Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalari haqida” 1991-yil 26-oktabrdagi 272-son
qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 12-avgustdagi 375-son
qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatining baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 111-son
qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika isteʼmol bozorini muhofaza qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 19-maydagi 236-son
qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-dekabrdagi 453-son qarorining
6-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEU-avto” qoʻshma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarish, sotish va ularga texnik xizmat koʻrsatish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 3-sentabrdagi 304-son qarorining
12-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1996-yil 16-sentabrdagi 319-son
qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chetdan keltirilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻi joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 23-sentabrdagi 333-son
qarori.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini barter asosida amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qaroriga ilovaning
12-bandidan “Bunda 2-roʻyxatda keltirilgan tovarlarga koʻproq ustunlik berilishi kerak” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son
qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati”ga soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmatiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasining” soʻzlari “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmati” soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari boʻlishlari yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son
qaroridagi (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-son qarori tahririda):
5-bandning
uchinchi xat boshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining bojxona xizmati organlari” soʻzlari “bojxona organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Barter asosidagi eksport-import operetsiyalarini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-avgustdagi 280-son
qarorida:
3-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasida” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son
qaroridagi:
1-ilovaning
8-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari va bojxona xizmatlarida” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida viloyatlar soliq boshqarmalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar Toshkent shahar boshqarmalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chetga olib chiqib ketilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻi joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 1-oktabrdagi 343-son qaroriga
ilovadan “Qayta eksport sifatida chetga olib chiqib ketilayotgan boshqa mahsulotlar — 25%” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qaroriga
1-ilova — “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibi”da:
“Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha xorijiy valyutani olib kirilishida 10000 AQSH dollaridan ortiq summadan 1 foiz miqdorida boj yigʻimi undiriladi”.
“500” raqami “1500” raqami bilan almashtirilsin;
“Koʻrsatilgan summadan ortiq naqd valyutani olib chiqib ketishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ruxsatnomasi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi” soʻzlari “Koʻrsatilgan summadan ortiq naqd valyutani olib chiqib ketishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun bosh litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli banklarning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3.2-banddan “shu jumladan jarima solish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-maydagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasidagi loyihalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom”ning
30-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son
qaroridagi:
3-band (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan” soʻzlaridan keyin “keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan holda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-bandning
ikkinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtagan” soʻzlari “harbiy xizmatni oʻtagan yoki ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasi budjetining prognozi toʻgʻrisida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son
qaroriga 14-3-ilovadagi “qayta eksport sifatida chetga olib chiqib ketilayotgan boshqa mahsulotlar 25%” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-fevraldagi 61-f-son farmoyishidagi:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “14 va 15-bandlar bilan” soʻzlari “14-band bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band chiqarib tashlansin.
14. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-apreldagi 131-f-son farmoyishining 3-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.