Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
1.
Muqaddima “kompensatsiya” degan soʻzdan keyin “(bundan buyon matnda — kompensatsiya deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
birinchi xatboshidan “(keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya deb yuritiladi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3. 3-bandning
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiya va nafaqalar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda — Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) orqali pensiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” va “z” kichik bandlarida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmasdan ushbu shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining roʻyxati asosida aniqlanadi.”.
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa toʻlovi toʻxtatib turilgani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar kelib tushganida;”;
“Kompensatsiyani toʻlash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan kundan boshlab tiklanadi.”.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa toʻlovi toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar kelib tushganida;”;
“Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.”.
8.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazorat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.