Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksiga hamda Saylov kodeksining
14 va
16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomning
4-bandidan “150-moddasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
25-bandidagi “Mehnat kodeksining 165-moddasida” degan soʻzlar “Mehnat kodeksida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.