1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kurash mahorat maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarorida viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shahrida bosqichma-bosqich kurash mahorat maktablarini (keyingi oʻrinlarda — kurash mahorat maktablari) tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Kurash mahorat maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Kurash mahorat maktablarining oʻquvchi-sportchilarini zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan taʼminlash normativlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
kurash mahorat maktablari ixtisoslashtirilgan davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi;
kurash mahorat maktablarida oʻziga tegishli sport inshootlari imkoniyatlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha ravishda Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan yakkakurash sport turlari ham rivojlantirilishi mumkin;
kurash mahorat maktablari oʻquvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 140 nafarni tashkil etib, ular 5 — 11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;
kurash mahorat maktablari oʻquvchi-sportchilarining umumtaʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olishi kurash mahorat maktabiga yaqin joyda joylashgan umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladi;
kurash mahorat maktablari direktori, direktor oʻrinbosarlari, trener-oʻqituvchilari, yoʻriqchi-uslubchilari, tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarini, tarbiyachilar mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
kurash mahorat maktablari direktori, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trener-oʻqituvchilari, yoʻriqchi-uslubchilari, tibbiyot xodimlarining mehnati Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga muvofiq ragʻbatlantiriladi (ustama haq toʻlanadi);
kurash mahorat maktablari tibbiyot xodimlari mehnatiga Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq haq toʻlanadi;
kurash mahorat maktablariga oʻquvchi-sportchilar umumiy kontingentdan kelib chiqqan holda boʻsh oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan yil davomida iqtidorli oʻquvchi-sportchilar, shu jumladan, tegishli sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari bilan toʻldiriladi;
kurash mahorat maktablarida oʻquv-mashgʻulot jarayonining davomiyligi va davriyligi sport musobaqalari taqvimi hamda oʻquvchi-sportchilarning har bir guruhi uchun yakka tartibda sport tayyorgarligi davrlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
4. Kurash mahorat maktablariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport maktabi sport tadbirlarining taqvim rejasi hamda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻquvchi-sportchilar va trenerlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari bilan kelishgan holda, xalqaro musobaqalarda va xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida qatnashish uchun yuborish huquqi berilsin.
5. Quyidagilar kurash mahorat maktablarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.04.00 Bepul ovqat]
Davlat budjeti mablagʻlari;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan va ularning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
kurash mahorat maktablari oʻquvchi-sportchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi;
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2024/2025 oʻquv yili boshlanguniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda kurash mahorat maktablarida umumiy oʻrta taʼlim jarayonining uzviyligini hamda sport mahoratini uzluksiz oshirishni taʼminlashni hisobga olgan holda malaka talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi kurash mahorat maktablari oʻquvchi-sportchilarini maktabga yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida umumiy oʻrta taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi:
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xorazm viloyati kurash mahorat maktabiga Xorazm viloyati Yangibozor tumanining “Doʻstlik” MFYdagi 11-uy manzilida joylashgan binoni operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish hamda uni ushbu binoga joylashtirish choralarini koʻrsin;
kurash mahorat maktablarining ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
kurash mahorat maktablarini malakali trenerlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
kurash mahorat maktablarida oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-iyun,
353-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 353-son qaroriga 1-ILOVA
Kurash mahorat maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining
NAMUNAVIY SHTATLAR JADVALI
T/r
Lavozimlar nomi
Shtat birligi soni
1.
Direktor
1
2.
Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari
1
3.
Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
1
4.
Xoʻjalik mudiri
1
5.
Ish yurituvchi — kadrlar boʻyicha inspektor
1
6.
Sport psixologi
1
7.
Bosh hisobchi
1
8.
Sport zaxirasini tayyorlash va monitoringini yurituvchi boʻlim katta yoʻriqchi-uslubchisi
Kiyim va choyshablarni taʼmirlash boʻyicha tikuvchi
0,5
Izoh.
1. Kurash mahorat maktablarida tibbiy xodimlar shtat birliklari doirasida sport farmakologi, sport diyetologi va uqalovchi lavozimlari kiritilishi mumkin.
2. Kurash mahorat maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish normalari ushbu namunaviy shtatlar jadvalining ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Kurash mahorat maktablarida tarbiyachi shtat birliklari doirasida katta tarbiyachi lavozimi kiritiladi.
* Ushbu lavozimlar autsorsing xizmatiga oʻtganda kiritilmaydi.
Kurash mahorat maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvaliga
ILOVA
Kurash mahorat maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
NORMALARI
1. Mazkur Normalar kurash mahorat maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish tartibini belgilaydi.
2. Kurash mahorat maktabining 2500 kv metr va undan ortiq qoplama toʻshalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama toʻshalgan maydonning keyingi har 2 500 kv metr uchun 1,0 birlikdan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
3. Kurash mahorat maktabining mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi. Ijaraga bergan maydoni bundan mustasno.
4. Kurash mahorat maktabini kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda 3,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
5. Bino va inshootlar, shuningdek, jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi:
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (oʻchirib-yoqish moslamasi, rozetka va korobka) (taʼlim muassasasiga tegishli koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, har 700 ta yoritish nuqtalari uchun — 1,0 birlik;
chilangar lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2 800 kv metr maydon uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 2,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
duradgor lavozimi — kurash mahorat maktabi binosining foydalaniladigan 5 000 kv metr va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik kiritiladi.
Kurash mahorat maktabi binolarining ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
6. Binolarning ichki qismi, shu jumladan, xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar, majlislar zali, sport zali va oʻquv-auditoriya (yotoqxonaning oʻquvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv metr tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
7. Uy-joy-kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan kurash mahorat maktabida isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va boshqalar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼi nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa — 1,0 birlikdan, 6 ta va undan ortiq boʻlsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 ta pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 ta pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda) kiritiladi.
8. Kurash mahorat maktabida tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, kurash mahorat maktabining oʻquvchilar turar joyida yashovchi har 25 nafar oʻquvchiga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
9. Tungi navbatchilik uchun tarbiyachi yordamchisi lavozimi bola soni 140 nafargacha boʻlgan yotoqxona binosi uchun 2 shtat birlik kiritiladi.
10. Kurash mahorat maktabiga tegishli soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
11. Sport inshootlari, yopiq va ochiq suv havzasi hamda suv havzalari mavjud boʻlgan kurash mahorat maktabida 1,0 birlikdan dezinfektor lavozimlari kiritiladi.
12. Ushbu Normalar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilishda, unga kurash mahorat maktabining asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻquvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
13. Shtatlar jadvaliga boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar kiritilishining toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu taʼlim muassasasi rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
14. Kurash mahorat maktabi shtatlar jadvalini tuzishda, ularning faoliyatini oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mazkur normalarda koʻzda tutilmagan lavozimlarni hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda kiritishga ruxsat beriladi.
15. Shtatlar jadvalini tuzishda kurash mahorat maktabining yilning 1-yanvar holatidagi roʻyxatida mavjud boʻlgan oʻquvchilar soni hisobga olinadi va u oʻquvchilar soni oʻzgarishiga koʻra yilning 1-sentabrdagi holati boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 353-son qaroriga 2-ILOVA
Kurash mahorat maktablarining oʻquvchi-sportchilarini zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan taʼminlash
NORMATIVLARI
T/r
Anjomlar nomi
Oʻlchov birligi
Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativ
Foydalanish muddati
I. Yashash uchun anjomlar
1.
Toʻshak
dona
1
5 yil
2.
Paxtali odeyal
dona
1
3 yil
3.
Junli odeyal
dona
1
3 yil
4.
Yostiq
dona
1
3 yil
5.
Yopingʻich
dona
1
5 yil
6.
Sochiq
dona
2
1 yil
7.
Yostiq jildi
dona
2
1 yil
8.
Choyshab
dona
2
1 yil
9.
Koʻrpa jildi
dona
2
1 yil
10.
Kiyim shkafi
dona
1
5 yil
11.
Javoncha
dona
1
5 yil
12.
Karavot
dona
1
5 yil
13.
Stol
dona
1
5 yil
14.
Stul
dona
1
5 yil
15.
Karavotoldi gilamchasi
dona
1
3 yil
16.
Grafin va stakan
dona
1
3 yil
II. Sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh
17.
Kurash yaktagi (Kimono)
dona
2
1 yil
18.
Belbogʻ
dona
2
1 yil
19.
Sport maykasi
dona
2
1 yil
20.
Sport shortlari
dona
2
1 yil
21.
Mashq qilish uchun sport kostumi
jamlanma
1
2 yil
22.
Vaznni kamaytirish kostumi
jamlanma
1
2 yil
23.
Sport poyabzali
juft
1
1 yil
24.
Shippak
juft
1
1 yil
25.
Sport sumkasi
dona
1
3 yil
26.
Tizzaband
juft
1
1 yil
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 353-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2015-yil 3-martdagi 41-son qarorida:
a) 1-banddan “Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan Samarqand shahrida “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya marafoniga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samarqand shahrida “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya marafoniga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
TARKIBI
1.
A. Ikramov
—
sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi
2.
O. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
3.
E. Turdimov
—
Samarqand viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
4.
G. Umerova
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
5.
A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
6.
P. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
7.
A. Qoʻldoshev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri
8.
R. Djurayev
—
Milliy gvardiya qoʻmondoni
9.
I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
U. Shadiyev
—
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi
11.
A. Djurabayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
12.
B. Zaripov
—
Buxoro viloyati hokimi
13.
E. Saliyev
—
Jizzax viloyati hokimi
14.
Z. Mirzayev
—
Toshkent viloyati hokimi
15.
A. Poʻlatov
—
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2024-y., 09/24/353/0448-son)