Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 27-dekabrdagi
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-sanoat guruhlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-sanoat guruhlari toʻgʻrisidagi nizomning
10-bandida:
“moliya-sanoat guruhi qatnashchilari tarkibiga monopol korxonalar roʻyxatiga kiritilgan korxonalarning kirishlariga”;