Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
“Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1717, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 396-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2013-yil 3-sentabrdagi 5-mb, 01-02/15-26, 42 va 13-son “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1717-1, 2013-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 504-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019-yil 27-martdagi 2-QQ, 01-02/15-18, 4, 01-25-2051-1-son “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1717-2, 2019-yil 15-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/1717-2/2937-son).