Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi tomonidan 2000-yil 16-oktabrda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish
tartibi (roʻyxat raqami 978, 2000-yil 16-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.