Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-son “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 23-iyundagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3374, 2022-yil 28-iyun) (Qonun hujjatlar maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y.,10/22/3374/0582-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.