1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.07.00 Ozodlikni cheklash va majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazolarni ijro etish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2495-8]
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-avgust,
447-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2024-yil 8-avgust
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
2024-yil 5-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 20-avgustdagi 447-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-banddan “shaxsi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 69-band quyidagi tahrirdagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun JIEMda saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega.
Agar ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun JIEMda saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan boʻlmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.”.
3. 74-bandi beshinchi xatboshisida “saqlash” degan soʻz “saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda ulardan foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“81. Mahkumlarning fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. Quyidagi mazmundagi 2661-band bilan toʻldirilsin:
“2661. JIEMlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan mahkumning iltimosiga koʻra taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin.”.
6. 441-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan boʻyin tovlash, shuningdek mazkur Qoidalarning 4-ilovasidagi roʻyxatda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarni saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.”.
7. Quyidagi mazmundagi 4415 — 44112-bandlar bilan toʻldirilsin:
“4415. Manzil-koloniyada tekshiriluvchi mahkumning (bundan buyon matnda tekshiriluvchi mahkum deb yuritiladi) alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligini aniqlash manzil-koloniya maʼmuriyati yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalari tomonidan maxsus texnik vosita (alkotester, narkotester) yordamida amalga oshiriladi.
4416. Quyidagilar alkotester (narkotester) tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻladi:
tekshiriluvchi mahkum bir holatda toʻgʻri tura olmasligi (chayqalib turishi);
tekshiriluvchi mahkum nutqining buzilganligi;
tekshiriluvchi mahkum qoʻl barmoqlarining qaltirashi;
tekshiriluvchi mahkum yuz terisi rangining sezilarli oʻzgarganligi.
4417. Alkotester (nakotester) tekshiruvi kamida ikki nafar xolis ishtirokida, zarur hollarda esa shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi.
4418. Alkotester (narkotester) tekshiruvidan oldin manzil-koloniya xodimi tekshiriluvchi mahkum va xolislarni maxsus texnik vositaning (alkotester, narkotester) ishlash tartibi va koʻrsatkichlari bilan tanishtiradi, ularning talabiga asosan qiyoslash sertifikati (nusxasi)ni koʻrsatadi.
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjat va boshqa koʻrsatkichlar bilan tanishtirilmaganda yoki maxsus texnik vositaning (alkotester, narkotester) nosozligiga shubha mavjud boʻlganda yoxud alkotester (narkotester) tekshiruvini oʻtkazish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari buzilganda, tekshiriluvchi mahkum alkotester (narkotester) tekshiruvidan oʻtishdan bosh tortishi mumkin.
4419. Alkotester (narkotester) tekshiruvi jarayonida manzil-koloniya xodimi tomonidan tekshiriluvchi mahkum bilan muloqotda xushmuomala, unga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida boʻlishi, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi lozim.
44110. Tekshiriluvchi mahkumning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazishda tekshiriluvchi mahkum tomonidan chiqarilgan havo namunasi (biologik suyuqlik (soʻlak) alkotester (narkotester) moslamasini qoʻllash yoʻriqnomasiga asosan olinadi.
Tekshiriluvchi mahkumning ogʻiz boʻshligʻidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlar konsentratsiyasi koʻrsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hollarda, manzil-koloniya xodimi tekshiriluvchi mahkumga nisbatan alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilganligi holati yuzasidan xolislar ishtirokida (alkotester moslamasining qiyoslash sertifikati raqami bayonnomada koʻrsatiladi) mazkur Qoidalarning 39-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnoma rasmiylashtiradi hamda alkotester tekshiruvi natijalarini ushbu bayonnomaga ilova qiladi.
44111. Tekshiriluvchi mahkum maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortgan yoxud unda tekshiruv natijalariga eʼtiroz mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek mahkumning ogʻiz boʻshligʻidan chiqarilgan biologik suyuqlik (soʻlak) narkotester yordamida tekshirilganda uning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan taqdirda, manzil-koloniya xodimi tekshiriluvchi mahkumni alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar taʼsiridan mast holda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boradi.
Tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi.
Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda koʻrsatiladi.
44112. Tekshiriluvchi mahkumning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganlik holatini aniqlashda foydalanadigan alkotester (narkotester) vositasi manzil-koloniya navbatchilik qismida saqlanadi.
Tekshiriluvchi mahkumning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganlik holatini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv mazkur Qoidalarning 40-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobda qayd etib boriladi.”.
8. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 39 va 40-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga
39-ILOVA
Mahkumning mastlik holatini aniqlash
boʻyicha alkotestr tekshiruvdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi
__ son BAYONNOMA
_________ ________
20___ y. “____”____________
Mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi __________________________________________
Tekshiriluvchining tashqi koʻrinishi: kiyimlari holati, teri qoplami, jarohat (yaralanish, lat yeyish va boshqalar) ________________________________________________________________________
Mahkumning ogʻiz boʻshligʻidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlar mavjud yoki mavjud emasligi (mavjud boʻlsa uning miqdori koʻrsatiladi) ___________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga
40-ILOVA
Old tarafi
________________________________________________
(koloniya nomi)
________________________________________________
(boʻlim, xizmat)
Mahkumning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holda ekanligini va giyohvandlik
vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganlik holatini qayd etish
KITOBI
20__ yil “___” _____________ boshlangan
20__ yil “___” ______________ tugatildi
ichki qismning chap tomoni
T/r
Mahkumning F.I.O., tugʻilgan yili, JK moddasi
Tekshiruv oʻtkazish uchun asoslar
Tekshiruv oʻtkazilgan sana, vaqti
Qisqacha tafsilot
1.
2.
ichki qismning oʻng tomoni
Kim tomonidan tekshirildi
Tekshiruv natijalari
JIEM xodimi imzosi
Mahkumning imzosi
Izoh: mazkur kitob navbatchilik qismida saqlanadi va unga Koloniya boshligʻining yordamchisi — smena boshligʻi masʼul hisoblanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 10/24/2495-8/0729-son)