Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-son “Yolgʻiz keksalar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2785, 2016-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 217-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
nomi va
1-bandidagi “Yolgʻiz keksalar va nogironlarni” degan soʻzlar “Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
nomidagi “Yolgʻiz keksalar va nogironlarni” degan soʻzlar “Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
2-band “Prezidenti huzuridagi” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
d) ilovaning
ilova belgisidagi “Yolgʻiz keksalar va nogironlarni” degan soʻzlar “Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) ilovaning
2-bandidagi “Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi” degan soʻzlar “Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.