1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ishlarining yagona tartibini oʻrnatish va ularning shaffofligini taʼminlash hamda xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
davlat xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali tashkil etish;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti reyestriga kiritish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
3. Adliya vazirligi:
davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-oktabr,
671-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 671-son qaroriga
ILOVA
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglament milliy, xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari bilan belgilangan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
3. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (keyingi oʻrinlarda — ijrochi) tomonidan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
4. Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishda manfaatdor boʻlgan yuridik shaxs;
texnik topshiriq — ishlab chiqilayotgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining metrologik tavsiflariga qoʻyiladigan texnik talablardan tashkil topgan hujjat;
texnik hisobot — oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining metrologik va texnik tavsiflarini belgilashga doir oʻtkazilgan yoki bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalaridan tashkil topgan texnik hujjat;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti — oʻlchashlarning bajarilishini va ularning natijalari belgilangan aniqlik koʻrsatkichlari bilan olinishini taʼminlaydigan operatsiyalar va qoidalar majmui;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish — oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining unga qoʻyiladigan metrologiya talablariga muvofiqligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida olib boriladigan tadqiqot hamda uni tasdiqlash va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) roʻyxatga olish;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish dasturi — oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning hajmi, turi, ketma-ketligi va hisobot maʼlumotlarini taqdim etish shaklini belgilovchi hujjat.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
5. Qoʻyidagi oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari metrologik attestatsiyadan oʻtkaziladi:
yangi ishlab chiqilayotgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti;
oldin ishlab chiqilgan va metrologik attestatsiyadan oʻtkazilmagan oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti;
metrologik tavsiflarni oʻzgartirishga olib keluvchi, qayta koʻrib chiqilayotgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti.
6. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
7. Ariza beruvchi tomonidan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish dasturi ishlab chiqiladi va unga muvofiq nazariy va (yoki) tajriba tadqiqotlar oʻtkaziladi hamda texnik hisobot rasmiylashtiriladi.
Texnik hisobotdan kelib chiqib, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining yakuniy tahriri tayyorlanadi.
8. Ariza beruvchi oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va Reyestrda roʻyxatga olish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan elektron shaklda ariza toʻldiradi.
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
9. Arizaga kuyidagilar ilova qilinadi:
kirish maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan oʻlchash uslubiyotini ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriq;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish dasturi;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining nazariy va (yoki) tajriba tadqiqotlari natijalari, xususan, tajriba tadqiqotlarining bayonnomalari, aniqlik koʻrsatkichlarini tajriba yoki nazariy baholash natijalari, aniqlik koʻrsatkichlarini baholashga doir laboratoriyalararo va (yoki) ichki laboratoriya tajribalarining natijalari;
texnik hisobot;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining loyihasi.
Ariza va unga ilovalar avtomatik tarzda ijrochiga yuboriladi. Yuklanadigan hujjatlarning hajmi 10 megabaytdan oshmasligi lozim.
10. Ijrochi ariza tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi va ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti reyestrida roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish narxlari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlovga ariza beruvchiga hisobvaraqasi (bajarilgan ishlar) yuboriladi (elektron shaklda).
Shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov shartnomada belgilangan muddatlarda yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Toʻlangan summa quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablagʻlar — ijrochi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
11. Ariza beruvchi tomonidan ijrochi bilan shartnoma tuzishning rad etilishi, shuningdek, shartnoma boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirmaslik oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va Reyestrda roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
12. Ijrochi shartnoma boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan keyin oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni metrologik ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) oʻtkazadi hamda ekspertiza natijalariga asosan ekspert xulosasini rasmiylashtiradi.
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotida belgilangan talablar va operatsiyalarning toʻliq bayon etilganligi;
aniqlik koʻrsatkichlarining mavjudligi va ularning asoslanganligi;
qabul qilingan matematik modellar;
noaniqlik budjetida yoki uslubiyotlarni ishlab chiqishda olingan oʻlchash natijalari xatoligining hosil boʻlish tuzilmasi tavsifida keltirilgan maʼlumotlar;
tajriba tadqiqotlarining rejasi va hajmi, shu jumladan, namuna tanlab olish hamda tayyorlash usullari;
tajriba tadqiqotlarida foydalaniladigan oʻlchash vositalari, etalonlar, standart namunalar, texnik vositalar va materiallarni tanlab olish;
tajriba oʻtkazish shartlarini tanlab olish;
tajriba natijalariga ishlov berish, shu jumladan, dasturiy taʼminotni tanlab olish vositalari va usullari;
xatolik tavsiflarini yoki noaniqlikni taqdim etish uslubini tanlab olish;
taklif etilayotgan tekshiruv jarayonining toʻgʻriligi va oʻlchashlar natijalarining tahliliy baholanadi.
Mazkur bandda keltirilgan talablar bajarilganda ekspertiza xulosasi ijobiy, aks holda salbiy hisoblanadi.
13. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish xulosasi ijobiy boʻlganda, ijrochi hujjatlar toʻplamini bir ish kuni mobaynida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
14. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish xulosasi salbiy boʻlganda, ijrochi hujjatlar toʻplamini ariza beruvchiga qaytaradi.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentda nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ularda notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, ijrochi ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun kamida oʻn ish kunidan iborat muddat (imkoniyat) beradi.
Agar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa hamda yetishmayotgan hujjatlar taqdim qilinmasa, ijrochi tomonidan bir ish kunida ariza rad etiladi va bu haqda ariza beruvchi xabardor qilinadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
15. Ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgandan soʻng hujjatlar ijrochiga qayta taqdim etiladi.
16. Agentlik hujjatlar toʻplami taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kunida oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini Reyestrda roʻyxatga oladi hamda Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarining yagona fondiga kiritadi. Reyestrga kiritilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining roʻyxati Agentlikning rasmiy saytida ochiq eʼlon qilinadi.
17. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti Reyestrda roʻyxatga olingandan soʻng uch ish kunida ijrochi tomonidan mazkur Reglamentga 4 va 5-ilovalarga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining sertifikati va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining pasporti rasmiylashtiriladi va ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
18. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi.
19. Reyestrda roʻyxatga olingan oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti matni soʻrovga muvofiq Agentlik tomonidan boshqa foydalanuvchiga taqdim etilishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarni bajarishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi (manfaatdor boʻlgan yuridik shaxs)
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini tasdiqlash va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) roʻyxatga olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) ariza beradi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi (Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti)
Arizani koʻrib chiqadi va ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.
Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ijrochi (Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti )
Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi hamda ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.
Oʻn besh ish kuni mobaynida
Ariza beruvchi (manfaatdor boʻlgan yuridik shaxs)
Ekspertiza natijalari salbiy boʻlganda — nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun taqdim etadi.
Oʻn ish kuni mobaynida
Ijrochi (Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti)
Hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazadi.
Uch ish kuni mobaynida
Ijrochi (Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti)
Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda — hujjatlar toʻplamini Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
Bir ish kuni mobaynida
4-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini Reyestrda roʻyxatga oladi.
Uch ish kuni mobaynida
5-bosqich
Ijrochi (Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti)
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti uchun QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikat va pasport rasmiylashtiradi hamda ularni ariza beruvchining YIDXP shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
_____________
_____________
(sana)
(raqam)
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan
ARIZA
I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Tashkilot nomi
2. Joylashgan joyi (pochta manzili)
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
4. Telefon raqami
5. Elektron pochta manzili
Yuridik shaxs vakili:
1.F.I.O.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
II. Ilova:
kirish maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan oʻlchash uslubiyotini ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriq;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish dasturi;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining nazariy va (yoki) tajriba tadqiqotlari natijalari, xususan, tajriba tadqiqotlarining bayonnomalari, aniqlik koʻrsatkichlarini tajriba yoki nazariy baholash natijalari, aniqlik koʻrsatkichlarini baholashga doir laboratoriyalararo va (yoki) ichki laboratoriya tajribalarining natijalari;
texnik hisobot;
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti loyihasi.
Tasdiqlayman:
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti reyestrida roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari narxlari
T/r
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining oʻlchash diapazoni soni
Ishlar narxi
(bazaviy hisoblash miqdorida)
1.
Bitta
26 baravar
2.
Ikkitadan uchtagacha
35 baravar
3.
Toʻrttadan yettitagacha
52 baravar
4.
Sakkiztadan oʻntagacha
71 baravar
5.
Oʻntadan yuqori
80 baravar
Izoh. Oʻlchash diapazoni — maʼlum bir sharoitda oʻlchash vositasi yoki oʻlchash tizimi orqali oʻrnatilgan instrumental noaniqlik bilan oʻlchanishi mumkin boʻlgan bir turdagi kattalik qiymatlarining toʻplami.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti
OʻLCHASHLARNI BAJARISH USLUBIYOTINING
SERTIFIKATI
Oʻz OʻU _________ sonli
Ushbu sertifikat, _________________________________________________________ tomonidan ishlab
ishlab chiquvchi-tashkilot nomi
chiqilgan va ___________________________________________________________ tomonidan attestatsiya
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan oʻtkazgan yuridik shaxsning nomi
qilingan ______________________________________________________________________oʻlchashlarni
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarining nomi
bajarish uslubiyoti tasdiqlanib, ______________ — son bilan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan va metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda qoʻllash uchun ruxsat etilganini tasdiqlaydi.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining metrologik tavsiflari mazkur sertifikatning ajralmas qismi boʻlib hisoblanuvchi pasportda keltirilgan.
Rahbar
_________________
F.I.O.
QR-kod
___________________
Sertifikat berilgan sana
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
______________-son oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining sertifikatiga
ILOVA
OʻLCHASHLARNI BAJARISH USLUBIYOTINING SERTIFIKATI
PASPORTI
_________________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqqan tashkilot
Oʻlchanayotgan kattaliklarning koʻlami (kichik koʻlamlar) va oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti boʻyicha bajariladigan oʻlchashlar aniqligi koʻrsatkichining belgilangan qiymatlari keltiriladi.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish vaqtida belgilangan oʻlchashlar xatoligining qiymatlari qoʻshimcha ravishda keltirish mumkin.