1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Aholiga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish, sohaga bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish hamda kasalliklarni davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga asosan 2022-yildan Sirdaryo viloyatida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qaroriga asosan 2023-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘lgan surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan bemorlarni reimbursatsiya dasturi doirasida 11 turdagi dori vositalari bilan ta’minlash tizimi tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
shifokor tomonidan reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalarini tayinlash;
shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan dori vositalarini bemorlarga bepul berish;
elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan berilgan dori vositalari qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash tartibi.
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ikki oy muddatda reimbursatsiya dasturini davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
4. Belgilansinki:
shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketiga kiritilgan dori vositalari bemorlarga dorixonalar tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida bepul beriladi;
reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari bo‘yicha dorixonalarning xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) orqali qoplab beriladi. Bunda Jamg‘arma bilan dorixonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi va dorixonalarning xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlar g‘aznachilik xizmati organlari orqali yuridik majburiyat rasmiylashtirilgan holda har oyda kamida bir marotaba moliyalashtiriladi;
reimbursatsiya dasturini amalga oshirishda bemor yoki uning qonuniy vakilining mobil telefon raqamiga yuboriladigan SMS-xabarlar bo‘yicha xarajatlar reimbursatsiya dasturiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalarining chakana savdoda mavjudligi (defektura) yuzasidan doimiy monitoring o‘tkazib borsin hamda monitoring natijalarini har oyning 5-sanasiga qadar Jamg‘armaga taqdim etilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qarorga muvofiq davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari, shu jumladan reimbursatsiya dasturini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-oktabr,
619-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son qaroriga
ILOVA
Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom aholiga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatishda dori ta’minoti shaffofligi va natijadorligini ta’minlash maqsadida dori vositalarining chakana savdosi bilan shug‘ullanish uchun tegishli litsenziyaga ega hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga (keyingi o‘rinlarda — dorixona) nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ambulator tibbiy yordam — kechayu-kunduz kuzatuvga muhtoj bo‘lmagan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam;
doimiy faoliyatdagi hay’at (keyingi o‘rinlarda — DFH) — davolash-profilaktika muassasalarida standartlar va klinik protokollar asosida kasalliklarni tashxislash va davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari, tibbiy jihozlar, sarflov materiallari, tibbiy asbob-uskunalar hamda reagentlarni xarid qilish, tarqatish va ulardan samarali foydalanish, shuningdek, elektron retseptlarni tasdiqlashga mas’ul tuzilma;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi (keyingi o‘rinlarda — XPN) — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasining (substansiya) nomi. XPN orqali dori vositasi identifikatsiya qilinadi;
reimbursatsiya dasturi — bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Jamg‘arma tomonidan qoplash dasturi;
tibbiy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) — tibbiyot tashkilotlariga murojaat qilgan aholining salomatligi, shifokor ko‘rigi va instrumental-laborator tekshiruvlar natijalarini aks ettirish, jamlash hamda tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yaratishni va ularning avtomatlashtirilgan aylanmasini ta’minlaydigan elektron tizim;
xalqaro kasalliklar tasnifi (keyingi o‘rinlarda — XKT) — kasalliklar va sog‘liq bilan bog‘liq boshqa muammolarning xalqaro statistik tasnifi;
elektron axborot dasturi (keyingi o‘rinlarda — axborot dasturi) — reimbursatsiya dasturi va elektron retsept bilan bog‘liq barcha jarayonlarni boshqarish, ma’lumot almashish, tegishli hisobotlarni shakllantirish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot dasturi;
elektron retsept — shifokor tomonidan dorixonaning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisiga dori vositasini berish hamda uni qo‘llash usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan elektron hujjat;
qonuniy vakil — bemorning oila a’zosi yoki bemorga vasiylik qilishga tayinlangan shaxs (ijtimoiy xodim);
cheklangan qoplash qiymati — reimbursatsiya dasturi asosida berilayotgan dori vositasining XPN, shakli va dozasi bo‘yicha har bir birligi uchun qoplab berilish mumkin bo‘lgan eng yuqori summa.
4. Mazkur Nizom talablari asosida beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiy amaliyotda foydalanish uchun tasdiqlangan va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida ishlab chiqarilgan tayyor dori vositalari kiritiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
5. Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, ularning cheklangan qoplash qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositasining XPN, shakli va dozasi uchun cheklangan qoplash qiymati Jamg‘arma huzurida tashkil etiladigan komissiya tomonidan belgilanadi.
7. Reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari bo‘yicha dorixonalarning xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma tomonidan cheklangan qoplash qiymati doirasida qoplab beriladi. Bunda dorixonalarning xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlar g‘aznachilik xizmati organlari orqali yuridik majburiyat asosida har oyda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.
8. Reimbursatsiya dasturining budjeti Jamg‘armadan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizigacha miqdorida belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
9. Reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retseptlar to‘g‘ri va asosli shakllantirilishi, dorixonalarga uzatilishi, ular asosida dori vositalarining berilishi hamda berilgan dori vositalari bo‘yicha xarajatlar qoplanishini nazorat qilish Jamg‘arma tomonidan axborot dasturi orqali yoki tegishli muassasa (dorixona)ga tashrif buyurgan holda birlamchi hujjatlarni o‘rganish asosida amalga oshiriladi.
Bunda Jamg‘armaga shaxsga doir ma’lumotlarni, shu jumladan, barcha tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish va qayta ishlash vakolati beriladi.
10. Reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retsept bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarish, ma’lumot almashish, tegishli hisobotlarni shakllantirish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot dasturi Jamg‘arma tomonidan joriy etiladi va boshqariladi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘rnatilgan tartibda integratsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
11. Reimbursatsiya dasturi doirasida beriladigan dori vositalarining davlat ro‘yxatidan (shu jumladan qayta ro‘yxatdan) o‘tganlik sertifikatini amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, foydalanishi taqiqlangan hamda qaytarilgan yoki karantinga o‘tkazilgan dori vositalarining miqdori (partiyasi) yoki qatori (seriyalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot dasturiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining axborot tizimi orqali o‘zaro integratsiya asosida avtomatik tarzda uzatilishi ta’minlanadi.
2-bob. Reimbursatsiya tizimida dorixonalarning ishtiroki
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
12. Reimbursatsiya tizimida ishtirok etadigan dorixonalarga mazkur dastur asosida beriladigan dori vositalarining doimiy mavjud bo‘lishini kafolatlash va chakana savdo tarmoqlarida uzluksiz mavjudligini ta’minlash mas’uliyati yuklatiladi.
Bunda dorixona dori vositalarining yetkazib berilishidagi uzilish holatlari to‘g‘risida Jamg‘armani yetti kun avval xabardor qilishi lozim.
13. Tayinlangan dori vositasining elektron retseptda ko‘rsatilgan XPN, shakli va dozasiga mos holda hamda sotuvda mavjud reimbursatsiya dasturiga kiritilgan dori vositalarining eng past cheklangan qoplash qiymati doirasida berilishiga dorixona xodimi (farmatsevt) javobgar bo‘ladi.
14. Jamg‘arma bilan tuzilgan shartnomaga asosan dorixona axborot tizimiga ulanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
15. Dorixona shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida reimbursatsiya tizimida ishtirok etuvchi o‘z filiallari hamda axborot dasturida ishlashga ruxsat berilgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotni Jamg‘armaga taqdim etadi.
16. Reimbursatsiya dasturini tartibga soluvchi hujjatlarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, Jamg‘arma bilan dorixonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘ladi. Ko‘rsatilgan hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Jamg‘arma dorixonalarni yozma yoki elektron shaklda besh ish kuni ichida ogohlantiradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
17. Dorixona tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari uchun bemordan to‘lov olinganligi hamda reimbursatsiya dasturi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlanganda Jamg‘arma:
birinchi marotaba — ogohlantirish berish;
ikkinchi marotaba — bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilgan holda dorixonani reimbursatsiya dasturidan chiqarish huquqiga ega.
Bunda reimbursatsiya dasturidan chiqarilgan dorixona xodimlarining axborot dasturiga kirishi to‘xtatiladi va xabarnoma berilgan kundan keyin berilgan dori vositalari uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.
3-bob. Reimbursatsiya dasturida dori vositalarining tayinlanishi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
18. Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Jamg‘arma bilan shartnomaviy munosabatlar o‘rnatgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Jamg‘arma bilan tuzilgan shartnoma mazkur muassasa va unda faoliyat yuritayotgan shifokorlarni axborot dasturida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
19. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi rahbari reimbursatsiya dasturi doirasida retsept yozish vakolati berilgan shifokorlar va elektron retseptlarni tasdiqlash vakolati berilgan DFH a’zolari ro‘yxatini axborot dasturiga tegishli ma’lumotlar kiritilishi uchun Jamg‘armaga taqdim etadi.
4-bob. Reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retsept shakllantirish va uni uzatish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
20. Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan tegishli yozuvlari mavjud bo‘lgan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilishi mumkin.
Elektron retseptda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi zarur:
birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasining nomi;
elektron retsept raqami va berilgan sana;
bemorning JSHSHIR, familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan sanasi;
XKTga muvofiq qo‘yilgan tashxis;
dori vositasining XPN bo‘yicha nomlanishi, raqami (elektron retsept raqamiga bog‘langan holda), shakli, dozasi, foydalanish usuli, davolanish kursining davomiyligi (surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun bir oydan oshmagan holda);
shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda telefon raqami;
elektron retseptni tasdiqlagan shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi.
21. Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab yetti kalendar kunini tashkil etadi.
22. Reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalari bemorga Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalar orqali elektron retsept asosida bepul beriladi.
23. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganidan so‘ng axborot dasturi orqali Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshirasi)ning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
24. Bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshirasi) elektron retsept asosida dori vositasini olish uchun dorixonaga murojaat qilib ushbu elektron retsept raqamini ma’lum qilganidan so‘ng dorixona xodimi tomonidan axborot dasturida mazkur elektron retsept bo‘yicha dori berilishi to‘g‘risida amaliyot bajariladi hamda bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshira) mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma orqali maxsus kod yuboriladi.
25. Dorixona xodimi SMS-xabarnoma orqali yuborilgan maxsus kodni bemordan so‘raydi va axborot dasturiga kiritadi, kiritilgan maxsus kod axborot dasturi tomonidan qabul qilinganidan so‘ng reimbursatsiya dasturiga kiritilgan eng past cheklangan qoplash qiymatiga ega bo‘lgan dori vositasi bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshirasi)ga beriladi hamda axborot dasturida dori vositasi berilganligi dorixona xodimi tomonidan tasdiqlanadi va mazkur elektron retsept yopiladi.
5-bob. Berilgan dori vositalari bo‘yicha xarajatlarni qoplash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
26. Reimbursatsiya dasturida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlari mazkur dori vositalarining haqiqiy sotuv narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg‘arma tomonidan cheklangan qoplash qiymati doirasida to‘lab beriladi.
27. Reimbursatsiya dasturi doirasida berilgan dori vositalarining hisobini yuritish axborot dasturi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladigan hisobotlar asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
28. Reimbursatsiya dasturi bo‘yicha to‘lovlarni olish uchun dorixona haftalik yoki oylik asosda berilgan dori vositasining haqiqiy sotuv narxi aks ettirilgan, elektron retsept raqamiga bog‘langan dori vositasi raqami va mazkur elektron retseptga muvofiq dori vositasining tayinlangan miqdoridan berilgan qismi ko‘rsatilgan hisob-fakturani Jamg‘armaga yuboradi.
Bunda dorixona rahbari hisob-fakturada aks ettirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi hamda o‘z vaqtida Jamg‘armaga uzatilishiga javobgar hisoblanadi.
29. Hisob-faktura kelib tushgan kundan boshlab Jamg‘arma undagi ma’lumotlarni besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Bunda dorixona bilan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi o‘rganib chiqiladi hamda hisob-fakturada aks ettirilgan sarf-xarajatlarni to‘liq qoplash, qisman qoplash yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
30. Jamg‘arma tomonidan sarf-xarajatlarni to‘liq qoplash to‘g‘risidagi qaror hisob-fakturani qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Xarajatlarni qisman qoplash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda hisob-faktura dorixonaga qaytariladi va rad etishning asoslari ko‘rsatiladi.
Dorixona xarajatlarni qisman qoplash yoki rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etishi va xarajatlar qoplanishi uchun hisob-fakturani besh ish kuni ichida takroran taqdim etish huquqiga ega.
31. Axborot dasturida reimbursatsiya dasturi uchun rejalashtirilgan mablag‘larning oylik rejasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
32. Jamg‘arma reimbursatsiya dasturi uchun rejalashtirilgan mablag‘larni boshqarish va nazorat qilishni amalga oshiradi. Mazkur mablag‘larni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari kesimida taqsimlaydi, qayta taqsimlaydi hamda elektron retseptlar rasmiylashtirilishini doimiy monitoring qiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
33. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamg‘arma bilan kelishgan holda reimbursatsiya dasturini joriy etish va yuritilishida yuzaga keladigan muammolarni yechish hamda ushbu hujjatda tartibga solinmagan masalalarni hal qilish vakolatiga ega.
34. Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixona va tibbiyot muassasalari rahbarlari axborot dasturiga ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilishi, axborot dasturidan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga, shuningdek, o‘z xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolik uchun javobgardir.
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining VI bobi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/619/0783-son; 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)