Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-382-son
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2977-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “2025”, “9” va “4” raqamlari tegishincha “2027”, “18” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4170-son qarori 2-bandining
birinchi xatboshisidagi “toʻrt” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin.