra tanlanadi.
355. Qora moyni saqlash uchun toʻqmali temirbeton va poʻlat sigʻimlarni koʻzda tutish lozim (yer osti va yer usti). Yengil neft yonilgʻisi va suyuq choʻkindilarni koʻzda tutish lozim.
Oʻrtacha yillik tashqi havo harorati 9 °S gacha boʻlgan tumanlarda belgilanuvchi yer usti metall sigʻimlari uchun yonmaydigan ashyolardan issiqlik himoyasi koʻzda tutilishi kerak.
356. Bir kecha-kunduzgi sarfga koʻra suyuq yonilgʻi saqlash sigʻimini ushbu SHNQning 1-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
Asosiy va zaxira yonilgʻilarni saqlash uchun kamida ikkita sigʻim koʻzda tutilishi kerak.
357. Nosozlik yonilgʻisini saqlash uchun bitta sigʻim oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Suyuq choʻkindilarni saqlash uchun sigʻimlarning umumiy hajmi ularni yetkazilish shartlariga koʻra (temir yoʻl yoki avtomobil sisternalari sigʻimi), biroq qora moy saqlagich sigʻimining kamida 0,5 foiz tashkil etishi kerak.
Sigʻimlar soni kamida ikkita qabul qilinishi kerak.
358. Temir yoʻl sisternalaridagi suyuq yonilgʻini isitish haroratini qora moy belgisi 40 uchun 30 °S, qora moy belgisi 100 uchun 60 °S, yengil neft yonilgʻi uchun 10 °S qabul qilish lozim. Avtomobil sisternalarida yetkaziluvchi yonilgʻini isitishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qora moy quyiluvchi qabul qilish sigʻimlarida, novlarda va quvurlarda koʻrsatilgan haroratni saqlab turuvchi qurilmalarni koʻzda tutish lozim.
359. Yonilgʻi saqlash sigʻimlaridan suyuq yonilgʻini olish joylarida qora moy belgisi 40 — 60 °S dan, qora moy belgisi 100 — 80 °S dan, yengil neft yonilgʻisi — 10 °S dan kam boʻlmagan harorati tutib turishi kerak.

1-jadval

Yonilgʻi mohiyati va yetkazilish usuli

Suyuq yonilgʻi saqlash sigʻimi

1. Temir yoʻl boʻyicha keltiriluvchi asosiy va zaxiralar

10 kecha-kunduzgi saqlash sigʻimi

2. Shunday, avtomobil naqliyoti bilan keltiriluvchi

5 kecha-kunduzgi sarf

3. Temir yoʻl yoki avtomobil naqliyoti bilan kechiktiriluvchi, gazda ishlovchi qozonxonalar uchun nosozlik

3 kecha-kunduzgi sarf

4. Quvuroʻtkazgich boʻylab keltiriluvchi asosiy zaxira va nosozligi

2 kecha-kunduzgi sarf

5. Quvvati 100 Gcal/h va undan kam qozonxonalar uchun erituvchi

100 t dan ikkita sigʻim

6. Shunday, quvvati 100 Gcal/h va undan kam qozonxonalar uchun erituvchi

200 t dan ikkita sigʻim

Izoh. Gaz uzatishdagi tanaffuslarda u bilan uzoq muddat davomida yondirish uchun moʻljallangan suyuq yonilgʻi zaxirasi deyiladi.
360. Temir yoʻl sisternalardagi yonilgʻini isitish uchun 0,5 — 0,9 MPa bosimli bugʻdan foydalanish lozim. Isitkichlarda, yonilgʻi saqlash sigʻimlarda, qabul qilish sigʻimlarida va quyish novlarida qora moyni isitish uchun 0,5 — 0,9 MPa bosimli bugʻ yoki 120 °S dan kam boʻlmagan yuqori haroratli suvni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Yonma-yon va birgalikda qurilgan qozonxonalarning suyuq yonilgʻilari uchun uni tashqi sigʻimlarda isitish zaruratida ushbu qozonxonalarni issiqlik tashuvchi qoʻllanilishi kerak.
361. Mazkur SHNQ talablariga muvofiq, yonilgʻi saqlash sigʻimlaridagi qora moy haroratini tutib turish uchun isitishning aylanma tizimini qoʻllash lozim.
Qora moyni aylanma isitishda maxsus nasoslar va isitkichlarni oʻrnatishni koʻzda tutuvchi mustaqil tarzlar qoʻllanilishi mumkin yoki qozonxonaga qora moy uzatish nasoslari va isitkichlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
362. Qora moyni aylanma isitish usulining tanlash turlari texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida aniqlash lozim. Ilonizi isitkichlari qora moylarni olish sigʻimlarida oʻrnatilishi kerak.
Sigʻimda yonilgʻi uzatishni yonilgʻi sathidan pastda koʻzda tutish lozim.
363. Oʻchoq oʻtxonasi yoqish shartlari boʻyicha talab etiluvchi haroratgacha qora moyni isitish uchun kamida ikkita isitkichlar, jumladan, bittasi zaxira uchun koʻzda tutish lozim.
Qozonxonaga qora moy uzatish aylanma tarzi boʻyicha, yengil neft yonilgʻini — berk tarz boʻyicha koʻzda tutish kerak.
364. Yonilgʻi saqlashdan qozonxonaga (yoki qozonlarga) yonilgʻi uzatish uchun nasoslar sonini kamida uchta qabul qilinishi kerak. Oʻrnatiluvchi nasoslardan biri 1-toifali qozonxona uchun zaxira, 2-toifa qozonxona uchun kamida ikkita zaxirasiz boʻlishi kerak.
Yonilgʻi uzatish nasoslarining quvvati aylanma tarz boʻyicha barcha qozonlar ishida yonilgʻini eng koʻp soatiy sarfi kamida 110 foiz va berk tarz boʻyicha kamida 100 foiz boʻlishi kerak.
365. Yonilgʻini mexanik aralashmalaridan tozalash uchun dagʻal sizgichlarda tozalash (nasoslargacha) va nozik tozalashni (qora moy isitkichlaridan keyin) koʻzda tutish lozim. Har qaysi mohiyatli sizgichlarini kamida ikkita oʻrnatiladi, jumladan bittasi zaxira.
Yonilgʻini quvuroʻtkazgichlarda uzatishda dagʻal sizgichli tozalash koʻzda tutilmaydi.
366. Alohida turadigan qozonxonalarning qozonxona hududida qora moy uchun 5 m3 dan ortiq boʻlmagan hajmda va yengil neft yoqilgʻisi uchun 1 m3 dan ortiq boʻlmagan hajmda suyuq yoqilgʻining yopiq sarf baklarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, ular balandligi 200 mm dan oshmagan 1-tipdagi toʻsiqlar bilan ajratilishi lozim.
binolar yonida va ichida joylashgan qozonxonalar uchun qozonxonaga oʻrnatilgan yoqilgʻi quyish shoxobchalarining umumiy quvvati 0,8 m3 dan oshmasligi kerak.
Qora moy nasosi, qozonxona uskunalari va quvurlaridan drenajlarni yigʻish uchun qora moy nasosi va qozonxonadan tashqarida joylashgan drenaj sigʻimini koʻzda tutish kerak.
367. Qozonxonada oʻrnatiluvchi sarf baklaridagi qora moyni isitish harorati 90 °S dan oshmasligi kerak.
Sarf baklarida yengil neft yonilgʻisini isitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
368. Qozonxona binosiga biriktirib qurilgan xonalarda yonilgʻi uchun sigʻimlarni oʻrnatishni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda yonilgʻi sigʻimlarining umumiy hajmi qora moy uchun 150 m3, yengil neft yonilgʻisi uchun 50 m3 dan ortiq boʻlmasligi kerak.
369. Faqat suyuq yonilgʻida ishlashga moʻljallangan qozonxonalarda yonilgʻi nasoslaridan qozonlargacha yonilgʻini yetkazish birinchi toifadagi qozonlar uchun ikkita magistral va ikkinchi toifadagi qozonlar uchun bitta magistral yoʻli orqali taʼminlanishi kerak.
Suyuq yonilgʻi zaxira, avariyaviy yoki oʻt yoqish uchun ishlatilgan hollarda uning qozonxonalarga yetkazib berilishi qozonxona toifasidan qatʼi nazar, yakka quvurlar orqali taʼminlanishi kerak.
370. Qozonxonalarni yoqilgʻi bilan taʼminlash uchun qurilmalarga issiqlik tashuvchini yetkazib berish qozonlarga yoqilgʻi yetkazib beruvchi magistrallar soniga muvofiq bir yoki ikki quvur orqali taʼminlanishi lozim.
Ikki magistral orqali yoqilgʻi va issiqlik tashuvchini yetkazishda magistrallarning har biri ishchi qozonlarning maksimal yuklamasida sarflanadigan yoqilgʻi va issiqlik tashuvchining 75 foizini oʻtkazish uchun moʻljallanishi kerak.
371. Yengil neft yoqilgʻisida ishlaydigan qozonxonalar uchun yoqilgʻi liniyalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
yonilgʻini qozonxonaga olib kirishda izolyatsiyalovchi flans va elektroprivodli tez ishlab ketadigan qulflovchi klapani bor oʻchiruvchi uskuna;
har bir qozon va gorelkaga chiqarishda qulflaydigan armatura;
oqizuvchi magistralga chiqishda qulflovchi armatura.
372. Yonilgʻi oʻtkazgich qistirmalarini yer usti va yer ostida toʻkmasiz sunʼiy ariqlari eng yuza chuqurlashtirilgan ochiluvchi yopmali oʻtib boʻlmas sunʼiy ariqlarda koʻzda tutish lozim. Sunʼiy ariqlarni binoning tashqi devoriga taqalgan yerlarida sunʼiy ariqlar qum bilan yoki yonmaydigan qobiq bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Yonilgʻi oʻtkazgichlar kamida 0,003 qiyalikda yotqizilishi kerak. Yonilgʻi oʻtkazgichlarni bevosita gaz chetlatkichlari, havo quvurlari va shamollatish shaxtalari orqali yotqizish taqiqlanadi.
21-bob. Gazsimon yonilgʻi
373. Qozonxonalarning gaz uskunalarini SHNK 2.04.08 talablarini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
Qozonxonalardagi kerakli gaz bosimini taʼminlash uchun gazni boshqarish qurilmalarini koʻzda tutish lozim. Gazni boshqarish qurilmalarini bevosita qozonxonalarda yoki qozonxona maydonchasidagi gazni boshqarish punktlarida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
374. GSK va GSB asosiy jihozlarini tanlashni oʻrnatiluvchi qozonlar eng katta quvvatida gazning hisobiy sarfidan kelib chiqqan holda olib borish kerak.
Gaz bosimi sarfini sozlashni tanlashda hisobiy sarfga 1,15 zaxira koeffitsiyenti bilan qabul qilinishi kerak.
375. Gazsimon yonilgʻida ishlash uchun moʻljallangan qozonxonalar uchun GSK (GSB) dan qozonlargacha gaz oʻtkazish birinchi toifali qozonxona uchun ikki quvuroʻtkazgich boʻyicha koʻzda tutish kerak.
376. GSK (GSB) da quvvati 150 Gcal/h dan ortiq boʻlgan qozonxonalarda ikki tarmoqli redutsiyalashni koʻzda tutish lozim.
Qolgan qozonxonalardagi GSK (GSB) bir tarmoqli redutsiyalashni va aylanma yoʻlini koʻzda tutish lozim.
377. Yonma-yon, taqab qurilgan va tomda qurilgan qozonxonalar uchun bosimi 5 KPa gacha boʻlgan tabiiy gaz oʻtkazishni koʻzda tutish lozim. Bunda, gaz quvurning ochiq qismlari eni kamida 1,5 m kenglikdagi binoning tashqi devori boʻyicha yotqizilishi kerak.
378. Qozonxonaga ulanuvchi gaz quvuri quyidagicha oʻrnatilgan boʻlishi kerak:
balandligi kamida 1.8 m boʻlgan binoning tashqi devorida gardishli himoyalovchi oʻchirish qurilmalari;
qozonxona ichki binosini elektr uzatkich bilan tez taʼsir etuvchi toʻsqich klapan;
har qaysi qozonga yoki gaz yondirgich qurilmasiga chiqarishda toʻsqich oʻzak.
379. Turli inshoot yoki qurilmalar yukini koʻtaruvchi inshoot sifatida gaz quvuridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar bu qozonxona poli sathi bevosita qozonxonaga tutash boʻlgan hududdan pastroq boʻlsa, ekspluatatsiya qilinayotgan qozonxonalarda qozonlarni suyultirilgan gazni yoqish uchun foydalanishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22-bob. Kul shlakini yoʻqotish
380. Qattiq yonilgʻida ishlash uchun moʻljallangan qozonxonalarda kul shlakni yoʻqotish tizimlari kul va shlaklarni uzluksiz yoʻqotishni, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsizligini, atrof-muhitni changdan va ifloslanganliklardan muhofazalashni taʼminlash kerak.
381. Kul shlakni yoʻqotish tizimlari quyidagilardan kelib chiqqan holda tanlanadi:
qozonxonadan yoʻqotilishi lozim boʻlgan kul va shlak miqdoridan;
kul va shlakdan sanoatda foydalanish imkoniyatidan;
kul shlak uyumlari uchun maydonning mavjudligidan va uni qozonxonadan yoʻqotishdan;
gidrokul shlak yoʻqotish uchun suv zaxiralari bilan taʼminlanganligidan;
kul va shlakning fizik-kimyoviy xossalaridan.
382. Umumiy ogʻirligi 150 kg/h gacha boʻlgan kul va shlakni olib chiqish uchun yigʻuvchi konteynerlarning monorels yoki avtoyuklash transportidan va vagonetkalardagi torgʻildirakli transportdan foydalanish lozim.
Qozonxonadan kul va shlakning umumiy olib chiqilishi 150 kg/h dan ortiq boʻlganda, mexanik, pnevmatik va gidravlik kul va shlaklarni yoʻqotish tizimlari ishlatilishi kerak.
383. Kul va shlakni yoʻqotish va saqlash odatda bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Kul va shlakni alohida olib chiqish isteʼmolchilarning tegishli talablariga koʻra amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Kul va shlakni olib chiqish har bir qozon uchun alohida yoki butun qozonxona uchun umumiy tarzda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kul va shlakni olib tashlash tizimini tanlash turli variantlarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini taqqoslash asosida amalga oshirilishi lozim.
384. Mexanik tizimlari uchun davriy tashish skreper qurilmalari, kajavali va boshqa koʻtargichlarni, uzluksiz tashish uchun arqon gardishli, kurakli va tasmali konveyerlarni qoʻllash lozim.
Shlakni naqliyotlash uchun tasmali konveyerlardan foydalanishda shlakning harorati 80 °S dan oshmasligi kerak.
Butun qozonxona uchun kul shlak yoʻqotishni mexanizatsiyalashtirilgan tizimlarini loyihalashda zaxira mexanizmlarini koʻzda tutish lozim.
385. Skreper qurilmalaridan foydalanilganda hoʻl kul shlak yoʻqotish tizimini qoʻllash lozim.
Quruq kul shlak yoʻqotish nam holatda sementlanuvchi kul va shlak uchun, shuningdek ularda qurilish ashyolari sanoatida foydalanishda yoʻl qoʻyiladi.
386. Qoʻlda xizmat koʻrsatiladigan oʻtxonalar bilan jihozlangan qozonxonalardan oʻchoqlari bilan kul va shlakni umumiy chiqishi 150 kg/h dan kam boʻlganda bir relsli osma transportni, ingichka izli vagonetkalarni yoki agʻdariluvchi kuzovli relssiz aravachalarni qoʻllash lozim.
387. Oʻchoqlardan kul va shlakni siqilgan havoli tashish uchun suriluvchi tizimni qoʻllash lozim. Bunda, toʻkish stansiyasigacha boʻlgan masofa 200 m dan oshmasligi kerak.
Siqilgan havoli tizimning ish tartibi davriy qabul qilinishi lozim, tizim quvvati uni ish davomiyligi smenada 4 h dan ortmaslik shartiga koʻra aniqlanishi lozim.
388. Havosiz boʻshliq siqilgan havoli tizimiga tushuvchi shlakni maydalash uchun qozon bunkeri ostida tishli maydalagichlarni koʻzda tutish lozim:
ikki gʻoʻlali — boʻlaklar oʻlchami 120 mm dan ortiq boʻlmagan mexanik chidamsiz shlaklar uchun;
uch gʻoʻlali — mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, notekis donali shlaklar uchun va boʻlaklar oʻlchami 120 mm dan ortiq boʻlgan mexanik chidamsiz shlaklar uchun.
Maydalanishga tushayotgan shlaklarning harorati 600 °S dan oshmasligi kerak.
389. Siqilgan havoli naqliyotlar tizimini loyihalashda kul shlak quvurlarini diametri hisob-kitoblar boʻyicha qabul qilish lozim. Bunda, eng kichik diametr kul uchun — 100 mm, shlak uchun — 125 mm boʻlishi kerak.
390. Siyraklashtirishni hosil qilish uchun siqilgan havoli naqliyot tizimida halqali suv havosiz nasoslari yoki bugʻli ejektorlarni qoʻllash lozim.
23-bob. Issiqlik himoyasi
391. Jihozlarni, gaz quvurlarni, havo quvurlarini, chang quvurlarini va quvuroʻtkazgichlarni issiqlik himoyalarini tashlash va hisob-kitoblarini quyidagi shartlarga koʻra bajarish lozim:
issiqlikni yoʻqotish hamda yuzalarni himoyalangan xolda qozonxonaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini saqlash;
45 °S dan yuqori haroratli yuzalarni himoyalashda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish;
quvuroʻtkazgichlar, havo quvurlari va sigʻimlarning tashqi yuzalaridagi atrof havo namligi kondensatini oldini olish (quvuroʻtkazgichlar, havo quvurlari va sigʻimlarning ichki muhiti harorati 10 °S dan pastlaganda tashqi yuzalarni himoyalash koʻzda tutiladi);
kul tutgich va poʻlat gaz quvurlarining ichki yuzalaridagi namlikni muvozanatlanishini oldini olish.
392. Uskunalar va quvurlarning issiqlik izolyatsiya tuzilmalari uchun materiallar va mahsulotlar SHNQ 2.04.14 ga muvofiq tanlanishi kerak.
393. Issiqlik himoyalarini hisob-kitoblarida atrof-muhit hisobiy haroratini quyidagicha qabul qilish lozim:
binodan tashqarida joylashgan va issiqlik tarmoqlarida issiqlik yoʻqolish meʼyorlariga rioya qilgan holda himoyalanuvchi jihozlar, gaz quvurlari, havo quvurlari va sigʻimlari uchun tashqi havoning yillik oʻrtacha haroratini;
binodan tashqarida joylashgan va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda himoyalanuvchi jihozlar, gaz quvurlari, havo quvurlari va sigʻimlar uchun tashqi havoning oylar boʻyicha oʻrtacha haroratidan eng yuqori haroratini;
binoda joylashgan quvuroʻtkazgichlar, gaz quvurlari, havo quvurlari va sigʻimlar uchun texnik topshiriqqa binoan, bunday maʼlumotlar boʻlmaganda esa, atrof havo harorati 20 °S boʻlganda.
394. Issiqlik himoyalari qatlamlarining qalinligini hisob-kitoblar boʻyicha qabul qilish kerak.
24-bob. Elektr taʼminoti va elektr texnik qurilmalar
395. Qozonxonaning elektr texnika qismining loyihalari EQOʻQ, elektr texnika qurilmalari boʻyicha ishlarni olib borish va ishlarni qabul qilish QR 05.06-23 va mazkur bobga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
396. Elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha qozonxonaning elektr qabul qilgichlari EQOʻQ ga muvofiq aniqlovchi birinchi yoki ikkinchi toifalarga kiritiladi.
Suv isitish qozonlari boʻlgan ikkinchi toifali qozonxonalarda yakka quvvati 11,6 MWt dan yuqori boʻlgan tarmoq va toʻldiruvchi nasoslarning elektr dvigatellari elektr taʼminoti shartlariga koʻra birinchi toifaga kiritiladi.
397. Elektr dvigatellari, ishga tushirish apparatlari, boshqaruv apparatlari, yoritgichlar va uzatkichlarni tanlashni quyidagilarni inobatga olgan holda mazkur SHNQning 9-ilovasi, muhit sharoitiga koʻra, bino (xona) va inshootlar xususiyatlariga koʻra olib borilishi lozim:
bugʻ sachratqisi 45 °S va undan past haroratli gazsimon va suyuq yonilgʻida ishlash uchun moʻljallangan qozonli alohida, binolar yonida va tomda joylashgan qozonxonalarning xonalarida oʻrnatiluvchi tortuvchi shamollatgichlarning elektr dvigatellari EQOʻQ da koʻzda tutilgan V-Ia sinf binolarida qoʻllanilishini;
shamollatgichlarning ishga tushirish apparatlari, qozonxona binosidan tashqarida oʻrnatilishi kerakligini va atrof-muhit xususiyatiga muvofiq bajarilishi kerakligini, ishga tushirish apparatlarini zaruriyat boʻlganda, bu apparatni EQOʻQ da koʻzda tutilgan V-Ia sinf binolarida qoʻllanilishini;
suv tayyorlash jihozlari, nasos stansiyalari va gaz sozlagich qurilmalarini qozon agregatlari bilan umumiy xonaga joylashtirishda, elektr jihozlarni tanlash qozonlar zali muhitining xususiyatlari boʻyicha olib borilishini;
suvli tozalash tizimlari bilan jihozlangan yonilgʻi uzatish xonalari uchun elektr jihozlari, uzatkichlar va yoritgichlarni tanlashda ularni suv bilan yuvish imkoniyatlarini.
398. Taʼminlovchi va taqsimlovchi tarmoqlar kabellarini oʻtkazishda qutisimon quvurlarda yoki ochiq holdagi qurilmalarda esa simlarni faqatgina qutisimon quvurlarda bajarish lozim.
399. Bunday oʻtkazish imkoniyati boʻlganda, kabellarni sunʼiy ariqlarda, simlarni esa quvurlarda oʻtkazishni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
400. Suyuq yonilgʻi va suyuq choʻkindi omborlari va nasos stansiyalari xonalarida kabellarni sunʼiy ariqlarda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yonilgʻi uzatkich xonalari va inshootlarida kabel va simlarni tranzit oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
401. Qozon agregatlari oʻchirilganda jihozlarni xavfsiz ishlashlari va asrashni taʼminlash uchun tutun yutkichlar, tozalovchi shamollatgichlar, yonilgʻi uzatish mexanizmlarining elektr dvigatellarini bloklashni koʻzda tutish lozim.
Puflagich ostida ishlaganda siyraklanish va tozalash shamollatgichlar ostida ishlovchi qozonlar uchun tutun yutkichlar toʻxtaganda, qozonlar oʻchishini koʻzda tutish kerak.
402. Qatlamli qoʻlda ishlatiluvchi oʻtxonali qozonlar mexanizmlari elektr dvigatellarini bloklash koʻzda tutilmaydi.
Yonilgʻi uzatish, chang tayyorlash va kul shlak yoʻqotish tizimlarida ayrim mexanizmlarni yonilgʻi, kul yoki shlak bilan uyulishini mustasno etuvchi, maʼlum ketma-ketlikda elektr dvigatellarini yoqib va oʻchirilishini taʼminlovchi mexanizmlarni bloklashni koʻzda tutish lozim.
Yonilgʻi uzatish va chang tayyorlash mexanizmlari aspiratsiya qurilmali shamollatgichlar bilan bloklangan boʻlishi kerak.
Doimiy xizmatchisi boʻlmagan, suyuq va gazsimon yonilgʻida ishlovchi qozonxonalarda qozonga yonilgʻi kiritilishida tez taʼsir qiluvchi tutqich qalpoqlarni avtomatik berkitish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
elektr quvvati oʻchirilganda;
gazda ishlovchi qozonxonaning gazlashganligidan ogohlantirishda.
Bunday qozonxonalar ichkarisiga ruxsatsiz kirishdan muhofazalangan boʻlishi kerak.
403. Taʼminlovchi tarmoq toʻldirgich nasoslari, issiq suv taʼminoti, suyuq yonilgʻi uzatishning zaxiralarini avtomatik yoqish ishlayotgan nasosni nosozlikda yoki bosim tushish xollarida oʻchirilishi koʻzda tutilishi kerak.
Bugʻ bosimi 0,07 MPa gacha boʻlgan bugʻ qozonli va suv harorati 155 °S gacha boʻlgan suv isitish qozoni boʻlgan ikkinchi toifali qozonxonalarda doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlari boʻlganda zaxiralarini avtomatik yoqish nasoslarini koʻzda tutilmaydi. Bunda, nasoslarni nosozlikda oʻchirilishidan ogohlantirgich koʻzda tutilishi kerak.
404. Tarmoq va toʻldirgich nasoslarning har qaysi elektr dvigatellarining quvvati 40 kVt dan ortiq boʻlganda ularni ishga tushirish nasosining bosimli naychasidagi zulfin yopiqligida olib borish lozim. Bunda, nasos va zulfin elektr dvigatellarini mos ravishda bloklash kerak.
405. Doimiy xodimlari boʻlmagan suyuq yonilgʻili nasos stansiyalari ishida qozonxonadan nasosga yonilgʻi uzatishda shit orqali masofadan oʻchirishni koʻzda tutish lozim. Doimiy xodimlari boʻlgan nasos stansiyalari ishida esa qozonxonaga kirishdagi suyuq yonilgʻi quvuroʻtkazgichlaridagi masofadan zulfinlar bilan boshqarishni koʻzda tutish lozim.
406. Texnologik ortiqcha kuchga duch kelgan elektr dvigatellari zanjirida (quvvatidan qatʼiy nazar) ampermetrlar koʻzda tutilishi kerak yoki ampermetr boʻyicha texnologik jarayonlar olib boriladi yoki nazorat qilinishi kerak.
407. Elektr dvigatellari oldidagi shitdan bevosita elektr dvigatellarini masofadan boshqarishda ularni faqat nosozlik va oʻchirish apparatlarini koʻzda tutish kerak.
408. Bugʻ bosimi 0.07 MPa boʻlgan bugʻ qozonli va suv harorati 115 °S gacha boʻlgan suv isitish qozonli ikkinchi toifali qozonxonalarda elektr dvigatellarini joyidan boshqarishni koʻzda tutish kerak. Birinchi toifali qozonxonalarda elektr dvigatellarini shitdan boshqarishni koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
409. Qozonxonalarda yoritish tizimi, shuningdek nosozlik mobaynida ishni davom ettirish uchun zaxira yoritish tizimini koʻzda tutish kerak.
410. Qozonxonaning har bir qavatining maydoni 250 m2 gacha boʻlganda zaxira yoritish maqsadida akkumulyatorlari yoki quruq unsurli koʻchma elektr fonarlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
411. Qozonxonaning ishlab chiqarish xonalarida mahalliy doimiy yoritish yoritgichlarini taʼminlash uchun 36 V dan, qoʻl yoritgichlari uchun 12 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish qoʻllanilishi kerak.
412. Gaz yoqilgʻisida va bugʻlarining alangalanish harorati 45 °C va undan past boʻlgan suyuq yoqilgʻida ishlash uchun moʻljallangan qozonli bino yonida va tomida joylashgan qozonxonalarining xonalariga oʻrnatiladigan soʻruvchi ventilyatorlarning elektr dvigatellari EQOʻQ boʻyicha B-1a sinfi uchun belgilangan talablarga muvofiq bajarilishi lozim.
413. Qozonxona bino va inshootlarining yoritilishini ushbu SHNQning 9-ilovasiga va QMQ 2.01.05 ga muvofiq qabul qilish lozim.
414. Qozonxona loyihalarida suyuq va gazsimon yonilgʻi quvuroʻtkazgichlarini yerga tutashtirishni koʻzda tutish lozim.
415. Shit stansiyalarining boshqaruv xonalari, taqsimlagich qurilmalari va transformator kichik stansiyalarini nam texnologik jarayonlari boʻlgan xonalar, dushxonalar, sanitariya uzellari, issiq suv bilan havoni isitish ventilyatsiya kameralari, shuningdek agressiv moddalar (kislotalar, ishqorlar) quvuroʻtkazgichlari ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
416. Taqsimlagich qurilmalarini kesib olingan torfni tushiriladigan binoda oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
417. Qozonxonalarda elektr quvvati sarfini hisoblab borishni koʻzda tutish zarur.
25-bob. Avtomatlashtirish
418. Qozonxonalar loyihalarida jihozlar himoyalari (xavfsizlik avtomatikasi), avtomatik sozlash, nazorat, ogohlantirgich va qozonxonaning texnologik jarayonlarini boshqarishlar koʻzda tutilishi kerak.
419. Avtomatlashtirish loyihasini bajarishda QR 05.07 — 23 va ushbu bob talablariga rioya qilinishi lozim.
420. Qozonxona binolari va inshootlarida markaziy, guruh yoki mahalliy boshqaruv shitlarini koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
421. Avtomatlashtirishning boshqaruv shitlarini nam texnologik jarayonli xonalar ostiga, dushxonalar, sanitariya uzellari, issiq suv bilan havoni isitish ventilyatsiya kameralari, shuningdek agressiv moddalar (kislotalar, ishqorlar) quvuroʻtkazgichlari ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
26-bob. Jihozlar himoyalari
422. Bugʻ bosimi va quvvatidan qatʼiy nazar, gazsimon yoki suyuq yonilgʻini yoqish uchun moʻljallangan bugʻ qozonlari uchun quyidagi xollarda gorelkalarga yonilgʻi uzatishni avtomatik toʻxtatuvchi qurilmalarni koʻzda tutish lozim:
gorelkalardan oldin gazsimon yonilgʻi bosimini koʻtarish yoki pasaytirishni;
rotatsiya gorelkalari bilan jihozlangan qozonlardan tashqari, gorelkalardan oldin suyuq bosimini pasaytirishni;
oʻchoqda olov siyraklanishini pasaytirishni;
majburiy havo uzatishli gorelkalar bilan jihozlangan qozon gorelkalaridan oldin havo bosimini pasaytirishni;
qozon ishlayotganda yoʻl qoʻyilmaydigan oʻchirishda gorelkalar alangasini oʻchirishni;
bugʻ bosimini oshirishni;
chambarakdagi suv sathini koʻtarish yoki tushirishni;
faqat ikkinchi toifali qozonxonalar uchun kuchlanish yoʻqolishini inobatga olgan holda himoya zanjiri nosozligini.
423. Suv harorati 115 °C va undan past boʻlgan qozonlar uchun qozon ortidagi suv bosimi pasayganda gorelkalarga yoqilgʻi berishni avtomatik ravishda toʻxtatish koʻzda tutilmagan.
424. Bugʻli qozonlar uchun qattiq yoqilgʻi yoqish boʻlmalarida quyidagi xollarda gorelkaga yoqilgʻi uzatishni avtomatik toʻxtatuvchi qurilmalarni koʻzda tutish lozim:
puflagich shamollatkichlar ortidagi havo bosimini pasayishini;
oʻtxonada olov siyraklanishini pasaytirishni;
alanganing oʻchishini;
chambarakdagi suv sathini koʻtarilishi yoki pasayishini;
faqat ikkinchi toifali qozonxonalar uchun kuchlanish yoʻqolishini inobatga olgan holda himoya zanjirining nosozligini.
425. Qattiq yonilgʻini yoqish uchun mexanizatsiyalashtirilgan qatlamli oʻtxonalari boʻlgan bugʻ qozonlari uchun tortish-puflash qurilmalarini va yonilgʻini oʻtxonalarga uzatuvchi mexanizmlarni avtomatik ravishda oʻchirib qoʻyadigan moslamalarni koʻzda tutish lozim:
panjara ostidagi havo bosimini pasayishini;
oʻtxonada olov siyraklanishini pasaytirishni;
chambarakdagi suv sathini koʻtarish yoki pasaytirishni;
faqat ikkinchi toifali qozonxonalar uchun kuchlanish yoʻqolishini inobatga olgan holda himoya zanjirini nosozligini.
426. Qattiq yonilgʻini yoqish uchun mexanizatsiyalashtirilgan qatlamli yoki kamerali oʻtxonalari boʻlgan suv isitish qozonlari uchun quyidagi hollarda tortish-puflash qurilmalarini va oʻtxonalarga yonilgʻi yetkazib beruvchi mexanizmlarni avtomatik ravishda oʻchirib qoʻyadigan moslamalar koʻzda tutilishi lozim:
qozondan chiqishdagi suv haroratining koʻtarilishini;
qozondan chiqishdagi suv bosimining koʻtarilishi yoki pasayishini;
suv sarfini kamaytirishni;
oʻtxonada olov siyraklanishini kamaytirishni;
panjara yoki puflagich shamollatkichlar ostida havo bosimini pasaytirishni.
427. Yuqori bosimli isitkichlar uchun nosozlik holatida isitkich sathi koʻtarilganda ularni avtomatik oʻchirilishini koʻzda tutish lozim.
428. Chang tayyorlash tizimlari uchun avtomatik qurilmalarni quyidagicha koʻzda tutish lozim:
quritish moslamasi harorati oshganda quritish shaxtasiga suv uzatishni;
tegirmon ortidagi chang havolar yoki chang gazlar haroratlari koʻtarilganda quritish moslamasiga uzatishni toʻxtatishni;
birlamchi havo qutisidagi bosim pasayishida havo oʻtirish qopqoqlarini ochilishini;
tegirmonga avariyaviy yonilgʻi uzatilishi toʻxtatilganda vibratorlarni yoqilishini.
429. Suv tayyorlash qurilmalarida kislotalash sxemasi qoʻllanilganda, ishlov berilayotgan suvning rN qiymati pasayganda sulfat kislota yetkazib beruvchi nasoslarning avtomatik tarzda oʻchirilishi koʻzda tutilishi lozim.
27-bob. Ogohlantirgich
430. Doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimsiz ishlovchi qozonxonalarda boshqaruv boʻlmasiga ogohlantirishlar (chiroqli va tovushli) koʻzda tutilishi kerak.
431. Doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimi boʻlgan qozonxonalarda quyidagi chiroq tovushli ogohlantirgichlar koʻzda tutilishi lozim:
oʻtxonaning toʻxtatilishida (himoya ishlatilganda);
himoyani ishlatish sabablarida;
qozonlarga umumiy quvuroʻtkazgichdagi suyuq yonilgʻi harorati va bosimining pasayishida;
gaz bosimining koʻtarilishi yoki pasayishida;
magistral quvurlardagi suv bosimining pasayishida;
issiqlik tarmogʻining quvuroʻtkazgichida suv bosimining pasayishi yoki koʻtarilishida;
baklardagi (dearatorlar, issiq suv taʼminoti tizimlari akkumulyatorlari, muvozanatlagichlar, toʻyingan, tindirilgan, qayta karbonlashtirilgan suvlar va boshqalar), shuningdek baklardagi yuvilgan suv sathining pasayishida;
sigʻimlardagi suyuq yonilgʻi sathining koʻtarilishi yoki pasayishida;
saqlagich sigʻimlarida suyuq choʻkindilarning ortishi yoki kamayishida;
qozonxonalarni suyuq yonilgʻi bilan taʼminlash uchun jihozlar qurilmalarini nosozligida (ularni doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlarisiz ishlatilganda);
qayta ishlanuvchi suvdagi pN qiymati pasayishida;
deaeratordagi bosim (siyraklanishi) pasayishida.
28-bob. Avtomatik sozlash
432. Qattiq, gazsimon va suyuq yoqilgʻilarni yoqish uchun kamerali oʻtxonalari boʻlgan qozonlar uchun, shuningdek ularning ishini avtomatlashtirish imkonini beradigan qatlamli mexanizatsiyalashtirilgan oʻtxonalari boʻlgan qozonlar uchun yonish jarayonlarini avtomatik ravishda tartibga solishni nazarda tutish kerak.
Doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz ishlaydigan qozonxonalarni avtomatik sozlash issiqlik isteʼmol qiluvchi qurilmalarni avtomatlashtirishni hisobga olgan holda, qozonxonaning asosiy va yordamchi jihozlarining belgilangan ish parametrlaridan qatʼi nazar, avtomatik ishlashini nazarda tutishi kerak.
Qozonlar avariya holatida oʻchirilganda ularni ishga tushirish nosozliklar qoʻlda bartaraf etilgandan keyin amalga oshirilishi kerak.
433. Bugʻli qozonlar uchun suv bilan taʼminlashda avtomatik sozlashni koʻzda tutish lozim. 0,07 MPa gacha bugʻ bosimida qozonni taʼminlashni qoʻlda sozlashga yoʻl qoʻyiladi.
434. Chang bunkerli chang tayyorlov qurilmalari uchun quyidagi sozlagichlarni koʻzda tutish lozim:
tegirmonni yonilgʻi bilan toʻldirishni;
tegirmondan oldingi quritish moslamasining bosimini (siyrakligi);
tegirmondan keyin chang havoli qorishma haroratini.
435. Qozonlar oʻtxonasiga changni toʻgʻri puflashli chang tayyorlov tarzlari qoʻllanilganda tegirmonga uzatiluvchi birlamchi havo sarfini sozlagich va tegirmondan keyingi chang havo (gaz changi) aralashmasi harorati sozlagichini koʻzda tutish lozim.
436. Issiq suv taʼminotining aylanma quvur oʻtkazgichlaridagi va tarmoq nasoslarida oldingi quvur oʻtkazgichda bosimni avtomatik tutib turishni nazarda tutish lozim.
437. Atmosfera va yuqori bosimli deaerator uchun suv sathi va bugʻ bosimini avtomatik sozlanishini koʻzda tutish lozim. Bir xil bugʻ bosimli bir necha deaeratorlarni umumiy avtomatik sozlanishini amalga oshirish uchun deaeratsiyalangan suv haroratini avtomatik tutib turishni koʻzda tutish lozim.
Vakuum deaeratorlaridan issiq suv taʼminoti akkumulyator-baklariga bevosita suv uzatishda baklarda suv sathini sozlash koʻzda tutilmaydi. Deaeratsiyalangan suvning oraliq baklari uchun ushbu baklardagi suv sathini avtomatik sozlash nazarda tutilishi lozim.
438. Issiqlik taʼminoti tizimlarining deaeratsiyalash qurilmalarida deaeratorlarga tushuvchi suv haroratini avtomatik tutib turishni eʼtiborga olish lozim.
439. Reduksiya qurilmalari uchun reduksiya-sovitkich qurilmalariga bosim va harorat, sovitkich qurilmalarga bugʻ harorati bosimini avtomatik sozlashni koʻzda tutish kerak.
Bugʻ suvli isitkichlar uchun kondensat darajasini avtomatik sozlashni inobatga olinishi kerak.
440. Qozonxonalarda issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti tizimlariga berilgan suv haroratini, shuningdek agar tayyorlov korxonalari qoʻllanmalarida koʻzda tutilgan boʻlsa, qaytgan suvni berilgan haroratini avtomatik tutib turishni inobatga olish lozim.
Yonish jarayonini avtomatik sozlash uchun moʻljallanmagan, oʻtxona bilan jihozlangan suv isitish qozoni boʻlgan qozonxonalar uchun suv haroratini avtomatik sozlash inobatga olinmaydi.
441. Suv tayyorlov qurilmalari uchun quyidagi avtomatik sozlashni koʻzda tutish lozim:
dastlabki suvni isitish haroratini (tiniqlashtirgichlar oʻrnatilganda);
dekarbonlashtirilgan va tiniqlashtirilgan suv baklaridagi sathni;
reagentlar sarfini (nitratlarni avtomatik uzatish koʻzda tutilmaydi).
Diametri 2000 mm va undan ortiq boʻlgan sizgichlar oʻrnatilganda ularni tiklash jarayonini avtomatlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
442. Qozonxona loyihasida gazsimon yonilgʻi bosimi, suyuq yonilgʻi harorati va bosimini sozlagichlar koʻzda tutilishi lozim.
29-bob. Oʻlchov asboblari
443. Bugʻ bosimi 0,07 MPa dan yuqori va quvvati 4 t/h dan kam boʻlgan qozonlar uchun quyidagilarni oʻlchaydigan asboblarni eʼtiborga olish lozim:
qozonlardan oldin joylashgan magistral tarmoqdagi taʼminlovchi suv harorati va bosimini;
chambarakdagi bugʻ bosimi va suv sathini;
panjara yoki yondirgich ostidagi havo bosimini;
oʻtxonada siyraklanishni;
gorelkadan oldingi suyuq va gazsimon yonilgʻi bosimini.
444. Bugʻ bosimi 0,07 MPa dan yuqori va quvvati 4 dan 30 t/h gacha boʻlgan qozonlar uchun quyidagilarni oʻlchaydigan asboblarni eʼtiborga olish lozim:
bugʻ isitkich ortidan asosiy bugʻ lukidonigacha bugʻ haroratini;
ekonomayzer ortidagi taʼminlovchi suv haroratini;
sarflanuvchi gaz haroratini;
havo isitkichgacha va undan keyingi havo haroratini;
chambarakdagi bugʻ bosimini (quvvati 10 t/h dan ortiq boʻlgan qozonlar uchun koʻrsatilgan asboblar roʻyxatga oluvchi boʻlishi kerak);
asosiy bugʻ lukidonigacha isitilgan bugʻ bosimini;
qora moy naychasi oldidagi bugʻ bosimini;
sozlagich qismdan keyin ekonomayzerga kirishdagi taʼminlovchi suv bosimini;
sozlagich qismdan keyingi gorelkadan oldingi suyuq va gazsimon yonilgʻi bosimini;
oʻtxonadagi siyraklanishni;
tugun yutkichdan oldingi siyraklanishni,
qozondan umumiy bugʻ oʻtkazgichdagi bugʻ sarfini (oʻzi yozar asbob);
chiqib ketuvchi gazlar tarkibidagi kislorodni;
qozon chambaragidagi suv sathini.
Suv sathi kuzatilayotgan maydonchadan chambarak oʻqigacha masofa 6 m boʻlganda yoki chambarakdagi suv koʻrsatkich asboblari yaxshi koʻrinmaganda qoʻshimcha ikkita pasaytirilgan sath koʻrsatkichini koʻzda tutish lozim. Bunda, koʻrsatkichlardan biri roʻyxatga oluvchi boʻlishi kerak.
445. Bugʻ bosimi 0,07 MPa dan yuqori va quvvati 30 t/h dan ortiq boʻlgan qozonlar uchun quyidagilarni oʻlchaydigan asboblarni eʼtiborga olish lozim:
bugʻ isitkich ortidan asosiy bugʻ lukidonigacha boʻlgan bugʻ haroratini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
ekonomayzer ortidagi taʼminlovchi suv haroratini;
chiqib ketuvchi gaz haroratini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
havo isitkichdan oldingi va keyingi havo haroratini;
changni issiq havo bilan yetkazishda gorelkalardan oldin chang oʻtkazgichlardagi chang havo aralashmasining haroratini;
chambarakdagi bugʻ bosimini;
asosiy bugʻ lukidonigacha boʻlgan isitilgan bugʻ bosimini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
qora moy naychasi oldidagi bugʻ bosimini;
sozlagich qismdan keyin ekonomayzerga kirishdagi taʼminlovchi suv bosimini;
sozlagich qismdan keyingi gorelkadan oldingi suyuq va gazsimon yonilgʻi bosimini;
oʻtxonadagi siyraklanishni;
tutun yutkichdan oldingi siyraklanishni;
qozondan keyingi bugʻ sarfini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
oʻchoqqa kelayotgan suyuq va gazsimon yonilgʻi sarfini (maʼlumot yigʻuvchi va roʻyxatga oluvchi);
qozonga taʼminlovchi suv sarfini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi):
uchib ketuvchi gazlar tarkibidagi kislorodni (avtomatik koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi gaz tahlillagich);
qozon chambaragidagi suv sathini.
Suv sathi kuzatilayotgan maydonchadan chambarak oʻqigacha masofa 6 m boʻlganda yoki chambarakdagi suv koʻrsatkich asboblari yaxshi koʻrinmaganda qoʻshimcha ikkita pasaytirilgan sath koʻrsatkichini koʻzda tutish lozim. Bunda, koʻrsatkichlardan biri roʻyxatga oluvchi boʻlishi kerak.
446. Bugʻ bosimi 0,07 MPa va undan past qozonlar hamda suv harorati 115 °S va undan past boʻlgan suv isitkich qozonlari uchun quyidagilarni oʻlchaydigan asboblarni koʻzda tutish lozim:
har qaysi qozondan chiquvchi va suv isitkich qozonlaridan oldingi umumiy oʻtkazgichdagi suv haroratini;
bugʻ qozoni chambaragidagi bugʻ bosimini;
guruhiy puflagich shamollatkichdan oldingi bugʻ bosimini;
sozlagich qismdan keyingi havo bosimini;
oʻtxonadagi siyraklanishni;
qozondan keyingi siyraklanishni;
gorelkadan oldingi gaz bosimini.
447. Suv harorati 115 °S va undan yuqori boʻlgan suv isitkich qozonlari uchun quyidagilarni oʻlchaydigan asboblarni koʻzda tutish lozim:
toʻsqich oʻzakdan keyin qozonga tushuvchi suv haroratini;
toʻsqich oʻzakkacha qozonga tushuvchi suv haroratini;
havo isitkichgacha va undan keyingi havo haroratini;
chiqib ketuvchi gazlar haroratini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
toʻsqich oʻzakdan keyin qozonga tushuvchi va toʻsqich oʻzakkacha qozondan chiquvchi suv bosimini;
sozlagich qismdan keyingi gorelkadan oldingi suyuq va gazsimon yonilgʻi bosimini;
oʻtxonadagi siyraklanishni;
tutun yutkichdan oldingi siyraklanishni;
qozon orqali oʻtuvchi suv sarfini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
quvvati 35 MWt gacha va oʻndan yuqori boʻlgan qozonlar uchun suyuq va gazsimon yonilgʻi sarfini (maʼlumotlarni yigʻuvchi va roʻyxatga oluvchi);
uchib ketuvchi gazlar tarkibidagi kislorodni (quvvati 23 MWt gacha boʻlgan qozonlar uchun koʻchma gaz taxlillagich, yuqori quvvatli qozonlar uchun avtomatik koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi gaz tahlillagichlar).
448. Chang tayyorlagich tizimlari uchun quyidagi oʻlchaydigan asboblarni koʻzda tutish lozim:
tegirmon yoki quritish qurilmalaridan oldingi havo haroratini;
tegirmon ortidagi chang havo aralashmasining haroratini;
bunkerdagi chang haroratini (antratsitdan tashqari barcha yonilgʻilar uchun);
sharli chambarakli va oʻrtacha tezlikdagi tegirmonlar qarshiligini.
449. Loyihada oʻlchash uchun quyidagi asboblarni koʻzda tutish lozim:
toʻgʻri va aylanma tarmoq suvning haroratini;
qozonlar oldidagi taʼminlovchi magistral tarmoqdagi suv haroratini;
qozonxonaga qaytuvchi kondensat haroratini (har qaysi quvuroʻtkazgichda);
qozonxonaga kirishdagi suyuq yonilgʻi haroratini;
issiqlik tarmoqlarining uzatuvchi va aylanma quvuroʻtkazgichlaridagi bosimni;
taʼminlovchi magistral tarmoqdagi suv bosimini;
qozonlar oldidagi magistral tarmoqlardagi suyuq va gazsimon yonilgʻi bosimini.
450. Loyihada oʻlchash uchun quyidagi roʻyxatga oluvchi asboblarni koʻzda tutish lozim:
isteʼmolchilarda uzatiluvchi umumiy bugʻ oʻtkazgichdagi qizigan bugʻ haroratini;
issiqlik taʼminoti tizimlarining uzatuvchi quvur oʻtkazgichlaridagi va har qaysi qaytma quvuroʻtkazgichdagi suv haroratini;
qaytuvchi kondensat haroratini;
isteʼmolchiga uzatiluvchi umumiy bugʻ oʻtkazgichdagi bugʻ haroratini;
issiqlik taʼminoti tizimlarining har qaysi qaytgan quvuroʻtkazgichdagi suv bosimini;
qozonxonaning umumiy gaz oʻtkazgichdagi gaz bosimi va haroratini;
issiqlik taʼminoti va issiqlik suv taʼminoti tizimlarining har qaysi uzatuvchi quvuroʻtkazgichdagi suv sarfini;
isteʼmolchilarga yuborilayotgan bugʻ sarfini;
2 t/h va undan ortiq miqdorda issiqlik tarmoqlariga qoʻshimcha kelib tushuvchi suv sarfini;
issiqlik suv taʼminotining aylanma suv sarfini;
qaytuvchi kondensat sarfini;
qozonxonaning umumiy gaz quvuridagi gaz sarfini;
toʻgʻri va qaytish magistral tarmoqlaridagi suyuq yonilgʻi sarfini.
451. Deaeratsiya qurilmalari uchun quyidagi oʻlchaydigan asboblarni koʻzda tutish lozim:
baklardagi deaeratsiyalangan suvning harorati va sathini;
deaeratorga tushuvchi suv haroratini;
muhit va yuqori bosim deaeratoridagi bugʻ bosimini (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi);
havosiz deaeratorlardagi siyraklanishni (koʻrsatuvchi va roʻyxatga oluvchi).
452. Nasos qurilmalari uchun oʻlchovlarni koʻrsatuvchi quyidagi asboblarni koʻzda tutish lozim:
soʻruvchi naychalardagi (toʻsqich oʻzakdan keyingi) va barcha nasoslar bosimli naychalardagi (toʻsqich oʻzakdan oluvchi) suv, suyuq yonilgʻi va suyuq choʻkmalar bosimini;
bugʻli taʼminlovchi nasoslardan oldingi bugʻ bosimini;
bugʻli taʼminlovchi nasoslardan keyingi bugʻ bosimini.
453. Suv va qora moyni isitish uchun qurilmalar oʻlchamlarni koʻrsatuvchi quyidagi asboblarni koʻzda tutish lozim:
har bir isitkichdan oldin va keyin isitiluvchi moddalar hamda suv haroratini;
kondensatni sovitishdan keyingi kondensat haroratini;
isitkichgacha va har qaysi isitkich ortida umumiy quvuroʻtkazgichdagi isitiluvchi moddalar bosimini;
isitkichlargacha boʻlgan bugʻ bosimini.
454. Suv tayyorlash qurilmalari uchun mazkur SHNQda koʻrsatilgan asboblarni koʻzda tutish lozim:
har qaysi sizgichdan oldin va keyingi suv bosimini;
har bir ionit sizgichiga tushuvchi suv sarfini (ikkita sizgich oʻrnatilganda ikkala sizgichga umumiy sarf oʻlchagich koʻzda tutiladi);
suv tayyorlagichga tushuvchi suv sarfini (yigʻiluvchi);
sizgichlarni yumshatishga suv sarfini;
har qaysi tiniqlashtirgich sizgichdan keyingi suv sarfini;
har qaysi qayta tiklovchi qorishma tayyorlov ejektoriga tushuvchi suv sarfini;
baklardagi dekarbonlashgan va tinivlashtirilgan suv sathini.
455. Qozonxonani suyuq yonilgʻi bilan taʼminlash qurilmalar oʻlchamlarni koʻrsatuvchi quyidagi asboblarni koʻzda tutish lozim:
baklardagi yonilgʻi haroratini;
sizgichlardan oldingi va keyingi yonilgʻi bosimini;
sigʻimlardagi va qabul qiluvchi sigʻimlardagi yonilgʻi sathini.
456. Suyuq choʻkindilarni qabul qilish va kiritish qurilmalari uchun sigʻimlardagi choʻqindi haroratini oʻlchash uchun koʻrsatuvchi asboblarni koʻzda tutish lozim.
457. Reduksiyaviy, reduksiyaviy-sovitkich va sovitkich qurilmalari uchun oʻlchovlarni koʻrsatuvchi quyidagi asboblarni koʻzda tutish lozim:
uzatuvchi bugʻ quvurdagi isitilgan bugʻ haroratini;
sovitilgan bugʻ haroratini;
uzatuvchi bugʻ quvurdagi bugʻ bosimini;
reduksiyaviy bugʻ bosimini.
458. Kul shlakni siqiq havoli yoʻqotish tizimlari uchun oʻlchovlarni koʻrsatuvchi quyidagi asboblarni koʻzda tutish lozim:
ejeksiyaviy vakuum qurilmasigacha boʻlgan bugʻ bosimini;
choʻktirish boʻlmasi va vakuum qurilmalari orasidagi havo quvuridagi siyraklanishni;
vakuum qurilmasidan toʻsqich oʻzakka chiqishdagi siyraklanishni.
30-bob. Isitish va shamollatish
459. Qozonxonaning ishlab chiqarish xonalarini ishchi mintaqasidagi ob-havo sharoitlari ishlar ogʻirligi boʻyicha quyidagi toifalardan kelib chiqqan holda SHNQ 2.04.05-22 talablariga muvofiq qabul qilish lozim:
yengil-shchit va laboratoriya xonalarida:
ogʻir-uchoq qurilmalari qattiq yonilgʻida qoʻlda ishlashganda qozonxona zallari va kulli xonalarda;
oʻrtacha-qolgan xonalarda.
460. Isitish tizimlari loyihalanganda xonalardagi havoning hisobiy harorati mazkur SHNQning 8-ilovasi boʻyicha qabul qilish lozim.
461. Issiqlik ajratuvchi xonalarda isitish mazkur SHNQning 8-ilovasida koʻrsatilgan ishlab chiqarish mintaqasidagi havo harorati faqatgina ortiqcha issiqlikni taʼminlay olmagan xollarda koʻzda tutilishi kerak.
462. Tashqi havo hisobiy harorati manfiy 15 °S (B koʻrsatkich) va undan past boʻlganda qozonlar zalining quyi mintaqasidagi issiqlik muvozanatini qoʻshimcha tekshirish lozim (balandligi 4 m gacha).
463. Ishlab chiqarish xonalari uchun havoli isitish tizimlarini loyihalash lozim. Yordamchi xonalarda, shuningdek laboratoriyalarda, shchitxonalarda va ustaxonalarda mahalliy isitish asboblari bilan isitish tizimlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
464. Chang chiqish mumkin boʻlgan xonalardagi isitish asboblarining yuzadagi chegaraviy harorat koʻmir va slanetslarda ishlash uchun qozonlar oʻrnatilganda 130 °S dan, torfda ishlash uchun 110 °S dan oshmasligi kerak. Bu xonalarda isitish asboblarini silliq yuzali registrlar silliq quvurlaridan nazarda tutilishi lozim.
465. Aniq ortiqcha issiqlikka ega xonalar uchun tabiiy shamollatish koʻzda tutilishi kerak.
466. Tabiiy shamollatish hisobiga zaruriy havo almashuv taʼminlanish imkoni boʻlganda mexanik qoʻzgʻatuvchi shamollatishni loyihalash lozim.
Shamollatish tizimlari havo uzatish va yoʻqotish usullarini mazkur SHNQning 8-ilovasiga binoan qabul qilish lozim.
467. Binoning ichida va yonida hamda tomida joylashgan, shuningdek doimiy xizmat koʻrsatish xodimi boʻlgan gazsimon yonilgʻida ishlovchi qozonxonalar binolari uchun yonishga qozon oʻtxonasida soʻriluvchi havoni inobatga olmaganda 1 h da uch karradan kam boʻlmagan havo almashuvini koʻzda tutish lozim.
468. Qozonxona binolarini shamollatishni loyihalash SHNQ 2.04.05 ga muvofiq amalga oshirish lozim.
469. Suyuq yonilgʻi nasos stansiyalaridagi xonalar uchun 1 h da 10 karra havo almashuvni taʼminlash zarur. Bu xonalardan havo yoʻqotish umumiy havo miqdorining pastdan 2/3 va yuqori mintaqasidan 1/3 oʻlchamda nazarda tutish lozim.
B toifali ishlab chiqishli suyuq yonilgʻi nasos stansiyalari xonalarida ikki oqimli va ikki tortish shamollatkich har qaysisining quvvati 100 foiz boʻlgan qurilmalarni koʻzda tutish lozim. Bunda, bir oqimli va bir tortish qurilmalari zaxira shamollatkichlari bilan qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Xona balandligi 6 m dan kam boʻlganda, havo almashtirgich karraligini har qaysi pasaytirilgan metr balandlikka 25 foiz hisobida oshirish lozim.
470. Qozonxonada tabiiy havo kirishini loyihalashda yilning sovuq va issiq mavsumida xonaga yuboriladigan havo uchun framugalar xonaning yuqori qismida qozonlar orqasida joylashtirilishi kerak.
Iliq mavsumda tabiiy havo kirishini aksariyat hollarda ishchi zonada joylashgan framugalar orqali amalga oshirish lozim.
471. Agar kul va shlak oʻtxonadan bevosita ish maydoniga chiqarilsa, qozonxonada qoldiqlar oʻchogʻi oʻrasi va quyilishi joyining ustida tortuvchi ventilyatsiya oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
31-bob. Suv quvuri va suvoqova
472. Qozonxona suv quvuri va suvoqovasini loyihalashda SHNQ 2.04.02, QMQ 2.04.01 hamda mazkur bob talablariga rioya qilinishi lozim.
473. Hududga xizmat koʻrsatuvchi issiqlik taʼminotidan, shuningdek uni suv taʼminoti tizimlaridan qatʼiy nazar qozonxonalar uchun quyidagicha loyihalanishi kerak:
xoʻjalik — ichimlik ishlab chiqarish va yongʻinga qarshi ehtiyojlarga suv uzatish uchun birlashgan suv quvurlari;
texnik, xoʻjalik — texnologik va yongʻinga qarshi alohida suv quvurlari.
Yongʻinga qarshi suv quvuri texnik yoki xoʻjalik-texnologik bilan birlashtirilgan boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
474. Birlamchi quvvati 5 Gcal/h dan ortiq suv isitish qozonli I va II toifali qozonxonalar uchun birlashgan yoki xoʻjalik texnologik suv quvurlari uchun kamida ikkita qirish quvurini koʻzda tutish lozim.
475. Qozonxonaning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suv miqdori texnologik va texnik ehtiyojlarga sarflar yigʻindisi bilan aniqlanishi lozim.
Texnologik ehtiyojlar suv tayyorlashga va oʻz ehtiyojlariga suv sarfini tashkil etishi kerak.
Texnik ehtiyojlar quyidagi suv sarflarini tashkil etishi lozim:
jihozlar va mexanizmlarni sovitishga;
gidravlik mexanizmlarga;
gidravlik kul shlaklarini yoʻqotish tizimiga;
shlakni sovitishga;
xonani namlab tozalashga;
yonilgʻi uzatish transport yoʻlagini namlab tozalashga (1 h davomida bir kecha-kunduzda bir marta yoʻlakni ichki yuzasini 0:4 l/m2 hisobida).
Namlab yigʻishtirishga sarflar bir kecha-kunduzgi suv sarfini aniqlanishida qabul qilinadi.
476. Texnik ehtiyojlar sarfiga SHNQ 2.04.02 talablariga muvofiq yashil ekinlarni va hududni sugʻorishga sarflanadigan suv xam qoʻshiladi.
477. Yongʻin joʻmraklarini oʻrnatishni A, B va V ishlab chiqarish toifalari xonalari, shuningdek suyuq va gazsimon yonilgʻi quvuroʻtkazgichlari yotqiziluvchi xonalarda koʻzda tutish lozim.
478. Tomda joylashgan qozonxonaga ega boʻlgan, oʻt oʻchirishga suv uzatish uchun ichki yongʻinga qarshi suv quvur bilan jihozlanmagan hamda balandligi 12 m dan ortiq boʻlgan bino diametri 70 mm boʻlgan va tomga chiquvchi quvur bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
479. Yongʻin joʻmraklarini talab etilgan balandlikni inobatga olgan holda har biri kamida 2,5 l/s quvvatli suv oqimi hajmidagi ikkita yongʻin quvurini joylashtirish lozim.
480. Suyuq yonilgʻi omborlarida yongʻinni oʻchirish SHNQ 2.09.19 ga muvofiq amalga oshirish lozim.
481. Tashqi yongʻinni oʻchirishga suv sarfini har qaysi inshoot uchun aniqlanuvchi eng katta suv sarfi boʻyicha qabul qilish lozim.
482. Yonilgʻi uzatuvchi va qozonlar zali uchun qattiq va suyuq yonilgʻida ishlashda namlab yigʻishtirish koʻzda tutilishi kerak. Buning uchun sugʻorish yengi 20 m uzunlik hisobida 25 mm diametri sugʻorish joʻmragini oʻrnatish lozim.
483. Qozonxonalarda jihozlar va mexanizmlarni sovitish uchun aylanma suv tizimini qoʻllash lozim. Suv taʼminotining toʻgʻri oquvchi tizimlari yetarli suv zaxiralari va texnik-iqtisodiy asoslanganda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
484. Qozonxonaning texnologik ehtiyojlariga ichimlik suvidan foydalaniladi. Qozonxonaning texnik ehtiyojlariga texnik suv taʼminoti tarmoqlari mavjudligida ichimlik suvidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
485. Oqova suvlarni suv havzalariga chiqarib yuborish SanQvaN 0318-15 talablariga muvofiq amalga oshirish kerak.
486. Qozonxonalarda maishiy suvoqovasini, ishlab chiqarish suvoqovasini (oqovalarning ifloslanganlik xususiyatiga koʻra bitta yoki bir nechta) va ichki tarnovlarini loyihalash lozim.
487. Oqova suvlarni loyihalashda oqovalarning mahalliy qurilmalarida tiniqlashtirgichlardan va sizgichlardan mexanik aralashmalar bilan tozalashni, suvni oldindan tozalash qurilmalarida pol yuvishdan va boshqa oqovalarni tashqi oqova suv tarmoqlariga chiqarishdan oldin yoki kul shlaklarga yoʻnaltirish koʻzda tutish lozim. Texnik-iqtisodiy asoslanganda shlam yigʻgichlarni nazarda tutish lozim.
488. Pol va devorlarni yuvishdan oqova suvlarni qabul qilish uchun novlar va traplar oʻrnatishni koʻzda tutish lozim.
489. Ishlab chiqarish oqova suvlarini, shuningdek suyuq yonilgʻi bilan ifloslangan yomgʻir suvi oqovalarini shahar suvoqova tarmoqlariga chiqarishdan oldin ruxsat etilgan quyuqlikkacha tozalash lozim.
490. Suyuq yonilgʻi omborlaridan kelib tushuvchi yomgʻir oqova suvlarini tozalash uchun inshootlari hisob-kitoblarida yomgʻir suvi sarfini 20 min davomida kelib tushishiga koʻra qabul qilish lozim.
491. Bino yonida va tomda joylashgan qozonxonalar poli 10 cm balandlikkacha suv quyilishini hisobga olingan himoyaga ega boʻlishi kerak. Bunda, kirish eshiklari quvuroʻtkazgichlar nosozligida va ularni kanalizatsiyaga yoʻqotish uchun qurilmalar qozonxona chegarasiga suv tushishi oldini olish uchun ostonaga ega boʻlishi kerak.
32-bob. Seysmikligi 7 ball va undan ortiq boʻlgan hududlarda qurish uchun moʻljallangan qozonxonalarni loyihalashga qoʻshimcha talablar
492. Qozonxona binolari va inshootlarining hisobiy seysmikligi qozonxonalar loyihalanuvchi issiqlik taʼminoti uchun bino va inshootlarning seysmika hisobiga muvofiq qabul qilinishi kerak.
493. Qozonxona loyihalarida talab etilgan hududning seysmik hisobidan kelib chiqib, qurilmali qozonlar va jihozlarni koʻzda tutish kerak.
33-bob. Texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar
494. Loyihalashda asosiy va yordamchi jihozlar turlarini tanlash, avtomatlashtirish darajasi, toʻplamli va tarzli yechimlar, shuningdek qozonxonani bosh tarhda joylashtirishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini taqqoslashni olib borish lozim.
495. Turlarni texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini taqqoslashni quyidagi keltirilgan formula boʻyicha olib borish lozim:
P = S + ENK (6)
bu yerda:
P — keltirilgan sarflar;
S — yillik foydalanish sarflari;
K — asosiy mablagʻlar;
En — asosiy mablagʻlarning samaradorlik meʼyoriy koeffitsiyenti.
Eng kam keltirilgan xarajatlar bilan chiqqan variant tejamkorlik jihatdan maqsadga muvofiqdir.
496. Loyihada quyidagi koʻrsatkichlar keltirilgan boʻlishi kerak:
qozonxonaning hisobiy quvvati (qozonxonaning oʻz ehtiyoji va undagi issiqlik yoʻqotishni inobatga olgan holda), MVt;
qozonxonaning belgilangan quvvati, MVt;
yillik issiqlik ishlab chiqarish, MWt ;
isteʼmolchilarga yillik issiqlik uzatish, ming MWt;
belgilangan quvvatdan foydalanishning yillik soatiy soni, h;
yonilgʻini yillik sarfi, haqiqiysi, ming t. (mln. n. m3); shartli, ming T.U.T;
tok qabul qilishning belgilangan quvvati, kVt;
elektr quvvatining yillik sarfi, ming kVt h;
suvning yillik sarfi, ming m3;
xizmatchilar soni, kishi;
bosh binoning qurilish hajmi, m2;
qurilish koeffitsiyenti;
qozonxona qurilishining smeta qiymati, ming soʻm, jumladan:
umumqurilish ishlari, ming soʻm;
maxsus qurilish ishlari, ming soʻm;
yigʻish ishlari, ming soʻm; jihozlar, ming soʻm;
yillik ishlatish sarflari, ming soʻm;
belgilangan quvvatining solishtirma koʻrsatkichi 1 MVt ga:
asosiy xarajatlar, (ming soʻm)/MVt
tok qabul qilgich quvvati kVt/MVt:
xodimlar soni kishi/MVt;
1 Gcal/h da sarflangan issiqlikning shartli yonilgʻining solishtirma sarfi, (T.U.T)/MVt;
MWt da oʻtqazilgan issiqlik qiymati, soʻm, jumladan:
tashkil etuvchi yonilgʻi, soʻm;
MWt ga oʻtqazilgan issiqlikka keltirgan xarajatlar, soʻm.
Qozonxonani qayta tiklash loyihasida koʻrsatkichlar uni qayta tiklashgacha va qayta tiklangandan keyin keltirilgan boʻlishi kerak.
34-bob. Qozonxona qurilmalari
497. Qozonxonalar binoning tashqi devorlarida joylashgan boʻlishi va tashqi tomondan mustaqil chiqishi, umumiy zinaga ulanmagan boʻlishi kerak.
Evakuatsiya holatlari uchun ikkinchi chiqish joyiga ega boʻlishi kerak. Ikkinchi evakuatsiya chiqishini metall zinapoyadagi chuqurcha orqali tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
498. Qozonxona chuqurchasi oynalangan boʻlishi kerak. Oynalash maydoni osongina buziladigan konstruksiya sifatida hisob-kitobga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
499. Qozonxonaning moʻrisi qoʻshni xonalardan olovga bardoshlik chegarasi kamida 1 h boʻlgan toʻsiqlar bilan ajratilishi va tom tizmasidan kamida 1 m balandlikka koʻtarilishi kerak.
500. Bugʻ qozonlari favqulodda vaziyatlarda yoqilgʻi taʼminotini avtomatik ravishda oʻchirishga ega boʻlishi kerak.
501. Qozonxonalar ichki yongʻin kranlari va birlamchi yongʻinni oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
502. Qozonxonalar avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, issiqlik xabarlagichlari bilan jihozlanadi.
503. Portlash va yongʻin xavfi tufayli tom yopish qozonxonalarini “A” va “B” toifalaridagi ishlab chiqarish binolari va omborlari ustiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
504. Yonuvchan materiallar, yengil alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklar omborlariga biriktirilgan qozonxonalarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
505. Tomda joylashgan qozonxonalar uchun quyidagilarni taʼminlash kerak:
qozonxonalardan toʻgʻridan-toʻgʻri tomga chiqish;
bosh binodan asosiy zinapoya bilan tomga chiqish;
agar tomning qiyaligi 10 foizdan ortiq boʻlsa, kengligi 1 m boʻlgan yuriladigan koʻpriklarni, tomga chiqishdan qozonxonaga va qozonxonaning perimetri boʻylab panjara bilan taʼminlash kerak. Koʻpriklar va panjaralar tuzilishi yonmaydigan materiallardan taʼminlanishi kerak.
506. Yoqilgʻi taʼminotini tashish mexanizmlarini joylashtirish uchun bunker ustidagi galereyalari qozonxonalardan olovga bardoshlik chegarasi kamida 0,25 h boʻlgan yonmaydigan pardevorlar bilan ajratilishi kerak.
35-bob. Elektr taʼminoti va elektrqurilmalar
507. Qozonxonalar loyihalarida suyuq va gazsimon yoqilgʻi quvuroʻtkazgichlarini taʼminlash kerak.
508. Elektr qabul qiluvchilarning taqsimlash qurilmalari va boshqarish pultlari alohida kirish joyi boʻlgan yoki yoqilgʻi taʼminoti ishlab chiqarish xonalaridan tambur orqali kirish joyi boʻlgan izolyatsiya qilingan xonalarga joylashtirilishi kerak.
509. Taqsimlash qurilmalari frezalash torfini tushiradigan binolarning ichiga qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
36-bob. Atrof-muhit muhofazasi
510. Loyiha hujjatlarida qozonxonada hosil boʻladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini kamaytirishning aniq koʻrsatkichlari belgilanishi va obyektlar yaqinidagi yoʻl boʻylarida daraxt koʻchatlarini kamida 5 qatordan ekish kerak.
511. Qozonxonalarni qurish yoki rekonstruksiya qilish jarayonida atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish zarur.
512. Hududdagi daraxt va butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, hosil boʻladigan chiqindilarni oʻz vaqtida bartaraf etish, changlar tarqalishini kamaytirish uchun namlatib turish tizimlaridan foydalanish kerak.
513. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar koʻmir qozonida qoʻllanilishi lozim.
514. Qozonxonalar faoliyati davomida hosil boʻladigan oqova suvlarini tozalash uchun lokal oqova tozalash inshootini qurish, qozonxona faoliyati davomida hosil boʻladigan barcha turdagi chiqindilarni utilizatsiya qilish, ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish choralarini koʻrish kerak.
515. Qozonxonalar va uning obyektlarining oʻz tutash hududlarida “yashil bogʻ” va “yashil belbogʻ”lar barpo etish, koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish kerak.
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Qozonxona binosi (xonasi) va inshootlarining portlash, portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha ishlab chiqarish toifalari hamda olovga bardoshlilik darajasi

Binolar (xonalar) va inshootlar

Ishlab chiqarish toifali

Olovga bardoshlilik darajasi.

1. Qozonxona zali, tutun soʻrish xonalari va deaeratorlar

G

II

2. Suv tayyorlash xonalari

D

III

3. Shchit boshqaruv xonalari, shchit boshqaruv stansiyalari

D

II

4. Jihoz birligida tarkibida 60 kg dan koʻp yogʻ boʻlgan oʻchiruvchili va apparatli berk taqsimlagich qurilmalar xonalari

V

II

5. Jihoz birligida tarkibida 60 kg va undan kam yogʻ boʻlgan oʻchiruvchili va apparatli berk taqsimlagich qurilmalar xonalari

G

II

6. Transformator kichik stansiyalari toʻplamlari, xonalari, yogʻ bilan toʻldirilgan oʻchirgichli transformator kichik stansiyasi boʻlmalari

V

II

7. Ochiq kichik stansiyalar

-

-

8. Qattiq yonilgʻi uzatish xonalari: bunker usti yoʻlagi, sepish tugunlari, koʻmir va boʻlakli torf uchun maydalagich boʻlimlar, berk tushirish qurilmalari, naqliyot yoʻlaklari

V

II

9. Qattiq yonilgʻi uchun muzdan eritish qurilmalari xonalari

G

III

10. Qattiq yonilgʻi uchun ochiq tushirish estakadalari

V

III

11. Qattiq yonilgʻining ochiq omborlari

-

-

12. Koʻmirning berk omborlari

V

III

13. Qattiq yonilgʻi uchun ochiq naqliyot yoʻlaklari va skreperchigʻir binosi

D

III

14. Chang tayyorlagich qurilmalarining alohida xonalari

B

III

15. Qabul qilish-quyish qurilmalari, yopiq omborlar va bugʻsachrash harorati 28° dan yuqori 61 °S gacha boʻlgan suyuq yonilgʻi nasos stansiyalari, shuningdek sachrash haroratigacha va undan yuqori ishlab chiqarish sharoitlarida isitilgan suyuq yonilgʻi qoʻllashdagi nasos stansiyalari

B

II

16. Qabul qilish — qoʻyish qurilmalari, yopiq omborlar va bugʻ sachrash 61 °S dan yuqori haroratli suyuq yonilgʻi nasos stansiyalari

V

II

17. Gaz taqsimlash boʻlmalarining xonalari va yonuvchan gaz omborlari

A

II

18. Kul tutgich qurilmalari va “quruq” kul yoʻqotish tizimlarining inshootlari. Gaz quvurlari

G

II

19. Beger nasos stansiyalari, shlam nasos stansiyalari va “xoʻl” kul shlak yoʻqotish tizimining boshqa inshootlari.

D

III

20. Kondensat va yongʻinga qarshi suv taʼminotining nasos stansiyalari.

D

III

21. Xoʻjalik-mashʼal suvi va ichimlik suv taʼminotining nasos stansiyalari

D

III

22. Quyishsiz taʼmirlash ustaxonalari, temirchilik va payvandlash

D

III

23. Reagentlar omborlari

D

III

24. Jadallashtirilgan koʻmir va sulfat koʻmir omborlari

V

III

25. Ashyolar omborlari

V

III

Izohlar: 1. Ishlab chiqarishning A, B va V toifali, doimiy xizmatchilari boʻlmagan binolar avtomatik yongʻindan ogohlantirgich qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
2. Ushbu ilovaning 8-bandida koʻrsatilgan ishlab chiqarish toifasi V boʻlgan yonilgʻi uzatish xonalarining tashqi toʻsqich qurilmalarini mazkur meʼyor va qoidaning 3.16-bandiga muvofiq loyihalash lozim
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Ishlab chiqarish jarayonlari guruhlari boʻyicha qozonxona ishchilarining mutaxassisligi roʻyxati va maxsus maishiy xonalar va qurilmalar tarkibi

Mutaxassislik

Ishlab chiqarish jarayonlarining guruhi

Maxsus maishiy binolar va qurilmalar

1. Katta mashinist, mashinist (operator), yordamchi jihozlar mashinisti:

a) gazsimon, suyuq va qattiq yonilgʻida ishlashdagi qozonxonalarda (boʻlmada yoqilishda);

IIb

2 izohga qaralsin

b) qattiq yonilgʻida ishlashdagi qozonxonalarda (qatlamli yoqilishda)

IIb

2 izohga qaralsin

2. Payvandchi, elektr payvandchi

Iv

Ishchi kiyimlar uchun sunʼiy shamollatish javonlari Ishchilari isinishi uchun xonalar; ishchilar isinishi xonalari uchun oʻrnatiluvchi ishchi kiyimi va poyabzallar uchun ilgaklar oʻrnatish; ishchi kiyimlarini sunʼiy shamollatish javonlari (faqat suyuq yonilgʻi omborlari ishchilari uchun).

2 izohga binoan kiyimlarni changsizlantirish.

3. Elektr montyor, asbobchi

Ib

4. Suv tayyorlagichning xodimi

Ib

5. Ohak ombori ishchilari

IIb

6. Kislota, ishqor, gidrazin va poliakrilamid omborlari ishchilari

IIIa

7. Buldozerlar, avtoyuklagichlar, avtokoʻtargichlar haydovchilari: qattiq va suyuq yonilgʻi omborlari ishchilari; yonilgʻi uzatkichlar va kul shlak yoʻqotish ishchilari

IId

Izohlar: 1. Ishlab chiqarishning u yoki bu qismlarida ishlovchilar uchun ishlab chiqarish jarayonlarining guruhlari xuddi shunday shu ishlab chiqarish qismlarida xizmat qiluvchi muhandis va xizmatchilarga taalluqlidur.
2. Qozonxonalarda ishchi kiyimlarni changsizlantirish xonalari va raspiratorxonalari koʻzda tutilmaydi. Kiyimlarni changsizlantirish ishchi kiyimlar javonlarida maishiy chang yutkichlarda koʻzda tutish lozim. Respiratorlarni tekshirish va qayta zaryadlash kiyimxonalarda maxsus javonda respirator saqlashni amalga oshiruvchi qoʻshni korxonalarda koʻzda tutilishi kerak.
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Tutun yutkichlar va puflagich shamollatkichlarni tanlashda zaxira koeffitsiyentlari

Qozonlar quvvati (muqobil

quvvati boʻyicha bugʻli qozonlar uchun),

Gkal/soat

Zaxira koeffitsiyentlari

quvvatiga koʻra

bosimiga koʻra

tutun yutkichlar

Puflagich shamollatkichlar

tutun yutkichlar

Puflagich shamollatkichlar

15 gacha

1.05

1.05

1.1

1.1

15 dan ortiq

1.05

1.05

1.1

1.1

SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
Kul tutgich qurilmalarini tozalash koeffitsiyentlari

Kul tutqich qurilmalari

Tozalash koeffitsiyenti

yonilgʻini qatlamli yoqishda

yonilgʻini boʻlmali yoqishda

Siklon bloklari

85 — 90

70 — 80

Batareyali siklonlar

85 — 92

80 — 85

Aylanma batareyali siklonlar past bosimli Venturi quvurlari boʻlgan “xoʻl”

93 — 95

85 — 90

kul tutgichlar

-

93 — 95

Elektr sizgichlar

-

96 — 99

SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
Yonma-yon quvuroʻtkazgichlarning issiqlik himoyalari qurilmalarining yuzalari orasidagi va quvuroʻtkazgich issiqlik himoyasi yuzasidan binoning qurilish qurilmalarigacha boʻlgan eng kichik masofa

Quvuroʻtkazgichning shartli oʻtishi,

mm

Issiqlik himoyasi qurilmalari yuzalaridan eng kichik masofa, mm

binoning qurilish qurilmalarigacha

yonma-yon quvuroʻtkazgichning issiqlik himoyasi qurilmalari yuzalarigacha

tik boʻyicha

yotiq boʻyicha

80 gacha

100

100

100

100 — 250

100

100

140

300 — 250

120

120

160

400 — 450

120

120

200

500 — 700

120

120

200

800 — 900

150

150

250

1000 — 1400

250

250

300

SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
Muhit sharoiti boʻyicha qozonxona binosi (xonasi) va inshootlarining tavsiflari

Binolar (xonalar) va inshootlar

EQOʻQ ga muvofiq muhit sharoitiga koʻra binolar (xona)

1. Gazsimon, suyuq yoki qattiq yonilgʻilarni yoqish uchun boʻlmali oʻtxonalar bilan jihozlangan qozonli qozonxona zali; deaeratorlar xonalari.

Meʼyoriy

2. Qattiq; yonilgʻilarni yoqish uchun qatlamli oʻtxona bilan jihozlangan qozonli qozonxona zali

Changli

3. Suv tayyorlagich xonalari

meʼyoriy

4. Sovuq moddalarni tortib chiqarish uchun nasos stansiyalari xonalari (dastlabki suv, reagentlar, yongʻinga qarshi suv taʼminoti, bager nasos stansiyalari va shu kabilar

Nam

5. Sulfat koʻmir va jadallashtirilgan koʻmir omborlari

Kimyoviy jadval

6. “Quruq” kul shlak yoʻqotishda kul xonalari

Yongʻin xavfliligi P-II sinf

7. Suvli kul shlak yoʻqotishda yoki “xoʻl” kurakli kul shlak yoʻqotishda kulli xonalar

Changli

8. Yonilgʻi uzatish xonalari (kesib olingan torf uchun maydalagich boʻlimlardan tashqari), berk koʻmir omborlari.

Nam

9. Kesib olingan torf uchun maydalagich boʻlimlar, ayrim xonalardagi chang tayyorlash qurilmalari

Portlashdan xavfli P-Na sinf

10. Ochiq omborlar va koʻmir va torfni tashish yoʻlaklari

Yongʻindan xavfli P-III sinf

11. Gaz taqsimlash boʻlimlari va yonuvchan gaz yoki karbid omborlari xonalari

Portlashdan xavfli P-1a sinf

12. Berk omborlar, suyuq yonilgʻi, choʻkindi nasos stansiyalari, bugʻ sachrashi 45 °S va undan past haroratli oqova suvlarni tozalash stansiyalari xonalari

Portlashdan xavfli P-1a sinf

13. Tashqi qabul qilish — quyish qurilmalari va suyuq yonilgʻi, choʻkindi bugʻ sachrashi 45 °S va undan past haroratlilarni saqlash uchun sigʻimlar.

Portlashdan xavfli P-Ia sinf

14. Berk omborlar, suyuq yonilgʻi, choʻkindi nasos stansiyalari, bugʻ sachrashi 45 °S va undan yuqori haroratli oqova suvlarni tozalash stansiyalari xonalari

Portlashdan'xavfli P-I sinf

15. Tashqi qabul qilish — quyish qurilmalari va suyuq yonilgʻi, choʻkindi bugʻ sachrashi 45 °S va undan yuqori haroratligida saqlash uchun sigʻimlar

Portlashdan xavfli P-III sinf

SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
Qozonxona binolari va inshootlari uchun qurish ishlarining razryadlari va kichik razryadlari

Binolar (xonalar) va inshootlar

Sunʼiy yoritishni loyihalash boʻyicha qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq qurish ishlarining razryadlari va kichik razryadlari

1. Qozonxona zallarining bunkerli boʻlimlari, qozonlarga xizmat koʻrsatish maydonchalari, tutun soʻrgichlar va shamollatkichlar

2. Qozonlar va ekonomayzerlar maydonchalari va qozonlar ortiga oʻtishlar.

XII v

3. Qozonlar va ekonomayzerlar zinalari

XII d

4. Jihozlarda oʻrnatilgan asboblarni qoʻshimcha mahalliy yoritish.

VI g

5. Kulli xonalar.

XII v

6. Suv tayyorlash xonalari, deaeratorlar, sovuq moddalarni tortish uchun nasoslar xonalari (dastlabki suv, reagentlar, yongʻinga qarshi suv taʼminoti, bager nasos stansiyalari va shu kabilar) xonalarda kishilarning qisqa muddatda boʻlishlarida.

VI

7. Yonilgʻi uzatish:

a) yonilgʻini maydalash va sepish xonalari

VI

b) naqliyot yoʻlaklari

XII v

v) qozonxonadagi bunker usti yoʻlaklari.

VIII b

8. Yonuvchan suyuqlik nasos stansiyalarining xonalari gaz taqsimlagich boʻlimlar.

VI

9. Reagentlar sigʻimlari xonalari

IX a

10. Koʻmir, sulfat koʻmir va jadallashtirilgan koʻmirning berk omborlari:

a) mexanizatsiyalashtirilgan

IX a

b) mexanizatsiyalashtirilmagan

IX b

11. Binodan tashqarida oʻrnatilgan tutun yutkichlar,puflagich shamollatkichlar va deaeratorlar.

XVIII

12. Koʻmir va torfning ochiq omborlari va ochiq naqliyot yoʻlaklari:

a) mexanizatsiyalashtirilgan

XVI

b) mexanizatsiyalashtirilmagan

XVII

13. Suyuq yonilgʻi va choʻkindilar uchun qabul qilish quyish qurilmalari

XVII

14. Binodan tashqarida joylashtiriluvchi suyuq yonilgʻi va choʻkindilarni saqlash uchun sigʻimlar.

XVIII

SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
Ishlab chiqarish havolarining shamollatish tizimlari, uzatish usullari va havo yoʻqotish ishchi mintaqasidagi havo harorati

Binolar

Ishlab chiqarish oʻrtachaligi

Havo harorati

Tortgich shamollatkich

Oqimli shamollatkich

Sovuq davr

Iliq davr

1. Qozonlar zali

Qozon agregatlarini gaz havoli katta yoʻlida soʻrilish hisobiga yuqori mintaqadan tabiiy havo soʻrishli zarurat boʻlganda yuqori mintaqadan mexanik qoʻzgʻatishli, jumladan puflagich shamollatichlar bilan

Ochiq oʻyimlar pastigacha kamida 4 m balandlikda tabiiy havo soʻrishli. Zarurat boʻlganda mexanik qoʻzgʻatishli.

Ishchi mintaqasiga tabiiy havo uzatish

a) doimiy koʻrsatuvchi xodimi bilan

Iliq

12

b) doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimisiz

5

Bu xam

Bu xam

Bu xam

v) umumiy binoning yer osti 1chi qavatidan past boʻlmagan yertoʻla qavatida joylashgan doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimisiz

5

Qozon agregatlarini gaz havo katta yoʻlida soʻrilishini inobatga olmagan holda 8 karrali mexanik tortishli

Bu xam

Bu xam

2. Kulli xonalar

Changlashni berk joydan mahalliy soʻrish

Tortish shamollatkichlarni muvozanatlashga mexanik qoʻzgʻatishli

tabiiy

a) kul va shlakni uzluksiz tushirishda

chang

5

b) kul va shlakni davriy tushirishda

1 h da bir necha bor havo almashish hisobiga koʻra davriy taʼsirni mexanik qoʻzgʻatishli umumlashuv (tushirish boʻlmalaridan mahalliy soʻrish boʻlmaganda).

tabiiy

3. Alohida binodagi suv tayyorlagich

iliq

16

Yuqori mintaqadan tabiiy havo yoʻqotishli

Yuqori mintaqa havo uzatilishi tabiiy

Ishchi mintaqa havo uzatilishi yuqori

4 Berk tushirish qurilmalari (vagon agʻdarishsiz)

Chang

5

Berk changlanish joyidan mahalliy soʻrish, mexanik qoʻzgʻatishli umumalmashuv

Mexanik qoʻzgʻatishli va yuqori mintaqaga havo uzatishli

Bu xam

5. Koʻmir maydalagich boʻlimlar: bunker usti yoʻlagi; tashish yoʻlagi; sepish tugunlari

10

Berk changlanish joyidan mahalliy soʻrish

Bu xam

6. Alohida xonalardagi chang tayyorlash qurilmalari

15

Bu xam

7. Nasos stansiyalar:

Iliq

Yuqori mintaqadan tabiiy havo yoʻqotish bilan

Yuqori mintaqaga tabiiy havo uzatish bilan zarurat boʻlganda mexanik qoʻzgʻatishli

Tabiiy

a) alohida xonalarda doimiy xizmatchisi bilan

15

b) alohida xonalarda doimiy xizmatchisiz

5

Bu xam

Tabiiy

8. Shchit boshqaruv xonalari

18

Koʻzda tutilmaydi

Havoni changdan yaxshilab tozalagan holda yuqori mintaqaga mexanik qoʻzgʻatishli uzatish.

9. Reagentlar omborlari

Issiqlik elektr stansiyalarini loyihalash boʻyicha qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq

Izoh: Zalostida joylashuvchi yonma-yon qurilgan qozonxonalarda mexanik qoʻzgʻatishli shamollatgichni koʻzda tutish lozim. Havo almashuvni hisoblaganda oʻchoq oʻtxonasiga uzatiluvchi havo miqdorini hisobga olish lozim.
Kul shlakni tushirish davrida tortish shamollatkichlarini mexanik kul shlak yoʻqotish bilan bloklashni koʻzda tutish lozim.
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
9-ILOVA
Moyalari qurilmalarining issiqlik oʻtkazuvchanligining hisobiy koeffitsiyentlari

Ashyolar

Qurilmadagi ashyoning hajmiy ogʻirligi (mahkamlagich qismlarsiz va qoplam qatlamisiz), kg/m3

Qurilmadagi ashyoning issiqlik oʻtkazuvchanlik hisobiy koeffitsiyenti, kkal/m-h-grad

1. Surtmali asbozurit 600

600

0,135+0,00015 tCp

2. Shisha shtapel tolali issiqlik himoyalaridan mahsulotlar (GOST 10499-67):

oʻramli toʻshamalar belgisi: MPT-35

Izoh: tcp — issiqlik himoyalagich qatlamining oʻrtacha harorati, °S:
t _1sg+1g-sr 2
bu yerda:
tCT — himoyalanuvchi yuza harorati, °S
tn — himoyaning tashqi yuzasining harorati, °S