Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 24-avgustdagi 538-son
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyuldagi 18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1703, 2007-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Milliy arxiv fondi (keyingi oʻrinlarda — MAF deb yuritiladi) — Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui;”;
“markaziy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — MEK deb yuritiladi) — davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, davlat organi va tashkiloti hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun tuziladigan, oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi;”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK)/ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK)” degan soʻzlar “ekspert-tekshiruv komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — ETK deb yuritiladi) /ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — ETUK deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — EK deb yuritiladi) — davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi.”.
2. Davlat tilidagi matnda 3-bobning
nomidagi “qimmatini ekspertiza qilish” degan soʻzlar “qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Davlat tilidagi matnning
13-bandidagi “qimmatlilik ekspertizasi” va “qimmatlilik ekspertizasini” degan soʻzlar tegishli ravishda “qimmatliligini aniqlash ekspertizasi” va “qimmatliligini aniqlash ekspertizasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Davlat tilidagi matnning 14-bandi
birinchi xatboshisidagi “qimmatini ekspertiza qilish” degan soʻzlar “qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Davlat tilidagi matnning
16-bandidagi “Qimmatlilik ekspertizasi” degan soʻzlar “Qimmatliligini aniqlash ekspertizasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 19-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “qimmatlilik ekspertizasi” degan soʻzlar “axborot resurslarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.