Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2018-yil 7-iyundagi 342-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039, 2018-yil 16-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/3039/1523-son) bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Milliy gvardiya bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“GTI — suv omborlari toʻgʻonlari, daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi toʻgʻonlar, daryolarning oʻzanlarini toʻsuvchi inshootlar, suv olish, suv oʻtkazish, suv tashlash hamda qirgʻoqlarni himoya qilish inshootlari, gidroelektrostansiyalar, nasos stansiyalari;
foydalanuvchi tashkilot — balansida GTI mavjud boʻlgan yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan tashkilot;
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat (bundan buyon matnda favqulodda vaziyat deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar;
GTIning xavfsizligi — GTIning fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va qonuniy manfaatlari, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki, atrof-muhit va xoʻjalik obyektlari himoya qilinishini taʼminlash imkonini beruvchi holati;
GTIning xavfsizligi mezonlari — GTI holatining va ulardan foydalanish shartlarining GTI avariyasi xavfining yoʻl qoʻyiladigan darajasiga muvofiq boʻlgan miqdor va sifat koʻrsatkichlarining cheklangan qiymati.”.
2.
3-band “GTIlarning” degan soʻzdan keyin “davlat” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
3.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻriqlanadigan obyektlarda GTIning qoʻriqlanishini shartnoma asosida taʼminlaydi.”.
5.
94-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“94. GTIdagi aloqa va ogohlantirish signal tizimlarining holati barcha sharoitlarda favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida tezkor xabar berish hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini oʻtkazish davrida fuqaro muhofazasi organlari va kuchlarini xabardor etish imkoniyatini taʼminlashi kerak.”.
6.
2-ilovaning matnidagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.