Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
“Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son “Standartlashtirish faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 8-noyabrdagi 362-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422, 2004-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 475-modda).
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 4-iyundagi 240-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422-1, 2013-yil 24-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 26-son, 339-modda).
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 13-apreldagi 151-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422-2, 2015-yil 24-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 16-son, 203-modda).
4. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2018-yil 17-martdagi 115/1-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422-3, 2018-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 2018-yil 20-aprel, 10/18/1422-3/1089-son).