Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 27-fevraldagi PQ-74-son
qaroriga muvofiq bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yoʻlga qoʻyilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 1-avgustdagi PQ-255-son
qarorida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Yuqori nafas yoʻllari aʼzolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Eshitish va muvozanat aʼzolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Foniatriya va ronxopatiya” ilmiy laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ushbu laboratoriyalarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b. A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son
qarorida:
a)
1-ilovaning “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimida:
1-pozitsiyadagi “akusherlik va ginekologiya” soʻzlari “ona va bola salomatligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 23-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“I. Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻyicha” boʻlimida:
1-pozitsiyaning “Tashkilot nomi” ustunidagi “akusherlik va ginekologiya” soʻzlari “ona va bola salomatligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyaning “Shtat birligi soni” ustunidagi “5”, “6” va “15” raqamlari tegishlicha “6”, “8” va “18” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Jami” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “265” raqami “277” raqami bilan almashtirilsin;
“Jami tashkilotlar boʻyicha” pozitsiyasi “Shtat birligi soni” ustunidagi “328” raqami “340” raqami bilan almashtirilsin.