1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish qamrovi yanada kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila aʼzolarini akkreditatsiya qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
2. Belgilansinki, ushbu qarorga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari faqat davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
3. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
davlat xizmatlari YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-sentabr,
553-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-martdagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“3. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining har yilgi miqdori ushbu mablagʻlar ajratiladigan yildan oldingi yilning birinchi sentabriga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim foizini Qonunchilik palatasiga soʻnggi saylovlarda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soniga koʻpaytirish hisobiga shakllantiriladi.
Bunda bazaviy hisoblash miqdori oshganda, ushbu oydan tegishli ravishda moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining har yilgi miqdorining mos qismi indeksatsiya qilinadi”;
“10. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirishga moʻljallangan davlat mablagʻlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular oʻrtasida quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ajratiladigan mablagʻlarning qirq foizi siyosiy partiyalar oʻrtasida teng miqdorda;
ajratiladigan mablagʻlarning oltmish foizi siyosiy partiyalar oʻrtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik oʻrinlari miqdoriga mutanosib ravishda.
Har bir siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlarning qirq foizi siyosiy partiyalar oʻrtasida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (M x 40%) / Ps, bunda:
S — muayyan siyosiy partiyaning ustav faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun moʻljallangan davlat mablagʻlari summasi;
M* — siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining yillik miqdori;
*Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida ushbu summa yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgungacha oldingi saylovlar natijalari boʻyicha siyosiy partiyalarga ajratilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
Ps — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari olish huquqiga ega boʻlgan siyosiy partiyalar soni.
Har bir siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini xar yili moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlarning oltmish foizi siyosiy partiyalar oʻrtasida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (M x 60% / S) x Ds, bunda:
S — muayyan siyosiy partiyaning ustav faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun moʻljallangan davlat mablagʻlari summasi;
M* — siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining yillik miqdori;
* Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida ushbu summa yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgungacha oldingi saylovlar natijalari boʻyicha siyosiy partiyalarga ajratilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
S — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari olish huquqiga ega boʻlgan siyosiy partiyalar deputatlarining umumiy soni;
Ds — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari olish huquqiga ega boʻlgan muayyan partiya deputatlarining soni”;
“14. Qonunchilik palatasi deputatlarining soni oʻzgarishi natijasida, siyosiy partiya Qonunchilik palatasida fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik oʻrinlariga ega boʻlmay qolsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oydan boshlab mazkur partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishni toʻxtatadi”;
Qonunchilik palatasi deputatlari tarkibi oʻzgargan hollarda siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishni qayta koʻrib chiqishning 3-sxemasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston. Respublikasi Qonuniga muvofiq doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hakamlik sudi maqomini va uning vakolatlarini rasmiy tasdiqlash usuli hisoblanadi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri elektron shaklda yuritiladi hamda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Reyestrga hakamlik sudi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi.
Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi maqomini va vakolatlarini rasmiy hisobga olish usuli hisoblanadi. Muvaqqat hakamlik sudlari reyestri elektron shaklda yuritiladi hamda muvaqqat hakamlik sudlari mazkur Reyestrga hakamlik sudi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish orqali hisobga olinadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazishda va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishda hakamlik sudini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilmaydi, uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Quyidagilar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishning maqsadi hisoblanadi:
hakamlik sudlari tashkil etilganligini va ularning faoliyati tugatilganligini tasdiqlash, hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimlashtirish;
hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etish va tugatish, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish.
4. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — adliya organlari) tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
2-bob. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish
6. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) uning hisobini roʻyxatdan oʻtkazish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa-mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori nusxasi;
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomi va uning ish tartibi nusxasi;
hakamlik sudyalarining diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda). Hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak;
hakamlik sudyalarining mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda);
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
7. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
8. Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, adliya organi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazadi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi hamda hakamlik sudi hisobi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida 4-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnoma Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboriladi.
9. Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki ariza beruvchi tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuborilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
10. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining faoliyati tugatilgan, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish tartibiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, yuridik shaxs oʻn ish kuni mobaynida Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
3-bob. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish
11. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobi mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
12. Muvaqqat hakamlik sudiga raislik qiluvchi (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka koʻrib chiqilayotganda) hakamlik muhokamasi boshlangunga qadar mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi hamda Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
hakamlik bitimi nusxasi;
hakamlik sudyalari roʻyxati (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda).
Quyidagi hujjatlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda).
hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda).
Hisobga olish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak.
13. Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, adliya organi muvaqqat hakamlik sudini hisobga oladi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi.
Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish besh ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisida tegishli adliya organi tomonidan muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga maʼlumotlar kiritilganda Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda muvaqqat hakamlik sudiga xabarnoma yuboriladi.
14. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, adliya organi aniqlangan kamchiliklarni tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda muvaqqat hakamlik sudiga xabarnoma yuboradi.
4-bob. Hakamlik sudi tarkibini oʻzgartirish
15. Hakamlik sudi tarkibi oʻzgartirilgan taqdirda, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs yoki mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) bu toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga yoki Platforma yoxud YIDXP orqali murojaat qiladi.
Bunda quyidagi hujjatlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda). Bunda kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinishi kerak;
hakamlik sudyalarining mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda).
16. Adliya organi hakamlik sudyalarining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Hakamlik sudyalari koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, adliya organi Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
17. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud toʻliq boʻlmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va ariza beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Agar adliya organi hakamlik sudlari hisobi roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoki hisobga olingandan keyin tegishli ravishda Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritilgan, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan hakamlik sudyalarini aniqlagan taqdirda, u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxsga yoki muvaqqat hakamlik sudini tashkil etgan hakamlik bitimi tomonlariga nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
19. Adliya organi taqdimnomasi bajarilmaganda, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi talablariga muvofiq boʻlmagan hakamlik sudyalari Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestridan chiqariladi. Bir vaqtning oʻzida adliya organi bu haqida vakolatli sudga xabarnoma yuboradi.
20. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi tegishli ravishda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan keyin hakamlik ishini koʻrishga kirishadilar.
21. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish, shuningdek, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi axborot hududiy adliya organlari tomonidan davriy ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta umumlashtirish va tizimlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ushbu axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”da nashr etiladi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish, shuningdek, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy saytiga joylashtiriladi.
22. Mazkur Nizom qoidalarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchilar
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Platforma yoki YIDXP
2. Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Adliya organi
1. Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
2. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazadi va Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga kiritadi.
3. Hakamlik sudi hisobi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboradi.
4. Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani ariza beruvchilarga taqdim etadi.
10 daqiqa ichida
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Tashkilot nomi:
2. Joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami:
4. Telefon raqami:
II. Hakamlik sudi vakili:
1. F.I.O.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi *;
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori nusxasi;
yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nizomi va uning ish tartibi nusxasi;
Izoh. *Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari reyestri
T/r
Ariza tushgan sana va vaqt
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil qilgan yuridik shaxsning nomi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan tartib raqami va sanasi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarorning tartib raqami va sanasi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hisobini roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami va sanasi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi sudyalari (F.I.O.)
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik. sudi faoliyatini tugatish yoki uning hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartib raqami va sanasi
1.
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida ko'rsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Platforma yoki YIDXP
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Adliya organi
1. Hakamlik sudyalari roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
2. Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga oladi va Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritadi.
3. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobga olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboriladi.
4. Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
5 ish kuni ichida
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. Muvaqqat hakamlik sudi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Tashkilot nomi:
2. Joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami:
4. Telefon raqami:
II. Muvaqqat hakamlik sudining raislik qiluvchisi yoki hakamlik sudyasi:
1. F.I.O.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:
III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
hakamlik bitimi nusxasi;
hakamlik sudyalari roʻyxati (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda);
hakamlik sudyalari pasport maʼlumotlari *;
hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik maʼlumoti boʻlganda). Hisobga olish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik maʼlumoti boʻlishi kerak *;
hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud boʻlganda)*.
Izoh. *Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Muvaqqat hakamlik sudlari reyestri
T/r
Xabarnoma tushgan sana va vaqt
Hakamlik bitimi tomonlarining nomi
Muvaqqat hakamlik sudini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qaror sanasi
Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish tartib raqami va sanasi
Muvaqqat hakamlik sudlari sudyalari (F.I.O.)
1.
”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarorida:
“Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — NNT), shu jumladan, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlari davlat roʻyxatidan adliya organlari tomonidan oʻtkazgan hollarda, bunday notijorat tashkilotlari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi.
3. NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin.
NNT ramzi taʼsis hujjatlariga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
4. Bayroqlar va vimpellarni koʻtarish, emblemalarni va boshqa ramzlarni oʻrnatish, shuningdek, ulardan foydalanish tartibi tegishli NNT tomonidan NNT ramzi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi.
NNTning alohida boʻlinmalari oʻz faoliyatida bosh NNT ramzidan foydalanadi.
5. Xalqaro, respublika va viloyatlararo NNT, shuningdek, xalqaro hamda xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining ramzlari davlat roʻyxatidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida faoliyat yuritadigan NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
6. Aynan bir xil yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash ramzga ega boʻlgan ikki va undan ortiq NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, hammadan oldin ariza bergan NNT roʻyxatdan oʻtkazish uchun ustunlik huquqiga ega boʻladi.
7. NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
xalqaro NNT, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari hamda filiallari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
respublika, viloyatlararo NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etilganda, ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
8. NNT ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
9. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
2-bob. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish
11. NNT ramzi tasdiqlangan kundan boshlab ikki oy mobaynida NNTning vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Platforma yoxud YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa-mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
12. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi;
NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
ramzning namunasi va tavsifi;
NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori;
bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi hamda filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari hamda filiallari uchun;
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda esa avtomatik tarzda:
roʻyxatdan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga;
kelishish uchun tegishli Adliya vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga yuboriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
intellektual mulk sohasidagi vakolatli organ besh ish kunida ramzning intellektual mulkka oid qonunchilikka muvofiqligi boʻyicha oʻrganadi va bu boʻyicha tegishli xulosa beradi.
15. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish.
16. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnoma, “roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ramz namunasi, uning tavsifi hamda nizom Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboriladi.
17. NNT ramzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq NNT ramzlarining davlat reyestriga kiritiladi.
18. Quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda ilova qilingan boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlsa;
ushbu Nizomning 7-bandiga asosan belgilangan yigʻim toʻlanmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasida aynan shunday yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash tasvirlangan ramz ilgari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa;
ramz Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi yoki gerbi bilan oʻxshash boʻlsa;
ramz xorijiy davlatning ramzi bilan bir xil boʻlsa, agar NNTning maqomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan oʻzga hol kelib chiqmasa;
ramz jamiyatning axloqiy negizlarini, umuminsoniy gumanistik qadriyatlarga putur yetkazishni, konstitutsiyaviy tuzumni qonunga zid ravishda oʻzgartirishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligini buzishni, urush holatini, zoʻravonlik va yovuzlikni, ijtimoiy, sinfiy, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirishni, qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etishni targʻib qilsa;
ramz sifatida faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlarning emblemasidan yoki ramzlarining boshqa turlaridan foydalanilgan boʻlsa;
ramz intellektual mulkka boʻlgan huquqni buzsa;
ramz qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
ramz diniy xususiyatga ega boʻlsa.
19. Ramzning maqsadga muvofiq emasligi sababli uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda asoslangan qaror qabul qiladi.
NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada ariza beruvchiga ularning uch oy muddatda yigʻimni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish yoxud aniqlangan kamchiliklarni va ariza beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda, NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida takroran ariza berish huquqi tushuntiriladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangi berilgan hisoblanadi.
21. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
3-bob. NNT ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish
22. NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, NNT ramzi qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
23. NNT rahbar organi tomonidan NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin, shuningdek, NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda, NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun bir oy mobaynida mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror;
NNT ramzining yangi namunasi va uning tavsifi;
NNT ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
24. NNT ramzi NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
25. NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida NNT ramzlarining davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va ariza beruvchiga “roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va QR-kod (matrik shtrixli kod) ramzning yangi namunasi, uning tavsifi hamda nizom beriladi.
Agar ramz tavsifiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada nazarda tutilgan qisqacha tavsifning oʻzgarishiga olib kelsa, ariza beruvchiga NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi guvohnoma beriladi. NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan NNT ramzi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda ham NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi guvohnoma beriladi.
26. Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar rasmiylashtirilgan NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoxud oʻz ixtiyoriga asosan uni QR-kod qoʻyilgan guvohnomaga almashtirish boʻyicha ariza beruvchi mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
guvohnoma nusxasi, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi (mavjud boʻlganda);
yoʻqolgan NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi haqida davriy matbuot nashrida berilgan eʼlon;
27. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ikki ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani, “roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ramz namunasini, uning tavsifi hamda nizomni Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboradi.
Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan NNT ramzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Platforma yoki YIDXP
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va intellektual mulk sohasidagi vakolatli organga yuboradi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va intellektual mulk sohasidagi vakolatli organga yuboriladi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Intellektual mulk sohasidagi vakolatli organ
Ramzning intellektual mulkka oid qonunchilikka muvofiqligi boʻyicha oʻrganadi va xulosa beradi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish.
NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda), Platforma yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
10 ish kuni ichida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani arizaberuvchilarga taqdim etadi.
10 daqiqa ichida
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari ramzlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. Nodavlat notijorat tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Tashkilot nomi:
2. Joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami:
4. Telefon raqami:
II. Nodavlat notijorat tashkilot vakili:
1. F.I.O.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun:
NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi;
NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
ramzning namunasi va tavsifi;
NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori;
bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun;
NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoxud oʻz ixtiyoriga asosan murojaat qilganda:
guvohnoma nusxasi, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi (mavjud boʻlganda);
Izoh. *Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlari ramzlarining
DAVLAT REYESTRI
Reyestr tartib raqami
Ramz davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana
NNT pomi
NNT rahbar organi tomonidan ramzni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana
Ramzning qisqacha tavsifi
Reyestrga yozuvni yozgan shaxsning F.I.O., lavozimi va imzosi
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.”;
“5. Adliya vazirligi tomonidan chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
6. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ushbu fuqarolarni qabul qilayotgan NNT rahbari yoki bunga vakolatli boʻlgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Platforma yoxud YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
chet el fuqarosining ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha shaxsiy varaqasi;
chet el fuqarosining 3x4 sm oʻlchamdagi elektron shakldagi rangli fotosurati;
xorijiy xodimni NNTga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi vakolatli shaxs imzolagan tasdiqnoma-xat. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallariga taalluqli tasdiqnoma-xat belgilangan tartibda legallashtiriladi yoki unga apostil qoʻyiladi;
tibbiyot muassasasining OIV-infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
18 yoshga toʻlmagan bolalar uchun ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi. Pasport mavjud boʻlmagan taqdirda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP yoki Platforma orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish mazkur Nizomga 1a-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi”;
11-banddagi “NNTni uch ish kunidan kechikmay yozma shaklda xabardor qiladi” soʻzlari “Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Adliya vazirligiga ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar” soʻzlari “mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda va nazarda tutilgan hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun NNT tomonidan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda ariza beriladi:”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Platforma yoki YIDXP
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Adliya vazirligi
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida; akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
Bir oy muddatda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Platforma yoki YIDXP
Ariza beruvchiga akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
1. 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“5. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius roʻyxatga olinishi uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali tegishli adliya organiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma beradi”;
quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
“51. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar shaxsan oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda xabarnoma elektron shaklda toʻldiradi.
52. Xabarnoma toʻldirilganidan soʻng xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, xabarnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Toʻldirilgan xabarnoma avtomatik tarzda tegishli adliya organiga yuboriladi.”;
“7. Adliya organi roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni roʻyxatga oladi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Notarial palataning aʼzosi boʻladi va notarius maqomini oladi.
Xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi adliya organi tomonidan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Xabarnomani boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.”;
quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. Xabarnomaning adliya organi tomonidan koʻrib chiqilishi natijasida roʻyxatga olinganligi yoki roʻyxatga olish rad etilganligi haqidagi maʼlumot Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
72. Davlat xizmatlari markazi maʼlumot kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.”;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “roʻyxatdan oʻtganligi” soʻzlari “roʻyxatga olinganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyat koʻrsatish hududida manzilining oʻzgarganligi haqida Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 51 va 52-bandlarida belgilangan tartibda xabarnoma yuboradi”;