Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 1-martdagi 3-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3351, 2022-yil 2-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3351/0178-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida taʼlimning kredit-modul tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-banddagi “fakultet dekani” degan soʻzlar “Oʻquv-metodik boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Oʻquv mashgʻulotlarida kasalligi yoki hujjat bilan tasdiqlangan boshqa uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining yoki oʻquvchining nikoh tuzishi, farzand tugʻilishi, fan, madaniyat va sport sohalaridagi xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida ishtirok etganlik, elektron taʼlim platformasida yuzaga kelgan texnik nosozlik) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan oʻquvchiga uning arizasi hamda ilova qilingan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq yuridik texnikum direktorining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (bundan buyon matnda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari deb yuritiladi) tomonidan oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini (bundan buyon matnda nazorat turi deb yuritiladi) topshirishga ruxsat beriladi.
Bunda, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari nomiga oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat berishni soʻrab, uzrli sabablar (holatlar) bartaraf etilgan vaqtdan boshlab 15 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.”.
3.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun yuridik texnikumda nazorat turlari oʻtkaziladi.
Oʻquv dasturlarida belgilangan hollarda faqat yakuniy nazorat turi oʻtkazilishi mumkin.”.
4. 12-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “fakultet dekani” degan soʻzlar “Oʻquv-metodik boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oraliq nazoratni oʻtkazish tartibi (oraliq nazoratni oʻtkazish shakli, oraliq nazorat savollariga qoʻyiladigan talablar, baholash mezonlari) oʻquv fanining xususiyatlari va unga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda oʻquv yili boshlanishidan kamida ikki hafta avval oʻquv dasturlarida belgilanadi va TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.”.
6. 16-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “fakultet dekaniga” degan soʻzlar “Oʻquv-metodik boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“17. Oʻquv-metodik boʻlimi nazorat turlari boʻyicha savollarni qabul qilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning oʻquv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish ishlarini amalga oshiradi.
18. Nazorat turlari boʻyicha savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (kazus, case-study) oʻz ichiga oladi. Shuningdek, yakuniy nazorat test shaklida oʻtkazilishi mumkin. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.”.
8.
19-band “auditoriyada yozma shaklda” degan soʻzlardan keyin “yoki elektron taʼlim platformasi orqali kompyuterda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Fakultet dekani” degan soʻzlar “Oʻquv-metodik boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10.
25-banddagi “va fakultet dekani” degan soʻzlar “, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimining boshligʻi va xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 33-bandning
birinchi xatboshisidagi “fakultet dekani” degan soʻzlar “Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimining boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “fakultet dekani” degan soʻzlar “Oʻquv-metodik boʻlim boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “fakultet dekani” degan soʻzlar “Oʻquv-metodik boʻlim boshligʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.