Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash toʻgʻrisida” 934-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-953-son
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining
14 va
16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 934-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 934-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a)
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 512 — 5110-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari yoki kotibi tomonidan, 5111-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda esa maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar MSK raisi, rais oʻrinbosari yoki kotibi tomonidan rasmiylashtiriladi.”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“saylov komissiyasi yoki referendum oʻtkazuvchi komissiya aʼzosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlari berilishi;
saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan MSKga taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishi.”;
“519” raqami “5111” raqami bilan almashtirilsin;
“281-moddalariga koʻra” soʻzlaridan keyin “tegishincha” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
g)
9-banddagi “saylov komissiyalari” degan soʻzlar “tegishli komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;