toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, elektr energiyasini taqsimlash tizimining xavfsiz va samarali ishlashini tashkil etish hamda isteʼmolchilarning elektr taʼminoti barqarorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
taqsimlash tizimi operatorlarining vazifa va majburiyatlarini belgilash orqali taqsimlash tizimlarini ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash;
isteʼmolchilar va kichik quvvatdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni taqsimlash elektr tarmoqlariga ulash;
elektr energiyasi sifatini va isteʼmolchilarining elektr taʼminoti barqarorligini oshirish;
taqsimlash tizimlaridan samarali va xavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng shart-sharoitlarni yaratish;
taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash orqali elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorida faoliyat yurituvchi tomonlar uchun umumiy texnik talablarni oʻrnatish.

2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sh.X. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-oktabr,
652-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 652-son qaroriga

ILOVA

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish

QOIDALARI

I boʻlim. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish orqali barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish, uni xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish, taqsimlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, isteʼmolchilarga elektr energiyasini ishonchli, xavfsiz va samarali yetkazib berishdagi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Mazkur Qoidalarda maishiy isteʼmolchilarga faqatgina generatsiyalovchi modullarni oʻrnatgan yoki ulardan foydalanganda generatsiya modullariga nisbatan qoʻyilgan talab va majburiyatlar qoʻllaniladi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
barqaror rejim — tizim chastotasi, kuchlanish, uzatish tarmogʻi va uskunalarning yuklamasi normal ish chegaralarida va operativ rentabellik yetarli boʻlgan hamda tizim konfiguratsiyasi har qanday qisqa tutashuv tokini toʻxtatish, shuningdek, nosoz uskunalar (qurilma) tarmoqdan ajratilgan tizimning ishchi holati;
generatsiyalovchi modul — elektr energiyasini sinxron yoki sinxron boʻlmagan holda generatsiya qiluvchi (ishlab chiqaruvchi) qurilma yoki qurilmalar majmuasi;
isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish — Taqsimlash tizimi operatori va uning isteʼmolchilari oʻrtasidagi kundalik operatsiyalar, jumladan, toʻlovlar, ulanish soʻrovlari va isteʼmolchilarning shikoyatlari, shuningdek, Taqsimlash tizimi operatori ushbu operatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun oʻz zimmasiga oladigan har qanday faoliyat;
ihotalangan tarmoq — tarmoqning qolgan qismidan ajratilgan, lekin ihotalangan hududda elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyatiga ega elektr stansiya yoki generatsiyalovchi modullar jamlanmasi hamda ular bilan bogʻliq yuklama.
ihotalash — yagona elektr energetikasi tizimning bir qismini yoki komponentini, ushbu qism yoki komponentga xizmat koʻrsatish lozim boʻlganda xavfsizlikni taʼminlash yoki elektr taʼminoti talab etilmaganida elektr tarmogʻidan alohida ajratish;
muhim hodisa — taqsimlash tizimi va (yoki) Foydalanuvchi tizimiga sezilarli va keng tarqalgan taʼsir koʻrsatadigan taqsimlash tizimi yoki Foydalanuvchi tizimida yuz bergan vaziyat (nosozlik);
Nazorat qiluvchi organ — elektr energetika sohasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ — Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yoki qonun hujjatlarga muvofiq belgilanishi mumkin boʻlgan boshqa tashkilot;
past kuchlanish — 1000 V dan oshmaydigan kuchlanish darajasi.
taqsimlash tizimi — uzatish tizimidan yoki ishlab chiqaruvchilardan to yakuniy isteʼmolchilarning ulanish nuqtasigacha kuchlanishi 35 kV va undan past boʻlgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari majmui (35 kV kuchlanishli fiderlar va ushbu fiderga ulangan taqsimlash qurilmalari va transformatorlar ham taqsimlash tizimi hisoblanadi);
Taqsimlash tizimi operatori — Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Energetika bozori regulatori) tomonidan berilgan litsenziya asosida Oʻzbekiston Respublikasining muayyan hududida elektr energiyasini taqsimlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolati berilgan yuridik shaxs;
Taʼminotchi — elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
Tizim operatori — elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifga taʼsir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Uzatish tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasida uzatish tizimlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
uzish — isteʼmolchini elektr energiyasi yetkazishni toʻxtatish, shuningdek, bir vaqtning oʻzida bir nechta elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasini qabul qiluvchi isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi isteʼmolini cheklamasdan bir yoki bir nechta elektr taʼminoti tarmoqlarini uzish, avtomatik himoya vositalarining muvaffaqiyatli ishlashi natijasida yuzaga kelgan uzilishlar bundan mustasno;
ulanish nuqtasi — ulanish shartnomasida koʻrsatilgan, Foydalanuvchining tizimini taqsimlash tizimiga jismoniy ulash joyi(joylari);
ulanish shartnomasi — Foydalanuvchi va Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasida Foydalanuvchi uskuna va qurilmalarini taqsimlash tizimiga (yangi ulanish nuqtasiga) ulash shartlarini belgilovchi shartnoma;
oʻtkinchi kuchlanish — qisqa muddatli kuchlanish tebranishlaridan qisqaroq vaqtdagi yuqori chastotali oʻta kuchlanishlar;
oʻrta kuchlanish — 1 kV dan 35 kV gacha boʻlgan kuchlanish darajasi;
oʻchirgich — barqaror sharoitlarda elektr zanjirini uzish, ulash va oʻtkazish uchun hamda qisqa tutashuv kabi avariya holatlarida elektr zanjirlarini uzish va maʼlum muddatda ulash imkoniyatiga ega boʻlgan mexanik kommutatsiya uskunasi;
oʻchirish — elektr energetika tizimining tarkibiy qismi ushbu komponent bilan bevosita bogʻliq boʻlgan baʼzi bir hodisa sababli oʻz vazifasini bajara olmaydigan holat. Uchirish isteʼmolchilarning elektr taʼminotidan uzilishiga yoki uzilmasligiga olib kelishi mumkin. Chaqmoq chaqishi, kondensator batareyalari yoki kabelni almashlab ulash, tokning uzilishi, yerga tutashuv yoyi, ferrorezonans va boshqa shunga oʻxshash hodisalar natijasida yuzaga kelgan yuqori chastotali oʻta kuchlanish;

flikerlar — miltillash, elektr tarmogʻida yuklamaning tez yoki tez-tez oʻzgarishi yoxud boshqa sabablarga koʻra kuchlanishning tebranishi natijasida yuzaga keladigan holat. Bu holat yorugʻlikning miltillashiga olib keladi yoki sezgir uskunalarning ishlashiga taʼsir qiladi;

Foydalanuvchi — oʻz tarmoqlari orqali taqsimlash tizimiga ulangan yoki ulanishi rejalashtirilgan isteʼmolchi va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi (taqsimlash tizimidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs);
xavfsizlik — elektr energetika tizimining barqaror holatda uzluksiz ishlashi, tizimning baʼzi qismlari yoki komponentlari oʻchirilgan holatida ham yakuniy isteʼmolchilarni xavfsiz va yetarli darajada elektr energiyasi bilan taʼminlash;
hodisa — qisqa tutashuv, uskunaning ishdan chiqishi, noqulay ob-havo sharoiti yoki tabiiy hodisa tufayli tizimidagi favqulodda oʻzgarish yoki uzilishning rejadan tashqari yoki rejalashtirilmagan holda sodir boʻlishi;
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish oqibatida muayyan vaqt oraligʻi davomida, shuningdek, Taqsimlash tizimi operatorining elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida isteʼmolchiga shartnomada belgilangan elektr energiyasini yetkazib berish miqdorining kamayishi;
Elektr stansiyasi operatori — Elektr stansiyalariga yoki generatsiyalovchi modullarga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs, jumladan generatsiyalovchi modul operatori deb ham yuritiladi;
elektr sxemasi — uskunalar yoki elektr energetika tizimining tarkibiy qismlarini bir-biriga yoki tashqi tizimlarga ulashni koʻrsatadigan sohaga oid belgilardan foydalangan sxematik chizma (diagramma);
elektr energiyasi sifati — elektr energiyasi parametrlarining milliy standartlari boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi;
elektr energiyasi taʼminotidagi tanaffus — isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatish, avtomatika qurilmalarining muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki elektr energiyasi isteʼmol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida bir nechta liniyalar boʻyicha elektr energiyasini oluvchi isteʼmolchilar uchun bitta yoki bir nechta elektr energiyasi yetkazib berish liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;
yuqori kuchlanish — 110 kV dan 500 kV gacha boʻlgan kuchlanish darajasi.
4. Yuqori va oʻrta kuchlanishli podstansiyalar Uzatish tizimi operatori tomonidan, 0,4 — 10 kV kuchlanishli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari va 35 kV kuchlanishli fiderlar (ushbu fiderga ulangan taqsimlash qurilmalari va transformatorlar) Taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan ekspluatatsiya qilinadi hamda uzatish va taqsimlash tizimlari oʻrtasidagi mansublik chegarasi oʻrta kuchlanishli podstansiyaning yacheykalarida (fiderlarning chiqish nuqtasida) belgilanadi.
II boʻlim. Elektr taʼminoti meʼyorlari
1-bob. Elektr energiyasi sifati meʼyorlari (talablari)
1-§ Elektr energiyasi sifati buzilishi
5. Elektr energiyasining sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi va sifat koʻrsatkichlarining ushbu hujjatlarda belgilangan chegaralardan chetga chiqishi (ogʻishi) elektr energiyasining sifati buzilishiga olib keladi. Elektr energiyasining sifati yagona elektr energetikasi tizimini ishonchli va samarali ishlashini taʼminlash hamda isteʼmolchilarning elektr taʼminotidagi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi.
6. Elektr energiyasining sifati kuchlanish va chastota darajalari hamda ularni tashkil etuvchilarning toʻlqin shakli buzilishi bilan oʻlchanadi. Quyidagilardan kamida bittasi mavjud boʻlib, u taqsimlash tizimining barqaror ishlashiga sezilarli taʼsir koʻrsatsa, elektr energiyasi sifati buzilgan hisoblanadi:
chastotaning 50 Nz nominal qiymatdan ogʻishi ruxsat etilgan diapazondan oshganda;
kuchlanish belgilangan nominal qiymatdan ogʻganda;
kuchlanish tebranishi ruxsat etilgan diapazondan oshganda;
kuchlanish nomutanosibligida (nosimmetriyalik yoki nosinusoidallik);
tizimda garmonik chastotalar mavjud boʻlganda;
kuchlanish tebranishlari intensivligi ruxsat etilgan chegaralardan tashqariga chiquvchi flikerlar (miltillash)ga olib kelganda;
taqsimlash tizimida yuqori chastotali oʻta kuchlanishlar mavjud boʻlganda.
2-§. Chastota tebranishlari (ogʻishi)
7. Taqsimlash tizimida nominal chastota 50 Nz ga teng boʻlishi shart. Taqsimlash tizimi chastotasining nominal qiymatdan ogʻishi (koʻtarilishi yoki tushishi) chastota tebranishi (ogʻishi) hisoblanadi.
Bir hafta davomida 95 foiz vaqt oraligʻida ±0,2 Nz dan va 100 foiz vaqt oraligʻida ±0,4 Nz dan oshishi elektr energiyasining sifatini buzilishi hisoblanadi.
8. Taqsimlash tizimi operatori oʻz tizimini Tizim operatoriga yagona elektr energetikasi tizimida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq asosiy chastotani saqlab turishga yordam beradigan tarzda loyihalashtirishi va ekspluatatsiya qilishi kerak.
9. Barqaror ekspluatatsiya sharoitlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga (Texnik jihozlarning elektromagnit mosligi, Umumiy maqsadlar uchun elektr taʼminoti tizimlarida elektr energiyasi sifati standartlari) mos boʻlishi shart.
3-§. Kuchlanish tebranishi (ogʻishi), nosimmetriyaligi va oʻtkinchi kuchlanishlar
10. Kuchlanishi tebranishi (ogʻishi) kuchlanishning oʻrtacha kvadratik ogʻishining foizlarda ifodalangan nominal qiymatidan chetga chiqishi sifatida aniqlanadi. Barqaror ekspluatatsiya rejimlarida kuchlanish oʻzgarishi ±10 foizdan oshmasligi shart. Kuchlanish tebranishlari qisqa yoki uzoq muddatli boʻlishi mumkin.
11. Kuchlanishning qisqa muddatli tebranishi nominal chastotaning yarim siklidan (10 millisoniya) ortiq, lekin bir daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt davomida kuchlanish oʻrtacha kvadratik qiymatining nominal qiymatidan ogʻishi sifatida aniqlanadi.
Kuchlanishning oʻrtacha kvadratik qiymati nominal qiymatning:
110 foizdan 180 foizgacha oshsa kuchlanishning qisqa muddatli tebranishi kuchlanishning sakrashi (lahzada koʻtarilishi);
90 foizidan 10 foizigacha kamaysa kuchlanishning qisqa muddatli tebranishi kuchlanishning qisqa vaqtli pasayishi (yoki lahzada pasayishi) hisoblanadi.
12. Kuchlanishning uzoq muddatli tebranishlari kuchlanish oʻrtacha kvadratik qiymatining nominal qiymatdan bir daqiqadan ortiq vaqt davomida ogʻishi sifatida aniqlanadi.
Kuchlanishning oʻrtacha kvadratik qiymati nominal qiymatning:
90 foiz miqdoriga teng yoki undan kamni tashkil etsa kuchlanishning uzoq muddatli oʻzgarishi — past kuchlanish;
110 foiz miqdoriga teng yoki undan yuqori boʻlsa kuchlanishning uzoq muddatli oʻzgarishi — oʻta kuchlanish hisoblanadi.
13. Taqsimlash tizimi operatorlari barqaror ekspluatatsiya sharoitida Foydalanuvchining taqsimlash tizimiga ulanish nuqtasida kuchlanishning pasayishi yoki oʻta kuchlanish yuzaga kelmasligini taʼminlashi shart.
14. Taqsimlash tizimi operatori katta quvvatli asinxron dvigatellarni ishga tushirish vaqtidagi kuchlanish pasayishlari boshqa Foydalanuvchilar qurilmalari yoki jihozlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlash uchun taqsimlash tizimining yetarli quvvat oʻtkazuvchanlikka ega boʻlishini taʼminlashi shart.
15. Kuchlanish nosimmetriyaligi faza kuchlanishi oʻrtacha qiymatining uch fazali kuchlanishning oʻrtacha qiymatidan maksimal ogʻishi hisoblanadi. Kuchlanish nosimmetriyaligi faza kuchlanishini uch fazali kuchlanishning oʻrtacha qiymatiga nisbati bilan (foizlarda) aniqlanadi.
16. Barqaror ekspluatatsiya sharoitlarida Foydalanuvchining ulanish nuqtasida maksimal kuchlanish nosimmetriyaligi (nomutanosibligi) elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlarida belgilangan qiymatdan oshmasligi shart. Bunda 10 daqiqaning 95 foizi davomida 2 foiz, 100 foizi davomida esa 4 foizdan oshmasligi kerak.
4-§. Garmonikalar va flikerlar (miltillash) intensivligi
17. Garmonikalar kuchlanish va tokning sinusoidaligi chastotasining asosiy chastota butun soni karrasiga tengligi bilan aniqlanadi.
18. Jami garmonik buzilish individual garmonikalar amplitudalari kvadratlari yigʻindisining oʻrtacha kvadratik qiymatining asosiy toʻlqin chastotasining oʻrtacha kvadratik qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi va bu garmonik tashkil etuvchilarning umumiy koeffitsiyenti deb yuritiladi.
19. Maksimal yuklamadagi umumiy garmonik buzilish maksimal yuklamadagi tokning garmonik buzilishlari oʻrtacha kvadrat qiymatining (15 yoki 30 daqiqa davomida) joriy maksimal isteʼmol tok kuchining ulushi sifatida foizlarda aniqlanadi.
20. Kuchlanishning garmonik tashkil etuvchilarining umumiy koeffitsiyenti qiymatlari quyidagicha:
1000 V kuchlanishgacha — 12,0;
6 — 10 kV kuchlanishlarda — 8,0;
35 kV kuchlanishda — 6,0.
21. Flikerlar (miltillash) taʼsirini baholashda:
qisqa davrli flikerlar intensivligi ularni keltirib chiqaruvchi manbadan kelib chiqadigan taʼsir 10 daqiqalik davr uchun aniqlanadi;
uzoq muddatli va oʻzgaruvchan davriylik (sikl)dagi flikerlar intensivligi ularni keltirib chiqargan manbadan kelib chiqadigan qisqa muddatli flikerlar intensivligi bilan aniqlanadi.
Uzoq muddatli flikerlar intensivligi ikki soatlik vaqt mobaynida ketma-ket 12 qisqa muddatli flikerlar intensivligini oʻlchashdan olingan qiymat bilan oʻlchanadi.
Qisqa muddatli flikerlar intensivligi 10 daqiqa vaqt davomida miltillashni hisoblash uskunasi koʻrsatkichlaridagi vaqt oraliqlarida aniqlangan miltillashning vizual intensivligi darajasi bilan oʻlchanadi.
22. Foydalanuvchilarning ulanish nuqtasida flikerlar intensivligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan qiymatdan oshmasligi lozim, bunda mos ravishda qisqa davr uchun 1,38 birlikdan va uzoq muddat davomida 1,0 birlikdan oshmasligi talab etiladi.

2-bob. Elektr taʼminoti ishonchliligi koʻrsatkichlari

1-§. Taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash mezonlari va hisobotlarini yuritish tartibi
23. Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini oʻrnatish, hisobga (roʻyxatga) olish va hisobot yuritishning yagona tizimini joriy etadi.
24. Taqsimlash tizimi operatorlari uchun bir xil ishonchlilik koʻrsatkichlari (yoki maqsadli koʻrsatkichlar) qoʻllaniladi. Bunda koʻrsatkichlar darajalari har bir taqsimlash tizimiga xos boʻlishi va dastlab uning oʻtgan davrlardagi koʻrsatkichlariga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
25. Taqsimlash tizimi operatorlari yuklama zichligi, taqsimlash (sotish) tuzilmasi, xizmat koʻrsatish narxi, ishchi kuchlanishi va Energetika vazirligining mos deb hisoblaydigan boshqa texnik koʻrsatkichlar kabi xususiyatlar asosida turli toifalarga guruhlanadi.
26. Taqsimlash tizimi operatorlari Energetika vazirligi tomonidan har yili ularning haqiqiy koʻrsatkichlari, jumladan ishonchlilik va samaradorlikning amaldagi koʻrsatkichlari bilan maqsadli koʻrsatkichlarini solishtirish orqali baholab boriladi.
27. Taqsimlash tizimi operatori har chorakda Energetika vazirligiga oʻz taqsimlash tizimining ishi, sodir boʻlgan uzilishlar ularning sabablari toʻgʻrisida oylar kesimida hisobot taqdim etib boradi.
Yil yakuni bilan umumlashtirilgan batafsil hisobot va yuz bergan muhim hodisalar tavsifi Energetika vazirligiga taqdim etiladi. Energetika vazirligi har bir Taqsimlash tizimi operatorini baholaydi.
Energetika vazirligi baholash natijalari, yil yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi taqsimlash tizimi boʻyicha umumlashtirilgan yillik hisobotni hamda tegishli takliflarni har yili 1-fevralga qadar Energetika bozori regulatoriga kiritadi.

Baholash hujjatlari va umumlashtirilgan hisobotda Taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi va boshqa faktlar koʻrsatib oʻtilishi kerak.

28. Energetika vazirligi eshituvlar va muhokamalardan soʻng har yili 1-dekabrga qadar har bir taqsimlash tizimi uchun kelgusi yilga samaradorlik va ishonchlilikning maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
2-§. Taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlari (indekslari)
29. Taqsimlash tizimi operatorlari uchun taqsimlash tizimining ishonchliligi boʻyicha quyidagi koʻrsatkichlar belgilanadi:
taqsimlash tizimi ishida uzilishlarning oʻrtacha chastotasi indeksi (SAIFI);
taqsimlash tizimi ishida uzilishlarning oʻrtacha davomiyligi indeksi (SAIDI);
isteʼmolchilar uchun oʻrtacha uzilishlar muddati indeksi (CAIDI);
isteʼmolchilar elektr taʼminotidagi lahzalik uzilishlarining oʻrtacha chastotasi indeksi (MAIFI).
30. Taqsimlash tizimi ishida uzilishlarning oʻrtacha chastotasi indeksi (SAIFI) oʻrtacha isteʼmolchi uchun belgilangan vaqt oraligʻida elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar sodir boʻlishi doimiyligini (chastotasini) koʻrsatib beradi. Ushbu koʻrsatkich Foydalanuvchida (isteʼmolchi) maʼlum vaqt davomida oʻrtacha uzilishlar sonini ifodalaydi.
SAIFI maʼlum vaqt oraligʻida taqsimlash tizimida sodir boʻlgan umumiy uzilishlar sonining taqimlash tizimining jami Foydalanuvchilari (isteʼmolchi) soniga nisbati bilan aniqlanadi:

SAIFI

=

ni = 1Ni

Nf

bu yerda:
i — uzilishlar soni;
Ni — elektr taʼminotida uzilish boʻlgan Foydalanuvchilar soni;
Nf — taqsimlash tizimidagi jami Foydalanuvchilar soni.
31. Taqsimlash tizimi ishida uzilishlarning oʻrtacha davomiyligi indeksi (SAIDI) oʻrtacha Foydalanuvchi (isteʼmolchi) uchun belgilangan vaqt oraligʻida sodir boʻlgan uzilishlarning umumiy davomiyligini koʻrsatib beradi. Ushbu koʻrsatkich foydalanuvchida (isteʼmolchi) maʼlum vaqt davomida uzilishlarning oʻrtacha davomiyligini daqiqalar yoki soatlarda ifodalaydi.
SAIDI maʼlum vaqt oraligʻida barcha uzilishlar davomiyligi yigʻindisining taqsimlash tizimi Foydalanuvchilarining umumiy soniga nisbati bilan aniqlanadi:

SAIDI

=

ni = 1(Ni × ti)

Nf

bu yerda:
ti — har bir alohida oʻchishning davomiyligi (daqiqa yoki soatlarda);
Ni — elektr taʼminotida uzilish boʻlgan Foydalanuvchilar soni;

Nf — taqsimlash tizimidagi jami Foydalanuvchilar soni.

32. Isteʼmolchilar uchun oʻrtacha uzilishlar muddati indeksi (CAIDI) elektr taʼminotini (xizmat koʻrsatish) tiklash uchun zarur boʻlgan oʻrtacha vaqtni ifodalaydi. Ushbu indeks uzilishdan keyin elektr taʼminotini tiklash uchun talab etilgan oʻrtacha vaqtni ifodalaydi:

CAIDI

=

SAIDI

SAIFI

33. Isteʼmolchilar elektr taʼminotidagi lahzalik uzilishlarining oʻrtacha chastotasi indeksi (MAIFI) lahzalik uzilishlarining oʻrtacha chastotasini koʻrsatib beradi. Ushbu indeks maʼlum vaqt ichida oʻrtacha qisqa muddatli uzilishlarning qanchalik tez-tez sodir boʻlishi chastotasini ifodalaydi va kuyidagi formula orqali aniqlanadi:

MAIFI

=

Di

Nf

bu yerda:
Di — maʼlum vaqt oraligida sodir boʻlgan qisqa muddatli uzilishlarning umumiy soni;
Nf — taqsimlash tizimi Foydalanuvchilarining umumiy soni.
3-§. Elektr taʼminotida tanaffuslar kiritish, uzilishlar va istisno holatlar
34. Elektr taʼminotidagi uzilishlar qisqa tutashuvlar, birlamchi taqsimlash tarmoqlari va (yoki) transformatorlardagi nosozliklar vaqtida himoya vositalarining ishlashi natijasida podstansiyadan taqsimlash transformatorigacha boʻlgan har qanday uzilishlarni oʻz ichiga oladi.
35. Ishonchlilik koʻrsatkichlarini (indekslarini) hisoblashda quyidagi hodisalar istisno qilinadi:
taqsimlash tizimining transformator punktidan isteʼmolchilarga qadar boʻlgan tarmoqlaridagi uzilishlar;
uzatish tizimi tarmoqlari yoki podstansiyalari va generatsiya obyektlaridagi uzilishlar yoki favqulodda oʻchishlar natijasida yuzaga kelgan uzilishlar;
elektr taʼminoti uzilishi haqida Foydalanuvchilarni uzilishdan kamida uch kun oldin xabardor qilingan rejali oʻchirishlar;
Foydalanuvchining yoki ularning vakolatli vakili talabiga binoan amalga oshirilgan uzilishlar;
Tizim operatori koʻrsatmasiga binoan, yagona elektr energetikasi tizimining loyihaviy va (yoki) meʼyoriy ekspluatatsiya chegarasidan tashqaridagi ish rejimlariga olib kelgan yirik hodisalar sodir boʻlgan vaqtdagi yoki yagona elektr energetikasi tizimi obyektlarining ishdan chiqishi natijasida amalga oshirilgan oʻchirishlar;

Taqsimlash tizimi operatorining xizmat koʻrsatish hududida favqulodda holat eʼlon qilingandagi yoki shunday holat eʼlon qilinishiga olib keladigan fors-major holatlari natijasida yuzaga kelgan uzilishlar;

Energetika vazirligi tomonidan muhokamalardan soʻng tasdiqlangan va tegishli xabarnomalar orqali bildirilgan muhim hodisalar, shu jumladan yirik hodisa sababli uzilishlar.
36. Yagona elektr energetikasi tizimining loyihaviy va (yoki) meʼyoriy ekspluatatsiya chegarasidan tashqaridagi ish rejimlariga olib kelgan yirik hodisalar kamida bir kuni mobaynida davom etsa muhim hodisa hisoblanadi.
Muhim hodisa kuni isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishdagi kunlik SAIDI indeksining qiymati chegara qiymatidan oshib ketgan kun.
Kundalik SAIDI indeksini hisoblash uchun bir kalendar kundan ortiq davom etadigan har qanday elektr taʼminotida uzilishlar boshlangan kunga hisoblanadi.

Kunlik SAIDI indeksi muhim hodisa kunidan oshib ketgan kunlar taqsimlash tizimi odatdagidan (kutilganidan) koʻproq yuklamalar bilan ishlaydigan kunlar hisoblanadi.

Taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan muhim hodisalar sodir boʻlgandagi harakatlar qayd etib boriladi va Energetika vazirligiga taqdim etiladi. Energetika vazirligi tomonidan ushbu qaydlar alohida tahlil qilinadi va hisoboti yuritiladi.
37. Fors-major holatlari tomonlarning xohish-irodasi va faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (ommaviy noroziliklar, urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash, xalqaro sanksiyalarning joriy etilishi va boshqalar), obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar (epidemiya, pandemiya, karantin), texnogen ofatlar (yongʻinlar, portlashlar va boshqalar), favqulodda va keng miqyosdagi kutilmagan avariyalar, uzilishlar sababli yuzaga kelgan sharoitlarda taraflarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar natijasida mazkur Qoidalar shartlarining bajarilmasligiga olib keluvchi hodisalar, xususan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holatlar;
respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan eʼlon qilingan favqulodda vaziyatlar;

elektr energetika tizimida Energetika vazirligi yoki Energetika bozori regulatori tomonidan eʼlon qilingan fors-major holatlarning alohida vaziyatlari;

Taqsimlash tizimi operatorining tizimi ishiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan va tegishli ravishda yuqorida taʼriflangan fors-major holatlarga olib keladigan bogʻliq tizimlardagi (uzatish tizimi, qoʻshni taqsimlash tizimlari yoki elektr stansiyalar) yirik hodisalar.
3-bob. Taqsimlash tizimining samaradorlik mezonlari
1-§. Taqsimlash tizimidagi yoʻqotishlar tasnifi va meʼyorlari
38. Taqsimlash tizimiga qabul qilingan elektr energiyasi va yakuniy Foydalanuvchilarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi oʻrtasidagi farq taqsimlash tizimining yoʻqotishlari hisoblanadi. Taqsimlash tizimi obyektlarining oʻz ehtiyojlari uchun sarflagan elektr energiyasi miqdori yoʻqotishlar hisoblanmaydi va yoʻqotishlar tarkibiga kiritilmaydi.
39. Taqsimlash tizimida elektr energiyasi yoʻqotishlari texnik va texnik boʻlmagan (iqtisodiy) toifalarga boʻlinadi.
40. Texnik yoʻqotishlar taqsimlash elektr tarmoqlaridagi va uskunalaridagi fizik jarayonlar (transformatorlar chulgʻamlaridagi) natijasida va oʻlchash vositalaridagi texnik xatolar sababli kelib chiqadigan har qanday yoʻqotishlarni oʻz ichiga oladi.

41. Texnik boʻlmagan (iqtisodiy) yoʻqotishlar oʻgʻirlik, elektr energiyasi hisoblagichlari koʻrsatkichlarini yozib olishdagi xatoliklar, elektr energiyasi hisoblagichlarini ulash sxemasi oʻzgartirish, elektr energiyasi hisoblagichlariga tashqi aralashuv (taʼsir), shuningdek, elektr energetika tizimining jismoniy xususiyatlari va funksiyalari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa yoʻqotishlar natijasida yoʻqotilgan elektr energiyasining yigʻindisini anglatadi.

42. Taqsimlash tizimi operatorlari belgilangan tartibga koʻra oʻz taqsimlash tizimidagi texnik va texnik boʻlmagan (iqtisodiy) yoʻqotishlar meʼyorlarini ishlab chiqib, birlamchi maʼlumotlar va asoslantiruvchi hisob-kitoblar bilan Nazorat qiluvchi organ hamda Energetika vazirligiga kelishish uchun kiritadi.
43. Nazorat qiluvchi organ birlamchi maʼlumotlar (transformatorlar soni, elektr tarmoqlari uzunligi), hisob-kitoblarni tekshiradi va kelishib beradi.
Birlamchi maʼlumotlar tegishli hujjatlar va (yoki) joyiga chiqqan holda Nazorat qiluvchi organning tegishli boʻlinmalari tomonidan tekshiriladi.
Nazorat qiluvchi organ tomonidan birlamchi maʼlumotlar va hisob-kitoblarda noaniqliklar yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bayon qilgan holda Taqsimlash tizimi operatoriga qaytaradi. Taqsimlash tizimi operatori eʼtirozlarni qabul qilgandan soʻng besh ish kuni davomida texnik yoʻqotishlar boʻyicha barcha hujjatlarni ularga qayta kiritadi.
44. Nazorat qiluvchi organ koʻrib chiqib, kelishganidan soʻng, Energetika vazirligi bilan kelishiladi va tasdiqlash uchun Energetika bozori regulatoriga kiritiladi.

Bunda Energetika vazirligi mazkur texnik yoʻqotish meʼyorlarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilganligini hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol balansiga muvofiqligini tekshiradi.

45. Energetika bozori regulatori belgilangan tartibda taqsimlash tizimida yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlarning ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlaydi.
2-§. Taqsimlash tizimi operatorining oʻz ehtiyojlari
46. Taqsimlash tizimi operatorining oʻz ehtiyojlari taqsimlash tizimining barqaror ishlashi uchun zarur boʻlgan elektr energiyasi miqdorini oʻz ichiga oladi.
47. Taqsimlash tizimi operatori oʻz ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan elektr energiyasi miqdorlarini tasdiqlash uchun asosli hisob-kitoblar bilan Energetika vazirligiga kiritadi.

Energetika vazirligi Taqsimlash tizimi operatori buyurtmasi asosida, taqsimlash tizimining strukturasi va yuklanganlik darajasidan kelib chiqib uning oʻz ehtiyoji uchun sarflanishi mumkin boʻlgan elektr energiyasi miqdorini belgilaydi.

48. Taqsimlash tizimi operatorining oʻz ehtiyoji uchun haqiqiy isteʼmoli ekspluatatsiya va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismi sifatida qabul qilinadi hamda uning xizmat koʻrsatish xarajatlariga kiritiladi.
3-§. Ulanish nuqtasida quvvat koeffitsiyenti
49. Taqsimlash tizimining Foydalanuvchilari ulanish nuqtasida kuchlanish darajasiga muvofiq kamida quyidagi quvvat koeffitsiyentini taʼminlashlari (saqlab turishlari) shart:
0,4 kV kuchlanish uchun — 0,97;
6 — 10 kV kuchlanish uchun — 0,90 — 0,95 oraligʻida (aniq qiymat ulanish shartnomasida belgilanadi).

50. Foydalanuvchilarga belgilangan maqsadli darajadan past boʻlgan quvvat koeffitsiyenti uchun, shuningdek, maqsadli darajadan oshib ketgan quvvat koeffitsiyenti uchun belgilangan tartibda choralar qoʻllanadi.

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan qiymatdan pasayishi yoki ortishi yuzasidan choralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoki elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Taqsimlash tizimi operatori fiderlar va podstansiya shinalaridagi reaktiv quvvat isteʼmolini podstansiya va fiderlarda yoʻqotishlarni iqtisodiy jihatdan eng maqbul darajaga qadar qisqartirish imkonini beradigan hajmga moslashtirishi kerak.

4-bob. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish talablari va meʼyorlari

1-§. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish talablari
52. Taqsimlash tizimi operatori yoki Taʼminotchining oʻz isteʼmolchilari bilan oʻzaro hamkorligining samaradorligini belgilaydigan, isteʼmolchilar ehtiyojlarini toʻliq qondirish uchun moʻljallangan talablar xizmat koʻrsatish talablari hisoblanadi.
Foydalanuvchilarga (isteʼmolchilarga) xizmat koʻrsatish talablari kafolatlangan va umumiy talablardan iborat.

53. Isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishda kafolatlangan talablar koʻrsatkichlariga rioya etilmaganligi yoki ularning belgilangan maqsadli qiymatlariga erishilmaganligi uchun Taqsimlash tizimi operatori yoki taʼminotchilarga jarimalar qoʻllaniladigan talablardir. Bunday talablarni buzilishi natijasida jabrlangan isteʼmolchining zarari Taqsimlash tizimi operatorlari yoki Taʼminotchilar tomonidan qoplab beriladi.

54. Umumiy talablar isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishda kafolat berish muhim ahamiyatga ega boʻlmagan (talab etilmaydigan) jihatlarga taalluqli boʻlib, isteʼmolchilar Taqsimlash tizimi operatoridan (Taʼminotchidan) oqilona darajada xizmat koʻrsatilishini kutishga haqli.
2-§. Foydalanuvchilarga (isteʼmolchilarga) xizmat koʻrsatish samaradorligini baholash
55. Taqsimlash tizimi operatorining (Taʼminotchi) isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish samaradorligini baholash direktiv yondashuv va isteʼmolchilarning xizmatlardan qoniqishini baholash bilan aniqlanadi.
56. Direktiv yondashuvda Taqsimlash tizimi operatori (yoki Taʼminotchi) isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish dasturiga asosan amaldagi samaradorlik koʻrsatkichlari yoki maqsadli koʻrsatkichlarni baholash uchun Energetika vazirligiga kiritadi.
57. Isteʼmolchilarning xizmatlardan qoniqishini baholash boʻyicha oʻrganish usulidan foydalanilganida Taqsimlash tizimi operatori (yoki Taʼminotchi) Energetika vazirligi tomonidan vakolat berilgan mustaqil tashkilot tomonidan isteʼmolchilarga koʻrsatilgan xizmatlarni baholash boʻyicha buyurtma yuboradi hamda baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
58. Taqsimlash tizimi operatorlari uchun isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish maqsadli koʻrsatkichlari mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq, Taʼminotchilar uchun isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish maqsadli koʻrsatkichlari mazkur Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shakllarda tayyorlanadi.

Taqsimlash tizimi operatori va Taʼminotchilar ushbu maqsadli koʻrsatkichlarni Energetika vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

59. Taqsimlash tizimi operatori va Taʼminotchilarning har yillik haqiqiy (amaldagi) ishonchlilik, samaradorlik va maqsadli koʻrsatkichlari Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan koʻrsatkichlarga nisbatan baholashdan oʻtkazib boriladi.
5-bob. Taqsimlash tizimi operatorlari va Taʼminotchilar uchun xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi talablari
60. Taqsimlash tizimi operatori oʻzining taqsimlash tizimini xavfsizlik talablariga muvofiq tarzda ishlab chiqishi (loyihalashtirishi va qurishi), ekspluatatsiya qilishi va texnik xizmat koʻrsatishi hamda oʻz xodimlari uchun har doim xavfsiz ish muhitini yaratishi shart.
61. Taqsimlash tizimi va Foydalanuvchilar tizimlarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfsizlik tizimi joriy qilinadi va Nazorat qiluvchi organ bilan kelishiladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalarga rioya etilishi barcha tomonlar uchun majburiydir.
62. Mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari hayot va sogʻliq uchun xavfsiz mehnat sharoitlari bilan taʼminlash, jarohatlar, kasalliklar va oʻlimlarning oldini olishga qaratilgan boʻlishi lozim.
63. Mehnat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari xodimlar xavfsizligi koʻrsatkichlarini oʻlchash tartibini belgilaydi va Taqsimlash tizimi operatorlariga nisbatan kuyidagi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:
ishlab chiqarish bilan bogʻliq jarohatlar koʻrsatkichi har bir korxona xodimlari yoki hisobot birligidagi xodimlarning ishlagan umumiy soatlar soniga nisbati bilan oʻlchanadi;
ishlab chiqarish bilan bogʻliq jarohatlar darajasi koʻrsatkichi har bir xodimga toʻgʻri kelgan haqiqatda (amalda) ish soatlardan foydalangan holda aniqlanadi. Haqiqiy ish soatlari mavjud boʻlmasa, hisob kitoblarga asoslangan taxminiy soatlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi;
ishga yaroqsizlikka (nogironlikka) olib keladigan jarohatlar darajasi koʻrsatkichi hisob-kitob davrida sodir boʻlgan oʻlimlarning umumiy soni, doimiy toʻliq, doimiy qisman va vaqtinchalik toʻliq mehnatga layoqatsizlik soni asosida hisoblanadi. Koʻrsatkich jarohatlar/kasalliklar sonini maʼlum bir davrda ishlagan kishi-soatlari soniga bogʻlaydi va bunday jarohatlarning darajasini million kishi-soatiga nisbati birligida ifodalaydi;
nogironlikka olib kelishi mumkin boʻlgan jarohatlar/kasallikning ogʻirligi darajasi koʻrsatkichi barcha oʻlimlar, doimiy toʻliq va qisman mehnatga layoqatsizlik va hisob-kitob davrida sodir boʻlgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarining umumiy sonidan kelib chiqqan barcha yoʻqotilgan ish soatlarining yigʻindisiga asoslanadi. Koʻrsatkich yoʻqotilgan soatlar sonini davr mobaynida ishlagan kishi-soatlari soniga bogʻlaydi va yoʻqotishni million kishi-soatlarida ifodalaydi.
64. Taqsimlash tizimi operatori xavfsizlik texnikasi, mehnat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga muvofiq jurnallar va hisobotlarning nusxalarini Nazorat qiluvchi organga taqdim etadi. Hisobotlar mazkur Qoidalarning 63-bandida keltirilgan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olishi shart.
III boʻlim. Taqsimlash tizimiga ulanish qoidalari
1-bob. Ulanish qoidalarining maqsadi va qoʻllanish sohasi
65. Tarmoqqa ulanish boʻyicha talablarning maqsadi quyidagilardan iborat:
Foydalanuvchilar ulanish nuqtasida texnik, konstruktiv (loyihalash) va ekspluatatsiya mezonlarni belgilash;

taqsimlash tizimiga ulanish barcha Foydalanuvchilar uchun adolatli boʻlishi va kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;

Foydalanuvchilar tomonidan Taqsimlash tizimi operatoriga va aksincha Taqsimlash tizimi operatori tomonidan Foydalanuvchilarga taqdim etilishi zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatib oʻtish hamda ulanish tartibini ommaviy foydalanish uchun ochiqlash.
2-bob. Taqsimlash tizimining texnik, konstruktiv (loyihalash) va ekspluatatsiya mezonlari
66. Taqsimlash tizimi operatorlari taqsimlash tizimining istalgan ulanish nuqtasida elektr taʼminoti meʼyorlari, jumladan elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlari va ularga nisbatan qoʻyilgan talablarni bajarilishini taʼminlashi shart.
Taqsimlash tizimini loyihalashtirish, modernizatsiya (rekonstruksiya) yoki kengaytirish va ekspluatatsiya jarayonlarida ushbu talablar bajarilishi birinchi navbatda taʼminlanishi kerak.
67. Foydalanuvchilar va taqsimlash tizimiga ulanishni yoki mavjud ulanishni oʻzgartirishni rejalashtirgan potensial Foydalanuvchilar barqaror ekspluatatsiya sharoitlarda oʻzlarining uskunalarini (qurilmalarini) elektr taʼminoti meʼyorlarini saqlagan holda ishonchli va xavfsiz ishlashi taʼminlashlari shart.
Mavjud ulanishni oʻzgartirish yoki yangi ulanishni loyihalashtirishda ushbu shartlar bajarilishi birinchi navbatda taʼminlanishi kerak.
68. Taqsimlash tizimida chastota bir lahzada (keskin) 1 Nz ga ogʻsa, Tizim operatoriga ushbu holatni bartaraf etish choralarini koʻrishga imkon berish uchun taqsimlash tizimiga ulangan barcha generatsiyalovchi modullar kamida 5 soniya davomida tarmoq bilan sinxron holatda qolishi shart.
69. Taqsimlash tizimi operatorlari taqsimlash tizimida uskunalar va ularni himoya tizimlarini tanlash hamda loyihalashda avariya (favqulodda) vaziyatlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan chastotaning maksimal tebranishlari (ogʻishi)ni hisobga olishi kerak.
70. Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash uskunasining kuchlanish nominallarini tanlashda maksimal hisoblangan oʻta kuchlanishlarni hisobga olishi va taqsimlash tizimining har qanday kengayishi yoki yangi ulanish loyihalarini taqsimlash tizimida kuchlanish tebranishlariga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan tarzda ishlab chiqishi kerak.
71. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchilar oʻzlarining tizimlarini oʻtkinchi kuchlanishlarning bir-birlarining tizimlariga taʼsirini yumshatishga yordam beradigan qurilmalarni oʻz ichiga olgan holda loyihalashtiradi va ekspluatatsiya qiladilar.
Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi elektr uskunalarining izolyatsiyasini tanlashda elektr tarmoqlarida oʻtkinchi jarayonlarning taʼsirini hisobga olishlari kerak.

72. Foydalanuvchi oʻz tizimini taqsimlash tizimida garmonik buzilishlar va flikerlar intensivligining belgilangan chegaralardan oshib ketishiga olib kelmasligini taʼminlash uchun javobgardir.

73. Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimini loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni taʼminlash hamda Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishda uzilishlar chastotasi va davomiyligini (SAIFI va SAIDI) cheklash uchun yetarli darajada himoya tizimlari joriy etilishini taʼminlashi shart.
74. Foydalanuvchi oʻz tizimini loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishni Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari hamda Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirishi kerak.
75. Ulanish nuqtasidagi himoya tizimiga qoʻyiladigan talablar Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi tomonidan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirishni koʻrib chiqish vaqtida kelishiladi hamda kelgusida Foydalanuvchining roziligi bilan Taqsimlash tizimi operatori tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi.
76. Foydalanuvchi oʻz tizimini loyihalash va ekspluatatsiya qilishda Taqsimlash tizimi operatorining talablariga muvofiq himoya vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
Bunda Taqsimlash tizimi operatori tomonidan talablarni belgilashda normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
77. Qisqa tutashuvda oʻchirish vaqti taqsimlash tizimida joriy etilgan himoya siyosatiga muvofiq Taqsimlash tizimi operatori tomonidan belgilangan chegaralar doirasida boʻlishi kerak.
78. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilar oʻz himoya tizimlarini loyihalash va ishga tushirishda hisobga olishlari uchun taqsimlash tizimdagi avtomatik qayta ulash yoki ketma-ket qayta ulash funksiyalari haqida batafsil maʼlumotlarni Foydalanuvchiga taqdim etishi shart.
79. Foydalanuvchi himoya tizimini loyihalashda nosozliklar (qisqa tutashuv) sodir boʻlganda faqat bitta yoki ikkita faza oʻchishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni hisobga olishi hamda oʻz tizimini kuzatilishi mumkin boʻlgan shikastlanishlardan himoya qilish imkoniyatlarini taʼminlashi kerak.

80. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilarni taqsimlash tizimining ulanish nuqtasida qisqa tutashuv tokining loyihaviy va haqiqiy qiymatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Foydalanuvchilar oʻz tizimini loyihalash va ekspluatatsiya qilishda ulanish nuqtasidagi qisqa tutashuv tokining loyihaviy va haqiqiy qiymatlarini hisobga olishlari shart.
81. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilarni taqsimlash tizimida qoʻllaniladigan yerga ulash usuli haqida xabardor qiladi. Taqsimlash uskunasining tuzilmasida yerga tutashuv vaqtida uskunaga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kuchlanishning maksimal sakrashini hisobga olishi kerak.
Foydalanuvchilar tizimidagi yerga ulash usuli Taqsimlash tizimi operatorining yerga ulash shartlari va texnik xususiyatlariga mos kelishi shart.
82. Bir nechta taʼminot manbalari mavjud boʻlgan Foydalanuvchilar aylanma toklarning yerga ulangan neytralga taʼsirini oldini olish yoki yumshatishni taʼminlash choralarini koʻrishlari kerak.

83. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi monitoring qilish va boshqaruv rejimini kelishib oladilar.

Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatori tomonidan uning tizimidagi kommutatsiya qurilmalarini boshqarishiga rozi boʻlsa, Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga zarur boʻlgan kommutatsiya qurilmalarini masofadan boshqarish tizimi va interfeysini oʻrnatadi va ularga texnik xizmat koʻrsatadi.

3-bob. Ulanish va mavjud ulanishni oʻzgartirish tartibi

1-§. Ulanishning umumiy shartlari
84. Foydalanuvchi yangi obyektlarini loyihalash va ekspluatatsiyaga kiritishdan yoki mavjud ulanishni oʻzgartirishdan oldin Taqsimlash tizimi operatorining tizimiga yangi yoki qoʻshimcha elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar olishi shart.
85. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga oʻz obyektini taqsimlash tizimiga ulashga yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun tegishli talabnoma yuboradi.
Talabnoma soʻralgan ulanishni baholash uchun Taqsimlash tizimi operatoriga zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va Taqsimlash tizimi operatorining veb-saytida eʼlon qilingan shaklda taqdim etilishi kerak.

86. Foydalanuvchilarga texnik shartlar berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat xizmatlari markazlari yoki “ELEKTR” dasturiy taʼminoti orqali amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida nizom.
Foydalanuvchilarning ixtiyoriga koʻra taqsimlash tizimiga ulash boʻyicha loyihalashtirish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari Taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan “tayyor holda” topshirish shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
2-§. Yangi ulanishlar tartibi va ulanish shartnomasi
87. Taqsimlash tizimiga yangi ulanmoqchi boʻlgan Foydalanuvchi, texnik shart berilganidan soʻng Taqsimlash tizimi operatori bilan tegishli ulanish shartnomasini tuzadi.
88. Ulanish shartnomasi maʼlumot va hisobotlarni taqdim etish tartibini, xavfsizlik qoidalarini, sinov va sozlash-ishga tushirish dasturlarini, elektr sxemalarini, ulanishga tayyorlik hamda ulanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi dalolatnomani va boshqa shartlarni oʻz ichiga oladi.
89. Yangi ulanish uchun texnik shartlar taqsimlash tizimining eng yaqin elementiga (elektr tarmoqlari yoki taqsimlash uskunalariga), ularning amaldagi ishchi va loyihaviy yuklamasini hisobga olgan holda beriladi va quyidagilarni koʻrsatadi:
ulanish uchun ruxsat etilgan yangi yoki qoʻshimcha elektr qurilmalarining quvvatini;
ulanish nuqtalari (elektr stansiyalari, podstansiyalar yoki elektr tarmoqlari), taʼminot obyekti, havo yoki kabel tarmoqlarining zarur kuchlanishi va zaruratga koʻra tashqi elektr taʼminoti variantlarini;
yangi isteʼmolchi paydo boʻlishi munosabati bilan mavjud elektr tarmogʻini mustahkamlash boʻyicha asoslantirilgan talablar (oʻtkazgichlar kesimini oshirish, transformatorlarni almashtirish yoki quvvatini oshirish, zaxira yacheykalarini qurish va boshqalar);
qisqa tutashuv toklarining hisoblangan qiymatlari, rele himoyasiga, avtomatikaga, aloqaga, izolyatsiya va oʻta kuchlanishdan himoyaga talablar;
ruxsat etilgan quvvati 50 kW va undan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar uchun reaktiv quvvat kompensatsiyasiga qoʻyiladigan talablar;

elektr energiyasini hisobga olishga qoʻyiladigan talablar;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq qabul qiluvchilarda barqarorlashtiruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qilish moslamalarini oʻrnatish uchun maxsus talablar;
isteʼmolchining kunlik yuklama jadvalini tartibga solish talablari;
elektr qurilmalari uchun namunaviy loyihalardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar;
taqsimlash tizimiga ulangan isteʼmolchilarning elektr qurilmalariga qoʻyiladigan maxsus talablar (zaxira elektr taʼminotiga boʻlgan ehtiyoj, kirishlarda avtomatik himoya, taʼminlovchi tarmoqlarining parallel ishlashiga ruxsat berilishi, ajratish uchun taqsimlash. Yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati tanqisligi boʻlgan taqdirda muhim yuklamalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun ularni zaxira tarmoqlariga taqsimlash va boshqalar);
loyihada (ishchi loyihada) korxona va bino elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkillashtirish uchun loyiha yechimlarining mavjudligiga qoʻyiladigan talablar;

isteʼmolchining elektr tarmogʻiga ulangan subisteʼmolchilarning roʻyxati, ularning yuklamalari va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha asosiy dastlabki maʼlumotlar;

texnik shartlar amal qilish muddati.
3-§. Mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasi
90. Taqsimlash tarmogʻida mavjud ulanishni oʻzgartirishdan oldin Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatori bilan ulanish shartnomasini tegishli ravishda oʻzgartiradi.
91. Ulanishni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi shartnoma Taqsimlash tizimi operatori tomonidan talab qilinadigan va Energetika vazirligi tomonidan belgilangan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish talablarini oʻz ichiga oladi.
4-§. Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun talabnoma kiritish va uni koʻrib chiqish tartibi
92. Taqsimlash tizimiga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun buyurtma bergan Foydalanuvchi mazkur Qoidalarning 85-bandida belgilangan talabnomani Taqsimlash tizimi operatoriga yuboradi. Talabnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:
loyiha va uning rejalashtirish maʼlumotlari;
foydalanuvchi tomonidan taklif qilingan ulanishni (qurilish-montaj ishlarini) tugatish sanasi.
93. Foydalanuvchi rejalashtirish maʼlumotlarini uchta bosqichda taqdim etadi:
loyihaning dastlabki maʼlumotlari — ulanish shartnomasi yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasi uchun talabnoma topshirish vaqtida taklif etilayotgan Foydalanuvchining loyiha maʼlumotlari;
loyihaning rejalashtirilgan maʼlumotlari — ulanish shartnomasi yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasi boʻyicha taklif qabul qilingandan soʻng, Foydalanuvchi rivojlanishiga tegishli maʼlumotlar;

loyihaning ulanishdan keyingi rejalashtirish maʼlumotlari — prognozlarning yangilangan, kelajak uchun hisob-kitoblari va maʼlumotlari.

94. Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimiga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun talabnomani koʻrib chiqish tartibini belgilashi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilishi kerak.
95. Taqsimlash tizimi operatori talabnoma topshirilganidan keyin uch ish kunida buyurtmani koʻrib chiqadi.
96. Taqsimlash tizimi operatori taklif etilayotgan yangi Foydalanuvchining taqsimlash tizimiga taʼsirini baholaydi.
97. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan talabnomani koʻrib chiqilganidan soʻng, Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi.

98. Taqsimlash tizimi operatori tomonidan taklif etilayotgan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish boʻyicha kelishuvga erishilmasa, tomonlardan biri ushbu masalani koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga yuborishi mumkin.

99. Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasi imzolangan boʻlsa, Foydalanuvchi imzolangan kundan boshlab oʻn ish kunida yoki tomonlar oʻrtasida kelishilgan boshqa muddatda Taqsimlash tizimi operatoriga batafsil rejalashtirish maʼlumotlarini taqdim etadi.
5-§. Taqsimlash tizimiga taʼsirni oʻrganish
100. Taqsimlash tizimiga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish maqsadida murojaat qilgan Foydalanuvchi taklif etilayotgan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish tarmoqda salbiy oqibatlarga olib kelmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
101. Taklif etilayotgan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish oqibatlari va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muhim hodisalarni oʻrganish va baholash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Baholash quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
barqaror sharoitlarda hamda avariya vaziyatlarida taqsimlash tizimidagi quvvat oqimlari toʻgʻri taqsimlanishini (generatsiyalovchi modullardan isteʼmolchiga xavfsiz tarzda taqsimlanishini taʼminlashga ishonch hosil qilishni);
kuchlanishni belgilangan chegaralarda saqlab turishni taʼminlash uchun kuchlanishni boshqarish tadqiqoti;
qisqa tutashuv tokining ruxsat etilgan chegaralardan oshib ketmaganligini tekshirish hamda uning taqsimlash tizimi va Foydalanuvchi tizimiga taʼsirini baholash;

himoya tizimini (rele himoyasi va avariyaga qarshi avtomatika) belgilash va muvofiqlashtirish;

taklif qilinayotgan Foydalanuvchining ulanishi yoki kengayishini elektr energiyasi sifatiga taʼsirini oʻrganishni.
102. Oʻrta va undan yuqori quvvatli generatsiyalovchi modullar mavjud boʻlgan holatda Taqsimlash tizimi operatori ulanishga talabnoma va Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan boshqa maʼlumotlarni Tizim operatoriga taqdim etadi.
Tizim operatori talabnomani koʻrib chiqadi va Taqsimlash tizimi operatoriga quyidagilar haqida xabar beradi:
elektr stansiyasini ulash mumkinligi;
aniq koʻrsatilishi va asoslanishi kerak boʻlgan muayyan shartlar yoki maxsus talablar bajarilgan taqdirdagina, taklif etilayotgan elektr stansiyasini ulash imkoniyati. Bunda shartlar va talablar ilova qilinadi;
sabablarini aniq koʻrsatgan holda, taklif etilayotgan elektr stansiyasini ulashni rad etilishini.

Ulanishga muayyan shartlar yoki maxsus talablar asosida ruxsat berilsa, Tizim operatori obyekt ishga tushirish vaqtida ushbu shartlar va talablarning bajarilishini tekshirishga haqli.

Ulanishga ruxsat berilgan holatlarda, Tizim operatori tegishli tartibda Taqsimlash tizimi operatorini generatsiyalovchi modulning toʻliq quvvatini yetkazib berishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarmoq yoki tizimdagi cheklash yoki oʻta yuklanishlar toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
103. Boshqa ulangan isteʼmolchilari boʻlgan mavjud oʻrta kuchlanishli fiderga ulanadigan kichik va oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar ulanishiga buyurtma qilinganda quyidagi qoidalar qoʻllaniladi:
kichik yoki oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, ushbu fiderga ulangan boshqa barcha generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati ularning turidan qatʼiy nazar fiderning belgilangan maksimal yuklanish darajasidan oshmasligi shart;

ulanishi koʻrib chiqilayotgan kichik yoki oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, oʻrta kuchlanishli fider ulangan podstansiyaga ulangan boshqa generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati podstansiyadagi transformatorning oʻrtacha minimal yuklamasidan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻrtacha minimal yuklama avvalgi yillar davomida qayd etilgan kunlik minimal yuklamalarning oʻrtacha arifmetik qiymati boʻlib, bunday minimal yuklama uchun belgilangan qiymatlar qayd etilmagan boʻlmasa, uning qiymati transformator maksimal quvvatining 25 foizi miqdorida qabul qilinadi.

kichik yoki oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar kommutatsiyalash natijasida ulanish nuqtasida kuchlanishning maksimal oʻzgarishi nominal kuchlanishning 2 foizidan oshmasligi shart.
104. Faqat bitta Foydalanuvchi (isteʼmolchi yoki generatsiyalovchi modul) uchun ishlatiladigan fider (oʻz fideri) orqali podstansiyaga ulangan oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, podstansiyaga ulangan generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati podstansiyadagi transformatorning oʻrtacha minimal yuklamasidan oshmasligi taʼminlanadi.
Bunday minimal yuklama qiymatlari qayd etilmagan boʻlsa, uning qiymati transformator maksimal quvvatining 25 foizi miqdorida qabul qilinadi.
105. Kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar uchun buyurtma qilingan ulanish uchun quyidagi talablar qoʻllaniladi:
boshqa ulangan isteʼmolchilari boʻlgan mavjud past kuchlanishli fiderga ulanadigan kichik quvvatli generatsiyalovchi modulning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, ushbu fiderga ulangan barcha generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati fiderning belgilangan nominal quvvatining 25 foizdan oshmasligi;

buyurtma qilingan kichik quvvatli generatsiyalovchi modulning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, podstansiyaning bitta shinasiga ulangan barcha generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati transformatorning maksimal quvvatining uchdan bir qismidan oshmasligi;

kichik yoki oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarni kommutatsiyalash natijasida ulanish nuqtasida kuchlanishning maksimal oʻzgarishi nominal kuchlanishning 2 foizidan oshmasligi talab etiladi.
106. Mazkur Qoidalarning 100 — 105-bandlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan yoki ushbu bandlarda koʻrsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, Taqsimlash tizimi operatori soʻralgan ulanishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazadi.
Bunday holda, Taqsimlash tizimi operatori buyurtma qilingan generatsiyalovchi modulni taqsimlash tizimiga ulash imkoniyatini taʼminlash uchun mazkur Qoidalarning 113 — 152-bandlarida belgilangan talablardan farqli boshqa shartlarni belgilashga haqli. Bunda Taqsimlash tizimi operatori ushbu shartlarni asoslab berishi talab etiladi.
107. Mikro elektr stansiyalarni ulash uchun soddalashtirilgan ulanish tadqiqotlari oʻtkaziladi va ushbu tadqiqotlar quyidagilarni aniqlashga qaratiladi:
ulanishi rejalashtirilgan mikro elektr stansiya Taqsimlash tizimi operatori tomonidan namunaviy sinovi va muvofiqlik sinashlaridan oʻtkazilganligi;

past kuchlanishli fiderga ulangan mikro generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati past kuchlanishli fiderning ruxsat etilgan yuklamasidan oshmasligi.

108. Buyurtma qilinayotgan yangi ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish taʼsirini oʻrganish natijalari taqsimlash tizimi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini aniqlasa, Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimiga ulanishni yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talabnomani rad etishi mumkin.
6-§. Taqsimlash tizimiga ulash va uskunalarni ekspluatatsiyaga kiritish
109. Foydalanuvchi qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritish sanasidan oldin ulanish shartnomasida koʻrsatilgan shartlar va jadvallarga muvofiq Taqsimlash tizimi operatoriga quyidagilarni taqdim etadi:
talab etilgan rejalashtirish va batafsil rejalashtirish maʼlumotlariga kiritilmagan asosiy uskunalarning texnik xususiyatlarini;
generatsiyalovchi modullar uchun mazkur Qoidalar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda talab etilgan himoya tizimlari, ularning sozlamalari va aloqa liniyalari sozlamalari tafsilotlarini;
aktivlarni belgilovchi hujjatni tayyorlash imkonini beruvchi maʼlumotlarni;
ulanish nuqtasida Foydalanuvchi uskunasining elektr sxemalarini;
ulanish nuqtasi chizmalarini tayyorlash imkonini beruvchi maʼlumotlarni;
Foydalanuvchi uskunasiga tegishli xavfsizlik qoidalari, ichki xavfsizlik yoʻriqnomalarining nusxalari hamda xavfsizlik koordinatorlarn roʻyxatini;
vakolatli vakillarning ismlari va telefon raqamlari roʻyxati, shu jumladan muhim hodisalar yuz berganda Foydalanuvchi nomidan qarorlar qabul qilishga toʻliq vakolat berilganligini tasdiqlash va tasdiqlash hujjatlarni;

tavsiya etilgan texnik xizmat koʻrsatish dasturini;

ulanish nuqtasida sinashlarni oʻtkazish va ishga tushirish dasturi va Foydalanuvchining rivojlanish loyihasini.
110. Foydalanuvchi qurilish ishlarini, shu jumladan ulanish nuqtasidagi barcha ishlarni tugatgandan soʻng, ulanish nuqtasidagi uskunalar va Foydalanuvchi tizimi sinovdan oʻtkaziladi va Nazorat qiluvchi organga qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnomani (keyingi oʻrinlarda — texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnoma) olish uchun soʻrovnoma yuboradi.

111. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnomani hamda sinov natijalari va ekspluatatsiyaga kiritishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyurtmani taqdim etadi.

112. Foydalanuvchining ulanishga tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilganidan soʻng, Taqsimlash tizimi operatori bir ish kunida ulab beradi.

4-bob. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun ulanish shartlari

1-§. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun umumiy talablar
113. Mazkur Qoidalarni tatbiq etishda elektr stansiyalar (generatsiyalovchi modullar) oʻzining xususiyatlari va oʻrnatilgan quvvatiga koʻra quyidagi toifalardan biriga tasniflanadi:
oʻrta — oʻrnatilgan quvvati 1 MW va undan yuqori, lekin 2 MW dan past boʻlgan elektr stansiyalar (generatsiyalovchi modullar);
kichik — oʻrnatilgan quvvati 500 kW va undan yuqori, lekin 1 MW dan past boʻlgan elektr stansiyalar (generatsiyalovchi modullar);
mikro — oʻrnatilgan quvvati 500 kW dan past generatsiyalovchi modullar.
114. Elektr stansiyalari (generatsiyalovchi modullar) taqsimlash tizimiga taʼsirni oʻrganish asosida Taqsimlash tizimi operatori bilan kelishilgan kuchlanish darajasidagi taqsimlash tizimi elementiga ulanadi.

115. Ulanish nuqtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan maksimal qisqa tutashuv tokini oʻchirish imkoniyatiga ega avtomatik oʻchirgich ulanish nuqtasida oʻrnatilishi shart.

Avtomatik oʻchirgichga texnik xizmat koʻrsatish maqsadida ajratish uchun ajratkichlar yoki boshqa izolyatsiyalash vositalari bilan taʼminlanadi va oʻrnatiladi.
116. Ulanish nuqtasida generatsiyalovchi modul tomonidan hosil qilinishi mumkin boʻlgan maksimal uzoq muddatli flikerlar, generatsiyalovchi modul quvvatini mazkur ulanish nuqtasiga ulangan boshqa barcha taʼsir qiluvchi manbalarining umumiy quvvati nisbatiga taqsimlash tizimida ruxsat etilgan maksimal uzoq muddatli flikerlar qiymatiga koʻpaytmasiga teng boʻladi.
117. Ulanishi rejalashtirilgan generatsiyalovchi modul tomonidan hosil qilinishi mumkin boʻlgan garmonik buzilishlar ulanish nuqtasidagi maksimal ruxsat etilgan garmonik buzilishlarning ulushi sifatida, generatsiyalovchi modul oʻrnatilgan quvvatining ulanish nuqtasiga ulangan boshqa barcha garmonik buzilishlar manbalarning umumiy quvvati nisbatining taqsimlash tizimida ruxsat etilgan jami garmonik buzilishlar qiymatiga koʻpaytmasiga teng.
118. Generatsiyalovchi modulning ulanish nuqtasida kuchlanish tebranishlari quyidagi ruxsat etilgan chegaralarga mos kelishi kerak:
vaqti-vaqti bilan davriy sodir boʻlishi mumkin boʻlgan pogʻonaviy oʻzgarishlar uchun kuchlanish tebranishlari chegarasi 1 foizni;

pogʻonaviy oʻzgarishlaridan tashqari tasodifiy tebranishlar uchun kuchlanish tebranishlari chegarasi 3 foizni tashkil etadi.

Ushbu chegaralar har qanday kommutatsiyalash (kondensator batareyalari, generatsiyalovchi modullarni ishga tushishi/toʻxtashi, generatsiyalovchi modullarni almashlab ulash va boshqalar) natijasida sodir boʻladigan kuchlanish tebranishlari va (yoki) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridagi birlamchi energiyaning har qanday tebranishlariga nisbatan qoʻllaniladi.
119. Generatsiyalovchi modul operatori Taqsimlash tizimi operatoriga uning elektr qurilmalari mazkur Qoidalarning 116 — 118-bandlari talablariga muvofiqligini qurilmalarni ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik hujjatlari (sertifikatlar) orqali uning generatsiyalovchi moduli vakolatli organlarning laboratoriyalarda sinovdan oʻtganligi va sertifikatlanganligi hamda belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrsatadi.
Laboratoriya sertifikatining nusxasi Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etiladi (talabnomaga ilova qilinadi), bunday sertifikatlar mavjud boʻlmasa muvofiqlikni baholash uchun belgilangan tartibda maxsus sinashlar oʻtkaziladi.
2-§. Noldan ishga tushirish va tezkor ishga tushirish imkoniyati
120. Generatsiyalovchi modullar operatorlari ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talabnomada oʻzlarining generatsiyalovchi modullari quyidagi imkoniyatlarga egaligi yoki bunday imkoniyat mavjud emasligini koʻrsatishlari kerak:
noldan ishga tushirish — tashqi quvvat manbaisiz ishga tushirish va tarmoqqa sinxronlash qobiliyati;
tezkor ishga tushish-ishga tushirishga koʻrsatma berilganidan soʻng 15 daqiqa ichida ishga tushish va tarmoqqa sinxronlash qobiliyati.
121. Noldan ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatuvchi generatsiyalovchi modul mazkur Qoidalarning 328 — 331-bandlariga muvofiq noldan ishga tushirishni amalga oshiradi.
122. Tezkor ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatuvchi generatsiyalovchi modul chastotaning 49 Nz dan 51 Nz gacha boʻlgan diapazonida chastota relesi signallariga javoban avtomatik ravishda ishga tushishi lozim.
3-§. Generatsiyalovchi modullarning chiqishdagi quvvati
123. Urta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar chastotaning 49,5 Nz dan 50,5 Nz gacha boʻlgan diapazonida doimiy ravishda aktiv quvvat ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlishi talab etiladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari holatida bu birlamchi energiya manbasi mavjudligiga bogʻliq boʻladi.
124. Oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modul barqaror ish sharoitida ulanish nuqtasida kuchlanishning ±5 foiz oraligʻida oʻzgarishida tarmoqqa ulangan holatda qolish hamda aktiv quvvat yetkazib berish va reaktiv quvvatni rostlash (kompensatsiya qilish) imkoniyatiga ega boʻlishi shart.
Kuchlanish ushbu diapazondan tashqariga chiqsa va kuchlanish oʻzgarishi nominal kuchlanishga nisbatan ±10 foizga yetsa aktiv quvvatni pasaytirishga ruxsat beriladi. Bunda ulanish nuqtasidagi quvvat koeffitsiyenti mazkur Qoidalarning 133-bandida belgilangan chegaralarda qolishi sharti bilan ruxsat beriladi.
125. Kichik va mikro generatsiyalovchi modullar uchun barqaror ish sharoitida ulanish nuqtasida kuchlanishning ±10 foiz oraligida oʻzgarishida tarmoqda qolishning oʻzi yetarli hisoblanadi.
4-§. Generatsiyalovchi modullarning chastota oʻzgarishidagi turgʻunligi
126. Yagona elektr energetikasi tizimida chastotaning 48,5 Nz dan 51,5 Nz gacha boʻlgan diapazonida har qanday oʻzgarishi oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullarni oʻchirishga olib kelmasligi talab etiladi.
127. Urta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar chastota 51,5 Nz dan 52,0 Nz gacha oshgan diapazonida va 48,5 Nz dan 48,0 Nz gacha pasaygan diapazonda hamda bunda tarmoqdagi kuchlanish nominal kuchlanishning ±10 foizida boʻlganda kamida 5 daqiqa ishlash imkoniyatiga ega boʻlishi shart.
128. Oʻrta va kichik quvvatli ishlab chiqaruvchilar oʻz generatsiyalovchi modullarini yagona elektr energetikasi tizimi chastotasining 48,0 Nz va 52,0 Nz diapazonidan tashqaridagi ogʻishlari natijasida shikastlanishdan himoya qilishlari, bunda tegishli himoya tizimlarini oʻrnatishlari kerak.

Bunda chastotaning bir lahzada 48,0 Nz dan pasayishida oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar kamida 5 soniya davomida tarmoqqa ulangan holatda qolishi sharti bajarilishi talab etiladi.

Yagona elektr energetikasi tizimida chastota 52,0 Nz dan oshsa, oʻrta va kichik quvvatli ishlab chiqaruvchilar oʻz elektr stansiyasini va (yoki) alohida generatsiyalovchi modullarini tarmoqdan uzilishini (oʻchishini) taʼminlaydigan himoya tizimlarini oʻrnatishlari kerak.
129. Oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar chastota 500 millisoniyada oʻlchanishi sharti bilan, chastotaning soniyasiga ±1 Nz gacha oʻzgarishi tezligida tarmoqda sinxron holatda qolishi kerak.
Kuchlanishning pasayishi qisqa vaqt ichida chastotani soniyasiga 1 Nz dan ortiq oʻzgarishiga olib kelishi mumkinligi sababli, oʻrta va kichik quvvatli ishlab chiqaruvchilari mazkur Qoidalarning 134-135-bandlarida belgilangan chegaralar doirasida ulanish nuqtasida kuchlanish pasayganda tarmoqda sinxron holatda qolishi talab etiladi.
130. Oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar uchun turli chastota diapazonlari uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
f < 48,0 Nz — 5 soniya tarmoqda qolishi va undan keyin avtomatik oʻchishi;
48,0 < f < 48,5 Nz — 5 daqiqa davomida tarmoqda qolishi;
48,5 < f < 51,5 Nz — uzluksiz ishlashi;

51,5 < f < 52,0 Nz — 5 daqiqa davomida tarmoqda qolishi;

f > 52,0 Nz — avtomatik oʻchishi kerak.
131. Yagona elektr energetikasi tizimidagi chastotaning har qanday kichik diapazondagi oʻzgarishi kichik quvvatli generatsiyalovchi modullarni oʻchirishga olib kelmasligi kerak.

5-§. Aktiv va reaktiv quvvatni boshqarishga talablar

132. Urta quvvatli generatsiyalovchi modullar yagona elektr energetikasi tizimi chastotasi 51,0 Nz dan oshganda aktiv quvvatni pasaytirish imkoniyatiga ega boʻlgan aktiv quvvatni boshqarish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Aktiv quvvatni zarur miqdorgacha kamaytirish quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

∆P

=

45 Pm

(

51.0fn

)

50

bu yerda:
∆P — chiqish aktiv quvvatining oʻzgarishi;
Pm — rostlash boshlanishidan oldingi boshlangʻich aktiv quvvat;
fn — tarmoq chastotasi;

Aktiv quvvatni kamaytirish oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modulning ishlab chiqaruvchi zavodi tomonidan belgilangan texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng yuqori gradiyent bilan amalga oshiriladi.

Har qanday oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modulning aktiv quvvati minimal texnik yuklamasidan pastga tushsa, uni oʻchirishga ruxsat beriladi.

133. Oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modul operatori Taqsimlash tizimi operatori bilan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida boshqa koʻrsatkichlarni kelishmagan boʻlsa, ulanish nuqtasida quvvat koeffitsiyenti induktiv xarakterda 0,95 hamda sigʻim xarakterda 0,95 gacha saqlab turish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.

Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida boshqa shartlar (koʻrsatkichlar) kelishilishi mumkin.
6-§. Generatsiyalovchi modullarning tizimda barqaror ish rejimi buzilgan vaqtda ishlashi
134. Taqsimlash tizimidagi qisqa tutashuvlar yoki tarmoqdagi nosozliklar natijasida ulanish nuqtasida kuchlanish pasayishida generatsiyalovchi modullar mazkur Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq belgilangan chegaralarda ishlashi lozim.
Generatsiyalovchi modullar operatori Taqsimlash tizimi operatori va Tizim operatoriga oʻz generatsiyalovchi modullari yuqoridagi chegaralarda ishlashga qodirligini quyidagi hujjatlarni taqdim etish orqali koʻrsatib beradi:
generatsiyalovchi modulni ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan, mazkur qurilma vakolatli (nufuzli) laboratoriyalarda sinovdan oʻtganligi va sertifikatlanganligi hamda buyurtma qilingan talablarga mosligi tasdiqlovchi sertifikat;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining operatori va (yoki) uning “tayyor holda topshirish” tamoyili asosida ishlarni bajaruvchi pudratchisi (YERS-pudratchi) tomonidan oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar toʻplamining oʻrnatilgan himoya tizimi va uning sozlamalari muvofiqligini koʻrsatib beruvchi hujjat.

Mazkur hujjatlar nusxasi ulanish yoki ulanishni oʻzgartirish shartnomasiga ilova qilinadi.
135. Generatsiyalovchi modullar qisqa tutashuv yoki tarmoqdagi nosozliklar sababli ulanish nuqtasida kuchlanish pasayishida quyidagi diapazonlarida oʻchib qolmasdan, tarmoqda qolish imkoniyatini taʼminlashi kerak:
U < 0,3 Unom — 0,15 soniya;
U = 0,3 Unom — 0,625 soniya;
0,3 Unom < U < 0,9 Unom — nominal kuchlanishning 30 foizida 0,625 soniya, nominal kuchlanishning 90 foizida 3,0 soniya oraligida chiziqli interpolyatsiya;
0,9 Unom < U < 1,1 Unom — uzluksiz ishlashi;

1,1 Unom < U < 1,2 Unom 1 soniya;

U > 1,2 Unom — 0,16 soniya.
7-§. Generatsiyalovchi modullarning himoya tizimlariga talablar
136. Generatsiyalovchi modullar qurilmalari, uskunalari va ularning taqsimlash tizimiga ulanishlari uchun himoya tizimlari avariyaviy oʻchishlar va taqsimlash tizimiga salbiy taʼsirni minimallashtirishda selektivlikni va sezgirlikni, tezlikning zarur darajasiga erishishni hisobga olgan holda loyihalashtiriladi, muvofiqlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.
137. Taqsimlash tizimi operatori bilan boshqa shartlar kelishilmagan va ulanish shartnomasida koʻrsatib oʻtilmagan boʻlsa, oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar ushbu modullar ulangan taqsimlash tizimining har qanday qismida biror hodisa sodir boʻlganda uni taqsimlash tizimidan oʻchiruvchi va ajratuvchi himoya tizimiga ega boʻlishi shart.
138. Taqsimlash tizimi operatori va generatsiyalovchi modullar operatori ulanish nuqtasining oʻzlariga tegishli tomonlarida elektr uskunalari va obyektlari himoya tizimi uchun shaxsiy javobgardirlar.

139. Generatsiyalovchi modullar operatorlari ularning generatsiyalovchi modullari ish jarayonida yoki tarmoqqa ulangan holda turganligidan qatʼiy nazar taqsimlash tizimida ekspluatatsiyaning barcha sharoitlarida (bir fazali taʼminot, nosozliklar, qisqa tutashuvlar, noodatiy kuchlanish va chastotalar, chaqmoq va kommutatsiya impulslari kuzatilganda) oʻz obyektini tegishli himoyasini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.

140. Generatsiyalovchi modullar operatorlari Taqsimlash tizimi operatori bilan birga generatsiyalovchi modulini taqsimlash tizimiga sinxronlashtirish uchun sinxronlash moslamalari bilan taʼminlashi kerak.
Sinxronlashtirishni kuzatish va boshqarish uchun avtomatik sinxronlash qurilmalari oʻrnatiladi. Taqsimlash tizimi operatori sinxronlash usulini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va tekshiradi. Avtomatik sinxronizatsiya sozlamalari Taqsimlash tizimi operatorining roziligisiz oʻzgartirilmaydi.
Sinxronlash parametrlarining namunaviy chegaralari quyidagicha:
maksimal chastota farqi — ∆f = 0,3 Nz;

maksimal kuchlanish farqi — ∆U = 10%;

maksimal fazalar burchagi farqi — ∆F = 20 gradus;
141. Generatsiyalovchi modul operatori uning generatsiyalovchi moduli ulangan taqsimlash tizimining qismi (seksiyasi yoki taqsimlash uskunasi) asosiy taqsimlash tizimidan ajralib ketganligini (ihotalangan) aniqlash va ushbu holat aniqlanganda qayta ulashni oldini oluvchi hamda ushbu holat aniqlanishi bilan 2 soniya ichida generatsiyalovchi modulni tarmoqdan uzish uskunasi bilan jihozlangan boʻlishini taʼminlashi kerak.
Kichik yoki mikro generatsiyalovchi modul tizimining ish rejimi barqarorlashganidan 10 daqiqa oʻtguniga qadar tarmoqqa qayta ulanmasligi va ihotalangan holda hamda taqsimlash tizimiga obyektni qayta ulanishdan bloklash orqali himoya qilinishini taʼminlashi kerak.
142. Generatsiyalovchi modullarni yerga ulash sxemasi taqsimlash tizimiga ulangan uskunaning nominal qiymatidan oshib ketadigan oʻta yuklanishni keltirib chiqarmasligi va taqsimlash tizimida yerga tutashuvdan himoyani muvofiqlashtirishga toʻsqinlik qilmasligi shart.
Barcha uskuna va tizimlar texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari talablariga muvofiq yerga ulangan boʻlishi talab etiladi.

143. Generatsiyalovchi modullar operatorlari Taqsimlash tizimi operatoriga koʻrib chiqish va kelishish uchun taklif etilayotgan saqlagichlar turi va (yoki) relelarning sozlamalarini taqdim etishi kerak.

Relelar yoki saqlagichlarni har qanday keyingi almashtirilishi yoki sozlamalari oʻzgartirilishi Taqsimlash tizimi operatori bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi shart.
144. Xavfsizlikni taʼminlashni hisobga olgan holda, kichik va mikro elektr stansiyalarini taqsimlash tizimidan alohidalash (izolyatsiyalash) va texnik xizmat koʻrsatish maqsadida oʻchirilishida Taqsimlash tizimi operatori foydalanishi uchun koʻrinadigan ajratish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi talab etiladi.
Ajratish qurilmasi Taqsimlash tizimi operatori xodimlari jismonan foydalana oladigan holatda ulanish nuqtasidan kamida 3 metrdan uzoq boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi shart. Buning imkoniyati mavjud boʻlmasa oʻchirish qurilmasi kichik quvvatli elektr stansiyasi va ulanish nuqtasi orasida oʻrnatiladi.

Ajratish qurilmasi blokirovka qiluvchi kontakt holatining vizual koʻrsatkichiga ega boʻlishi hamda har doim Taqsimlash tizimi operatori xodimlari uchun foydalanishga qulay boʻlishi taʼminlanadi.

Korxona hududida oʻrnatilgan generatsiyalovchi modul haqida Taqsimlash tizimi operatori xodimlarini xabardor qilish uchun ulanish nuqtasida ogohlantiruvchi belgilar, plakatlar va belgilar oʻrnatiladi.
145. Koʻzda tutilmagan sharoitlarda tegishli avtomatik oʻchirgichni uzish uchun himoya relelari oʻrnatilishi kerak.
Mikro va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullarning himoya tizimiga mazkur Qoidalarga 4-ilovadagi talablar qoʻyiladi.
146. Yagona elektr energetikasi tizimi yoki uning bir qismi boʻlgan taqsimlash tizimi toʻliq oʻchganda, kichik yoki mikro elektr stansiyasi taqsimlash tizimidan darhol uzilishi shart.
Avtomatik qayta ulash moslamasi boʻlgan taqsimlash tizimi uchun kichik yoki mikro elektr stansiyasi taqsimlash tizimi bilan qayta sinxronlashishdan oldin kichik yoki mikro elektr stansiyasi ulangan taqsimlash tizimi qismini qayta ulash moslamasi barqaror holatga keltirguniga qadar 10 daqiqa kutishi talab etiladi.

147. Taqsimlash tizimi operatori oʻz tizimi uchun transformatorni ulash va yerga ulash tartibini belgilaydi va barchani ushbu tartib bilan xabardor qiladi.

148. Bir nechta taʼminot manbalari mavjud boʻlganda, generatsiyalovchi modul aylanma toklarning yerga ulangan neytralga taʼsirini oldini olish yoki yumshatish imkoniyatiga ega boʻlishi talab etiladi.
8-§. Axborot almashinuviga talablar
149. Taqsimlash tizimi operatori ulanishni oʻrganish (baholash) natijasiga koʻra, oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar operatori va Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasida barqaror ish sharoitlari va avariya vaziyatlarida generatsiyalovchi modullar va ulanish nuqtasidagi boshqaruv (kommutatsiya) qurilmalarini boshqarish hamda monitoring qilish uchun aloqa tizimiga zaruriyatni aniqlaydi.
150. Bunday aloqa tizimi zarur deb hisoblansa, oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar operatori Taqsimlash tizimi operatori boshqaruv markazi bilan generatsiyalovchi modullar va ulanish nuqtalarini boshqaruv (kommutatsiya) hamda monitoring qilish uchun zarur aloqa tizimini oʻrnatadi.

151. Aloqa, masofadan monitoring qilish va boshqarish tizimlariga talablar texnik shartda koʻrsatilishi lozim.

152. Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etiladigan maʼlumotlar oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar operatori va Taqsimlash tizimi operatori bilan oʻzaro kelishilgan boʻlishi hamda ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
5-bob. Foydalanuvchilar uchun ulanish shartlari
153. Foydalanuvchi uskunasi taqsimlash tizimiga taʼsirni oʻrganish natijasi asosida Taqsimlash tizimi operatori tomonidan berilgan texnik shartga binoan kelishilgan kuchlanish darajasidagi taqsimlash tizimi elementiga ulanadi.
154. Past kuchlanishli taqsimlash tizimi elementlariga ulanishlar uchun ulanish nuqtasi odatda Foydalanuvchi tomonidagi hisobga olish uskunasining klemmasida boʻladi.

155. Oʻrta kuchlanishli tarmoqqa ulanish uchun ulanish nuqtasining joylashuvi Foydalanuvchi tomonidagi hisobga olish uskunasining klemmasida boʻlishi shart.

Hisobga olish uskunasining klemmasida ulanish imkoni boʻlmasa, ulanish nuqtasining joylashuvi Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida kelishiladi hamda ulanish shartnomasida koʻrsatiladi.
156. Ulanish nuqtasi ushbu nuqtada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan maksimal qisqa tutashuv tokini oʻchirishga qodir boʻlgan avtomatik oʻchirgich tomonidan boshqariladi.
Texnik xizmat koʻrsatish maqsadida avtomatik oʻchirgichni ajratish (izolyatsiyalash) uchun ajratkich va boshqa izolyatsiyalovchi vositalar bilan taʼminlanadi va oʻrnatiladi.
157. Foydalanuvchining ulanish nuqtasidagi qurilmalari, himoya tizimi avariyaviy oʻchishlar va taqsimlash tizimiga salbiy taʼsirni minimallashtirishda selektivlikni va sezgirlikni, tezlikning zarur darajasiga erishishni hisobga olgan holda loyihalashtiriladi, muvofiqlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.
158. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi ulanish nuqtasining tegishli tomonlarida elektr uskunalari va obyektlari himoya tizimi uchun shaxsiy javobgardir.

Foydalanuvchining soʻroviga binoan Taqsimlash tizimi operatori uning himoya tizimini loyihalashi uchun zarur boʻlgan ulanish nuqtasidagi himoya tizimining texnik maʼlumotlarini taqdim etadi.

159. Taqsimlash tizimi operatori maʼlum Foydalanuvchilardan taqsimlash tizimining barqaror ishlashidagi buzilishlar xavfi va (yoki) oqibatlarini minimallashtirish maqsadida loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan boshqa himoya sxemalarini taqdim etishni talab qilishi mumkin. Ushbu talab Taqsimlash tizimi operatori tomonidan yetarli darajada asoslantirilishi kerak.
160. Foydalanuvchilar Taqsimlash tizimi operatori tomonidan Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasiga muvofiq yuklamani avtomatik tushirishi uchun isteʼmolini megavattlardagi diskret blok (birlik)lariga boʻlinish va past chastotali releni faollashtirish usulini belgilashi kerak.
161. Yuklamani avtomatik tushirishda foydalaniladigan past chastotali rele toʻliq raqamlashtirilgan va quyidagi xususiyat (xarakteristika)larga ega boʻlishi kerak:
chastotani sozlash diapazoni — 0,1 Nz qadamlar (afzalrogʻi 0,05 Nz) bilan 48,0 Nz dan 52,0 Nz gacha;
sozlanishi mumkin boʻlgan kechikish vaqti — 0,1 soniyalik qadamlar bilan 0 dan 60 soniyagacha;
chastotani oʻzgartirish tezligini — 0,1 Nz/s qadamlar bilan 0 dan ±10 Nz/s gacha;
ishga tushish vaqti — 0,1 soniyadan kam;
kuchlanish blokirovkasi — nominal kuchlanishning 55 foizidan 90 foizi gacha oraligʻida tanlanadi;

ishlash pogʻonalari — kamida ikki pogʻonali ishlash rejimi;

chiqish kontaktlari: har bir pogʻonada kamida uchta chiqish.
162. Past chastotali rele nominal kuchlanishi 230 V boʻlgan oʻzgaruvchan tokda ishlash uchun mos boʻlishi shart.
Past chastotali relening elektr taʼminoti ushbu relening chiqish chastotasi asosiy tizimdagi chastota bilan bir xil boʻlishini kafolatlash maqsadida asosiy tizimdagi taʼminot nuqtasi orqali amalga oshiriladi.
163. Oʻchirish funksiyasi quyidagi ishonchlilik mezonlariga muvofiq loyihalashtiriladi va muvofiqlashtiriladi:

ishonchlilik — yuklamaning har qanday maʼlum nuqtaga tushishida oʻchirishning imkonsizligi funksiyaning (sxemaning) umumiy ishiga zarar yetkazmasligi kerak. Funksiyaning umumiy ishonchliligi kamida 96 foiz boʻlishi kerak;

uzilishlar — uskunani oʻchirish yoki unga texnik xizmat koʻrsatish yuklamani nazorat qilishga yoki isteʼmolni oʻchirish sezilarli taʼsir koʻrsatmasligi talab etiladi.
6-bob. Aktivlarni belgilash hujjatiga talablar
164. Har qanday ulanish nuqtasi uchun aktivlarni belgilash boʻyicha hujjatlar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchining ekspluatatsiyaga doir majburiyatlarini belgilashi kerak:
yuqori/oʻrta kuchlanishli uskunalar;
past kuchlanishli uskunalar;
aloqa va hisobga olish uskunalari.

165. Aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatlar ulanish nuqtasini toʻgʻri aks ettirishi va quyidagilarni koʻrsatishi shart:

uskuna va uning egasi;
xavfsizlik qoidalari va tartiblari, shu jumladan ichki xavfsizlik yoʻriqnomalari va xavfsizlik koordinator(lar)i yoki xavfsizlik uchun masʼul boʻlgan boshqa shaxslar;
ekspluatatsiya tartib-qoidalari hamda ekspluatatsiya va nazorat uchun masʼul tomonni;

texnik xizmat koʻrsatish talablari va texnik xizmat koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan tomonni;

favqulodda vaziyatlarga oid har qanday kelishuv.
166. Aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatlar doimo Taqsimlash tizimi operatorining operativ xodimlari va foydalanuvchiga foydalanish uchun mavjud holatda boʻlishi taʼminlanadi.
167. Taqsimlash tizimi operatori aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatlarni tayyorlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
168. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan jadvalga muvofiq aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni tayyorlashga imkon beradigan maʼlumotlarni taqdim etishga majburdir.

169. Taqsimlash tizimi operatori ulanish nuqtasi uchun aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni ulanish sanasidan kamida ikki hafta oldin tayyorlaydi.

170. Ulanish nuqtasidagi uskunaning aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjati Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi tomondan chiquvchi tarmoqlar yoki kabellar tafsilotlarini oʻz ichiga oladi.
171. Aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatning har bir sahifasida sana va hujjat raqami koʻrsatiladi.
172. Aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdan oldin, Taqsimlash tizimi operatori oʻzgartirishlar kiritish yoki uning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun Foydalanuvchiga aktivlarni belgilash toʻgʻrisida tayyorlangan hujjatning nusxasini yuboradi.
173. Imzolangandan soʻng, lekin ulanish sanasidan kamida ikki hafta oldin, Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga hujjatning sanasi va raqami hamda kuchga kirish sanasini koʻrsatilgan xabarnoma bilan ikki nusxada aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadi.

174. Foydalanuvchi aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatga oʻzgartirishlar kiritish kerakligini aniqlasa, u Taqsimlash tizimi operatorini xabardor qiladi.

Taqsimlash tizimi operatori qayta koʻrib chiqilgan aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni shakllantiradi.
175. Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni avariya holatini aks ettirish uchun oʻzgartirish lozim deb topsa, Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi sharoitga koʻra darhol ikkinchi tomonni xabardor qiladi.

Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatga kiritilishi lozim boʻlgan oʻzgarishlarni muhokama qilish va oʻzgarish vaqtinchalik yoki doimiy xarakterga ega ekanligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida muhokama oʻtkazishi mumkin.

Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasidagi muhokamadan soʻng yetti kun ichida Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga qayta koʻrib chiqilgan aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadi.
7-bob. Elektr sxemalariga talablar
176. Taqsimlash tizimi operatori har qanday ulanish nuqtasi uchun elektr sxemalarini tayyorlash tartibi va formatini belgilaydi.
177. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida belgilangan jadvalga muvofiq Foydalanuvchi tomonidagi ulanish nuqtasidan boshlab barcha uskunalarning elektr sxemasini tayyorlash va taqdim etish majburiyatini oladi.
178. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida belgilangan jadvalga muvofiq ulanish nuqtasidan oʻzi tomonidagi barcha uskunalarning elektr sxemalarini taqdim etishga majburdir.
179. Ulanish nuqtasi Foydalanuvchining hududida joylashgan boʻlsa, Foydalanuvchi ulanish nuqtasining har ikki tomonini biriktiruvchi (tashkil etuvchi) elektr sxemasini tayyorlaydi va taqdim etadi.

180. Elektr sxemalari sxemani biriktiruvchi va joylashuv nuqtalari, uskunalarning nomlanishi hamda texnik tavsiflari, shuningdek, ulanish nuqtasidagi tegishli uskuna va qurilmalar haqida aniq maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.

181. Imkoniyatga koʻra, ulanish nuqtasidagi barcha uskunalar bitta elektr sxemasida koʻrsatiladi.
Bittadan ortiq elektr sxemasi zarur boʻlsa, bir xil maʼlumotlarning takrorlanishi minimumga keltiriladi. Elektr sxemalari uskunaning jismoniy joylashuvi va elektr ulanishlarini imkon qadar aniq koʻrsatib berishi shart.
182. Elektr sxemalari obyekt joylashuvi va uskunalarning belgilaridan (identifikatsiyasi) foydalangan holda tuziladi. Uskunalarning joriy holati sxemada koʻrsatiladi.
183. Elektr sxemasining sarlavhali yozuvi masʼul shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek, tahrirlar, sanalar va imzolar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
184. Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi yangi uskunani qoʻshishga yoki mavjud uskunaning identifikatsiyani oʻzgartirishga qaror qilsa, Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi oʻzgartirishdan kamida bir oy oldin boshqa tomonga qayta koʻrib chiqilgan elektr sxemasini taklif etilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar bilan taqdim etadi.

185. Oʻzgartirish mavjud uskunani almashtirishni nazarda tutsa, qayta koʻrib chiqilgan elektr sxemasi mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan jadvalga muvofiq boshqa tomonga taqdim etilishi shart.

186. Tarkibiy elektr sxemasining aniqligi bilan bogʻliq nizo yuzaga kelsa, nizoni hal etish uchun imkon qadar qisqa muddatda Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida muhokama oʻtkaziladi va maqbul yechim qabul qilinadi.
8-bob. Ulanish nuqtalari chizmalariga talablar
187. Taqsimlash tizimi operatori har qanday ulanish nuqtasi uchun ulanish nuqtasi chizmasini tayyorlashda rioya etilish zarar boʻlgan tartib va talabni belgilaydi.
188. Foydalanuvchi ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida belgilangan jadvalga muvofiq Foydalanuvchi tomonidagi ulanish nuqtasi chizmasini tayyorlash va Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etish majburiyatini oladi.
189. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga ulanish yoki mavjud ulanish oʻzgartirish shartnomasida belgilangan jadvalga muvofiq Taqsimlash tizimi operatori tarafidagi ulanish nuqtasining chizmasini taqdim etishi shart.
190. Ulanish nuqtasi Foydalanuvchining hududida joylashgan boʻlsa, Foydalanuvchi ulanish nuqtasining har ikki tomonining tarkibiy chizmasini tayyorlaydi va taqdim etadi.
191. Ulanish nuqtasining chizmasi ulanish birikmalari va joylashuv nuqtalari, uskunalarning nomlanishi hamda texnik tavsiflari, shuningdek, ulanish nuqtasidagi tegishli uskuna va qurilmalar haqida aniq maʼlumotlardan iborat boʻladi.

192. Ulanish nuqtasi chizmasida uskunaning joylashishi, umumiy himoya tizimini, shuningdek, boshqaruv va yordamchi qurilmalar koʻrsatib beriladi.

Ulanish nuqtasi chizmasi uskunaning jismoniy joylashuvi va ulanishlarini imkon qadar aniq koʻrsatib berishi shart.
193. Ulanish nuqtasining chizmasi obyekt joylashuvi va uskunalarning belgilaridan (identifikatsiyasi) foydalangan holda tuziladi hamda bunda uskunaning joriy holati koʻrsatiladi.
194. Ulanish nuqtasi chizmasining sarlavhali yozuvi masʼul shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek, tahrirlar, sanalar va imzolar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
195. Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi yangi uskunani qoʻshishga yoki mavjud uskunaning identifikatsiyani oʻzgartirishga qaror qilsa, Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi taklif etilgan vaqtdan kamida bir oy oldin boshqa tomonga qayta koʻrib chiqilgan ulanish nuqtasi chizmasini taklif etilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar bilan taqdim etiladi.
196. Oʻzgartirish mavjud uskunani almashtirishni nazarda tutsa, qayta koʻrib chiqilgan ulanish nuqtasi chizmasi mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan jadvalga muvofiq boshqa tomonga taqdim etilishi shart.
197. Qayta koʻrib chiqilgan ulanish nuqtasi chizmasi yangi uskunalarni qoʻshish, mavjud uskunalarni almashtirish yoki uskunaning identifikatsiyasini oʻzgartirishni oʻz ichiga oladi.

198. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi bularni yozma ravishda amalga oshirishga kelishsa, ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida belgilangan jadvalga muvofiq kelishilgan oʻzgarishlarni aks ettirish uchun ulanish nuqtasi chizmalarining tegishli nusxalariga oʻzgartirishlar kiritadi.

199. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan ulanish nuqtasining toʻliq chizmasi ulanish nuqtasi bilan bogʻliq boʻlgan barcha ekspluatatsiya va rejalashtirish jarayonlari uchun foydalaniladi.
200. Ulanish nuqtasi tarkibiy chizmasi aniqligi bilan bogʻliq nizo yuzaga kelsa, nizoni hal qilish uchun imkon qadar qisqa muddatda Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida muhokama oʻtkaziladi.
9-bob. Taqsimlash tizimida maʼlumot almashish va ularni roʻyxatga olish
201. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etadigan ulanish nuqtasi va xususiyatlariga oid maʼlumotlar quyidagi maʼlumotlar toifalariga koʻra roʻyxatga olinadi:
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida koʻrsatib oʻtilgan prognoz maʼlumotlari;
uskuna maʼlumotlari;
uskunaning roʻyxatga olingan maʼlumotlari.
202. Prognoz maʼlumotlari, Foydalanuvchining kelgusi besh yil uchun jami isteʼmol va aktiv energiya isteʼmolini hisobga olgan holdagi aniq prognozini koʻrsatib beradi.
203. Uskuna maʼlumotlari Foydalanuvchining kelgusi besh yil uchun uskunaning parametr qiymatlari va uskuna maʼlumotlarining eng aniq bahosini oʻz ichiga oladi.
204. Foydalanuvchi tomonidan Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etiladigan uskunaning roʻyxatga olish maʼlumotlari tasdiqlangan haqiqiy parametr qiymatlarini va ulanish sanasidagi uskuna toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashkil topadi.
Roʻyxatga olingan uskuna maʼlumotlari ulanishdan keyingi rejalashtirilgan loyiha maʼlumotlarini (dastlabki rejalashtirish loyiha maʼlumotlari va roʻyxatga olingan rejalashtirish loyiha maʼlumotlari), uskuna toʻgʻrisida va oʻrnatilgan parametr qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
205. Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun ariza bergan Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ulanish nuqtasi va yangi Foydalanuvchi bilan bogʻliq maʼlumotlar uch bosqichda roʻyxatga olinadi va mos ravishda quyidagicha tasniflanadi:
dastlabki rejalashtirish maʼlumotlari;

roʻyxatga olingan rejalashtirish maʼlumotlari;

ulanishdan keyingi rejalashtirish maʼlumotlari;
206. Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun ariza berish vaqtida taqdim etilgan maʼlumotlar dastlabki rejalashtirish maʼlumotlari hisoblanadi.
Ulanish yoki mavjud ulanish shartnomasini oʻzgartirishda koʻrsatilgan jadvaldan oldinroq ushbu maʼlumotlar talab qilinsa, u holda ushbu maʼlumotlar rejalashtirish maʼlumotlari va batafsil rejalashtirish maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi.
207. Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasi imzolanganidan soʻng, dastlabki rejalashtirish maʼlumotlari taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasini tayyorlash va taqsimlash tizimga ulanishga buyurtmalarni baholash uchun foydalaniladigan roʻyxatga olingan rejalashtirish maʼlumotlari sifatida qabul qilinadi.

208. Uskunaning hisoblangan maʼlumotlari ulanishdan keyingi rejalashtirish maʼlumotlari sifatida qabul qilinganidan soʻng, tekshirilishi, yangilanishi va ulanish vaqtida tasdiqlangan haqiqiy parametr qiymatlari va uskuna maʼlumotlari bilan almashtirilishi kerak.

209. Taqsimlash tizimi operatori ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish buyurtmasiga muvofiq zarur barcha maʼlumotlarni taqdim etish tartibini ishlab chiqadi va oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
IV boʻlim. Taqsimlash tizimini rejalashtirish
1-bob. Taqsimlash tizimini rejalashtirish tartibi
1-§. Taqsimlash tizimini rejalashtirish boʻyicha majburiyatlar
210. Taqsimlash tizimini rejalashtirishda Taqsimlash tizimi operatori quyidagilarga javobgar hisoblanadi:
yangi obyektlar ulanishini taqsimlash tizimi va uning Foydalanuvchilariga taʼsirini tahlil qilish, jumladan, generatsiyalovchi modullar, isteʼmolchilar, taqsimlash elektr tarmoqlari yoki podstansiyalar;
prognozlashtirilgan isteʼmol talabini qondirish va yangi generatsiyalovchi modullarni ulashni taʼminlash uchun taqsimlash tizimini kengaytirishni rejalashtirish;

taqsimlash tizimidagi elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlari, yoʻqotishlar va tizimning ishonchliligi bilan bogʻliq muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish.

211. Foydalanuvchilar, shu jumladan taqsimlash tizimiga ulangan ishlab chiqaruvchilar rejalashtirish maʼlumotlarini taqdim etadilar va rejalashtirish jarayonida Taqsimlash tizimi operatori bilan hamkorlik qiladilar.
2-§. Rejalashtirish maʼlumotlarini taqdim etish
212. Taqsimlash tizimiga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun murojaat qilgan Foydalanuvchi ulanishda talab etiladigan hamda tegishli rejalashtirish va batafsil rejalashtirish maʼlumotlarini taqdim etadi.
213. Foydalanuvchi har yili 1-iyuniga qadar Taqsimlash tizimi operatoriga:
oʻtgan yil uchun tegishli rejalashtirish maʼlumotlarini va uning ijrosini;
keyingi besh yil uchun prognoz qilinayotgan rejalashtirish maʼlumotlarini taqdim etish majburiyatini oladi.
Ushbu maʼlumotlar yangilangan rejalashtirish va batafsil rejalashtirish maʼlumotlarini oʻz ichiga olishi kerak.
214. Rejalashtirish maʼlumotlari Taqsimlash tizimi operatoriga Foydalanuvchining rivojlanishini (kengayishini) taqsimlash tizimiga koʻrsatadigan taʼsirini baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.
215. Taqsimlash tizimini rejalashtirishda yanada aniqroq tadqiqotlarni oʻtkazish maqsadida batafsil rejalashtirish maʼlumotlari talab etiladi. Ushbu batafsil rejalashtirish maʼlumotlari zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu maʼlumotlar bevosita taqsimlash tizimiga ulangan yoki unga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan zanjirlar, kommutatsiya qurilmalari ularning va himoya tizimlari parametrlaridan tashkil topadi.

Maʼlumotlar Taqsimlash tizimi operatori uchun ulanish nuqtalari bilan bogʻliq har qanday taʼsirlarni baholash uchun yetarli boʻlishi shart.
216. Uskunaning qayd etilgan maʼlumotlari tasdiqlangan haqiqiy parametr qiymatlari va Foydalanuvchi uskunasi haqidagi toʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak va ushbu maʼlumotlar ulanish vaqtida Foydalanuvchi tomonidan Taqsimlash tizimi operatoriga loyihaviy maʼlumotlarning bir qismi sifatida taqdim etiladi.

217. Rejalashtirish maʼlumotlaridagi har qanday oʻzgarishlar Foydalanuvchi tomonidan bir ish kuni ichida Taqsimlash tizimi operatorini ushbu oʻzgarish haqida xabardor qilinishi shart. Xabarnomada oʻzgartirish amalga oshiriladigan yoki vaziyatdan kelib chiqib oʻzgartirilishi kutilayotgan vaqt va sana koʻrsatiladi.

Oʻzgartirish vaqtinchalik boʻlsa, xabarnomada koʻrsatkichlar avval qayd etilgan qiymatga qaytishi kutilayotgan vaqt va sana ham koʻrsatib oʻtiladi.
3-§. Taklif etilayotgan ulanishni baholash
218. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchi tomonidan taklif etilayotgan yangi ulanish yoki uning ulanishni oʻzgartirish va (yoki) rivojlantirishni taqsimlash tizimiga va uning boshqa Foydalanuvchilari tizimlariga taʼsirini baholash boʻyicha tadqiqot oʻtkazadi.

Taqsimlash tizimiga taʼsirni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida Foydalanuvchini xabardor qilish shart.

219. Taqsimlash tizimi operatori, shuningdek, Foydalanuvchi tizimiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan taqsimlash tizimidagi har qanday rejalashtirilgan oʻzgarishlar haqida xabar berib boradi.
4-§.Taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasini tayyorlash
220. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan rejalashtirish maʼlumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalangan holda taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi.
221. Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasining yangilangan nashrini Uzatish tizimi operatori va Energetika vazirligiga taqdim etib boradi.
Taqsimlash tizimining rivojlantirish rejasining nusxasi Energetika bozori regulatoriga ham kiritib boriladi.
222. Taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida koʻrsatib oʻtilgan prognoz maʼlumotlari;
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarida talab etilgan rejalashtirish maʼlumotlarini;
uzatish tizimidan quyida (taqsimlash tizimida) quvvat oʻtkazuvchanlikni oshirish;
taqsimlash tarmoqlarining (fiderlarning) joylashuvi va texnik tavsiflari;
reaktiv quvvat kompensatsiya qilish rejasi;

taqsimlash tizimini mustahkamlash boʻyicha boshqa rejalar;

taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasining texnik va iqtisodiy tahlili.
223. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatori tomonidan tayyorlangan rivojlantirish rejasi uning rejalari va takliflarini toʻliq aks ettirmagan deb hisoblasa, u bu toʻgʻrisida Taqsimlash tizimi operatoriga uch ish kunida xabar berishi kerak.
2-bob. Taqsimlash tizimini rejalashtirish tadqiqoti
224. Taqsimlash tizimi operatori quyidagi hollarda taqsimlash tizimining xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida taqsimlash tizimini rejalashtirish uchun tadqiqot (keyingi oʻrinlarda — tadqiqot) oʻtkazadi:
har yili Energetika vazirligiga taqdim etiladigan Taqsimlash tizimini rivojlantirish dasturini tayyorlash;
taqsimlash tizimini rivojlantirish loyihalarini baholash;
ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan har qanday taklifni baholash.
225. Taqsimlash tizimini rejalashtirish boʻyicha tadqiqotlar taqsimlash tizimiga yoki Foydalanuvchi tizimidagi har qanday uskunaning, Foydalanuvchi isteʼmolning oʻzgarishidagi taʼsirni baholash uchun hamda taqsimlash tizimida yoki foydalanuvi tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish uchun oʻtkaziladi.
226. Tadqiqotlarni oʻtkazishda ushbu bobda bayon etilgan texnik tadqiqotlar hamda rejalashtirish va batafsil rejalashtirish maʼlumotlaridan foydalaniladi.
227. Taqsimlash tizimi operatori quyidagilarni oʻz ichiga olgan taqsimlash tizimini rejalashtirish tahlilini oʻtkazishi lozim:
fiderlarni rivojlanishining optimal sxemalarini aniqlash;
reaktiv quvvat kompensatsiyasining optimal dasturlarini ishlab chiqish;
taqsimlovchi fiderlarni boshqarish vositalari va fiderlarning maqbul konfiguratsiyalarini ishlab chiqish;
taqsimlovchi podstansiyalar ehtiyoj, ularni qurishning maqbul joylashuvi va hajmi.
228. Tadqiqotlar hayotiy jarayonlarni baholash usullaridan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim, bunda foydalaniladigan kapital qiymat va diskont stavkalar Energetika bozori regulatori tomonidan belgilanadi.
229. Kuchlanishning qisqa vaqtli pasayishini oʻrganish, mavjud taqsimlash tizimining rejalashtirilgan isteʼmoli va har qanday rejalashtirilgan kengaytirish, mustahkamlash yoki rivojlantirish uchun ulanish nuqtalarida kuchlanishni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
230. Yangi generatsiyalovchi modullarni, isteʼmolchilarni yoki berk taqsimlash tarmoqlarini ulashning taʼsirini baholash uchun kuchlanishning qisqa vaqtli pasayishi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkaziladi.
231. Qisqa tutashuvlarni oʻrganish, taqsimlash tizimi uskunalariga yuklamani oshiradigan yangi elektr stansiyalari va boshqa obyektlarni qoʻshish natijasida taqsimlash tizimi uskunalariga taʼsirni baholash uchun oʻtkaziladi.
Ushbu tadqiqotlar qisqa tutashuv toki chegarasidan oshib ketishi natijasida shikastlanishi mumkin boʻlgan uskunani aniqlab beradi.
232. Uch fazali qisqa tutashuv oʻrganishlari taqsimlash tizimining barcha tugunlari uchun tarmoqda elektr energiyasi ishlab chiqarishning maksimal va minimal ssenariylari va taqsimlash tizimi zanjirining turli konfiguratsiyalari uchun oʻtkaziladi.
Yerga yakka tutashuvni oʻrganish taqsimlash tizimining shikastlanishga moyil tugunlari uchun amalga oshirilishi kerak. Ushbu oʻrganishlar davomida taqsimlash tizimi uskunalari ekspluatatsiya davomida har qanday ogʻir sharoitga chidamligi aniqlanadi.
233. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi ulanish nuqtasida favqulodda avariya taʼminoti darajalari yuzasidan maʼlumot almashadi. Maʼlumot almashinuvi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
uch fazali tutashuv va yerga tutashuvning maksimal va minimal toklari;
qisqa tutashuv sharoitida qarshilik koeffitsiyenti;
oʻzaro bogʻlangan tizimlar boʻlgan taqdirda, qisqa tutashuvlarni hisoblash uchun maqbul ekvivalent tarmoqni modellashtirish.
234. Mavjud uskunada qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun zanjirlarning muqobil konfiguratsiyalari oʻrganilishi mumkin.
Qisqa tutashuv toklari uskunaning loyiha spetsifikatsiyalari doirasida boʻlsa va tavsiya etilgan taqsimlash tizimining konfiguratsiyasi moslashuvchan va xavfsiz ishlash uchun mos boʻlsa, natijalar qoniqarli deb hisoblanadi.
235. Taqsimlash tizimidagi yoʻqotishlarni tasniflash va miqdorini baholash uchun taqsimlash tizimidagi yoʻqotishlar oʻrganiladi hamda tahlil qilinadi.
Foydalanuvchi tizimi va taqsimlash tizimidagi oʻzgarishlarning taqsimlash tizimi ishining samaradorligiga taʼsirini aniqlash uchun yoʻqotishlarni aniqlash yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilishi talab etiladi.
236. Taqsimlash tizimidagi isteʼmolchilarning elektr taʼminotidagi uzilishlar chastotasi va davomiyligini aniqlash uchun elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkaziladi.
237. Taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlari elektr taʼminotidagi uzilishlar haqidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
3-bob. Rejalashtirish maʼlumotlari
1-§. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish prognozi
238. Foydalanuvchi keyingi besh yil uchun har bir ulanish nuqtasida oʻzining ishlab chiqarish va (yoki) isteʼmol qilish prognozlarini Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etadi.
Bunda, birinchi yil uchun prognoz maʼlumotlari oylar kesimida, qolgan toʻrt yil uchun faqat yillik prognoz maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi.
239. Foydalanuvchilar oʻzlari elektr energiyasi ishlab chiqarsa (oʻz generatsiyalovchi modullariga ega boʻlsa) va isteʼmol qilsa, belgilangan davr uchun prognoz maʼlumotlarida jami (toʻliq) isteʼmol va ishlab chiqarish hajmlarini hamda jami isteʼmoldan oʻzining ishlab chiqarishini chegirib tashlagandagi tarmoqdan qabul qiladigan isteʼmol hajmlarini alohida koʻrsatishi kerak.
240. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi isteʼmolni prognoz qilishda quyidagi omillarni hisobga olishi talab etiladi:
oʻtgan davr isteʼmol maʼlumotlari;
isteʼmol (talab) tendensiyalari;
muhim hodisalar;
Foydalanuvchilar generatsiyalovchi modullari maʼlumotlari;
isteʼmol grafigi oʻzgarishi, almashtirilishi yoki vaqti oʻzgartirilishi (kunduzgi vaqtdan tungi vaqtga, tigʻiz boʻlmagan soatlardan tigʻiz soatlarga oʻtkazilishi va hokazo);
qoʻshni taqsimlash tizimlari bilan oʻzaro bogʻlanishlar.
2-§. Generatsiyalovchi modullar maʼlumotlari
241. Elektr stansiyasi operatori (generatsiyalovchi modullarga egalik qiluvchilar) oʻzining generatsiyalovchi modullariga tegishli maʼlumotlarni Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etadi.
242. Anʼanaviy generatsiyalovchi modullarga egalik qiluvchilar quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
generatsiyalovchi modullarning nominal quvvati (MVA va MW);
nominal kuchlanish (V);
generatsiyalovchi modulning turi va uning ish rejimlari;
toʻgʻri oʻq boʻyicha oʻta oʻtkazuvchan reaktiv qarshilik (foiz);
generatsiyalovchi modulda kuchaytiruvchi transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi va toʻliq qarshiligi.
243. Shamol generatorlari uchun quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
shamol elektr stansiyasining nomi va joylashgan joyi;
umumiy oʻrnatilgan quvvati (MVA va MW);
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami oʻrnatilgan quvvati(MUA va MW);
shamol turbinalari soni va birlik oʻlchamlari;
shamol turbinalarining turi (belgilangan tezlik/oʻzgaruvchan tezlik);
shamol turbinasini ishlab chiqaruvchisi;
har bir shamol turbinasining nominal quvvati (kW);
toʻliq nominal quvvat (kVA);
nominal chastotasi (Nz);
shamolning nominal tezligi (m/s);
shamolning minimal tezligi (m/s);
shamolning maksimal tezligi (m/s);
nominal kuchlanish (V).
244. Quyosh fotoelektr stansiyalari (panellari) boʻyicha quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
fotoelektr stansiyasining nomi va joylashgan joyi;
umumiy oʻrnatilgan quvvat (kW);
panellar soni;
invertorning nominal quvvati (kW);
invertor modeli;
quyosh paneli texnologiyasi;
fotoelektr stansiyasi transformatoriga tegishli maʼlumotlar (transformatorning oʻzgartirish koeffitsiyenti, qarshiligi, chulgʻamlar ulanishi, almashlab ulash sozlamalari).
245. Generatsiyalovchi modullar ulanish nuqtasida taqsimlash tizimiga alohida seksiyalarda ishlaydigan yoki ishlashi mumkin boʻlgan shinalar tizimi orqali ulangan boʻlsa, har bir generatsiyalovchi modul va (yoki) blok qaysi shinalar tizimiga (seksiyaga) ulanganligi koʻrsatilishi kerak.
3-§. Foydalanuvchi tizimi maʼlumotlari
246. Past kuchlanishli tarmoqlarga ulangan Foydalanuvchilar Taqsimlash tizimi operatoriga ulangan yuklama quvvati va maksimal isteʼmol boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.
247. Oʻrta kuchlanishli tarmoqlarga ulangan Foydalanuvchilar Taqsimlash tizimi operatoriga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
a) barcha turdagi yuklamalar:
ulangan yuklama, shu jumladan turi va boshqaruv mexanizmlari;
maksimal isteʼmol;
b) oʻzgaruvchan (tebranuvchan) va siklik yuklamalar:
isteʼmolning oʻzgarish tezligi;
almashlab ulash oraligʻi;
eng katta qadam oʻzgarishining kattaligi.
248. Foydalanuvchilar mazkur Qoidalarning 176 — 200-bandlarida nazarda tutilgan, oʻz tizimining elektr sxemalari va ulanish nuqtasining chizmalarini taqdim etilishi shart.
Sxemalar va chizmalar quyidagilarning soni, nominal va ishchi parametrlarini koʻrsatib berishi kerak:
uskunalar (generatsiyalovchi modul, kuch transformatori va oʻchirgichlar);
elektr uzatish tarmoqlari (havo yoki kabel);
podstansiya shinasi qurilmasi va sxemasi;
yerga ulash qurilmasi va sxemasi;
taqsimlash qurilmasi.
249. Foydalanuvchi podstansiyasidan taqsimlash tizimidagi ulanish nuqtasigacha havo tarmoqlari va (yoki) yer osti kabellarining quyidagi parametrlarining taqdim etadi:
nominal va ishchi kuchlanish (V);
toʻgʻri ketma-ketlikdagi qarshilik va reaktiv qarshilik (Ω);
toʻgʻri ketma-ketlikdagi parallel reaktiv oʻtkazuvchanlik;
nol ketma-ketlikdagi qarshilik va reaktiv qarshilik (Ω);
nol ketma-ketlikdagi reaktiv oʻtkazuvchanlik.
250. Foydalanuvchi tizimi taqsimlash tizimiga transformator orqali ulangan boʻlsa, kuch transformatorlari uchun quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
nominal quvvati (MVA);
nominal kuchlanishi (V);
chulgʻam ulanishi;
toʻgʻri ketma-ketlikdagi qarshilik va reaktiv qarshilik;
uch oʻzakli transformator uchun nol ketma-ketlikdagi reaktiv quvvat;
kuchlanishni rostlash moslamalari diapazoni, qadam oʻlchami va turi (yuklama ostida yoki yuklamasiz);
chaqmoq impulslarining asosiy izolyatsiyasi darajasi (kV).
251. Foydalanuvchi taqsimlash qurilmasi boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni, jumladan foydalanuvchi podstansiyasi va ulanish nuqtasidagi ajratkichlar va yuklamani oʻchirgichlar, avtomatik oʻchirgichlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi:
nominal kuchlanish (V);
nominal tok (A);
nominal nosimmetrik oʻrta kvadratik qisqa tutashuv toki (kA);
chaqmoq impulslarining asosiy izolyatsiyasi darajasi (kV).
252. Foydalanuvchi oʻzining obyektlaridagi yerga ulash tizimi boʻyicha batafsil maʼlumotlar (yerga ulanish uskunasining nominal quvvati va toʻliq qarshiligi)ni taqdim etadi.
253. Foydalanuvchi ulanish nuqtasida va Foydalanuvchi podstansiyasida mustaqil boshqariladigan (oʻz-oʻzidan ulanadigan) reaktiv quvvat kompensatsiyasi uskunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Ushbu maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
nominal quvvat (MVAr);
nominal kuchlanish (V);
kompensatsiya uskunasi turi (shuntlovchi reaktori, shuntlovchi kondensator, reaktiv quvvat statik kompensatori);
ekspluatatsiya qilish va boshqarish tafsilotlari.
254. Foydalanuvchi isteʼmolining asosiy qismi muqobil ulanish nuqtasidan taʼminlanishi mumkin boʻlsa, isteʼmolni almashlab ulash imkoniyati toʻgʻrisida tegishli maʼlumot Foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladi, jumladan:
muqobil ulanish nuqtasi;
muqobil ulanish nuqtasidagi odatiy (normal) isteʼmol;
muqobil ulanish nuqtasida yoki almashlab ulash mumkin boʻlgan isteʼmol;
almashlab ulashni boshqarish mexanizmlari (qoʻlda yoki avtomatik), shu jumladan uzilishlar va rejalashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish vaqtida uzatishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt.
255. Foydalanuvchi generatsiyalovchi modul va (yoki) yuqori quvvatli dvigatellarga ega boʻlsa, u ulanish nuqtasidagi qisqa tutashuv toki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Qisqa tutashuv toki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq hisoblanadi.
4-bob. Batafsil rejalashtirish maʼlumotlari
1-§. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan batafsil maʼlumotlar
256. Oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modul uchun quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi:
nominal quvvat (MVA)
nominal chastota (Nz);
nominal kuchlanish (kV);
quvvat koeffitsiyenti;
toʻgʻri ketma-ketlikdagi reaktiv qarshilik;
toʻgʻri ketma-ketlikdagi qarshilik (maksimal, minimal va nominal);
nol ketma-ketlikdagi reaktiv qarshilik;
kuchlanishni rostlash diapazoni;
kuchlanishni rostlashning qadam oʻlchami;
kuchlanishni rostlash turi: yuklama ostida yoki yuklamasiz.
257. Oʻrta quvvatli anʼanaviy generatsiyalovchi modul uchun quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi:
har oylik amaldagi quvvat (MW);
generatsiyalovchi modullarning buyurtma qilingan quvvatidan yuqori haqiqiy qoʻshimcha quvvati (MW);
minimal barqaror yuklama (MW);
reaktiv quvvat egri chizigʻi;
stator yakorining qarshiligi;
toʻgʻri oʻqning sinxron, oʻtkinchi va oʻta oʻtkinchi reaktiv qarshiligi;
koʻndalang oʻqning sinxron, oʻtkinchi va oʻta oʻtkinchi reaktiv qarshiligi;
toʻgʻri oʻqning oʻtkinchi va oʻta oʻtkinchi vaqt konstantalari;
koʻndalang oʻqning oʻtkinchi va oʻta oʻtkinchi vaqt konstantalari;
turbinalar va generator qurilmalarining inersiya konstantasi;
klemmalardagi nominal qoʻzgʻatish toki (A);
qisqa tutashuv va ochiq zanjirning oʻziga xos egri chiziqlari.
258. Oʻrta quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi:
shamol stansiyasining dinamik modeli;
reaktiv quvvat kompensatsiyasi, jumladan, quvvat koeffitsiyentining ishchi diapazonida reaktiv quvvat kompensatsiya haqida batafsil maʼlumot;
transformatorga tegishli maʼlumotlar (qarshilik, oʻzgartirish koeffitsiyenti, chulgʻamning ulanishi, kuchlanishni rostlash sozlamalari).
259. Anʼanaviy oraliq isitilmaydigan bugʻ, gaz turbinalari, geotermal va gidroelektrostansiyalar uchun kuyidagi tezlik koʻrsatkichlari taqdim etiladi:
rostlagichning oʻrtacha kuchaytirilishi;
tezlik dvigatelining sozlash diapazoni;
tezlik pasayishi egri chizigʻining xarakteristikasi;
bugʻ, yonilgʻini yoki suv bosimi inersiyasini rostlash vaqti konstantasi;
rostlash klapanining ochilish chegaralari;
rostlash klapanining tezligi chegaralari;
turbinaning vaqt konstantasi.
260. Har bir generatsiyalovchi modulning harakatchanligi (manevrlik) darajasini belgilovchi quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
dam olish kunlari oʻchirilganidan keyingi ishga tushirish tezligi;
tunda toʻxtatilgandan keyin ishga tushirish tezligi;
sinxronizatsiyadan soʻnggi blok-yuklama;
nominal quvvat (MW) dan yuklamani pasaytirish tezligi;
rostlash diapazoni;
sinxronlashgan va elektr energiyasini yetkazib berish imkoniyatini saqlagan holda yuklamani ogʻish qobiliyati.
261. Elektr stansiyasi yoki generatsiyalovchi modulning oʻz ehtiyoji uchun isteʼmoli, shuningdek, oʻz ehtiyoji uchun tarmoqdan sotib olinadigan elektr energiyasi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi kerak.
2-§. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan batafsil rejalashtirish maʼlumotlari
262. Taqsimlash tizimiga ulangan isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilar bundan mustasno) Taqsimlash tizimi operatoriga yuklamaga tegishli quyidagi xarakteristikalarni taqdim etadi:
choʻqqi (oʻta yuqori) yuklama sharoitida har bir fazadagi maksimal isteʼmol;
kuchlanish nomutanosibligi (nosimmetriyasi);
garmonik tashkil etuvchi.
263. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi taqsimlash tizimi yoki Foydalanuvchi tizimidagi oʻtkinchi oʻta kuchlanishlar samaradorligini baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, jumladan tizimlarning fizik va elektr sxemalari, parametrlari, tavsiflari va himoyasiga tegishli batafsil maʼlumotlar bilan oʻzaro almashishadi.
V boʻlim. Taqsimlash tizimini ekspluatatsiya qilish
1-bob. Ekspluatatsiya qilishning umumiy shartlari va tomonlarning ekspluatatsiya majburiyatlari
1-§. Ekspluatatsiya qilishning maqsadli yoʻnalishlari
264. Taqsimlash tizimini ekspluatatsiya qilishning maqsadli yoʻnalishlari quyidagilar:
Taqsimlash tizimi operatori va taqsimlash tizimining barcha Foydalanuvchilarining ekspluatatsiya qilish boʻyicha majburiyatlarini taqsimlash;
Taqsimlash tizimi operatorlari oʻrtasida oʻzaro yordam, uskunalar va zaxiralardan birgalikda foydalanish, shuningdek, birgalikda xarid qilish boʻyicha operativ mexanizmlarni belgilash;
Taqsimlash tizimi operatori, taʼminotchilar va Foydalanuvchilar oʻrtasida yuboriladigan xabarnomalar va aloqaga vositalariga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
taqsimlash tizimi obyektlari va uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish dasturlarini ishlab chiqish;
taqsimlash tizimida chastotasini nazorat qilish uchun qoʻllaniladigan isteʼmolni boshqarish va kuchlanishni nazorat qilish uchun ishlatiladigan usullarni belgilash;
favqulodda vaziyatlarda Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan harakatlar tartibini belgilash;
taqsimlash tizimi yoki Foydalanuvchi tizimida ishlarni bajarish va sinovlar oʻtkazish jarayonida xavfsizlik choralarini belgilash hamda ularni muvofiqlashtirish va bekor qilish tartiblarini oʻrnatish;
taqsimlash va Foydalanuvchi tizimiga yetkazib beriladigan elektr energiyasi sifatini sinovdan oʻtkazish va nazorat qilish tartiblarini belgilash;
taqsimlash yoki foydalanuvchi tizimiga taʼsir koʻrsatishi mumkin favqulodda yoki gʻayri oddiy sharoitlarni modellashtirish va nazorat ostida qoʻllashni oʻz ichiga olgan tizim sinovlarini oʻtkazish tartib-tamoyillarini belgilash;
generatsiyalovchi modulning roʻyxatdan oʻtgan parametrlariga va qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish qobiliyatiga mos kelishini tekshirish uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan sinovlar va tartiblarni belgilash;
ulanish nuqtasida qurilmalarni (uskunalarni) identifikatsiyalash talablarini belgilash.
2-§. Taqsimlash tizimi operatorining ekspluatatsiya boʻyicha majburiyatlari va javobgarligi
265. Taqsimlash tizimi operatori mazkur Qoidalarning III boʻlim 2-bobi talablariga binoan taqsimlash tizimini barqaror sharoitlarda ekspluatatsiya qilish va elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini taʼminlash, shuningdek, elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlari bilan bogʻliq muammolarni hal etish majburiyatini oladi.
266. Taqsimlash tizimi operatori oʻz qurilmalari (uskunalari) va obyektiga texnik xizmat koʻrsatish uchun taqsimlash tizimiga texnik xizmat koʻrsatish dasturini tayyorlash hamda uning ijrosi uchun masʼuldir.
267. Taqsimlash tizimi operatori ekspluatatsiya talablari boʻyicha quyidagilar uchun javobgardir:
oʻzining barcha taqsimlash uskunalarini (qurilmalarini) ishonchli ishlashini taʼminlash va ularga xizmat koʻrsatish hamda Foydalanuvchilarga uzluksiz sifatli elektr energiyasini yetkazib berish;
nosozliklar kuzatilgan uskunalar va obyektlarni oʻz vaqtida oʻchirilishini taʼminlovchi taqsimlash tizimi himoyasini loyihalashtirish, oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatish;
xavfsiz va tejamkor taqsimlash ishchi tartib-qoidalarga doimiy rioya etilishini taʼminlash;
Tizim operatori bilan kelishilgan maqsadlarga erishish uchun zarur vaqtlarda yuklamani avtomatik ravishda rostlash sxemasiga xizmat koʻrsatish.
3-§. Foydalanuvchilarning ekspluatatsiya boʻyicha majburiyatlari va javobgarligi
268. Foydalanuvchilar taqsimlash tizimidagi barqaror ish rejimlarida elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini saqlash boʻyicha Taqsimlash tizimi operatoriga yordam beradilar. Bunda oʻzlarining uskunalarida (qurilmalari) elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini buzilishiga olib keladigan holatlarni oldini olish va (yoki) zudlik bilan shunday holatlarni bartaraf etish uchun javobgardirlar.
269. Foydalanuvchi oʻz tizimining (qurilmalari) taqsimlash tizimi ish rejimlarini buzishiga, nosozliklarni keltirib chiqarmasligi va salbiy oqibatlarga olib kelmasligini taʼminlash majburiyatini oladi.
Foydalanuvchi oʻzining tizimi tomonidan taqsimlash tizimiga yetkazilgan har qanday zararni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni koʻrish uchun javobgar hisoblanadi.
270. Foydalanuvchi favqulodda yoki avariya vaziyatlarida Taqsimlash tizimi operatorining barcha koʻrsatmalariga rioya etishi shart.
4-§. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarning ekspluatatsiya boʻyicha majburiyatlari va javobgarligi
271. Taqsimlash tizimiga ulangan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari va Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilishlari shart.
272. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar quyidagilar uchun javobgardir:
doimiy ravishda oʻzining generatsiyalovchi modullarini ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan operativ (texnik) koʻrsatkichlari va parametrlariga muvofiqligini taʼminlash;
Taqsimlash tizimi operatoriga oʻz vaqtida rejalashtirish va ekspluatatsiyaga doir maʼlumotlarni taqdim etish;
Taqsimlash tizimi operatori va (yoki) Tizim operatorining barqaror, avariya va favqulodda vaziyatlardagi koʻrsatmalariga rioya qilish.
273. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar barqaror ishlash rejimi buzilganda oʻzlarining generatsiyalovchi modullari tarmoqdan oʻchirilmasligini taʼminlashi kerak. Kuyidagi holatlar bundan mustasno:
chastota yoki kuchlanishning oʻzgarishi generatsiyalovchi modul yoki uning yordamchi uskunalariga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa;
chastota yoki kuchlanishning oʻzgarishi belgilangan chegarasidan tashqariga chiqsa;
Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorining ruxsati (koʻrsatmasi) bilan oʻchirilsa.
274. Barqaror rejimda oʻrta va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari erkin aktiv quvvat ishlab chiqarish rejimida yoki boshqa har qanday rejimda ishlashi kerak.
Tizim operatori qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini erkin aktiv quvvat ishlab chiqarish rejimida ishlashini taʼminlash boʻyicha barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi.
275. Favqulodda, avariya vaziyatlari, noodatiy ish rejimlari yoki qayta tiklash sharoitida Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorlari kichik va oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar operatorlariga ularning obyektlarining ishlashi boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
Ushbu koʻrsatmalar kichik va oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarni tarmoqdan darhol uzib qoʻyishni oʻz ichiga olishi mumkin.
276. Ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida oʻrta quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini masofadan turib toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarish tizimi interfeyslarini oʻrnatish nazarda tutilmagan boʻlsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalari operatori Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori koʻrsatmalarini bajaruvchi operativ xodimlarni doimo xizmat doirasida boʻlishini taʼminlashi shart.
277. Oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar operatorlari Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorining koʻrsatmalarini va shu koʻrsatmalar asosida oʻz tizimida amalga oshirilishi kerak boʻlgan harakatlarni hech bir kechiktirishsiz zudlik bilan bajarishi shart.
5-§. Operativ chora-tadbirlar
278. Energetika vazirligi Energetika bozori regulatori, Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va Nazorat qiluvchi organ bilan birgalikda Taqsimlash tizimi operatorlariga:
favqulodda vaziyatlarda harakatlar tartibini, shu jumladan Taqsimlash tizimi operatorlari uchun oʻzaro yordam dasturini;
uskunalar va materiallardan hamkorlikda foydalanish tartibini, shu jumladan Taqsimlash tizimi operatorlari uchun uskunalar va materiallardan hamkorlikda foydalanish dasturini;
qoʻshma xaridlarni tashkil etish tartibini, shu jumladan Taqsimlash tizimi operatorlari uchun qoʻshma xaridlar dasturini ishlab chiqadi va (yoki) tavsiyalar beradi.
279. Taqsimlash tizimi operatorlari:
favqulodda vaziyatlarda oʻzaro yordam koʻrsatish va muvofiqlashtirilgan tezkor chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha tartiblarni belgilaydilar va hamkorlik qiladilar.
uskunalar va materiallardan hamkorlikda foydalanish tartib-qoidalarini ishlab chiqish hamda xaridlar uchun xarajatlarni minimallashtirish maqsadida hamkorlikda foydalanish dasturini amalga oshirilishini taʼminlashda hamkorlik qiladilar;
qoʻshma xaridlarni tashkil etish tartib-qoidalarini oʻrnatish hamda uskunalar va materiallarni xarid qilishda samaradorlikka erishish maqsadida qoʻshma xaridlar dasturini hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Aloqa vositalariga talablar, hisobotlarni yuritish, xabarnomalar va bildirgilarni taqdim etish
1-§. Taqsimlash tizimida tezkor aloqa
280. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻzaro ogʻzaki aloqani taʼminlash, elektr energiyasini hisob-kitobi (sotish) va boshqa ekspluatatsiyaga taalluqli ishlar uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash maqsadida aloqa kanalini oʻrnatadi.
Aloqa kanali Taqsimlash tizimi operatori, Foydalanuvchilar va taʼminotchilar oʻrtasida imkon qadar toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlishi kerak.
281. Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimi va Foydalanuvchi tizimlarining xavfsiz ishlashi uchun zaxira yoki muqobil aloqa yoʻnalishi va (yoki) favqulodda aloqa zarur deb hisoblasa, ular oʻrtasida qoʻshimcha aloqa vositalari oʻzaro kelishilgan holda joriy etiladi.
282. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi nazorat va boshqaruv faoliyatini samarali taʼminlash hamda muvofiqlashtirish uchun tegishli ravishda vakolat berilgan xodimlar roʻyxatini va ularning telefon raqamlarini almashishadi.
2-§. Operativ xabarnomalar
283. Taqsimlash yoki Foydalanuvchi tizimida muhim hodisa sodir boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi muhim hodisa toʻgʻrisida boshqa tomonga tegishli xabarnoma beradi, tegishli boʻlsa taʼminotchiga ham xabarnoma nusxasi taqdim etiladi.
Xabarnoma muhim hodisa sodir boʻlganidan keyin 15 daqiqa ichida eʼlon qilinishi kerak va uning taqsimlash tizimiga va (yoki) boshqa Foydalanuvchilar tizimlariga potensial taʼsiri, shuningdek, vaziyatga koʻra Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan dastlabki tiklash (tuzatish) harakatlari bayon etilishi lozim.
284. Rejalashtirilgan texnik tadbirlar toʻgʻrisidagi bildirgi Foydalanuvchi tomonidan Taqsimlash tizimi operatoriga va tegishli boʻlsa taʼminotchiga tadbir boshlanishidan kamida uch kun oldin yuboriladi.
3-§. Taqsimlash tizimini ekspluatatsiya qilish yuzasidan hisobotlar
285. Taqsimlash tizimi operatori oʻzining taqsimlash tizimini ekspluatatsiya qilish yuzasidan har oylik hisobotlarni tayyorlaydi va Energetika vazirligi hamda Nazorat qiluvchi organga taqdim etadi.
Ushbu hisobotlar oy davomida taqsimlash tizimida sodir boʻlgan hodisalar va boshqa muammolarni baholashni, ularni bartaraf etish boʻyicha Taqsimlash tizimi operatori amalga oshirgan chora-tadbirlarni va kelgusida bu kabi holatlarning takrorlanishini oldini olish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olishi kerak.
286. Taqsimlash tizimi operatori mazkur Qoidalarning 322 — 325-bandlariga muvofiq muhim hodisalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Energetika vazirligi va Nazorat qiluvchi organga yuboradi.
287. Taqsimlash tizimi operatori ekspluatatsiya boʻyicha yillik hisobotni tayyorlaydi va Energetika vazirligi hamda Nazorat qiluvchi organga taqdim etadi. Ushbu hisobot taqsimlash tizimidagi yoki Foydalanuvchining tizimiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan muhim hodisalarni oʻz ichiga olishi shart.
3-bob Taqsimlash tizimiga texnik xizmat koʻrsatish dasturi
1-§. Texnik xizmat koʻrsatish dasturini tayyorlash
288. Taqsimlash tizimi operatori rejalashtirilgan (prognoz qilinayotgan) isteʼmol, Foydalanuvchilarning oʻz tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha dastlabki dasturlari va texnik xizmat koʻrsatish grafiklari boʻyicha soʻrovlar asosida taqsimlash tizimiga xizmat koʻrsatish yuzasidan oylik, yillik va uch yillik dasturlarni tayyorlaydi.
289. Oylik texnik xizmat koʻrsatish dasturlari Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarida koʻzda tutilgan operativ rejalashtirish dasturini tayyorlash uchun Tizim operatoriga zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Yillik texnik xizmat koʻrsatish dasturi uch yillik dasturning birinchi yili uchun texnik xizmat koʻrsatish jadvali asosida ishlab chiqiladi.
Uch yillik texnik xizmat koʻrsatish dasturi kelgusi uch yil uchun ishlab chiqiladi va har yili yangilab boriladi.
290. Texnik xizmat koʻrsatish dasturi kuyidagi omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi:
isteʼmol prognozi;
texnik xizmat koʻrsatish dasturi ijrosi;
Foydalanuvchilarning texnik xizmat koʻrsatish jadvallarini oʻzgartirish haqidagi soʻrovlari;
tizimga (tarmoqqa) texnik xizmat koʻrsatish talablari;
texnik xizmat koʻrsatishning umumiy xarajatlarini minimallashtirish zaruriyati;
boshqa tegishli omillar.
2-§. Texnik xizmat koʻrsatish dasturini tasdiqlash
291. Foydalanuvchilar har yil 1-iyunga qadar Taqsimlash tizimi operatoriga keyingi uch yil uchun texnik xizmat koʻrsatishning dastlabki dasturini taqdim etadi.
Foydalanuvchining texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha dastlabki dasturini taqdim etganda, shuningdek, Foydalanuvchi tizimi yoki uskunasiga texnik xizmat koʻrsatish jadvaliga soʻrov berganda ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
taʼsirga uchraydigan uskunalar identifikatsiyasi va quvvati maʼlumotlari;
texnik xizmat koʻrsatish sabablari;
texnik xizmat koʻrsatish ishlarining kutilayotgan davomiyligi;
texnik xizmat koʻrsatish ishlarini boshlash va ishlarni yakunlash sanasi. Sanalarda moslashuvchanlik mavjud boʻlsa, ishlarni eng erta boshlanish sanasi va eng kech tugatish sanasi inobatga olinadi.
292. Taqsimlash tizimi operatori har yili 1-iyulga qadar Tizim operatoriga Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan keyingi uch yil uchun texnik xizmat koʻrsatishning dastlabki dasturini taqdim etishi shart.
293. Generatsiyalovchi modullar operatorlari tomonidan rejalashtirilgan ishlab chiqaruvchi (generatsiyalovchi) modullar uchun taqdim etilgan texnik xizmat koʻrsatish dasturi har yili 1-iyulga qadar Taqsimlash tizimi operatori tomonidan Tizim operatoriga taqdim etiladi.
294. Texnik xizmat koʻrsatish dasturini tayyorlashda Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchining texnik xizmat koʻrsatish dasturida belgilangan sanalarda soʻrovlarini imkon qadar qondirishga harakat qiladi.
295. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga ularning texnik xizmat koʻrsatish dasturining tasdiqlangan yozma nusxasini taqdim etadi.
296. Foydalanuvchi oʻz uskunalariga yoki tizimiga texnik xizmat koʻrsatish jadvalidan qoniqmasa, eʼtirozlarini batafsil tushuntirgan holda Taqsimlash tizimi operatorini xabardor qilishi va texnik xizmat koʻrsatish dasturiga oʻzgartirishlar boʻyicha taklif kiritishga haqli.
297. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi eʼtirozlarni oʻzaro muhokama qiladilar va hal etish choralarini koʻradilar.
298. Taqsimlash tizimi operatori tomonidan Foydalanuvchining eʼtirozlarini inobatga olgan holda texnik xizmat koʻrsatish dasturi qayta koʻrib chiqiladi.
4-bob. Kuchlanish va yuklamani (isteʼmolni) boshqarish
1-§. Yuklamani boshqarishni muvofiqlashtirish
299. Tizim operatori yagona elektr energetikasi tizimidagi ishlab chiqarish (generatsiya) taqchilligi kuzatilganda yoki elektr tarmogʻining alohidalangan rejimga oʻtishiga olib keladigan kutilmagan uzilish holatlaridan ogohlantirish berganda, Taqsimlash tizimi operatori yuklamani boshqarishni amalga oshiradi.
Taqsimlash tizimi operatori Tizim operatori tomonidan tarmoq xavfsizligi uchun yuklamani boshqarishni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma bergan zahoti koʻrsatmani bajarishi shart.
300. Taqsimlash tizimi operatori tomonidan amalga oshiriladigan yuklamani boshqarish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yuklamani avtomatik oʻchirish (tushirish);
yuklamani qoʻlda oʻchirish (tushirish);
Foydalanuvchi tashabbusi bilan oʻchirishlar;
yuklamani ixtiyoriy ravishda pasaytirish.
301. Taqsimlash tizimi operatori oʻzining taqsimlash tizimini himoya qilish uchun yuklamani boshqarishni amalga oshirishi talab etilsa, u tegishli Foydalanuvchilar va Taʼminotchilar bilan yuklamani boshqarishni muvofiqlashtiradi.
302. Taqsimlash tizimi operatori Tizim operatorining isteʼmolni tiklash boʻyicha koʻrsatmalariga rioya etishi shart.
Tiklash imkon qadar qisqa muddatlarda amalga oshirilishi kerak va tiklash jarayoni Tizim operatoridan koʻrsatma olinganidan keyin ikki daqiqa ichida boshlanishi shart.
303. Foydalanuvchi yuklamani boshqarish sababli oʻchirilgan boʻlsa, u Taqsimlash tizimi operatori yoki Tizim operatoridan koʻrsatma olmagunicha oʻz tizimini tarmoqqa qayta ulashi taqiqlanadi.
2-§. Yuklamani avtomatik boshqarish
304. Tizim operatori ishlab chiqarish (generatsiya)ning yirik yoʻqotishlarini (oʻchishlarni) oldini olish maqsadida yuklamani avtomatik ravishda kamaytirishni talab etilgan darajalarini belgilaydi.
Tizim operatori maqsadli koʻrsatkichlarni asoslashi va (yoki) zaruriyatga koʻra moslashtirish uchun tegishli tadqiqotlar oʻtkazadi.
305. Taqsimlash tizimi operatori oʻzining yuklamani avtomatik boshqarish dasturini Tizim operatori bilan kelishilgan holda tayyorlaydi.
Yuklamani avtomatik ravishda kamaytirish amal qiladigan Taqsimlash tizimi operatori isteʼmoli aylanuvchi (veyer) usulidagi diskret bloklarga boʻlinadi.
Tizim operatori Taqsimlash tizimi operatori bilan birgalikda bloklar sonini va har bir blok uchun chastota pasayishi sozlamalarini belgilaydi.
306. Chastota pasayganida oʻchirish sxemasi ustuvor yuklamalarni va butun taqsimlash tizimi boʻylab har qanday ekspluatatsiya talablarini hisobga olgan holda isteʼmolni bir maromda pasaytirishni taʼminlash imkoniyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
307. Chastotaning kelgusida pasayishi yuklamani avtomatik ravishda kamaytirish orqali saqlab turilishini kafolatlash uchun, Taqsimlash tizimi operatori yuklamani avtomatik ravishda tushirish natijasida oʻchirilgan yuklamalar qayta ulanishini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha ravishda yuklamani kamaytirishni amalga oshirishi kerak.
308. Taqsimlash tizimi operatori yuklamani avtomatik ravishda kamaytirish dasturiga kiritilgan muhim obyektlarni darhol qayta tiklash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishi shart.
309. Yuklamani avtomatik ravishda kamaytirish taʼsiriga tushgan Foydalanuvchi oʻchirilgan fiderni Taqsimlash tizimi operatorining ruxsatisiz qayta ulashga haqli emas.
Taqsimlash tizimi operatori Tizim operatori koʻrsatmasiga asosan qayta ishga tushirish koʻrsatmasini beradi.
3-§. Yuklamani qoʻlda boshqarish
310. Taqsimlash tizimi operatori Tizim operatori tomonidan yuklamani qoʻlda kamaytirish koʻrsatmasi berilgandan soʻng darhol oʻz isteʼmolchilarini uzib qoʻyish imkonini beruvchi choralarni koʻrishi shart.
311. Taqsimlash tizimi operatori Tizim operatori bilan kelishilgan holda yuklamani teng ravishda taqsimlash asosida yuklamani qoʻlda kamaytirishning ustuvor sxemasini oʻrnatadi.
312. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchining tizimini uzib qoʻygan boʻlsa, Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatori tomonidan koʻrsatma berilmaguncha oʻz tizimini qayta ulamasligi talab etiladi.
4-§. Foydalanuvchi tashabbusi bilan isteʼmolni (yuklamani) boshqarish
313. Foydalanuvchi keyingi kun uchun ulanish nuqtasida yuklamani oʻchirish orqali isteʼmolni boshqarmoqchi boʻlsa, u bozor qoidalarida belgilangan soatda Taqsimlash tizimi operatorini soatlik ish jadvali haqida xabardor qiladi. Xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
isteʼmolni oʻchirishning taxminiy (oldindan ogohlantirilganda) va haqiqiy (keyin xabardor qilinganida) sanasi, vaqti va davomiyligi;
isteʼmolni uzilishi hisobiga kutilayotgan talabni kamayish hajmi.
314. Isteʼmolni boshqarish sanoat korxonalarida ishlab chiqarish zanjirini oʻchirishni talab qilsa, isteʼmolni ixtiyoriy ravishda pasaytiruvchi yoki shunga oʻxshash Foydalanuvchilar hafta kunlari boʻyicha yuklamani ixtiyoriy ravishda pasaytirish guruhlariga boʻlingan sxema orqali amalga oshiriladi (dushanba guruhi, seshanba guruhi va boshqalar).
Yuklamani ixtiyoriy ravishda pasaytirishda ishtirok etuvchi isteʼmolchilar ishlab chiqarish (generatsiya) tanqisligi darajasiga qarab maʼlum vaqt davomida tegishli yuklamalarni ixtiyoriy ravishda pasaytirishlari talab etiladi.
Yuklamani ixtiyoriy ravishda pasaytirish sxemasida ishtirok etayotgan sanoat isteʼmolchilari Taqsimlash tizimi operatoriga yuklamani ixtiyoriy ravishda pasaytirish sxemasidan foydalangan holda isteʼmolning haqiqiy pasayishi miqdori toʻgʻrisida maʼlumot berib borishlari kerak.
5-§. Kuchlanish nazorati
315. Taqsimlash tizimidagi reaktiv quvvatni boshqarish orqali kuchlanishni boshqarish amalga oshiriladi. Bu quyidagi uskunalarni boshqarish orqali amalga oshiriladi:
generatsiyalovchi modullar;
sinxron kondensatorlar;
statik reaktiv quvvat kompensatorlari;
shunt reaktorlari va kondensatorlar;
yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi transformatorlar.
316. Kuchlanishni boshqarishni amalga oshirish uchun Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilarga (generatsiyalovchi modullar operatorlariga) manbaga qarab reaktiv quvvat ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi koʻrsatmalarni beradi.
5-bob. Avariya vaziyatlarida harakatlar tartibi
1-§. Taqsimlash tizimida avariya vaziyatlariga tayyorgarlik
317. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga tabiiy ofat, ommaviy tartibsizliklar hamda muhim hodisalar natijasida yuzaga kelgan elektr taʼminotidagi uzilish oqibatlarini yumshatish boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
318. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga muhim hodisa sodir boʻlganida qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning aloqa raqamlarini yozma ravishda taqdim etishi shart. Bunda ushbu maʼlumotlarning nusxalari Taʼminotchiga ham yuboriladi.
319. Taqsimlash tizimi operatori avariya vaziyatlarida harakatlanish tartib-qoidalarini ishlab chiqishi va boshqarishi kerak. Ushbu tartib-qoidalarda ogohlantirilishi kerak boʻlgan barcha tomonlar, ularning ish va uy telefon raqamlari koʻrsatilishi shart.
320. Avariya va favqulodda vaziyatlar uchun masʼul boʻlgan barcha xodimlarni malakasini oshirish maqsadida yiliga kamida bir marta taktik oʻquv-mashgʻulotlar oʻtkazilib boriladi.
Oʻquv-mashgʻulotlari haqiqiy avariya vaziyatlarini modellashtirishi talab etiladi.
Oʻquv-mashgʻulotlari yakuni bilan baholanishi, kamchiliklar aniqlanishi va bartaraf etilishi taʼminlanishi kerak.
321. Foydalanuvchilar Taqsimlash tizimi operatori tomonidan tashkil etilgan barcha oʻquv-mashgʻulotlarida qatnashishi shart.
2-§. Muhim hodisa sodir boʻlgandagi harakatlar tartibi
322. Muhim hodisa haqida Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi tomonidan xabar berilganda, Foydalanuvchi muhim hodisa yuzasidan qoʻshma tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida Taqsimlash tizimi operatoriga yozma soʻrov yuborishi mumkin.
Bir nechta muhim hodisa sodir boʻlgan boʻlsa, qoʻshma tekshiruvlar oʻtkaziladi va u barcha muhim hodisalarni oʻz ichiga oladi.
323. Muhim hodisa boʻyicha qoʻshma tekshiruv faqat Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida qoʻshma tekshiruv oʻtkazishga kelishuvga erishilganda amalga oshiriladi.
324. Taqsimlash tizimi operatori Nazorat qiluvchi organ va Energetika vazirligiga muhim hodisa boʻyicha barcha maʼlumotlar, xulosalar va tavsiyalar haqida yozma hisobot taqdim etadi.
325. Muhim hodisa boʻyicha qoʻshma tekshiruvdan soʻng yozma hisobot kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
muhim hodisa vaqti va sanasi;
muhim hodisa sodir boʻlgan joy;
muhim hodisadan taʼsirga uchragan va bevosita ishtirok etgan uskunalar;
muhim hodisa tavsifi;
uzilgan isteʼmol va ishlab chiqarish hajmi hamda uzilish davomiyligi.
3-§. Ihotalangan tarmoq holatida generatsiyalovchi modulning ishlashi
326. Generatsiyalovchi modul ulangan taqsimlash tizimining qismi yagona elektr energetikasi tizimidan ihotalangan boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori generatsiyalovchi modul operatori bilan generatsiyalovchi modulni ishlatishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini yoki muvofiq emasligini kelishib oladi.
327. Ihotalangan tarmoqning yagona elektr energetikasi tizimining qolgan qismi bilan keyinchalik qayta sinxronlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, Taqsimlash tizimi operatori generatsiyalovchi modul operatoriga ihotalangan tarmoqni taqsimlash tizimining qolgan qismiga qayta ulanishi uchun generatsiyalovchi modulni oʻchirish boʻyicha koʻrsatma berishi kerak.
4-§. Noldan ishga tushirish va qayta sinxronlash tartibi
328. Muhim hodisa tizimning toʻliq yoki qisman ishdan chiqishiga olib kelgan va ihotalangan taqsimlash tizimida noldan ishga tushirish qobiliyatiga ega generatsiyalovchi modullar mavjud boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori Tizim operatorining koʻrsatmasiga asosan noldan ishga tushirish jarayonini boshlaydi.
329. Tizim operatori Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga muvofiq noldan ishga tushirish amalga oshirilganidan soʻng yoki muhim hodisa natijasida tarmoq boʻlinishidan keyin ihotalangan tarmoqlarni qayta sinxronlash uchun javobgardir.
330. Tizim toʻliq yoki qisman oʻchganidan soʻng va toʻliq tiklash jarayonida oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar Tizim operatori va Taqsimlash tizimi operatorining koʻrsatmalariga qatʼiy rioya etishlari shart.
Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorlarining koʻrsatmalari yoki ruxsatisiz ular tarmoqqa qayta ulanishi taqiqlanadi.
331. Kichik va mikro quvvatli generatsiyalovchi modullar yagona elektr energetikasi tizimiga elektr taʼminoti berilganidan soʻng kamida 10 daqiqadan keyin tarmoqqa qayta ulanish huquqiga ega.
6-bob. Xavfsizlikni muvofiqlashtirish
1-§. Xavfsizlikni muvofiqlashtirish tartiblari
332. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrta kuchlanishli uskunalarda xavfsizlik choralarini amalga oshirish uchun xavfsizlik texnikasi qoidalarini joriy etadilar va xavfsizlik texnikasi yoʻriqnomalari toʻplamini tasdiqlaydi.
Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchining tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalari va ichki xavfsizlik yoʻriqnomalari taqsimlash va Foydalanuvchi tizimlarida har qanday ish yoki sinovlarni tartibga soladi.
333. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga oʻzining oʻrta kuchlanishli uskunalariga taalluqli xavfsizlik texnikasi qoidalari va xavfsizlik yoʻriqnomalarining nusxasini taqdim etadi.
Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga oʻzining oʻrta kuchlanishli uskunalaridagi xavfsizlik choralariga oid xavfsizlik texnikasi qoidalari va xavfsizlik yoʻriqnomalarining nusxasini taqdim etadi.
334. Ichki xavfsizlik yoʻriqnomalariga oʻzgartirish kiritmoqchi boʻlgan har qanday tomon boshqa tomonga oʻzgarishlarning yozma nusxasini yuboradi.
335. Taqsimlash yoki Foydalanuvchi tizimi ish davomida yoki sinov vaqtida oʻrta kuchlanishli uskunalar uchun xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirish, oʻrnatish, nazorat qilish va bekor qilish uchun xavfsizlik texnikasini muvofiqlashtirish tartibi belgilanadi.
336. Ulanish nuqtasidagi har qanday uskunadagi ishlar yoki sinovlar faqat Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchining vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
337. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatorining obyektiga kirishda, Taqsimlash tizimi operatoridan va aksincha Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchi obyektlariga kirishda Foydalanuvchidan ruxsat olishi kerak.
338. Taqsimlash tizimida bir nechta Foydalanuvchilarning oʻrta kuchlanishli uskunalari uchun xavfsizlik choralarini talab qiladigan ish yoki sinov amalga oshirilishi lozim boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimida va ishtirok etuvchi Foydalanuvchi tizimida xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirilishini va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Bunda Taqsimlash tizimi operatori barcha taʼsirga uchraydigan Foydalanuvchilarni olib boriladigan ishlar yoki sinovlar hamda ularning tizimlarida koʻrilishi zarur boʻlgan xavfsizlik choralari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimi va taʼsirga uchragan Foydalanuvchilar tizimlarida xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirishi va amalga oshirilishini taʼminlashi kerak.
2-§. Xavfsizlik koordinatori
339. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi ulanish nuqtasining tegishli tomonlarida oʻrta kuchlanishli qurilmalarda xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan xavfsizlik koordinatorini tayinlaydi.
Xavfsizlik koordinatorini oʻzgartirmoqchi boʻlgan tomon boshqa tomonni oʻzgartirish haqida xabardor qiladi.
340. Xavfsizlikni muvofiqlashtirish maqsadida boshqa tomonning tizimida xavfsizlik choralarini qoʻllashni soʻragan xavfsizlik koordinatori soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori, soʻralayotgan xavfsizlik choralarini amalga oshiradigan xavfsizlik koordinatori esa amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori deb ataladi.
341. Foydalanuvchi tizimining (yoki taqsimlash tizimining) oʻrta kuchlanishli uskunalarida xavfsizlik choralariga rioya qilishni talab qiladigan taqsimlash tizimida (yoki Foydalanuvchi tizimida) ish yoki sinov bajarilishi kerak boʻlsa, soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatoriga xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirish yuzasidan murojaat yuboradi.
Soʻrovda koʻrsatilmagan boshqa Foydalanuvchilarning oʻrta kuchlanishli uskunalari uchun xavfsizlik choralari talab etilsa, xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori darhol soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatoriga xabar beradi.
342. Xavfsizlik choralari samarasiz boʻlib qolsa, tegishli xavfsizlik koordinatori xavfsizlik choralari samarasizligining sabablarini koʻrsatgan holda boshqa xavfsizlik koordinatorlarini darhol xabardor qiladi.
3-§. Xavfsizlik jurnallari va tizimlar aro xavfsizlik choralarini qayd etish
343. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi xavfsizlikni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq xabarlarni xronologik tartibda qayd etish uchun xavfsizlik jurnallarini yuritadi, xavfsizlik jurnallari kamida bir yil davomida saqlanishi shart.
344. Taqsimlash tizimi operatori oʻrta kuchlanishli uskunalarda xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirishda soʻrov yuboruvchi va xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatorlari foydalanishi uchun tizimlar aro xavfsizlik choralarini qayd etish jurnalini yuritadi. Tizimlar aro xavfsizlik choralarini qayd etish jurnali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
xavfsizlik choralari koʻrilishi yoki oʻrnatilishi kerak boʻlgan uskunalar joyi va identifikatsiyasi;
xavfsizlik choralarini qoʻllash joyi va usullari;
xavfsizlik koordinatori tomonidan xavfsizlik choralari koʻrilganligining tasdiqlanganligi;
xavfsizlik koordinatori tomonidan xavfsizlik choralari endi zarur emasligi va olib tashlanganligining tasdiqlanganligi.
4-§. Xavfsizlik choralarini qoʻllash joylari
345. Foydalanuvchi tizimida (yoki taqsimlash tizimida) ishlab va sinashlar bajarilishida taqsimlash tizimida (yoki Foydalanuvchi tizimida) xavfsizlik choralarini koʻrishni talab etilsa, soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatoriga xavfsizlik choralari amalga oshirilishi lozim boʻlgan joyni kelishish haqida murojaat etadi.
Soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori ihotalash va yoki yerga ulash amalga oshirilishi tavsiya etiladigan joylarni koʻrsatadi.
346. Ihotalanishi kerak boʻlgan holatda xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatorini quyidagilar haqida xabardor qiladi:
joy va uskunani identifikatsiyasidan foydalangan holda har bir ihotalash nuqtasi identifikatsiyasi;
oʻtilgan ihotalashni amalga oshirish vositalari.
347. Yerga ulash amalga oshirilgan taqdirda, xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori darhol soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatoriga kuyidagilar haqida xabar beradi:
joy va uskunani identifikatsiyasidan foydalangan holda har bir yerga ulash nuqtasi identifikatsiyasi;
yerga ulashni amalga oshirish vositalari.
348. Soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori va xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori choralarni amalga oshirish joyi boʻyicha kelishuvga erishmasa, yerga ulagich oʻrta kuchlanishli uskunalar chiqishidagi eng yaqin oʻrnatish mumkin boʻlgan nuqtaga oʻrnatiladi.
5-§. Xavfsizlik choralarini amalga oshirish
349. Ihotalash va yerga ulash joylari kelishilganidan soʻng, xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori ihotalashni amalga oshirilishini taʼminlaydi.
350. Ihotalash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchining ichki xavfsizlik yoʻriqnomalariga asosan, holatga koʻra ochiq holatda qulflanadigan va xavfsizlik belgilari biriktirilgan yoki boshqa usulda mustahkamlangan ihotalash vositalari yoki oʻchirgich;
Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchining ichki xavfsizlik yoʻriqnomalariga muvofiq, tegishli jismoniy ajratish (yerga ulagichlar).
Qayta ulash nuqtalarida xavfsizlik belgilari oʻrnatilishi shart.
351. Xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori oʻz tizimining barcha joylarida talab qilingan ihotalashni amalga oshirganidan soʻng, soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatorini talab qilingan ihotalash tugaganligi haqida xabardor qiladi.
352. Ihotalash tasdiqlangandan soʻng, soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori talab etilgan ihotalash amalga oshirilganligi haqida xabar beradi hamda zarur boʻlsa yerga ulashni bajarishni soʻraydi.
353. Xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori yerga ulashni bajarishi va soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatorini uning tizimida yerga ulash bajarilganligi haqida xabar beradi.
354. Yerga ulash quyidagi usullar yoki kommutatsiya vositalaridan biri bilan bajariladi:
Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchining ichki xavfsizlik yoʻriqnomalariga asosan, holatga koʻra yopiq holatda qulflanadigan va xavfsizlik belgilari biriktirilgan yoki boshqa usulda mustahkamlangan yerga ulovchi oʻchirgich;
Taqsimlash tizimi operatori yoki foydalanuvchining ichki xavfsizlik yoʻriqnomalariga muvofiq, tegishli jismoniy ajratish (yerga ulagichlar).
Bundan tashqari, xavfsizlik belgisi ulanish nuqtasida va barcha tegishli bogʻliq qayta ulash nuqtalarida oʻrnatilishi shart.
355. Ajratkich yoki yerga ulagich oʻzining qulflash mexanizmi yoki blokirovkasi bilan qulflangan boʻlsa, kalitlar maxsus shkafda saqlanadi.
6-§. Sinov oʻtkazishga ruxsat berish va xavfsizlik choralarini bekor qilish
356. Soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori oʻrta kuchlanishli uskunalarni sinovdan oʻtkazishga faqat quyidagi talablarni bajarganidan soʻng ruxsat beradi:
xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatoridan ihotalangan uning tizimidagi biror bir joyida ishlash yoki sinov oʻtkazishga ruxsat berilmaganligi va hech kim ishlamayotganligi yoki sinov oʻtkazmayotganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan;
joriy xavfsizlik choralaridan tashqari barcha xavfsizlik choralari bekor qilingan;
Xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinator tizimning ushbu qismida sinovlarni oʻtkazishni soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori bilan kelishadi.
357. Soʻrov yuboruvchi xavfsizlik koordinatori xavfsizlik choralari talab qilinmaydi deb hisoblasa, xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi xavfsizlik koordinatori bilan bogʻlanishi va unga xavfsizlik choralari talab etilmasligi haqida xabar beradi hamda ikkala xavfsizlik koordinatori xavfsizlik choralarini bekor qiladi.
7-bob. Taqsimlash tizimini sinovdan oʻtkazish
1-§. Sinov oʻtkazish talablari
358. Taqsimlash tizimi operatori vaqti-vaqti bilan taqsimlash tizimining turli nuqtalarida elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlarini sinovdan oʻtkazish va (yoki) monitoring qilish zarurligini belgilaydi.
359. Taqsimlash tizimi operatori tomonidan maxsus sinov oʻtkazish va (yoki) monitoring qilish uchun asos boʻlib, taqsimlash tizimidagi elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlari yuzasidan shikoyatlar hisoblanadi.
360. Muayyan holatlarda Taqsimlash tizimi operatori foydalanuvchi vakilining kuzatuvi ostida Foydalanuvchining ulanish nuqtasida sinov oʻtkazish va (yoki) monitoring qilishni talab etish huquqiga ega.
361. Ulanish nuqtasida sinov oʻtkazish va (yoki) monitoring qilish zarur boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchini xabardor qiladi va Foydalanuvchiga bunday sinovlar natijalarini taqdim etadi.
362. Foydalanuvchining talabiga binoan takroriy sinovlar oʻtkazilishi mumkin. Bunda xarajatlar Foydalanuvchi tomonidan qoplanadi.
363. Sinov natijalari Foydalanuvchining texnik parametrlari elektr energiyasi sifati meʼyorlari chegaralaridan tashqarida ekanligini koʻrsatsa, Foydalanuvchi bu haqida xabardor qilinadi. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatori bilan kelishilgan muddatda vaziyatni tuzatishi shart.
Foydalanuvchi vaziyatni toʻgʻrilay olmasa, Taqsimlash tizimi operatori ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasiga muvofiq Foydalanuvchini taqsimlash tizimidan uzib qoʻyishi mumkin.
2-§. Foydalanuvchining taqsimlash tizimiga taʼsirini monitoring qilish
364. Taqsimlash tizimi operatori vaqti-vaqti bilan Foydalanuvchi tizimining taqsimlash tizimiga taʼsirini kuzatib boradi.
Monitoring odatda ulanish nuqtasi orqali uzatiladigan aktiv va reaktiv quvvat miqdori bilan bogʻliq boʻladi.
365. Foydalanuvchi taqsimlash tizimidan ulanish shartnomasida koʻrsatilganidan ortiq hajmni qabul qilgan (uzatgan) yoki ulanishni oʻzgartirgan taqdirda, Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchini bu haqida xabardor qiladi.
Foydalanuvchining soʻroviga binoan Taqsimlash tizimi operatori bunday monitoring natijalarini taqdim etishi shart.
366. Foydalanuvchi monitoring qilish usuli haqida texnik maʼlumot soʻrashi va kerak boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori uchun maqbul boʻlgan boshqa usulni soʻrash huquqiga ega.
367. Foydalanuvchi mazkur Qoidalarning 66 — 83-bandalarida belgilangan chegaralardan tashqarida ishlayotgan boʻlsa, foydalanuvchi darhol ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan qiymatgacha elektr energiyasi uzatishni cheklashi talab etiladi.
Cheklov yangi oʻzgartirilgan ulanish shartnomasi imzolanmaguncha va ulanish nuqtasiga kerakli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar amal qiladi.
368. Foydalanuvchining isteʼmoli ulanish nuqtasining nominal quvvatidan oshsa, Foydalanuvchi ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan qiymatgacha quvvat uzatishni cheklashi shart.
3-§. Tizim sinovlariga talablar
369. Taqsimlash tizimiga yoki Foydalanuvchi tizimiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday noodatiy yoki ekstremal sharoitlarni modellashtirish yoki boshqaruv ostida qoʻllanilishini oʻz ichiga olgan tizim sinovlari xodimlar yoki jamoatchilikka xavf tugʻdirmaydigan tarzda oʻtkaziladi.
370. Taqsimlash tizimini yoki Foydalanuvchi tizimini tizimli sinovdan oʻtkazishda asbob-uskunalar, taqsimlash tizimi va foydalanuvchi tizimlarining shikastlanish ehtimoli minimallashtirilishi talab etiladi.
4-§.Tizim sinovlarini oʻtkazish boʻyicha soʻrov yuborish
371. Foydalanuvchi oʻz tizimida sinovlar oʻtkazishni rejalashtirilgan boʻlsa, u holda Taqsimlash tizimi operatoriga quyidagilarni oʻz ichiga olgan tizim sinovlarini oʻtkazish boʻyicha soʻrov yuboradi:
rejalashtirilgan tizim sinovining maqsadi va tavsiflari;
tegishli uskunalarning quvvati va holati;
almashlab ulash ketma-ketligi va vaqtini belgilovchi tizim sinovining rejalashtirilgan tartibi.
372. Tizim sinovi tashabbuskori Taqsimlash tizimi operatoriga taklif etilayotgan tizim sinovini rejalashtirish uchun yetarli vaqt berishi lozim. Taqsimlash tizimi operatori tizim sinovining har bir turi uchun zarur boʻlgan vaqtni belgilaydi.
373. Soʻrovda mavjud boʻlgan maʼlumotlar yetarli boʻlmasa yoki tavsiya etilgan sinov tartibi xodimlarning xavfsizligi va taqsimlash tizimining ishonchliligini taʼminlay olmasa, taklif etilgan tizim sinovini tasdiqlashdan oldin Taqsimlash tizimi operatori qoʻshimcha maʼlumot soʻraydi.
374. Taqsimlash tizimi operatori taklif etilayotgan tizim sinovi taʼsir etishi mumkin boʻlgan tizim sinovi tashabbuskoridan tashqari boshqa Foydalanuvchilarni aniqlaydi va xabardor qiladi.
375. Taqsimlash tizimi operatori tizim sinovlari taqsimlash tizimining xavfsizligi va ishonchliligini taʼminlash uchun zarur deb hisoblasa, tizimni sinovdan oʻtkazishni boshlaydi.
5-§. Tizim sinovlarini oʻtkazish guruhi
376. Taqsimlash tizimi operatori tizim sinovlarining tashabbuskori boʻlsa, u barcha sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilarni rejalashtirilgan sinovlar haqida xabardor qiladi.
Taqsimlash tizimi operatori tizim sinovlari tashabbuskori boʻlmasa, u tizim sinovlarini oʻtkazish boʻyicha soʻrov qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida rejalashtirilgan sinov tashabbuskorini va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilarni xabardor qilishi lozim.
377. Xabarnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
taklif etilayotgan tizim sinovlarining maqsadi, sinov oʻtkaziladigan uskunaning hajmi va holati, tizim sinovi tashabbuskori va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilarni;
taklif etilayotgan tizim sinovini muvofiqlashtirish uchun tashkil etiladigan tizim sinovlari guruhiga vakillarni tayinlash taklifni;
tizim sinovi oʻrta kuchlanishli uskunalarda ish yoki sinovdan oʻtkazishni nazarda tutsa, xavfsizlik tartibini.
378. Taqsimlash tizimi operatori, tizim sinovi tashabbuskori va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilar Taqsimlash tizimi operatoridan xabarnoma olingan kundan boshlab bir oy ichida tizim sinovi guruhiga oʻz vakillarini tayinlaydi.
Ushbu muddat ichida sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilar xabarnomaga javob bermasa, Taqsimlash tizimi operatori rejalashtirilgan tizim sinovlarini oʻtkazishni boshlaydi.
379. Taqsimlash tizimi operatori tizim sinovlarini oʻtkazish guruhini tashkil etishi va guruh rahbari vazifasini bajaruvchi tizim sinovi koordinatorini tayinlaydi. Tizim sinovi koordinatori Taqsimlash tizimi operatorining xodimi yoki tizimni sinovdan oʻtkazish tashabbuskori boʻladi.
380. Tizim sinovlarini oʻtkazish guruhi aʼzolari guruh tuzilganidan keyin bir oy ichida yigʻiladi. Tizim sinovlarini oʻtkazish guruhi yigʻilishining kun tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
oʻtkazilayotgan tizim sinovlarining maqsadi va tavsifi, shuningdek, tizim sinovi soʻroviga kiritilgan boshqa masalalar tafsilotlari;
tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan tizimni sinovdan oʻtkazish tartibini baholash va tizim sinovlarining yakuniy tartibini ishlab chiqish uchun zarur oʻzgartirishlarni kiritish;
taklif etilayotgan tizim sinovini taqsimlash tizimi yoki Foydalanuvchi tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish dasturlari doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa uskuna sinovlari va texnik xizmat koʻrsatish bilan bir vaqtda oʻtkazish imkoniyati;
taqsimlash tizimi, boshqa foydalanuvchilar tizimlari va generatsiyalovchi modulni dispetcherlash va rejalashtirish uchun tavsiya etilgan sinovlarning iqtisodiy va ekspluatatsiya qilish oqibatlari va xavflari.
381. Taqsimlash tizimi operatori, tizimni sinovdan oʻtkazish tashabbuskori (Taqsimlash tizimi operatori boʻlmasa) va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilar (jumladan, tizim sinov guruhida boʻlmaganlar) tizim sinov guruhiga soʻrov boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan har qanday batafsil maʼlumotni taqdim etadi.
6-§. Tizim sinovlari dasturi
382. Birinchi yigʻilishdan keyin ikki oy ichida va rejalashtirilgan tizim sinovi sanasidan kamida bir oy oldin, tizim sinovi guruhi Taqsimlash tizimi operatoriga, sinov tashabbuskoriga (Taqsimlash tizimi operatori boʻlmasa) va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilarga quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak boʻlgan rejalashtirilgan tizim sinovi dasturini taqdim etadi:
tizim sinovlarini oʻtkazish rejasi;
tizim sinovlarini oʻtkazish tartibi va sinovlarni nazorat qilish usuli;
tizim sinovlarini oʻtkazishda ishtirok etadigan masʼul shaxslar, shu jumladan tegishli ravishda xavfsizlik koordinatorlari roʻyxati;
tizim sinovlari xarajatlarini ishtirokchilar oʻrtasidagi taqsimoti;
tomonlar rahbariyatining roziligi bilan tizim sinovi guruhi tegishli va zarur deb hisoblaydigan boshqa masalalar.
383. Taklif etilayotgan tizim sinovi dasturi Taqsimlash tizimi operatori, tashabbuskor va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilar uchun maʼqul boʻlsa, tizim sinovining yakuniy dasturi tasdiqlanadi va unga muvofiq sinovlar oʻtkaziladi.
Aks holda, tizim sinovi guruhi tizim sinovi dasturini qayta koʻrib chiqadi.
384. Tizim sinov guruhi sinov dasturini ishlab chiqa olmasa yoki uni amalga oshirishni kelisha olmasa, Taqsimlash tizimi operatori taqsimlash tizimining xavfsizligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida tizim sinovlarini oʻtkazish zarurligiga nisbatan qaror qabul qiladi.
385. Tizim sinovi koordinatori sinovlar oʻtkazish sanasidan oldin tizim sinovi dasturiga taklif qilingan har qanday qayta koʻrib chiqish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida imkon qadar qisqa muddatda yozma ravishda xabardor qilinishi shart.
Tizim sinovi koordinatori taklif etilayotgan qayta koʻrib chiqish yoki oʻzgartirishni koʻrib chiqishga loyiq deb hisoblasa, u Taqsimlash tizimi operatorini, sinov tashabbuskorini va sinovlar taʼsir etishi mumkin boʻlgan Foydalanuvchilarni taklif etilgan oʻzgartirishlarni kiritish uchun tegishli harakatlarni amalga oshirishlari haqida xabardor qiladi.
Tizim sinovi koordinatoriga eʼtirozlar kelib tushmasa, tizim sinovi dasturi oʻzgartirishlar yoki tuzatishlar bilan davom ettiriladi.
386. Rejalashtirilgan tizim sinovi kunida tizim holati barqaror boʻlmasa, tizim sinov koordinatori sinovni keyinga qoldirishni tavsiya etadi.
7-§. Tizim sinovlari hisoboti
387. Tizim sinovi tugagandan soʻng ikki oy ichida sinov tashabbuskori tizim sinovi hisobotini tayyorlaydi va uni Taqsimlash tizimi operatoriga, sinovlar taʼsir etgan Foydalanuvchilarga va guruh aʼzolariga taqdim etadi.
388. Tizim sinovi hisoboti topshirilgandan soʻng tizim sinov guruhi faoliyati avtomatik ravishda toʻxtatiladi.
389. Taqsimlash tizimi operatori tizim sinovi hisobotini koʻrib chiqish va tavsiyalar berish uchun Nazorat qiluvchi organga taqdim etadi.
8-bob. Generatsiyalovchi modullar sinovi
390. Quvvat sinovlari oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarning qayd etilgan quvvat ishlab chiqarishi mazkur Qoidalarning III boʻlimi 2 va 4-boblari talablariga muvofiqligini koʻrsatib berishi talab etiladi.
Oʻlchangan qiymatlar Tizim operatori tomonidan Taqsimlash tizimi operatori orqali qayd etilgan quvvatning ±5 foizi atrofida boʻlsa, generatsiyalovchi modul sinovdan oʻtgan deb hisoblanadi.
391. Chastotaga chidamlilik sinovi oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarni mazkur Qoidalarning 126 — 131-bandlarda koʻrsatilgan vaqt davomida tarmoq bilan sinxron holatda qolish imkoniyatiga ega ekanligini koʻrsatishi shart.
Yagona elektr energetikasi tizimi chastotasi ruxsat etilgan qiymatlar chegarasida boʻlganida generator yuqorida koʻrsatilgan talablarga mos kelmasa, ushbu generator sinovdan oʻtkaziladi.
392. Aktiv quvvatni boshqarish sinovi oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarni aktiv quvvatni rostlashni taʼminlash imkoniyatiga ega ekanligini koʻrsatib beradi.
Oʻlchangan koʻrsatkich MW/Nz da besh soniya ichida talab etilgan koʻrsatkichning ±5 foizi chegarasida boʻlsa, generatsiyalovchi modul sinovdan oʻtgan deb hisoblanadi.
393. Reaktiv quvvatni boshqarish sinovlari oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarining ulanish nuqtasida reaktiv quvvatni boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini koʻrsatib beradi. Generatsiyalovchi modul quyidagi holatlarda sinovdan oʻtgan deb hisoblanadi:
kuchlanishni boshqarish rejimida ulanish nuqtasidagi kuchlanishni maksimal 0,01 n.b. ga qadar boshqarish imkoniyatiga ega boʻlganda;
quvvat koeffitsiyentini boshqarish rejimida ulanish nuqtasida 0,01 n.b dan ortiq boʻlmagan qadamlarda belgilangan quvvat koeffitsiyenti bilan zarur reaktiv quvvat oraligida quvvat koeffitsiyenti boshqarishga qodir boʻlganda.
394. Tez ishga tushirish sinovlari generatsiyalovchi modulning avtomatik ravishda ishga tushish, taqsimlash tizimi orqali tarmoq bilan sinxronlash va mazkur Qoidalarning 122-bandida koʻrsatib oʻtilganidek oʻrnatilgan quvvatgacha yuklanish imkoniyatini koʻrsatib berishi kerak.
395. Noldan ishga tushirish sinovi noldan ishga tushirish imkoniyatiga ega generatsiyalovchi modul mazkur Qoidalarning 120-121-bandlariga muvofiq, noldan ishga tushirish jarayonini amalga oshirish imkoniyatini koʻrsatadi.
Generatsiyalovchi modul noldan ishga tushirilsa, taqsimlash tizimi orqali tarmoq bilan sinxronlashsa va tashqi taʼminot manbaisiz belgilangan quvvatga erishsa, sinovlar muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
396. Oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modulning oʻrnatilgan (loyihaviy) tavsiflarining sinovlari generatsiyalovchi modulni buyurtma qilingan parametrlarga muvofiq elektr energetikasi rejimlari rejasiga kiritish mumkinligini koʻrsatib beradi.
397. Oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarni dispetcherlashning aniqligi boʻyicha sinovlar, generatsiyalovchi modulning ishchi parametrlari rejalashtirish va dispetcherlash parametrlariga mos kelishini koʻrsatib beradi. Generatsiyalovchi modul kuyidagi holatlarda sinovdan oʻtgan deb hisoblanadi:
sinxronlash holatida jarayon belgilangan sinxronlash vaqtidan ±5 daqiqa oraligʻida sodir boʻlganda;
sinxronlashgan generatsiya holatida (rejalashtirish va dispetcherlash parametrlari sifatida qayd etilgan boʻlsa) erishilgan sinxronlashgan generatsiya oʻrnatilgan quvvatning 2,5 foiz ekvivalentiga teng xatolik darajasida ishlaganda;
oʻzgarish tezligi belgilangan koʻrsatkichning ±10 foizi doirasida boʻlganda;
yuklamani pasaytirish tezligi belgilangan koʻrsatkichning ±10 foizi oraligʻida boʻlganda.
boshqa barcha rejalashtirish va dispetcherlash parametrlari uchun qiymatlar belgilangan koʻrsatkichlarning ±1,5 foizi oraligʻida boʻlganda.
398. Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA) hamda aloqa tizimlari sinovlari oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modulning quyidagi imkoniyatlarini koʻrsatib beradi:
ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan Taqsimlash tizimi operatori yoki Tizim operatorining SCADA tizimidan aktiv quvvatning yoki kuchlanish belgilangan qiymatini va (yoki) oʻchirish signallarini qabul qilishni;
Taqsimlash tizimi operatoriga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan signallarni yuborishni;
399. Himoya tizimlarini sinovdan oʻtkazishda barcha himoya vositalari (uskunalari) Taqsimlash tizimi operatori bilan kelishilgan, talab etilgan sozlamalar va selektivlik (tanlovchanlik) bilan ishlashini koʻrsatib berishi shart.
Ushbu sinovlar elektr taʼminoti uzilgan taqdirda generatsiyalovchi modul taqsimlash tizimidan oʻchirilishini koʻrsatib berishi kerak.
400. Qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni sinovdan oʻtkazish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning miqdori va hajmi, xizmatlarning oʻz vaqtida koʻrsatilayotganligi hamda boshqa ekspluatatsiya talablariga maqbulligini koʻrsatadi.
Shu bilan birga, Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori tomonidan tizimdan olingan maʼlumotlarga asosan, qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish sifati yuzasidan nazorat olib boriladi.
401. Energetika vazirligi bir yoki bir nechta muhim hodisalar yoki Tizim operatori va Taqsimlash tizimi operatori eʼtirozlari tahlili asosida generatsiyalovchi modul mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydi deb hisoblasa, oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar uchun quyidagi sinovlar oʻtkaziladi:
elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlari sinovi generatsiyalovchi modulni mazkur Qoidalarning II boʻlimi 1-bob va III boʻlimi 4-boblarida koʻrsatib oʻtilgan talablarga javob berishini koʻrsatadi. Ulanish nuqtasida oʻlchangan koʻrsatkichlar belgilangan qiymatlarning ±5 foizi chegarasida boʻlsa, generatsiyalovchi modul sinovdan oʻtgan hisoblanadi;
tarmoqning barqaror rejimlari buzilgan holatlardagi sinovlar, generatsiyalovchi modul mazkur Qoidalarning 134-135-bandlarida belgilangan kuchlanish pasayishiga bardosh bera olishini koʻrsatadi.
402. Kichik va mikro quvvatli generatsiyalovchi modullarning muvofiqligini koʻrsatish uchun kelishilgan tartibda quyidagi sinovlar amalga oshiriladi:
reaktiv quvvat sinovi — kichik va mikro quvvatli generatsiyalovchi modul taqsimlash tizimiga ulanishi, aktiv quvvat ishlab chiqarishi va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishi mumkinligini koʻrsatib beradi. Bunda quvvat koeffitsiyenti induktiv xarakterda 0,95 hamda sigʻim xarakterda 0,95 gacha boʻlsa, generatsiyalovchi modul sinovdan oʻtgan deb hisoblanadi;
himoya tizimlari sinovi — talab etilgan sozlamalar va himoyaning selektivlik (tanlovchanlik) bilan ishlashini koʻrsatib berishi hamda elektr energiyasi taʼminoti uzilgan taqdirda generatsiyalovchi modul taqsimlash tizimidan oʻchirilishini koʻrsatib berishi;
qayta ulanish vaqtini tekshirish (blokirovkani sinash) — elektr energiyasi taʼminoti yoʻqolishidan himoya ishga tushganidan soʻng, generatsiyalovchi modul blokirovka holatida qolishini va tarmoqda taʼminot tiklanganidan soʻng kamida 10 daqiqa davomida avtomatik ravishda qayta ulash amalga oshirilmasligini koʻrsatib berishi;
sinxronlash sinovlari — generatsiyalovchi modulning taqsimlash tizimi bilan avtomatik ravishda sinxronlash qobiliyatiga ega ekanligini koʻrsatishi;
aloqa vositalari sinovlari — Taqsimlash tizimi operatori talabiga asosan, SCADA va aloqa vositalari oʻrnatilgan kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar Taqsimlash tizimi operatoriga ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan signallarni uzatish imkoniyatiga ega ekanligini koʻrsatib berishi talab etiladi.
403. Barcha sinovlar Taqsimlash tizimi operatori, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchisi va (yoki) Foydalanuvchining vakolatli vakillari tomonidan tasdiqlanadi va qayd etiladi.
404. Generatsiyalovchi modullar sinovdan oʻta olmasa, generatsiyalovchi modul operatori tegishli qayd etilgan parametrlarga erishish uchun kelishilgan muddat ichida kamchiliklarni bartaraf etadi.
405. Generatsiyalovchi modulning maʼlum sinovlardan oʻtmaganligi bilan bogʻliq nizo yuzaga kelsa, Taqsimlash tizimi operatori, generatsiyalovchi modul operatori va (yoki) Foydalanuvchi nizoni oʻzaro hal etishga harakat qiladi.
Bunda nizoni hal etishning imkoniyati boʻlmasa, tomonlardan biri ushbu masala yuzasidan Energetika vazirligiga murojaat qiladi.
406. Generatsiyalovchi modullar operatorlari Taqsimlash tizimi operatorining talabiga binoan, generatsiyalovchi modulning muayyan modeli ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan sinovdan oʻtganligini tasdiqlovchi ushbu modullarni ishlab chiqaruvchisi tomonidan berilgan sinov hisobotini taqdim etishi mumkin.
Hisobotda sinovdan oʻtgan generatsiyalovchi modulning modeli, sinov shartlari va qayd etilgan natijalar batafsil tavsiflanadi hamda ushbu maʼlumotlarning barchasi sinov hisobotiga kiritiladi.
9-bob. Obyekt va uskunani identifikatsiyalash
407. Taqsimlash tizimi operatori barcha elektr sxemalarida, ulanish nuqtasi chizmalarida, ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomalarda, xabarnomalarda va boshqa hujjatlarda har qanday obyekt yoki uskunani aniqlash uchun foydalaniladigan belgilangan obyekt va uskunalarni identifikatsiyalash tizimini ishlab chiqadi va joriy etadi.
Obyekt va uskunalarni identifikatsiyalash tizimi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi talab etiladi.
408. Obyektning identifikatsiya raqami ulanish nuqtasi, podstansiya va taqsimlovchi qurilmaning nomini oʻz ichiga olishi hamda har bir obyekt uchun yagona boʻlishi kerak.
409. Uskunaning identifikatsiya raqami har bir transformator, taqsimlash tarmogʻi, shina, oʻchirgich, ajratkich, yerga ulagich, kondensator batareyasi, reaktor, yashindan himoyalagich (razryadnik), aloqa kondensatori va ulanish nuqtasidagi boshqa oʻrta kuchlanishli uskunalar uchun yagona boʻlishi shart.
410. Taqsimlash tizimi operatori obyektlar va uskunalarni identifikatsiyalash uchun belgilar oʻlchami va rangi, yorliqlar oʻlchami va rangini oʻz ichiga olgan standart markirovkalash (belgi) tizimini ishlab chiqadi va joriy etadi.
411. Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi oʻz tizimidagi har bir obyekt va uskunani identifikatsiyalashda aniq va bexato belgilarni ishlab chiqish va ularni oʻrnatish uchun javobgardir.
VI boʻlim. Elektr energiyasini hisobga olish
1-bob. Hisobga olish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
412. Elektr energiyasi sarfi hajmini hisobga olishda hisobga olish tizimi qonunchilik, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida joriy etilishi va quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga olishi mumkin:
elektr energiyasi sarfi hajmini hisobga olish uskunasi (keyingi oʻrinlarda — hisoblagich) va unga qoʻshimcha ravishda oʻrnatilgan impulsni qayd etish moslamasi, vaqt manbai va batareyasi;
oʻlchov transformatorlari;
ulash kabellari va tegishli qurilmalar, shuningdek, sinash bloki yoki oʻchirib-yoqish qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagich shkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflari.
413. Hisobga olish nuqtasi (hisob-kitob nuqtasi) Foydalanuvchilarning taqsimlash tizimiga ulanish nuqtasida joylashgan boʻlishi lozim. Hisoblagichni oʻrnatish texnik tomondan murakkab, iqtisodiy jihatdan samarasiz va maqsadga muvofiq emas deb topilgan holatlar bundan mustasno.
414. Hisob-kitob nuqtasini maʼlum asosli sabablarga koʻra ulanish nuqtasiga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, hisoblagich oʻzaro kelishuv yoki Taʼminotchining taklifiga muvofiq boshqa joyda oʻrnatiladi.
Bunda hisob-kitob qilinadigan miqdorni aniqlashda Taqsimlash tizimi operatori tomonidan yetkazib beriladigan yoki isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hisoblagich koʻrsatkichlariga kelishilgan hisob-kitob nuqtasi va ulanish nuqtasi orasidagi yoʻqotishlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritiladi.
415. Taqsimlash tizimi operatorining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
hisobga olish tizimining yaxlitligi va aniqligini taʼminlash uchun hisobga olish tizimi va uning tarkibiy qismlarini loyihalash, oʻrnatish, ishlatish va texnik xizmat koʻrsatish uchun javobgar boʻlish;
ushbu bobga muvofiq hisobga olish tizimini oʻrnatish, ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazilishini taʼminlash;
Taʼminotchi tomonidan belgilangan yoki elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan joyda hisobga olish tizimini oʻrnatish;
hisobga olish tizimining barqaror ishlashini taʼminlash;
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisoblagich koʻrsatkichlarini qayd etish, jamlash, tekshirish va yuborish;
hisobga olish tizimini, maʼlumotlarni yigʻish uskunalari va unga tegishli uskunalarni muhrlash.
416. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchilar mazkur bob talablariga muvofiq vakolatli shaxslarning hisobga olish uskunalarini toʻsqinliksiz borib koʻrish imkoniyatini yaratishi kerak.
417. Hisoblagichlarni yetkazib berish boʻyicha javobgarlik va boshqa majburiyatlar Foydalanuvchi va Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
418. Ulanish shartnomasi va elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq Foydalanuvchining barcha ulanish nuqtalarida taqsimlash tizimidan qabul qilingan va (yoki) unga uzatilgan aktiv va reaktiv elektr energiyasi hajmi hamda quvvati hisobga olinadi.
Ulanish nuqtasi hisoblash, qayd etish va tekshirish uchun ochiq boʻlishi shart.
419. Hisobga olish tizimi reaktiv energiya uzatilishi va isteʼmolini hisobga olish vositalari bilan taʼminlanishi hamda reaktiv energiya oqimlarini oʻlchashi talab etiladi.
420. Oʻlchov (kuchlanish, tok) transformatorlariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
aniqlik sinfi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasidan oshmasligi;
ishlab chiqaruvchining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi;
minimal yoki maksimal doimiy ikkilamchi ishchi koʻrsatkichlar (kuchlanish, tok va fazalar ketma ketligi belgilangan diapazonga mos boʻlishi) hisoblagichning aniqligiga yoki ishlashiga taʼsir qilmasligi;
ikkilamchi klemma qutisidan hisobga olish tizimi shkafigacha boʻlgan oraliqdagi barcha oʻtkazgichlar qattiq metall oʻtkazgich orqali oʻtkazilgan boʻlishi.
421. Hisobga olish tizimlari tashqi taʼsirdan va elektr energiyasini notoʻgʻri hisoblashga olib keluvchi harakatlardan himoyalangan boʻlishi shart.
Hisobga olish tizimlari maxsus shkafga joylashtirilgan boʻlishi va tashqi aralashuvning oldini olish maqsadida muhr va qulf bilan himoyalangan boʻlishi hamda koʻrsatkichlarni qayd etish va nazorat uchun qulay boʻlishi talab etiladi.
Taqsimlash tizimi operatori vaqti-vaqti bilan xavfsizlik qulflari va muhrlarini butligini tekshiradi.
422. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchilar oʻzlarining obyektlaridagi mavjud hisobga olish tizimining yaroqli holda saqlanishi uchun javobgardir.
423. Taqsimlash tizimi operatori (yoki uning vakolatli shaxsi), Taʼminotchi, Nazorat qiluvchi organning vakolatli vakillari va Foydalanuvchi ishtirokida hisobga olish tizimi muhrlanadi. Hisobga olish tizimiga oʻrnatilgan yoki undan olib tashlangan barcha muhrlar roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda tuzilgan dalolatnomalar ikkala tomon va Taʼminotchi vakili tomonidan imzolanadi.
424. Hisobga olish tizimining butunligi buzilganligi (qulflar va plombalarning ruxsatsiz ochilganligi) haqida aniqlagan tomon boshqa tomonni va Nazorat qiluvchi organni xabardor qilishi shart.
425. Taqsimlash tizimi operatori har qanday butunlikni buzilishi haqidagi xabarni ushbu buzilishni hisobga olish tizimiga, elektr energiyasi hajmini hisoblashga taʼsirini aniqlash maqsadida oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish natijalari yuzasidan xulosalar Nazorat qiluvchi organ, Taʼminotchi va Foydalanuvchiga taqdim etiladi.
2-bob. Hisobga olish tizimini ekspluatatsiyaga kiritish, sinash va xizmat koʻrsatishga qoʻyiladigan talablar
426. Hisobga olish tizimlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda tijorat hisobga olishga tayyor deb hisoblanadi:
oʻlchov transformatorlari ularning pasport maʼlumotlari (yorliqlari) va ishlab chiqaruvchi korxonada oʻtkazilgan sinash hisobotlarining talablarga muvofiqligi tekshirilgan hamda koʻrsatkichlari mosligi tasdiqlanganda;
hisoblagichlar texnik talablarga mosligi tasdiqlanganda;
hisobga olish tizimi ushbu boʻlim talablariga muvofiq oʻrnatilgan, ulangan va sinashdan oʻtkazilganda.
427. Taqsimlash tizimi operatori yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi tomonidan sinashdan oʻtkazilmagan va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan oʻlchov transformatorining oʻrnatilishi va ekspluatatsiyaga kiritilishi taqiqlanadi.
428. Oʻlchov transformatorlarini sinashdan oʻtkazish Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchining vakolatli vakili ishtirokida sinovlar va ekspluatatsiyaga kiritish bosqichida, shuningdek, ushbu transformatorning aniqlik darajasini koʻrib chiqish zaruriyati tugilganda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
429. Ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin oʻlchov transformatorlari quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha sinashdan oʻtkaziladi:
birlamchi chulgʻamga beriladigan kuchlanish va tokning belgilangan yuklamasida faza xatoligi va koeffitsiyenti;
izolyatsiyaning yaxlitligi;
yuklamani tekshirish.
430. Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini(hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
431. Foydalanuvchi va Taʼminotchi oʻrtasida hisoblagichning toʻgʻri ishlashi boʻyicha kelishuvga erishilmasa yoki hisobga olish boʻyicha nizolar yuzaga kelsa, bu masalaga Taqsimlash tizimi operatori ham jalb etiladi.
432. Taqsimlash tizimi operatori hisobga olish tizimlariga belgilangan tartibda xizmat koʻrsatishi, shu bilan birga barcha qiyoslash va sinash natijalari, texnik xizmat koʻrsatish dasturlari va muhrlash yozuvlarini saqlashi kerak.
Maʼlumotlar, qiyoslash va sinash natijalari Taqsimlash tizimi operatori tomonidan Foydalanuvchining soʻroviga binoan taqdim etiladi.
433. Hisobga olish tizimlari hisoblagichlarni sinash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qonunchilik, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi va texnik xizmat koʻrsatilishi kerak. Muntazam texnik xizmat koʻrsatish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
hisobga olish tizimini aniqligini davriy qiyoslash, sinash hamda tekshirish;
vaqti-vaqti bilan hisoblagich soatini Oʻzbekiston Respublikasining Muvofiqlashtirilgan universal vaqtidan ogʻishini tekshirish.
434. Xabar qilingan nosozlik yoki hisobga olish tizimining ishdan chiqishi, shuningdek, hisobga olish maʼlumotlaridagi noaniqliklar Taqsimlash tizimi operatori tomonidan tekshiriladi va bartaraf etiladi.
Hisoblagich ishdan chiqishi yoki notoʻgʻri ishlashi tasdiqlansa, Taqsimlash tizimi operatori tomonidan nosozliklar bartaraf etilguniga qadar hisoblagich maʼlumotlariga tuzatishlar yoki oʻzgartirishlar kiritiladi.
3-bob. Hisoblagich koʻrsatkichlarni yozib olish va hisobga olish maʼlumotlari
435. Hisoblagichlar koʻrsatkichlari Taqsimlash tizimi operatorining vakolatli vakili tomonidan Taʼminotchi va Foydalanuvchining vakolatli vakili ishtirokida elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan sanada yozib olinadi (qayd etiladi).
436. Toʻlov hujjatlarini taqdim etish uchun asos boʻladigan hisoblagich koʻrsatkichlari Taqsimlash tizimi operatori tomonidan hisoblagichidan olingan maʼlumotlarining yaxlitligi va xavfsizligini taʼminlaydigan dasturiy taʼminot orqali yigʻilishi (olinishi) shart.
Hisoblagichning qabul qilingan maʼlumotlari Taqsimlash tizimi operatori tomonidan quyidagi manzillarga yetkaziladi:
elektr taʼminoti shartnomasi va chakana bozor qoidalariga muvofiq toʻlov hujjatlarini shakllantirish uchun Taʼminotchiga;
shartnomaga muvofiq Foydalanuvchilarga;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli tomonlarga.
437. Hisobga olish maʼlumotlarini tekshirish qonunchilikda belgilangan usullar, jarayonlar va mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
438. Hisoblagich yoki oʻlchash maʼlumotlari boʻlmagan holatda Taqsimlash tizimi operatori maʼlumotlarni tekshirish va arifmetik usullaridan foydalangan holda oʻrta qiymatni hisoblaydi.
439. Taqsimlash tizimi operatori hisoblagichlarning hisobga olingan va tuzatishlar kiritilgan maʼlumotlarini alohida boshqariladigan saqlash tizimlarida kamida besh yil davomida saqlashi hamda vakolatli tomonlar nizolarni hal etish va boshqa qonuniy maqsadlarda maʼlumot sifatida foydalanish uchun taqdim etadi.
Maʼlumotlar bazasida saqlangan hisobga olish maʼlumotlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
440. Hisoblagich maʼlumotlariga kiritilgan tuzatishlar yuzasidan hujjatlashtirilgan yozuvlar Taqsimlash tizimi operatorlarida va Foydalanuvchilarda, shuningdek tuzatishlar kiritishda Nazorat qiluvchi organ ishtirok etganda Nazorat qiluvchi organda saqlanadi.
441. Hisobga olish maʼlumotlariga konfidensial maʼlumot sifatida qaraladi va ulardan faqat quyidagi vakolatli shaxslar foydalanishlari mumkin:
hisob-kitoblar va monitoringni amalga oshirish maqsadida Taqsimlash tizimi operatori;
hisob-kitoblarni amalga oshirish va toʻlov hujjatlarini shakllantirish maqsadida Taʼminotchi;
hisob-kitob uchun Foydalanuvchi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli tomonlar.
VII boʻlim. Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tatbiq etish
442. Mazkur Qoidalar doirasida Energetika vazirligi:
mazkur Qoidalar ijrosini nazorat qiladi;
taqsimlash tizimlarini ishonchlilik koʻrsatkichlari va samaradorlik mezonlarini baholaydi va tavsiyalar beradi;
taqsimlash tizimlarini rivojlantirish, texnik xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya qilish dasturlari hamda ulanishga taalluqli meʼyorlar va talablarni bajarilishini tahlil qiladi;
taqsimlash tizimlari ishi va mazkur Qoidalar boʻyicha zaruratga koʻra maxsus hisobotlarni tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasi va Energetika bozori regulatoriga kiritib boradi.
443. Mazkur qoidalarning har qanday talablarini talqin qilish va (yoki) qoʻllash bilan bogʻliq savollar Energetika vazirligi tomonidan quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
tomon yozma ravishda mazkur Qoidalarning koʻrib chiqilayotgan shartlari va talablarini aniq koʻrsatgan holda murojaat qiladi;
soʻrov keltirilgan vajlar asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Energetika vazirligi mazkur masalani koʻrib chiqish uchun tegishli texnik ishchi guruh tuzishi va joyida oʻrganish oʻtkazishi mumkin;
texnik ishchi guruhi soʻrovning mohiyatini muhokama qilish va kerak boʻlsa, tasdiqlovchi hujjatlarni toʻplash uchun tegishli tomonlarni jalb etadi va muhokama oʻtkazadi;
amalga oshirilgan ishlar, soʻrovga javob va texnik ishchi guruhining har qanday tavsiyalari rasmiylashtiriladi hamda Energetika vazirligiga taqdim etiladi;
Energetika vazirligi soʻrovga rasmiy javobni, shu jumladan tushuntirishlar va tavsiyalarni murojaatchiga hamda nusxasi Taqsimlash tizimi operatoriga taqdim etadi.
444. Mazkur Qoidalarda koʻzda tutilmagan holatlar yuzaga kelsa, Taqsimlash tizimi operatori imkon qadar qisqa muddatda barcha jalb etilgan Foydalanuvchilar bilan koʻzda tutilmagan holatlarni bartaraf etish boʻyicha kelgusi harakatlar yuzasidan muzokara oʻtkazadi.
445. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan favqulodda vaziyatlarda Taqsimlash tizimi operatori zarur deb hisoblagan har qanday choralarni koʻrishi shart. Amalga oshirilgan harakatlar, natijalar va baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobini yuritish uchun Energetika vazirligiga, jalb qilingan Foydalanuvchilar va Taʼminotchilarga taqdim etiladi.
446. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchiga nisbatan asossiz bir tomonlama xatti-harakatlari yoki koʻrilgan choralari uchun javobgardir.
447. Taqsimlash tizimi operatori har chorakdan keyingi oyning oxirigacha Energetika vazirligiga hisobot taqdim etib boradi.
448. Koʻzda tutilmagan holatlar va favqulodda vaziyatlarda tomonlar oʻrtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, ushbu masala Energetika vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli tavsiyalar beriladi.
449. Taqsimlash tizimiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yangi texnologiyalar va noanʼanaviy uskunalardan foydalanadigan generatsiyalovchi modullar uchun qoʻshimcha talablar Energetika vazirligi tomonidan belgilanadi.
450. Taqsimlash tizimi operatorlari yoki Foydalanuvchilar mazkur Qoidalarning bir yoki bir nechta bandlari talablariga doir yengillik berilishini soʻrashlari mumkin. Bunda quyidagilarni oʻz ichiga soʻrovnoma Energetika vazirligiga taqdim etiladi:
yengillik berilishi soʻralayotgan tizimning (joyning) batafsil tavsifi;
yengillik soʻralayotgan mazkur Qoidalarning talablariga havolalar va soʻralayotgan yengillikning batafsil tavsifi;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslab berish va xarajat va foydaning tahlili;
soʻralayotgan yengillikning boshqa tomonlarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligining isboti.
451. Energetika vazirligi mazkur Qoidalarning bir yoki bir nechta bandlari talablarini yengilroq yoki tatbiq etmaslik boʻyicha istisnolarni taqdim etishni koʻrib chiqadi va berish mumkin deb topsa, oʻz xulosasi bilan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Bunda yengillik berish mezonlari Vazirlik tomonidan asoslantirilishi shart.
Yengilliklar faqatgina taqsimlash tizimini rivojlantirish, uni barqarorligi va ishonchli ishlashini taʼminlash hamda isteʼmolchilar elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida ushbu tizimning cheklangan qismlarini (zaif nuqtalari) rivojlantirish maqsadida, ishonchlilik mezonlari buzilmasligi hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda taqdim etiladi.
452. Ushbu Qoidalar talablari tasdiqlangan kundan olti oydan soʻng Taqsimlash tizimi operatori tizimida amalga oshiriladigan modernizatsiya (rekonstruksiya) va yangi qurilishlarda hamda barcha yangi ulanishlar (mavjud ulanishni oʻzgartirishlar) uchun toʻliq tatbiq etiladi.
453. Taqsimlash tizimi operatorlari va Foydalanuvchilar mazkur Qoidalar kuchga kirguniga qadar mavjud boʻlgan, ammo ushbu Qoidalar talablariga javob bermaydigan, ekspluatatsiyaga kiritish vaqtda amalda boʻlgan talablarga toʻliq javob beradigan uskunalardan foydalanishlari mumkin.
Bunda tomonlar imkon qadar oʻz tizimlarini mazkur Qoidalar talablariga javob beradigan tarzda oʻzgartirishni rejalashtirishlari va bu haqida Energetika vazirligiga batafsil axborot kiritishlari lozim.
454. Mazkur Qoidalar talablarini Qoidalar tasdiqlanguniga qadar amalda ekspluatatsiyada boʻlgan uskunalarga koʻllash uchun Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligi tomonidan aniq muddatlar belgilanadi.
Taqsimlash tizimining biron qismida olib boriladigan modernizatsiya (rekonstruksiya) jarayonlarida ushbu qismga bogʻliq Foydalanuvchilar ham ulanish nuqtasidagi qurilmalarini mazkur Qoidalar talablariga moslashtirishlari kerak. Taqsimlash tizimi operatori modernizatsiya jarayoni yuzasidan muddatlar va texnik loyihaviy koʻrsatkichlar boʻyicha tegishli Foydalanuvchilarni kamida olti oy oldin ogohlantirishi shart.
VIII boʻlim. Yakuniy qoidalar
455. Tomonlarning mazkur Qoidalar talablarini bajarmaslik harakatlaridan norozi boʻlgan yoki buzayotganligi toʻgʻrisida dalillarga ega boʻlgan boshqa tomon qonunchilikka muvofiq Energetika bozori regulatoriga daʼvo yoʻllashi mumkin.
Energetika bozori regulatori daʼvoni belgilangan tartibga koʻra koʻrib chiqadi va aybdor tomonning litsenziyasini toʻxtatish yoki bekor qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Energetika bozori regulatori qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrasa, daʼvoni koʻrib chiqish muddati yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Energetika bozori regulatorining qarori sud tartibida bekor qilinmagunicha majburiy kuchga egadir.
456. Qoidalar talablarini yoki oʻz majburiyatlarini bajarmaslik bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibida hal etiladi.
457. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining IX bobi.
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
1-ILOVA
Taqsimlash tizimi operatorlari uchun isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish maqsadli koʻrsatkichlarining namunaviy shakli

Isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar

Samaradorlik koʻrsatkichlari

1. Xarajatlar smetasini hisobga olgan holda buyurtma (ariza)larni koʻrib chiqish.

Hujjatlar toʻliq taqdim etilganidan keyin ____ kun ichida.

2. Ulanish.

Vakolatli tomonlar va Taqsimlash tizimi operatorining barcha talablari bajarilgandan keyin ____ kun ichida.

3. Ikkilamchi tomonda elektr taʼminoti uzilishidan keyin xizmat koʻrsatishni tiklash, shu jumladan xizmat koʻrsatishning toʻxtatilishi / ikki tomonlama oʻchishi (uzilish)

100% tiklanishgacha boʻlgan soatlar soni.

4. Elektr energiyasi sifati boʻyicha shikoyatlar.

a) shikoyatni olgandan keyin ____ ish kuni ichida joyiga chiqish yoki ____ kun ichida asosli javob berish;

b) ____ oy ichida elektr energiyasi sifati boʻyicha muammolarni bartaraf etish.

5. Isteʼmolchilarni elektr taʼminotidan uzilishlar jadvali haqida xabardor qilish.

Rejalashtirilgan uzilishlardan ____ kun oldin xabarnoma berish (xabardor qilish).

6. Favqulodda qoʻngʻiroqlarga javob berish.

Qoʻngʻiroqdan keyin ____ soat ichida.

7. Hisob-kitoblarga oid savollar va shikoyatlar.

a) savollarga ____ soat ichida javob berish;

b) Hisob-kitoblardagi xatolarni ____ soat (yoki kun) ichida tuzatish.

8. Toʻlovlar boʻyicha savollar va shikoyatlar.

a) ____ soat ichida savollarga javob berish;

b) ____ soat (yoki kun) ichida toʻlovlardagi xatolarni tuzatish.

9. Hisoblagichlarning ishlashi yuzasidan shikoyatlar.

a) shikoyatni olgandan keyin 3 ish kuni ichida joyiga chiqish yoki 10 kun ichida asosli javob berish;

b) ____ hafta ichida hisoblagichlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish.

10. Elektr taʼminotini tiklash.

Belgilangan toʻlov muddati tugagunga qadar toʻlov amalga oshirilgan, qarz toʻliq toʻlanganidan keyin soat ichida.

11. Isteʼmolchilarni qabul qilish vaqtini belgilash va qabul qilish.

a) isteʼmolchini qabul qilishning aniq vaqti belgilanadi;

b) belgilangan vaqtda isteʼmolchini qabul qilish.

12. Foydalanuvchilarning murojaatlariga javob berish

____ ish kuni ichida.

Izoh.
Xizmat koʻrsatish maqsadli koʻrsatkichlariga vakolatli organlar (Energetika vazirligi, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi) tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
2-ILOVA
Taʼminotchilar uchun isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish maqsadli koʻrsatkichlarining namunaviy shakli

Isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar

Samaradorlik koʻrsatkichlari

1. Elektr energiyasini sotish va hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.

Elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgandan keyin ____ kun ichida.

2. Hisob-kitoblarga oid savollar va shikoyatlar.

a) ____ soat ichida savollarga javob berish;

b) hisob-kitoblardagi xatolarni ____ soat (yoki kun) ichida tuzatish.

3. Toʻlovlar boʻyicha savollar va shikoyatlar.

a) ____ soat ichida savollarga javob berish;

b) ____ soat (yoki kun) ichida toʻlov tizimidagi xatolarni tuzatish.

4. Hisoblagichlarning ishlashi yuzasidan shikoyatlar.

a) shikoyatni olgandan keyin ____ ish kuni ichida joyiga chiqish yoki ____ kun ichida asosli javob berish;

b) ____ hafta ichida hisoblagichlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish.

5. Elektr taʼminotini tiklash.

Belgilangan toʻlov muddati tugagunga qadar toʻlov amalga oshirilgan, qarz toʻliq toʻlanganidan keyin ____ soat ichida qayta ulanish.

6. Isteʼmolchilarni qabul qilish vaqtini belgilash va qabul qilish.

a) isteʼmolchini qabul qilishning aniq vaqti belgilanadi;

b) belgilangan vaqtda isteʼmolchini qabul qilish.

7. Isteʼmolchilarning murojaatlariga javob berish.

____ ish kuni ichida.

Izoh.
Xizmat koʻrsatish maqsadli koʻrsatkichlariga vakolatli organlar (Energetika vazirligi, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi) tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
3-ILOVA
Kuchlanish pasayishida generatsiyalovchi modullarning ishlash chegaralari
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
4-ILOVA
Mikro va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullarning himoya tizimiga qoʻyiladigan talablar

Himoya uskunasi

Qurilma

Generatsiyalovchi modul quvvati

<20 kVt

>20 kVt

Asinxron generatorlar uchun

Kuchlanish pasayishi relesi

27

+

+

Kuchlanishni boshqarish relesi

27 Gen

+

+

Oʻta kuchlanish relesi

59

+

Chastota relesi

81/O — 81/U

+

Seksiyalanishdan (ixotalanishdan) himoya relesi (faza siljishi yoki RoCoF)

+

+

Sinxron generatorlar uchun

Sinxronizatsiyani boshqarish relesi

25

+

+

Kuchlanish pasayishi relesi

27

+

+

Maksimal tok relesi

51B

+

Oʻta kuchlanish relesi

59

+

Chastota relesi

81/O — 81/U

+

Invertorlar uchun

Kuchlanish pasayishi relesi

27

+

+

Oʻta kuchlanish relesi

59

+

+

Chastota relesi

81/O — 81/U

+

+

Seksiyalanishdan (ixotalanishdan) himoya relesi (faza siljishi yoki RoCoF)

+

+

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 09/24/652/0801-son)