toggle_night_mode
Hujjat 14.10.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Soʻnggi yillarda tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan ayrim toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.
Hozirgi kunda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlariga yangi imkoniyatlar yaratish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning boshqa toifadagi transport vositalariga ham sifatli texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni hamda “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, transport vositalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan belgilash tartibini bekor qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan Ml, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazishga ruxsat etish tartibini belgilash, bunda mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan talablar va davlat nazorati mexanizmlarini oʻrnatish;

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari hamda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida aloqani elektron shaklga oʻtkazish;

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan ustavining nusxasi talab qilish tartibini bekor qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining elektron tizimlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Texnik koʻrik” moduliga integratsiya qilinishini taʼminlasin.

3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-iyul,
390-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-son qaroriga

ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki:
Davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari, shuningdek, xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”.
birinchi xatboshidagi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik koʻrik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Texnik koʻrik” moduliga (keyingi oʻrinlarda — “Texnik koʻrik” moduli)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga (davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari, shuningdek, xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari bundan mustasno) tegishli boʻlgan Ml, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari, shuningdek, xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishga ariza yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki DYHXX dasturiy taʼminoti (mobil ilova) orqali murojaat etishlari mumkin.
YIDXP yoki DYHXXning dasturiy taʼminoti (mobil ilova) orqali shakllantirilgan murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Texnik koʻrik” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Texnik koʻrik” moduli) orqali tadbirkorlik subyektlariga onlayn rejimida yuboriladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi va vaqti haqida jismoniy va yuridik shaxslarga onlayn rejimda xabar yuboriladi”;
uchinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “Texnik koʻrik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga” soʻzlari “Texnik koʻrik” moduliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bobning nomidagi “Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) hududda yoki egalarining xohishiga koʻra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa hududlarda ham texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”;
12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Transport vositalarni navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy texnik koʻrik paytida mazkur Nizomning 5-bandi talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi”;

13 — 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish:
DYHXXning diagnostika stansiyalarida (tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan transport vositalari bundan mustasno);

texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida (shartnoma asosida);

tadbirkorlik subyektlarining texnik bazasida (M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalari).
14. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari va tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan, transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnika bazasiga (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqarish-texnika bazasi) ega boʻlishi zarur.
15. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasi:
a) quyidagilarga muvofiq boʻlishi zarur:

transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;

avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gaz balloni uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish hamda ularning ballonlarini tekshirish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan tabiiy gazda (keyingi oʻrinlarda — STG), suyultirilgan neft gazida (keyingi oʻrinlarda — SNG) yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega boʻlishi lozim, shu jumladan:
transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalari hamda ularning elektron tizimiga;
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
avtomatik boshqaruvga ega boʻlgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yoʻlagi mavjud boʻlishiga;
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni oʻlchash pribori hamda uning elektron tizimiga;

rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;

chiroqlar yorugʻligini boshqarish va kuchini nazorat qilish pribori hamda uning elektron tizimiga;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
gaz analizatoriga — uchqundan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori hamda uning elektron tizimiga;
tutun oʻlchash priboriga — siqilishdan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;

dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash priboriga;

shovqinni oʻlchash priboriga;
oynalarning yorugʻlik oʻtkazishini tekshirish pribori hamda uning elektron tizimiga;
kompressorga;
qinchali manometrga;
zarur kompyuter texnikasiga va davlat raqami belgilarini aniqlovchi foto-videokuzatuv kameralari tizimiga.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.

Qoʻllaniladigan barcha oʻlchov vositalari tasdiqlangan tipda boʻlishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi shart.

Ushbu bandda koʻrsatilgan elektron tizimlar “Texnik koʻrik” moduliga majburiy integratsiya qilinadi”;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
17-banddagi “DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalari va tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari “ishlab chiqarish-texnika bazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tadbirkorlik subyektlari transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmatlari yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi oʻrinlarda — hududiy IHXB) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Hududiy YHXB tomonidan tadbirkorlik subyektining ustavi hamda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnika bazasining “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomasi mustaqil ravishda olinadi”;
birinchi xatboshidagi “taqdim etilgan” soʻzlari “olingan” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“22. Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tegishli davlat organlarining elektron tizimlarida mavjud boʻlmagan taqdirda, hududiy YHXB ikki ish kuni ichida tadbirkorlik subyektlariga bu haqda xabar beradi.

Tadbirkorlik subyektlari mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish huquqiga ega”;
23-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “Texnik koʻrik” avtomatlashtirilgan axborot tizimi” soʻzlari “Texnik koʻrik” moduli” soʻzi bilan almashtirilsin;
28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, shuningdek, xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish tartibi”;
29 va 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, shuningdek, xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalarining texnik koʻrigi transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) joyda yoki ularning murojaatlariga koʻra eksterritoriallik tamoyili asosida quyidagi joylarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi:
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;

texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida;

DYHXXning diagnostika stansiyalarida.
Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari DYHXXning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.

Tashkilotlarda texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika asbob-uskunalari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.

30. Texnik koʻrikni tashkil etish davlat boshqaruvi organlari va boshqalarning murojaatlari asosida rejalashtiriladi”;
31-banddagi “Bir kunda texnik” soʻzlari “Texnik” soʻzi bilan almashtirilsin;
32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. DYHXX hududiy organi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va boshqalarga elektron pochta (elektron tizim) orqali texnik koʻrik muddatlari toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.

Transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar DYHXX xodimlari tomonidan elektron tizim orqali olinadi.

34. Texnik koʻrik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida oʻtkaziladi”;
35 va 36-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
37-band “texnik koʻrikdan” soʻzlaridan keyin “DYHXX xodimlari tomonidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Texnik koʻrik” moduliga kiritiladi va ushbu Nizomga 3 yoki 4-ilovalarda keltirilgan dalolatnoma elektron shakllantiriladi.
Xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalariga ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakldagi “Transport vositasi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida”gi talon elektron shaklda beriladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon navbatdagi texnik koʻrik oʻtkazilgungacha saqlanadi.”
45-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish imkoni boʻlmagan taqdirda, jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga murojaat qiladi va ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat bundan mustasno).
Bunda DYHXXning hududiy organi xodimi joyiga chiqqan holda, nosozliklar toʻgʻrisida Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunadagi alohida transport vositasining texnik koʻrik dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtiradi va barcha nosozliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Texnik koʻrik” moduliga kiritadi”;
46-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
47-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-band “standartlar talablariga muvofiqligi” soʻzlaridan keyin “DYHXX xodimlari tomonidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
51-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aniqlangan texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Texnik koʻrik” moduliga kiritiladi va texnik nosozlik toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi”;
quyidagi mazmundagi 511 va 512-bandlar bilan toʻldirilsin:
“511. Davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida texnik koʻrikdan oʻtkazilgan transport vositasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur Nizomning 15, 17, 23, 24 va 25-bandlari talablariga muvofiq DYHXX xodimi ishtirokida nazorat tariqasida qayta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
Qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida transport vositasining texnik nosozligi aniqlansa, tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻtkazilgan texnik koʻrik bekor qilinadi va “Texnik koʻrik” moduliga transport vositasining nosozligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
512. Ommaviy va maxsus tadbirlarga jalb etiladigan transport vositalarining texnik holati DYHXX xodimlari tomonidan tekshiriladi va ushbu Nizomga 2, 3 yoki 4-ilovalarda keltirilgan dalolatnomalardan biri ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi transport vositasi haydovchisiga (transport vositalari egasiga yoki tadbir tashkilotchisiga) beriladi, ikkinchi nusxasi DYHXXda saqlanadi”;
53-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)