1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.04 (Кучини йўқотган) Muomaladagi tovarlarning garovi / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.06.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik yigʻimi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
8.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
9.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
10.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
4.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
5.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
6.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
7.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
8.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda):
moddaning nomi “yuritish tartibini” degan soʻzlardan keyin “shuningdek toʻlov intizomini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismning tavsif qismi “shu jumladan debitorlik qarzining muddati oʻtkazib yuborilgan hollarda buzish hamda korxonalarning hisob raqamida tegishli mablagʻlar boʻlgani holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari tijorat banklarining shuʼbalari tomonidan buzilishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 84-modda; 1992-yil, № 10, 397-modda; 1993-yil, № 6, 242-modda) 19-moddasi quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:
“4-1. Tijorat banklari shuʼbalarining rahbarlari tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan va ularning gumashtalik hisob raqamlari qoniqarsiz ahvolda boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki ularga nisbatan quyidagi jazolarni qoʻllanishi mumkin:
bank shuʼbasining qonunga xilof harakati natijasida olingan qoʻshimcha daromadi miqdorida undan jarima puli undirish;
korxonalarning hisob raqami orqali toʻlovlar oʻtkazilishi kechikishiga muntazam ravishda yoʻl qoʻyib kelayotgan shuʼba tugatilishini tijorat bankidan talab qilish, basharti yuqorida qayd etilgan talabni bajarishdan asossiz ravishda bosh tortilgan taqdirda, bank operatsiyalarini bajarishi uchun mazkur bankka berilgan litsenziyani qaytarib olish”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 49-modda, № 4, 177-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda, № 6, 240-modda; 1994-yil, № 5, 159-modda, № 11 — 12, 285-modda):
1) 10-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod etiladilar.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar daromad (foyda) olingan birinchi yili daromad (foyda) soligʻining 50 foizini, ikkinchi yili — 75 foizini, uchinchi yilidan boshlab — 100 foizini toʻlaydilar.
Davlat-aksionerlik ipoteka banki roʻyxatdan oʻtgan paytidan eʼtiboran besh yil mobaynida daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi”;
2) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “j” bandcha bilan toʻldirilsin:
“j) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarga, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 27-modda) 5-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga”.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 215-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda, № 11 — 12, 285-modda):
1) 1-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qaroriga binoan ijaraga yer uchastkalari olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi oʻrniga mahalliy budjetga ijara haqi toʻlaydilar, uning miqdori tomonlarning kelishuvi boʻyicha, lekin qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yer soligʻining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan koʻp boʻlmagan miqdorda, yerlardan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanilganda esa bir stavkasi miqdorida belgilanadi”;
“Yuridik shaxslar yil davomida yer uchastkasiga mulkdorlik qilish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlib qolgan, shuningdek ular foydalanadigan yer maydoni koʻpaygan yoki yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar huquqlari toʻxtatilgan taqdirda, ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar huquqlari toʻxtatilgan kundan boshlab koʻpi bilan bir oylik muddatda soliq organlariga yer soligʻiga doir hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart”;
modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxslarga yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, ular ushbu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab soliq toʻlashni toʻxtatadilar. Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar huquqlari toʻxtatilgan taqdirda, ular ushbu huquq toʻxtatilgan oydan keyingi oydan boshlab yer soligʻi toʻlay boshlaydilar”;
quyidagi mazmundagi “o” va “p” bandlar bilan toʻldirilsin:
“o) yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holati yaxshilanishi jarayonidagi sugʻoriladigan yerlar loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan eʼtiboran koʻpi bilan besh yilga;
“p) ilmiy tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlari tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlarida foydalaniladigan qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi va oʻrmonfondidagi yerlari”;
modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq undirilmaydigan yer uchastkalaridan bevosita moʻljallangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, bunday yerlarga nisbatan ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi”;
“g” bandi “diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalaridan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“l” bandi “baynalmilal burchini bajargan shaxslar” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilgan shaxslar, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
modda quyidagi mazmundagi “o” bandi bilan toʻldirilsin:
“o) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga”;
modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq toʻlashdan ozod qilingan soliq toʻlovchilar yerlardan bevosita moʻljallangan maqsadda foydalanmaganlari taqdirda, ularga nisbatan ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi”.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 132-modda) 4-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga”.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 50-modda, № 4, 168-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; 1994-yil, № 1, 14-modda, № 10, 254-modda):
“r” bandchasidagi “bir yarim barobarigacha” degan soʻzlar “uch barobarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“s” bandchasidagi “uch barobarigacha” degan soʻzlar “olti barobarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
band quyidagi mazmundagi “ts” bandcha bilan toʻldirilsin:
“ts) bolalar va boshqa sogʻlomlashtirish lagerlarining bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan yoʻllanmalari qiymatini, ota-onalarning bolalar bilan dam olishiga maxsus moʻljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalari qiymatini, shuningdek oʻz xodimlarining ambulatoriy yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini toʻliq yoki qisman kompensatsiya tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz xodimlariga yoki ular uchun toʻlagan summalar.
Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar sirasiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning sogʻlomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga olgan yoʻllanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda oʻz salomatliklarini tiklash uchun qilgan xarajatlarini toʻliq yoki qisman toʻlash tartibida toʻlagan summalar ham kiradi”;
quyidagi mazmundagi “j” bandcha bilan toʻldirilsin:
“j) bojxona xizmatining oddiylar va boshliqlar tarkibidan boʻlgan shaxslar — oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan barcha toʻlovlar boʻyicha”;
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan “Yer toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil № 16 — 18, 294-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 84-modda; 1993-yil, № 6, 243-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda, № 11-12, 285-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda):
1) 13-modda birinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi garovda boʻlgan taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmagan yer uchastkalari avvalgi egalariga ular toʻlagan haqni qaytarib bergan holda tortib olinadi”.
2) 17-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yer egalari shaxsiy erdamchi xoʻjalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini kreditlar olish uchun garovga qoʻyishlari mumkin”;
3) 64-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijaraga oluvchilar tomonidan yer uchastkalarini sotib-olish va sotish, sovgʻa qilish, garovga qoʻyish (shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini garovga qoʻyish bundan mustasno), oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas”.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.04 (Кучини йўқотган) Muomaladagi tovarlarning garovi / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 4-moddasi 1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ashyolar, qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari, shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, turar joy binolari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin”.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 13-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda):
1) 3-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6. Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlarini, ularning emissiyalariga doir maʼlumotnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek aksiyalarini chiqarish va joylashtirish Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi”;
2) 12-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishda aksiyalarni taqsimlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda):
“davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash”;
2) 4-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin boʻlmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarining roʻyxati, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan obyektlar hamda korxonalarning roʻyxati Oliy Majlis tomonidan belgilanadi”;
3-banddagi “ikki oy ichida” degan soʻzlar “oʻn kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Davlat korxonasini ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qabul qilinadi”;
4) 8-moddaning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonasi ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, davlat mulki obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi”;
5) 9-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bahosi hisobga olinishi lozim”;
“respublika va mahalliy davlat boshqaruv organlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari”.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda; 1993-yil, № 6, 246-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda):
1) 6-moddaning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatga olish yigʻimlari va boshqa toʻlovlar undirilmaydi”;
2) 36-moddaning 1-bandidagi, 39-modda 1-bandining 2-xatboshisidagi, 2-bandining 2-xatboshisidagi “mulkdorning”, “mulkdor”, “egalik qiluvchiga” degan soʻzlar “korxona mol-mulki egasining”, “korxona mol-mulki egasi”, “korxona mol-mulki egasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.06.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik yigʻimi]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan roʻyxatga olganlik uchun undiriladigan yigʻim va bunday shaxslarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 12-modda) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “15 kundan kechiktirmay” degan soʻzlar “uch kunlik muddatda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 267-modda):
1) 43-modda birinchi qismidagi “uning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 51-modda ikkinchi qismidagi “va uning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sarlavhasidagi hamda birinchi qism birinchi xatboshisidagi “Raisining oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “Raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oliy xoʻjalik sudining Raisi yoʻqligida uning vakolatini Raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa, Raisning oʻrinbosari amalga oshiradi”.