OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 449-son “Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 28-apreldagi 101-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2585, 2014-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 241-modda) bilan tasdiqlangan Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibini belgilaydi.”.
“naslchilik xoʻjaligi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 449-son qarori bilan tasdiqlangan Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq naslchilik xoʻjaligi maqomiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;”.
3.
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Baholash va tekshirish natijalariga muvofiq podani yaxshilovchi deb topilgan nasldor erkak hayvonlar haqidagi maʼlumotlar Davlat nasldor hayvonlar kitoblariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etiladi.”.