toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2360-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2012-yil 9-apreldagi 29-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360, 2012-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 214-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-avgust,
22-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-son buyrugʻiga

ILOVA

Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) /Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) — arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi Markaziy ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda MEK deb yuritiladi) va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) huzurida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2. 20 va 22-bandlardagi “ETUK” degan soʻz “METK” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tashkilotni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma 3 nusxada tuziladi: birinchi nusxa tashkilotning davlat arxivi tomonidan yuritiladigan kuzatuv yigʻmajildga joylashtiriladi, ikkinchi nusxa arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaning ETK (“Oʻzarxiv” agentligida — METK) ish yuritishida foydalanish uchun olib qoʻyiladi, uchinchi nusxa tashkilot rahbariga ETK (METK)ning tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma bilan birgalikda yuboriladi.”.
4. 30-banddagi “Respublikasi markaziy davlat” degan soʻzlar “milliy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 32-banddan “bosh” degan soʻz chiqarib tashlansin.
6. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati loyihasining kelishilishi toʻgʻrisidagi ETK (METK) qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Roʻyxat oxirida, pastki chap burchagida Arxiv ishi boshqaruv organi ETKning (METK) “kelishilgan” degan shtampi qoʻyiladi, bayonnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi hamda arxiv ishi hududiy boshqarma rahbari (Oʻzbekiston milliy arxivlari uchun — “Oʻzarxiv” agentligi direktori) tomonidan tasdiqlanadi.”.
7. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Arxiv ishi boshqaruv organi ETK (METK)ning davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisidagi qarori roʻyxatni tasdiqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.”.
8. Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“TASDIQLAYMAN

_________________________

organ nomi, lavozimi

________________________

F.I.Sh, imzo

________________________

sana

Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxati

SHAKLI*

___________________________________________________

(davlat arxivining nomi)

T/r

Tashkilot indeksi **

Tashkilot nomi

Mulkchilik shakli

(davlat, nodavlat)

Hujjatlarni qabul qilish shakli:

toʻliq — 1,

tanlanma: turi boʻyicha — 2.1,

guruhi boʻyicha — 2.2

Qabul qilinayotgan hujjatning turi

Izohlar***

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

1. Davlat organlari

1.1.

1.2.

2. Iqtisodiyot. Statistika

2.1.

2.2.

3. Sanoat

3.1.

3.2.

4. Qishloq, oʻrmon, suv xoʻjaligi

4.1.

4.2.

5. Qurilish. Arxitektura

5.1.

5.2.

6. Transport

6.1.

6.2.

7. Aloqa. Radiouzatish. Televideniye

7.1.

7.2.

8. Savdo. Umumiy ovqatlanish

8.1.

8.2.

9. Taʼminot. Tayyorlov. Sotish

9.1.

9.2.

10. Moliyalashtirish. Kreditlash. Davlat sugʻurtasi

10.1.

10.2.

11. Uy-joy kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish

11.1.

11.2.

12. Taʼlim. Kadrlar tayyorlash

12.1.

12.2.

13. Fan

13.1.

13.2.

14. Madaniyat. Sanʼat. Matbuot. Madaniy-ommaviy ishlar

14.1.

14.2.

15. Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya.

Sport. Ijtimoiy taʼminot

15.1.

15.2.

16. Adliya. Sud. Prokuratura

16.1.

16.2.

17. Jamoat tashkilotlari

17.1.

17.2.

18. Boshqa sohalar

18.1

18.2.

Roʻyxatdagi jami tashkilotlar

Shu jumladan mulkchilik turi boʻyicha: davlat, nodavlat

Shu jumladan qabul qilish shakllari boʻyicha: 1, 2.1, 2.2

01.01.20__ y. holatiga jami

ETK kotibi imzosi”

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)