Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻining 2008-yil 9-sentabr 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatishda texnologik sarflarni kamaytirish hamda reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.”
2.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya”) isteʼmolchilarning elektr uskunalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi taʼminlanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.”
3. 15-bandning
birinchi xatboshisidan “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 27-bandning
birinchi xatboshisidagi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzenergoinspeksiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. Ilovaning 17-bandi
oʻn oltinchi xatboshisidagi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzenergoinspeksiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.