1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
yuklarni hamda yoʻlovchilarni tashish hajmlarini xalq xoʻjaligi va respublika aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat buyurtmalari shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar va kontraktlar asosida mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi;
toʻla tijorat hisob-kitobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash sharoitlarida ishlaydi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi sugʻurta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl boʻlimlari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga oid ilgari tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha Oʻrta Osiyo temir yoʻlining huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
xalqaro temir yoʻllarda va aralash temir yoʻl aloqalarida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashishni tashkil etishda xorijiy temir yoʻllar oldida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” deb nomlangan yuridik shaxs sifatida ish yuritadi;
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllarni rivojlantirish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
temir yoʻllardan texnik foydalanish va yuk hamda yoʻlovchilar tashish shartlari boʻyicha yagona normativ hujjatlarni tasdiqlash;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti manfaatlarini ifodalash, xorijiy temir yoʻllar (idoralar), tashkilotlar va firmalar bilan yuk va yoʻlovchilar tashish, xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bitimlar yoki shartnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tuzish;
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi (“Bitimlar”) va 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq temir yoʻllar atrofida ajratilgan yerlar doirasidagi joylardan foydalanish, ularda imoratlar va inshootlar qurish tartibini belgilash.
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi tuzilmasi temir yoʻl boʻlimlari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tarkibida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Davlat-aksionerlik kompaniyasi boshqaruvining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga va 2a*-ilovalarga muvofiq hamda uning xodimlarining cheklangan soni 330 kishi doirasida tasdiqlansin.
Davlat-aksionerlik kompaniyasiga raisning besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan, raisning ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin. Rais, uning oʻrinbosarlari, kompaniya boshqaruvi aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning oʻrinbosarlariga belgilangan moddiy-maishiy taʼminot, tibbiy transport xizmati koʻrsatish sharoitlari joriy qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kompaniya Ustavini tasdiqlash uchun kiritsin.
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya dasturida yangi temir yoʻllar qurish va kompaniya tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar boʻyicha tashish vositalari sotib olishga mablagʻlar manbalarini nazarda tutsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga aksiyalar nazorat paketining davlat ixtiyorida qolishini nazarda tutgan holda kompaniyaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasi ayrim obyektlarini aksiyalashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlarida sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻli tizimida belgilangan imtiyozlar saqlab qolinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasida aloqaning barcha turlarini saqlab qolsin.
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Toshkent shahar, T. Shevchenko koʻchasi, 7-uyda joylashgan.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-noyabr,
551-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat- aksionerlik kompaniyasining
TUZILMASI
Toshkent temir yoʻl boʻlimi
Toshkent shahri
Fargʻona temir yoʻl boʻlimi
Qoʻqon shahri
Buxoro temir yoʻl boʻlimi
Kogon shahri
Orolboʻyi temir yoʻl boʻlimi
Qoʻngʻirot shahri
Qarshi temir yoʻl boʻlimi
Qarshi shahri
“Oʻztemiryoʻlmashtuzatish” ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent shahri
“Temiryoʻlyoqilgʻitaʼminot” birlashmasi
Toshkent shahri
Temiryoʻltaʼminot” tijorat vositachilik birlashmasi
Toshkent shahri
“Temiryoʻlfarmatsiya” birlashmasi
Toshkent shahri
“Temir yoʻl ishchilar taʼminoti” boʻlimlari birlashmasi
Toshkent shahri
“Temiryoʻlrestoran” birlashmasi
Toshkent shahri
“Harbiylashtirilgan qoʻriqlash” birlashmasi
Toshkent shahri
Yoʻl qurilish-montaj tresti
Toshkent shahri
Elektrlashtirish obyektlarini qurish direksiyasi
Toshkent shahri
Respublika vazirliklari va idoralari uchun temir yoʻllar qurish direksiyasi
Toshkent shahri
Kompaniya maʼmuriy binolari kompleksiga xizmat koʻrsatish direksiyasi
Toshkent shahri
Yuk va yoʻlovchilar tashish temir yoʻl hisob- kitob markazi
Toshkent shahri
“Toshtemiryoʻlloyiha” instituti
Toshkent shahri
Axborot-hisoblash markazi
Toshkent shahri
Temir yoʻl elektr-mexanika ustaxonalari
Toshkent shahri
Atrof-muhitni muhofaza qilish temir yoʻl ilmiy-ishlab chiqarish markazi
Toshkent shahri
406-ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi
Toshkent shahri
1-energiya-montaj poyezdi
Toshkent shahri
“Temiryoʻlmarmar” ishlab chiqarish birlashmasi
Buxoro shahri
Yoʻlovchi tashuvchi vagon deposi
Toshkent shahri
Refrejirator vagon deposi
Sirdaryo shahri
Signalizatsiya va aloqa uzel distansiyasi
Toshkent shahri
Bosmaxona
Toshkent shaxri
14-rels payvandlash poyezdi
Toshkent shahri
Shagʻal zavodi
Mangʻit shahri
Shagʻal zavodi
Ziyovuddin shahri
17-temir yoʻl mashina stansiyasi
Kogon shahri
164-temir yoʻl mashina stansiyasi
Qoʻqon shahri
203-temir yoʻl mashina stansiyasi
Toshkent shahri
214-temir yoʻl mashina stansiyasi
Tanxoz stansiyasi
223-temir yoʻl mashina stansiyasi
Toshkent shahri
279-temir yoʻl mashina stansiyasi
Qoʻngʻirot shahri
Temir yoʻl ustaxonalari
Kogon shahri
Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti