

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6655291" id="onLBC-6655291">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18934"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6655291" id="onLS-6655291">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6655716" id="-6655716">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6655717" id="-6655717">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6655718" id="-6655718">Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6655720" id="-6655720"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655721" id="-6655721">Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasi </a>qabul qilinishi orqali Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi. Shu munosabat bilan amaldagi qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasiga </a>muvofiqlashtirish talab etilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655722" id="-6655722">Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasini </a>toʻlaqonli amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni roʻyobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655723" id="-6655723">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga <a href="/mact/-6655291#-6655783">ilovaga </a>muvofiq ularni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-6445145">Konstitutsiyasiga</a> muvofiqlashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655724" id="-6655724">Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655725" id="-6655725">yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasidagi </a>davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlarni bekor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655726" id="-6655726">mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zaruratini hisobga olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655727" id="-6655727">2<strong>. </strong>Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻzlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni puxta xatlovdan oʻtkazgan holda ularni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasiga </a>mazmunan muvofiqlashtirish boʻyicha Adliya vazirligiga taklif kiritsin, bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655728" id="-6655728">mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655729" id="-6655729">insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655730" id="-6655730">davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655731" id="-6655731">uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655732" id="-6655732">Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655735" id="-6655735">3. Adliya vazirligi 2024-yil 1-fevralga qadar kiritilgan takliflar asosida qonunosti hujjatlarini yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasiga </a>muvofiqlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655738" id="-6655738">4. Vazirlik va idoralar 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasiga </a>muvofiqlashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655740" id="-6655740">Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasiga </a>moslashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin hamda zaruratga koʻra vazirlik va idoralarga ushbu masala boʻyicha taqdimnomalar kiritib borsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655742" id="-6655742">5. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy <a href="/mact/6449033">Qonuniga </a>muvofiq, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasi </a>kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar unga zid boʻlmagan qismida qoʻllanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655744" id="-6655744">Vazirlik va idoralar rahbarlari quyidagi masalalar uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655746" id="-6655746">oʻzlariga biriktirilgan soha va tarmoqlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasi </a>normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655748" id="-6655748">amaldagi va yangi ishlab chiqiladigan qonunosti hujjatlarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasiga </a>zid normalar aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida zarur choralar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655750" id="-6655750">oʻzlariga biriktirilgan soha va tarmoqlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasida </a>faqat qonunlar bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655751" id="-6655751">6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasi</a> qoidalarini qonunosti hujjatlarida rivojlantirish, aniqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilash boʻyicha ishlarni axborot-tahliliy hamda ekspertlik jihatdan taʼminlab borsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655754" id="-6655754">7. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/6445145">Konstitutsiyasida </a>qonun bilan tartibga solinishi belgilangan masalalarni qonunosti hujjatlaridan chiqarish va qonun darajasiga koʻtarish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda vazirlik va idoralarga uslubiy koʻmaklashish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655757" id="-6655757">8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6655762" id="-6655762">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6655764" id="-6655764">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6655766" id="-6655766">2023-yil 7-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6655768" id="-6655768">PF-188-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6655783" id="-6655783"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6655789" id="-6655789">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-son <a href="/mact/-6655291">Farmoniga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6655792" id="-6655792">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6655795" id="-6655795"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655798" id="-6655798">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonining <a href="/mact/3121087?ONDATE=22.02.2017 00#-3121230">6-bandi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655800" id="-6655800">“6. Belgilansinki, Kengash raisi, rais oʻrinbosari, Kengash aʼzolari va kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655803" id="-6655803">2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5060-son Farmonining <a href="/mact/3219282?ONDATE=05.06.2017 00#-3219294">muqaddimasidagi </a>“93” raqami “109” raqami bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655805" id="-6655805">3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5268-son Farmoni muqaddimasining <a href="/mact/3432426?ONDATE=01.12.2017 00#-3434825">sakkizinchi xatboshisidagi</a> “83” raqami “98” raqami bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655808" id="-6655808">4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-5439-son Farmonining <a href="/mact/3725214?ONDATE=10.05.2018 00#-3727157">muqaddimasidagi </a>“93” raqami “109” raqami bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655811" id="-6655811">5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5723-son Farmoni 2-bandining <a href="/mact/-4346118?ONDATE=21.05.2019 00#-4347870">“a” kichik bandi</a> quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655813" id="-6655813">“insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi hamda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655819" id="-6655819">6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5876-son <a href="/mact/4597662">Farmonida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655822" id="-6655822">6-bandning <a href="/mact/4597662?ONDATE=16.11.2019 00#-4598945">uchinchi xatboshisidagi</a> “shaxsiy va” soʻzlari chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655825" id="-6655825">1-ilova 2-bandining <a href="/mact/4597662?ONDATE=16.11.2019 00#-4599002">uchinchi xatboshisidagi</a> va 5-bandining <a href="/mact/4597662?ONDATE=16.11.2019 00#-4599039">ikkinchi xatboshisidagi</a> “shaxsiy va” soʻzlari chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655827" id="-6655827">7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoni 1-bandining <a href="/mact/4875784?ONDATE=30.06.2020 00#-4877374">beshinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655830" id="-6655830">“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655835" id="-6655835">8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6127-son Farmonining <a href="/mact/5146554?ONDATE=07.12.2020 00#-5149881">4-bandida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655838" id="-6655838"><a href="/mact/5146554?ONDATE=07.12.2020 00#-5149882">ikkinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655841" id="-6655841"><a href="/mact/5146554?ONDATE=07.12.2020 00#-5149883">uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar</a> tegishlicha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655848" id="-6655848">9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan milliy <a href="/mact/5491626?ONDATE=02.07.2021 00#-5496717">strategiyasida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655852" id="-6655852">a) muqaddimaning <a href="/mact/5491626?ONDATE=02.07.2021 00#-5496732">uchinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655858" id="-6655858">“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning boʻlinmasligi, oʻz xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yoʻl qoʻyilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655862" id="-6655862">b) 1-bob 2-paragrafining <a href="/mact/5491626?ONDATE=02.07.2021 00#-5496883">toʻqqizinchi </a>va <a href="/mact/5491626?ONDATE=02.07.2021 00#-5496886">oʻninchi xatboshilari</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655866" id="-6655866">“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deb kafolatlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655868" id="-6655868">Shu bilan birga, Konstitutsiyada “inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart” deb taʼkidlangan”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655871" id="-6655871">10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-son Farmoni 7-bandining <a href="/mact/6379809?ONDATE=10.02.2023 00#-6379889">toʻrtinchi xatboshisi</a> chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655875" id="-6655875">11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandi <a href="/mact/3175732?ONDATE=01.05.2017 00#-3176349">birinchi</a> va <a href="/mact/3175732?ONDATE=01.05.2017 00#-3176358">oltinchi xatboshilaridagi</a> “(oqsoqollari)” soʻzi chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655879" id="-6655879">12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning <a href="/mact/3430641?ONDATE=21.01.2023 00#-6370880">11-bandida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655882" id="-6655882"><a href="/mact/3430641?ONDATE=30.11.2017 00#-3453509">ikkinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655889" id="-6655889"><a href="/mact/3430641?ONDATE=30.11.2017 00#-3453512">uchinchi — beshinchi xatboshilar</a> tegishlicha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655893" id="-6655893">13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarori 3-bandining <a href="/mact/4178984?ONDATE=07.07.2023 00#-6536128">beshinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655899" id="-6655899">“Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6655909" id="-6655909">14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning <a href="/mact/5383824?ONDATE=23.04.2021 00#-5386111">9-bandi</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6655719" id="-6655719">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
