toggle_night_mode
Hujjat 26.07.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son hamda “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi tashkilotlar qayta tashkil etilganligi hamda boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qayta nomlanganligi munosabati bilan ularning nomlanishini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi yoʻnalishlarini belgilash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-iyul,
453-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida:
25-pozitsiyaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-pozitsiyaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi nizomning 101-bandi beshinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” va “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” soʻzlari tegishlicha “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” va “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Fitosanitar xavfni tahlil qilish, fitosanitariya choralarini qoʻllash va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 101-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 103-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 201-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgorlardan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi”;
g) 205-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasining “Subyektlar” ustunidagi “Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqich pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini foydalanishga qabul qilish hududiy ishchi guruhiga taqdim etadi”;
9-bosqich pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovaning 4-bandidagi “Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 4-ilovaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi hamda oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 6-noyabrdagi 695-son qarorida:
a) 1-ilovaning 3-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom”;
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma Agentlik tizimida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi”;
6-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tomonidan koʻp tomonlama tan olish bitimiga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda zarur boʻlgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, lekin 500 million soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
yillik tushumida tayyor oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan hamda har yili qiymati 1 million dollardan ortiq miqdordagi mahsulotlarni eksport qiluvchi mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar boʻyicha xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ularga hisoblangan ish haqining 30 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandi uchinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan Tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhining

NAMUNAVIY TARKIBI

1. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari
2. Kelishuv asosida — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili
3. Kelishuv asosida — Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili
4. Kelishuv asosida — Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakili
5. Kelishuv asosida — Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakili
6. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori oʻrinbosari, ishchi guruh kotibi”;
b) 7-ilovaning “Respublika ishchi guruhi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ishchi guruhi:
1. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari
2. Kelishuv asosida — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili
3. Kelishuv asosida — Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili
4. Kelishuv asosida — Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakili
5. Kelishuv asosida — Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakili
6. Lavozimi boʻyicha — Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari”;
v) 8-ilovaning “Respublika ishchi guruhi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ishchi guruhi:

T/r

Respublika ishchi guruhi aʼzolari

Rad etish sabablari

1.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari

2.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili

3.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili

4.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakili

5.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakili

6.

Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari

.

12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklariga qarshi vaksinatsiya tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b)ilovaning 1 — 5 hamda 7 va 8-pozitsiyalarining “Subyektlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” bilan soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qarorida:
a) 3 va 4-bandlardagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash sxemasining 1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi”, uchinchi satrda “Veterinariya va chorvachilikni” va toʻrtinchi satrda “rivojlantirish qoʻmitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan”;
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi tasviridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raising” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning 4-bandi birinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash sxemasining 1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi”, uchinchi satrda “Veterinariya va chorvachilikni” va toʻrtinchi satrda “rivojlantirish qoʻmitasi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni guvohnomasi tasviridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son; 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)