1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
1. Quyidagilar:
Tamaki mahsulotlarini aniqlash qoidalarini, tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini identifikatsiya qilish maqsadlari, iste’mol qilish moslamalariga qo‘yiladigan talablar, ishlab chiqarish, tashish va saqlash shartlariga qo‘yiladigan talablar, tamaki mahsulotlarining, tamaki va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovlari, iste’mol o‘rovlariga joylashtiriladigan axborotlarga, shuningdek, tibbiy ogohlantirishlarni qo‘llashga doir talablarni nazarda tutuvchi Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Texnik reglament 2025-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Texnik reglamentga kiritilgan tamaki mahsulotlari va tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari o‘tish davri mobaynida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida muomalaga chiqarilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament amalga kiritilgan kundan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
4. Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament amalga kiritilishi munosabati bilan unda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda mazkur Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismida qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab tamaki va tamaki mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘rsin;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentning maqsadi, mazmuni, uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-may,
290-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 290-son qaroriga
1-ILOVA
Tamaki mahsulotlari to‘g‘risida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Maqsadi va qo‘llash doirasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
1. Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga talablarni belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xaridorlarni (iste’molchilarni) chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
2. Mazkur Texnik reglamentning talablari Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan Texnik reglament talablari qo‘llaniladigan tamaki mahsulotlar va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari ro‘yxatiga muvofiq tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, tamg‘alash, saqlash, tashish va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini tamg‘alashga nisbatan qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
3. Texnik reglament:
eksport qilishga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit uchun mo‘ljallangan;
yuridik shaxslar tomonidan ko‘rgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
4. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari mazkur Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lgan takdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladi.
Agar boshqa Texnik reglamentlarda tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari yoki tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga talablar belgilangan bo‘lsa, u holda ushbu tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari yoki tamaki mahsuloti turlari ularga nisbatan qo‘llaniladigan barcha texnik reglamentlarning talablariga javob berishi kerak.
2-§. Atamalar va ta’riflar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
5. Mazkur Texnik reglamentda quyidagi atama va ta’riflar qo‘llaniladi:
identifikatsiya — tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini mazkur Texnik reglamentni qo‘llash sohasiga taalluqli ekanligini aniqlash;
identifikatsiya qilish natijasi — identifikatsiya qilinadigan mahsulot va moslamalarni Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari turiga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlash;
import qiluvchi — norezident bo‘lgan xorijiy hamkorlardan olingan tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqaruvchi, ushbu moslamalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan shaxs;
ingrediyent — tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan va tayyor tamaki mahsulotlarida, shu jumladan, o‘zgartirilgan shaklda mavjud bo‘lgan modda (xom ashyo bundan mustasno);
ishlab chiqaruvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z nomidan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shug‘ullanuvchi hamda ushbu moslamalarining Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar bo‘lgan yuridik shaxs, jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi;
ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida ushbu ishlab chiqaruvchi nomidan muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) bo‘yicha harakatlarni amalga oshiruvchi va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritish, shuningdek, tamaki mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiq kelmasligi uchun javobgar shaxs;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
kafolatlangan saqlash muddati — ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan transportda tashish va saqlashga doir shartlarga rioya etilgan taqdirda, ishlab chiqaruvchi tomonidan tamaki mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligi kafolatlangan saqlash muddati (oylarda);
kartrij (kapsula) — nikotin yetkazib berishning yopiq turdagi elektron tizimi bilan birgalikda foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan, sanoat usulida nikotinli yoki nikotinsiz suyuqlik bilan to‘ldirilgan va foydalanuvchi tomonidan qayta to‘ldirish uchun mo‘ljallanmagan bir martalik mahsulot;
konteyner — nikotin yetkazib berishning ochiq turdagi elektron tizimi bilan birgalikda ishlatish uchun maxsus ishlab chiqilgan, foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda nikotinli va nikotinsiz suyuqlik bilan to‘ldirish (qayta to‘ldirish) uchun mo‘ljallangan ko‘p marotaba ishlatiladigan buyum.
Konteyner iste’molchiga elektron nikotin yetkazib berishning ochiq turdagi elektron tizimi bilan birgalikda (qurilmaning tarkibiy qismi sifatida) yoki nikotinli va nikotinsiz suyuqlikni o‘z ichiga olgan mustaqil tovar sifatida sotilishi mumkin;
litsenziar — tovar belgisiga bo‘lgan huquqqa ega, litsenziya shartnomasi asosida bunday tovar belgisidan foydalanish huquqini beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
nikotin — tamakining barglari va poyalari tarkibida mavjud bo‘lgan yoki sintez yo‘li bilan olingan alkaloid;
suqma varaq — tamaki mahsulotlarining iste’mol o‘rovi ichiga joylangan va Texnik reglamentga zid bo‘lmagan ma’lumotlar joylashtirilgan varaq. Suqma varaqdan iste’molchi o‘rovning tashqarisida, jumladan, uning qadoqlash plyonkasi yoki boshqa shaffof o‘rash materiali ostida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi;
tamaki — tamaki mahsulotini ishlab chiqarish uchun xom ashyo olish maqsadida yetishtiriladigan, Nicotiana Tabacum va Nicotiana Rustica turlariga tegishli ituzumdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan Nicotiana navidagi o‘simlik;
tamaki mahsuloti — chekish, jumladan, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalangan holda chekish, shuningdek, shimish, chaynash, hidlash yoki boshqacha usullarda iste’mol qilish uchun xom ashyo sifatida to‘liq yoki qisman tamaki bargidan va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlaridan tayyorlangan mahsulotlar (qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari bundan mustasno).
Quyidagilar tamaki mahsulotlari jumlasiga kiradi:
tarkibida xom ashyo sifatidagi tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari mavjud bo‘lgan mahsulot. Chekiladigan mahsulotlar (papiroslar, sigaralar, sigaretalar, sigarillalar (sigaritalar), qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chilim uchun tamaki, ingichka qirqilgan, chekiladigan tamaki, trubka uchun tamaki) va chekilmaydigan mahsulotlar (nosvoy, tamakili snyus, hidlanadigan tamaki, chaynaladigan tamaki) shunday mahsulot bo‘lishi mumkin;
tarkibida nikotin yoki nikotinning hosilalari, jumladan, nikotin tuzlari, eritmalari, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotinli gellar mavjud bo‘lgan, lekin tamaki bargi va (yoki) o‘simligining boshqa qismlari mavjud bo‘lmagan mahsulot. Chekiladigan mahsulotlar (nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinli suyuqliklar, nikotin suyuqligi bo‘lgan elektron sigaretalar, chilim uchun nikotinli aralashmalar) va chekilmaydigan mahsulotlar (nikotinli snyus) shunday mahsulot bo‘lishi mumkin;
tarkibida tamaki va nikotin mavjud bo‘lmagan, lekin tamaki va nikotinni iste’mol qilish moslamalari bilan birga foydalanish uchun mo‘ljallangan mahsulot (nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinsiz suyuqliklar, nikotinsiz suyuqligi bo‘lgan elektron sigaretalar, chilim uchun nikotinsiz qorishmalar);
tamaki mahsulotining bloki — tamaki mahsulotlarining muayyan miqdordagi iste’mol o‘rovlarini o‘z ichiga olgan guruhli iste’mol idishi birligi;
tamaki mahsuloti hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamasining nomi (brend) — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tamaki mahsuloti hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamasi belgisi;
tamaki mahsulotining va tamakini hamdanikotinni iste’mol qilish moslamasining iste’mol o‘rovi (qutisi) (keyingi o‘rinlarda — iste’mol o‘rovi) — tamaki mahsulotini va (yoki) tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamasini bevosita joylash va uni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, transportda tashish va saqlashning tayyorlovchi tomonidan belgilangan shartlariga rioya etilganda, kafolatlangan saqlash muddati ichida ularning iste’mol xossalari saqlanishini ta’minlaydigan o‘rov;
tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari — tarkibida nikotin bo‘lgan yoki nikotin bo‘lmagan iste’molchi tomonidan nafas orqali yutiladigan aerozolni (bug‘ni, tutunni) olish uchun foydalaniladigan elektron yoki boshqa asboblar (moslamalar), shu jumladan, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, tamakini qizdirish tizimlari, chilimlar, trubkalar, mushtuklar, shuningdek, ularning tarkibiy qismlari va elementlari (bundan tibbiy jihozlar mustasno);
(5-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
tamg‘a — mahsulotni identifikatsiyalash va u haqidagi ma’lumotlarni iste’molchiga yetkazish maqsadida qadoqqa yoki yorliqqa bosiladigan matn, shartli belgi va (yoki) grafik tasvir ko‘rinishidagi ma’lumot;
tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlar — chekish, shimish, chaynash, hidlash yoki boshqacha usullarda, shu jumladan, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari yordamida iste’mol qilish uchun foydalanishga tayyorlangan, tarkibida nikotin yoki uning hosilalari, shuningdek, nikotin tuzlari, eritmalari bo‘lgan mahsulotlar, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan gellar (qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari va tarkibida nikotin tabiiy holda mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno);
tibbiy ogohlantirish — tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamasining iste’mol o‘roviga joylashtiriladigan tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi axborot;
transport qadog‘i — agregatsiyalash jarayonida iste’mol yoki guruhli qadoqdagi (blok) tamaki mahsulotlarini birlashtiruvchi, joydan joyga ko‘chirishda shikastlanishdan mahsulotni himoyalash maqsadida uning saqlanishi va transportda tashish uchun qo‘llanuvchi va mustaqil transport birligini hosil qiluvchi (jumladan, birinchi daraja transport qadog‘i hamda keyingi daraja transport qadoqlari) qadoq;
uglerod monooksidi — uglerodni o‘z ichiga olgan to‘liq yonmaydigan mahsulot;
filtr — chekiladigan tamaki mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab chiqarish jarayonida o‘rnatiladigan, ular chekilganda tamaki tutunining bir qismini ushlab turishni ta’minlaydigan qurilma;
xom ashyo — tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan, yig‘ib olingandan keyin va (yoki) boshqa sanoat qayta ishlashdan o‘tgan tamaki va nikotin;
xushbo‘y moddalar — o‘ziga xos hid va (yoki) ta’m beruvchi ingrediyentlar, shu jumladan, xushbo‘ylashtiruvchi moddalar;
yaroqlilik muddati — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan davr bo‘lib, bu davrda tamaki mahsuloti Texnik reglament talablariga muvofiqligi kafolatlanadi;
chekilmaydigan tamaki mahsulotlari — shimish, chaynash yoki hidlash uchun mo‘ljallangan tamaki mahsuloti;
qatron — tarkibida nikotin bo‘lmagan tamaki tutunining suvsizlangan kondensati.
2-bob. Tamaki mahsulotlarni aniqlash qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
6. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini identifikatsiya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
ularni mazkur Texnik reglamentni qo‘llash sohasiga kiritish;
mahsulotning ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs yoki import qiluvchi tomonidan berilgan ma’lumotga muvofiqligini tasdiqlash;
bozorning barcha ishtirokchilari manfaatlari muhofazasini ta’minlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
7. Tamaki mahsulotlarini quyidagilar identifikatsiya qiladi:
ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat berilgan shaxs), import qiluvchi (sotuvchi);
mahsulot muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirish organi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomaladagi mahsulotlarning Texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida vakolatli davlat organlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
8. Tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini identifikatsiya qilish bir yoki bir nechta usullar bilan amalga oshiriladi:
vizual usullar:
a) iste’mol o‘rovida iste’molchi uchun ko‘rsatilgan ma’lumotga ko‘ra — iste’mol o‘rovida ko‘rsatilgan mahsulot turi nomini Texnik reglamentda ko‘rsatilgan tamaki mahsulotlari turlari ta’riflari bilan solishtirish orqali;
b) nikotin borligi bo‘yicha — iste’mol o‘rovida nikotin borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshirish orqali;
v) qo‘llash usuli bo‘yicha — iste’mol o‘rovida yoki suqma varaqda tamaki mahsuloti iste’mol qilish uchun kerak bo‘lgan moslamaga (turi, markasi, modeli) yoki iste’mol qilish uchun moslamadan foydalanish nazarda tutilmasa, tamaki mahsulotini iste’mol qilinadigan usuliga ko‘rsatma mavjudligini tekshirish orqali;
instrumental usullar:
a) qizdirish uchun mo‘ljallangan tamaki mahsulotlari tarkibida nikotinning mavjudligi;
b) iste’molchi o‘rovidagi yoki suqma varaq ma’lumotlarga muvofiq tarkibida qizdiriladigan tamaki yoki tamakisiz aralashma mavjud mahsulotni iste’mol qilganda yonish jarayonining yo‘qligi.
Yonish jarayonining yo‘qligi 100 sm3 aerozolda uglerod oksidi (CO), azot oksidi (NO) va azot oksidlari (NOx) miqdorini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu moddalarning qizdiriladigan tamaki mahsuloti aerozolidagi miqdori qo‘yidagi jadvalda belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajadan oshmasligi kerak.
T/r
Modda
O‘lchov birliklari
100 sm3 aerozoldagi mumkin bo‘lgan eng yuqori daraja
1.
Uglerod oksidi (CO)
mg/100 sm3
0.3 (ishonch oralig‘i ± 20%)
2.
Azot oksidi (NO)
mkg/100 sm3
4.0 (ishonch oralig‘i ± 20%)
3.
Azot oksidlari (NOx)
mkg/100 sm3
5.0 (ishonch oralig‘i ± 20%)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
9. Tamaki mahsulotlarini instrumental usullar bilan identifikatsiya qilish amaliyoti tamaki mahsulotlarini vizual usullar bilan identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi. Bunday identifikatsiya uslubi standartlar ro‘yxatiga kiritilgan standartlarda belgilangan tadqiqot (sinovlar) va o‘lchovlar usullariga muvofiq akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) tadqiqotlar (sinovlar) o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3-bob. Tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Tartibga solinadigan moddalar tarkibining mumkin bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
10. Bir dona sigaretalar tutunidagi qatron miqdori:
filtrli sigaretada o‘n milligramdan;
filtrsiz sigaretada o‘n olti milligramdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
11. Bir dona filtrli sigareta tutunida uglerod monooksidining miqdori o‘n milligramdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
12. Bir dona sigareta (filtrli yoki filtrsiz) yoki qizdiriladigan tamaki mahsuloti aerozolida (bug‘ida, tutunida) nikotin miqdori bir milligrammdan oshmasligi kerak.
Filtrli sigareta va filtrsiz sigaretani ishlab chiqarishda tarkibida tamaki va nikotin mavjud bo‘lgan qog‘oz, filtr va kapsulalardan foydalanish mumkin emas.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
13. Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikda yoki nikotin eritmasida (shu jumladan, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinli suyuqliklarda, shuningdek, elektron sigaretalarning nikotinli suyuqliklarida) nikotin konsentratsiyasi bir millilitrda yigirma milligrammdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
14. Nikotinli va nikotinsiz suyuqliklar solingan kartrij (kapsula) hajmi ikki millilitrdan oshmasligi kerak.
Nikotinli va nikotinsiz suyuqliklar quyish uchun sig‘imning (konteynerning) hajmi o‘n millilitrdan oshmasligi kerak.
Elektron sigareta rezervuarining hajmi besh millilitrdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
15. Tarkibida tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari bo‘lgan chekiladigan tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq belgilangan.
2-§. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va ingrediyentlar uchun talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
16. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va ingrediyentlar kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. Zararli moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
17. Saqlash sharoitlari xom ashyo va materiallarning shikastlanishini oldini olishi, ularning iste’mol xususiyatlarining o‘zgarishini va ularni ifloslantiruvchi moddalardan himoya qilishni ta’minlashi kerak.
18. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi ingrediyentlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan moddalar;
Texnik reglamentga 3-ilovadagi tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ingridiyentlar sifatida foydalanishga ruxsat etilmaydigan moddalar.
19.Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan va nikotin mavjud bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishda quyidagi moddalardan ularning tozaligi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgandan kam bo‘lmaganda foydalanishga ruxsat etiladi.
T/r
Modda
Talab
1.
Glitserin
minimal tozalik darajasi 94%
2.
Propilen glikol
minimal tozalik darajasi 95%
3.
Nikotin (nikotin tuzlari)
minimal tozalik darajasi 99%
20. Texnik reglamentning 8 va 19-bandlarida keltirilgan jadvallarda, 10 — 15-bandlarida, 2-ilovada ko‘rsatilgan moddalar tarkibini va miqdorini aniqlash, ulardan namunalar olish qoidalari hamda ushbu moddalarning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash qoidalari Texnik reglament bilan tartibga solinadigan mahsulotlardan namunalarini olish, sinov va o‘lchov usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatiga kirgan standartlar bilan belgilaniladi.
21. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyoga undagi pestitsidlar tarkibining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.
3-§. Moslamalar bilan iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan nikotinli va nikotinsiz mahsulotlar uchun talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
22. Moslamalar bilan iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan nikotinli va nikotinsiz mahsulotlar faqat Texnik reglamentning 35-bandi 8-kichik bandiga muvofiq ularning iste’mol o‘rovida va (yoki) izohlarida ko‘rsatilgan tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bilan qo‘llanilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
23. Suyuqlik bilan to‘ldirilgan idish (rezervuar va konteyner) va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari tashqi ta’sirlarga chidamli bo‘lishi, to‘kilish va sinishidan himoya qilishni ta’minlaydigan konstruksiyaga yoki mexanizmga ega bo‘lishi kerak.
Agar rezervuar, konteyner yoki tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda to‘ldirish imkonini bersa, unda to‘kilishsiz to‘ldirishni kafolatlaydigan konstruksiyaga yoki mexanizmga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu bandda, shuningdek, Texnik reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini baholash usullari, Texnik reglament talablarini qo‘llash va amalga oshirish hamda muvofiqlikni baholash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot (sinov) va o‘lchov qoidalari hamda usullari, shu jumladan, namuna olish qoidalarini o‘z ichiga olgan standartlar ro‘yxatiga kiritilgan standartlarda belgilanadi.
4-§. Tashish va saqlash shartlariga qo‘yiladigan talablar
24. Tamaki mahsulotlari amaldagi yuklarni tashish qoidalariga muvofiq transport turlarida tashiladi. Transport vositalari yopiq, quruq, toza va begona hidlardan holi bo‘lishi kerak.
25. Tamaki va oziq-ovqat mahsulotlari yoki boshqa tovarlarni bir vaqtning o‘zida tashishda ularning bir-biriga tegishi, ifloslanishi va tamaki mahsulotlari xususiyatlarining o‘zgarishini istisno qiladigan shartlar ta’minlanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
26. Tamaki mahsulotlarini saqlash sharoitlari ularning iste’mol xususiyatlarining buzilishi va o‘zgarishining oldini olishni, ifloslantiruvchi moddalardan himoya qilishni ta’minlashi kerak.
Tamaki mahsulotlarining kafolatlangan saqlash muddati va saqlash shartlari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
27. O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan kafolatlangan saqlash muddati yoki yaroqlik muddati davomida Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
4-bob. Ishlab chiqarish va muomalaga chiqarishga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
28. Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini ishlab chiqaruvchilar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan tamaki mahsulotining har bir turi bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalar mavjudligini ta’minlashi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
29.Ishlab chiqaruvchilar va ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxslar Texnik reglament bilan tartibga solinadigan tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda:
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan xom ashyo, qadoqlash materiallari, texnologik vositalar va yordamchi materiallar nazorat qilinishini;
tamaki mahsulotlarining ifloslanishini istisno qiladigan ishlab chiqarish binolari, texnologik uskunalar va inventarlardan tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida foydalanilishini;
xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit mavjudligini;
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish va omborxonalar, texnologik uskunalar va inventarlarni tozalash, yuvish, dezinfiksiya qilish, zararsizlantirish hamda deratizatsiya usullari va davriylikni qo‘llanilishini ta’minlashi kerak.
30. Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tamaki mahsulotlarini import qiluvchi har yili, hisobot kalendar yilidan keyingi yilning birinchi choragining oxirgi kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga Texnik reglamentga 4-ilovada belgilangan shaklga muvofiq ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarida nikotin va tarkibida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan moddalar miqdori yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida hisobot (keyingi o‘rinlarda — hisobot) berishi shart.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
31. Hisobot O‘zbekiston Respublikasida foydalanishga topshirilgan va hisobot tarkibidagi ma’lumotlar uzatilishi va saqlanishi maxfiyligini ta’minlagan holda, pochta aloqasi xizmati yoki elektron tizimi orqali taqdim etiladi.
5-bob. Tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovlariga joylashtiriladigan axborotlarga talablar
1-§. Qadoqlash talablari
32. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari iste’mol o‘roviga qadoqlanishi shart.
33. Filtrli va filtrsiz sigaretaning iste’mol o‘rovida kamida yigirmata sigareta bo‘lishi kerak.
34. Iste’mol o‘rovining tashqi maydoni Texnik reglament talablari asosida tibbiy ogohlantirishni joylashtirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
2-§. Tamg‘alash talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
35. Tamg‘a tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari iste’mol o‘rovlariga ishlab chiqaruvchi tomonidan bosiladi va unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
1) mahsulot turining nomi. Bunda tamaki mahsuloti turining nomini tamaki mahsulotlari haqidagi boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda qo‘llashga ruxsat etiladi, masalan, “20 dona filtrli sigaretalar”, “50 gramm trubkali tamaki”;
2) ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisi yoki nomi;
3) iste’molchilarning da’volarini qabul qilish uchun ishlab chiqaruvchi vakolat bergan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan tashkilotning nomi, manzili (amaldagi manzili) va telefon raqami va (yoki) elektron pochta manzili (bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning da’volari ushbu tamaki mahsulotini O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi tomonidan qabul qilinishi ko‘rsatiladi).
Vakolatli tashkilotning nomi, manzilini iste’mol o‘rovining ichki tomonida o‘rov ochilganidan so‘ng o‘qish uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi;
4) ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining nomi va manzili (amaldagi manzili), shuningdek, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mamlakat (masalan, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”);
5) iste’mol o‘rovidagi mahsulotlar soni (sigaretalar va boshqa chekiladigan donalarga taqsimlangan tamaki mahsulotlari uchun), soni va massasi (qizdiriladigan tamaki uchun), hajmi (nikotinli va nikotinsiz suyuqliklar uchun) va boshqa tortiladigan mahsulotlarning vazni haqidagi ma’lumotlar. Bunda haqiqiy hajm yoki massani iste’mol o‘rovida ko‘rsatilgan hajm yoki massaga nisbatan 10 foizgacha ko‘p yoki kam bo‘lishiga ruxsat etiladi;
6) ushbu bobning 3-paragrafiga muvofiq tibbiy ogohlantirish;
7) tarkibida nikotin mavjudligi haqida davlat tilidagi matn ko‘rinishidagi axborot (filtrli yoki filtrsiz sigaretalar uchun tatbiq etilmaydi). Bunda quyidagi matn aks ettiriladi: “Nikotinsiz mahsulot”, “Nikotinli mahsulot”, “Tarkibida nikotin mavjud”);
8) iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslamaning nomi va (yoki) tovar belgisi va (yoki) nomi (turi, modeli) (moslamasiz iste’mol qilishga mo‘ljallangan tamaki mahsuloti uchun tatbiq etilmaydi);
9) bitta sigaretaning tutunidagi qatron va nikotin miqdori haqidagi ma’lumot (filtrli yoki filtrsiz sigaretalar uchun);
10) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi” ogohlantirish yozuvi;
11) tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini ishlab chiqarilgan oyi va yili;
12) kafolatlagan yaroqlilik muddati (nikotinli va nikotinsiz suyuqliklar uchun). Yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, lekin saqlash shartlariga ko‘ra uch yildan ortmaydi;
13) tamaki mahsulotlariga nisbatan, tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimidagi ma’lumotlarni yig‘ish terminallari, maxsus (mobil) ilovalar va lazer skanerlari orqali o‘qilishi va aniqlanishini ta’minlaydigan ikki o‘lchamli kod ko‘rinishidagi majburiy raqamli identifikatsiyalash vositasi (markirovka kodlari).
Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari tamg‘asida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs yoki import qiluvchi bunday o‘zgarishlarni kiritish bo‘yicha tegishli hujjat qabul qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy ichida iste’mol o‘rovlari tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda muomilaga chiqarilishini ta’minlashi shart. Bunda ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs yoki import qiluvchi belgilangan muddat davomida tamaki mahsulotlarini avvalgi ma’lumotlar bilan muomalaga chiqarishga haqli.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
36. Transport qadog‘idagi tamg‘a quyidagi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
ishlab chiqaruvchining nomi va yuridik manzili;
import qiluvchining nomi va yuridik manzili (import qilinadigan mahsulotlar uchun);
saqlash shartlari “Salqin va quruq joyda saqlansin”;
har bir tamaki mahsulotning markirovka kodlarini birlashtiruvchi (agregatsiyalash), tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimidagi ma’lumotlarni yig‘ish terminallari, maxsus (mobil) ilovalar va lazer skanerlari orqali o‘qilishi va aniqlanishini ta’minlaydigan ikki o‘lchamli kod ko‘rinishidagi majburiy raqamli identifikatsiyalash vositasi (agregatsiya kodlari).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
37. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘roviga tamg‘a tushirish vositalari va texnologiyalari ushbu mahsulotlarni butun kafolatlangan saqlash muddati davomida saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlarida iste’mol o‘rovidagi tamg‘aning but saqlanishini ta’minlashi lozim.
38. Tamg‘a, tamaki mahsulotining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamasining nomi va tibbiy ogohlantirishdan tashqari, iste’mol o‘rovini ochishda yozuvlar yaxlitligini buzilmaydigan qilib bosilishi lozim.
39. Tamaki mahsulotlarining iste’mol o‘rovlarida chop etilgan ma’lumotlar, aksiz markalaridan tashqari boshqa bosma ma’lumotlar bilan yopilmasligi kerak. Tamaki mahsulotini shaffof o‘rash plyonkasi yoki iste’molchi qadoqlashning boshqa tashqi o‘rash materialida ma’lumot bo‘lmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
40. Tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovida, suqma varaqda:
mazkur mahsulot boshqa tamaki mahsulotlaridan zararsizroq ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan har qanday atamalarni, ta’riflarni, belgilarni, ramzlarni yoki boshqa ishoralarni;
bevosita yoki bilvosita tamaki mahsulotlarining jozibadorligini oshiruvchi ta’m, hid, xushbo‘y hid beruvchi qo‘shimchalar va boshqa moddalar borligini yoxud ularning mavjud emasligini ko‘rsatuvchi har qanday atamalarni, ta’riflarni, belgilarni, ramzlarni yoki boshqa ishoralarni;
oziq-ovqat mahsulotlarining, dori vositalarining, dorivor o‘simliklarning tasvirlarini, shuningdek, tamaki mahsulotining oziq-ovqat mahsuloti, dori vositasi yoki dorivor o‘simlik bilan bevosita yoki bilvosita o‘zaro bog‘liqligi haqida tasavvur hosil qiladigan so‘zlarni yoki so‘z birikmalarini;
tamaki mahsulotlarining qancha tez biologik parchalanishi yoki atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda maqbul ta’sir ko‘rsatishi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni;
tamaki mahsulotlarining rag‘batlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaxsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni;
tamaki mahsulotlarining zararliligi borasida iste’molchini bevosita yoki bilvosita chalg‘itadigan axborotni, shu jumladan, “qatron miqdori kam”, “yengil”, “juda yengil”, “yumshoq”, “ekstra”, “ultra”, “ingichka” kabi so‘zlarni yoxud bunday so‘zlar bilan bir o‘zakli so‘zlarni, bunday so‘zlarning chet tillardagi analoglarini, shuningdek, bunday so‘zlarning chet tillardan tarjima qilinadigan analoglarini joylashtirish taqiqlanadi.
41. Iste’mol o‘rovlarda, blok (quti) va transport qadog‘ida tamaki mahsulotlarini tavsiflovchi va Texnik reglament talablariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
42. Agar mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotni tamaki mahsulotlarining iste’mol o‘rovlarida to‘liq aks ettirish iloji bo‘lmasa, bunday ma’lumotlarni suqma varaqda joylashtirilishi mumkin.
43. Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovidagi ma’lumotlar davlat tilida bosiladi va boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin. Ro‘yxatga olingan tovar belgisi yoki sanoat namunasiga kiritilgan so‘zlar tarzidagi belgi uni ro‘yxatdan o‘tkazgan tilda qo‘llaniladi.
3-§. Tibbiy ogohlantirishlarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
44. Har bir tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovida (chilimning o‘rovi bundan mustasno), shuningdek, tamaki mahsulotlarining blokida matnli yozuv yoki tasvir ko‘rinishidagi tibbiy ogohlantirish joylashtiriladi.
Chilim suvdonida uning yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini iste’mol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini ko‘rsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
45. Tamaki mahsulotlarining iste’mol o‘rovida (qutisida) uning old tomonining yuqori qismidagi asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini hamda orqa tomonining pastki qismidagi asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini iste’mol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini ko‘rsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish bosiladi.
Tibbiy ogohlantirish matni tamaki mahsulotlari iste’mol o‘rovining yuqori chetiga parallel ravishda joylashtirilishi va davlat tili hamda rus tillarida bosilishi lozim.
46. Tamaki mahsulotlarining blokida tamaki mahsuloti bloki gorizontal joylashtirilganda, chap qismida old va orqa tomonida hamda vertikal joylashtirilganda, yuqori qismida asosiy yuzaning kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini iste’mol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini ko‘rsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish bosiladi.
Blokda tibbiy ogohlantirishlar, iste’mol o‘rovida joylashtirish talablariga muvofiq blokning oldi va orqa tomonlarida tibbiy ogohlantirishdagi ma’lumotlarni mutanosib masshtablashtirishni inobatga olgan holda joylashtiriladi.
Mazkur talab shaffof polietilen plyonkadan tayyorlangan tamaki mahsulotlari bloklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
47. Tamaki bargidan va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlaridan tayyorlangan mahsulotlar, trubka va mushtuk iste’mol o‘roviga hamda chilim suvdonida (nosvoy, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari bundan mustasno) joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish namunalari to‘plami Texnik reglamentga 5-ilovaga muvofiq;
Qizdiriladigan tamaki mahsulotlari iste’mol o‘roviga joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish namunalari to‘plami Texnik reglamentga 6-ilovaga muvofiq;
Tarkibida nikotin yoki nikotinning hosilalari, shu jumladan, nikotin tuzlari, eritmalari, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotinli gellar mavjud bo‘lgan, lekin tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari mavjud bo‘lmagan mahsulotlar hamda tarkibida tamaki va nikotin mavjud bo‘lmagan, lekin tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bilan birga foydalanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, iste’mol o‘roviga joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish namunalari to‘plami Texnik reglamentga 7-ilovaga muvofiq;
Nosvoy iste’mol o‘roviga joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish namunalari to‘plami Texnik reglamentga 8-ilovaga muvofiq joylashtiriladi.
Bunda:
tibbiy ogohlantirish tasvirining o‘lchamlari kamida 300 dpi (duymdagi nuqta) bo‘lishi kerak;
tibbiy ogohlantirish tasvirlari aylanish prinsipiga muvofiq qo‘llaniladi.
Texnik reglamentning 48 — 50-bandlarida belgilangan tartibda tibbiy ogohlantirishning tomonlari nisbati o‘zgarganda:
tasvir bilan band bo‘lmagan, lekin u uchun ajratilgan maydon iste’mol o‘rovi asosiy yuzasining kengligigacha va blok o‘rovi asosiy yuzasining balandligiga (gorizontal joylashtirilganda) yoki kengligigacha (vertikal joylashtirilganda) Pantone 448C rangiga mos keladigan rang bilan to‘ldiriladi. Tasvirni egallagan maydon va Pantone 448C rangi bilan to‘ldirilgan maydon jami iste’mol o‘rovi va blokning har bir asosiy yuzasi maydonining kamida oltmish besh foizini tashkil qilishi kerak;
tasvir bilan band bo‘lmagan maydon qolganda ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs va import qiluvchi tomonidan ushbu maydonni tibbiy ogohlantirish tasviri bilan to‘ldirish maqsadi bildirilsa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli tibbiy ogohlantirish tasviridagi axborotning mohiyatini o‘zgartirmagan holda, ushbu tasvirning o‘lchamlari va (yoki) mazmunini ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs va import qiluvchi tomonidan taqdim etilgan iste’mol o‘rovi va bloklarning o‘lchamlariga muvofiq ularning asosiy yuzasining kamida 65 foizini qoplaydigan qilib o‘zgartirib berishga ruxsat etiladi. Bunda o‘zgartirilgan tibbiy ogohlantirish tasvirlari qo‘llanilganda, iste’mol o‘rovi va bloklarning asosiy yuzasi tasvir bilan band bo‘lmagan, lekin buning uchun ajratilgan maydon qolganda, ushbu tibbiy ogohlantirishning tomonlari nisbati Texnik reglamentning 48 — 50-bandlarida belgilangan tartibda o‘zgartiriladi va Pantone 448S rangidan foydalanish talab etilmaydi.
(47-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
48. Agar tamaki mahsulotlari bloki va iste’mol o‘rovining old yoki orqa tomonlari asosiy yuzasining balandligi va kengligi nisbati 1,28 dan kam bo‘lsa, u holda:
tibbiy ogohlantirishning maydoni undagi tasvir maydoni blok va iste’mol o‘rovning har bir asosiy tomoni maydonining kamida oltmish besh foizini tashkil etadigan tarzda o‘zgartiriladi;
tibbiy ogohlantirish tasviri bloklarining old va orqa asosiy tomonlari chap burchagiga joylashtiriladi.
Bunda joylashtiriladigan tasvir tomonlari nisbatini tasdiqlangan tibbiy ogohlantirish namunalarining tomonlari nisbatidan o‘ttiz besh foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kengaytirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
49. Agar tamaki mahsulotlari bloki va iste’mol o‘rovining asosiy old yoki orqa tomonlari asosiy yuzasining balandligi va kengligi nisbati 1,28 dan ortiq va 1,92 dan kam bo‘lsa, tibbiy ogohlantirishning maydoni undagi tasvir maydoni bloki va iste’mol o‘rovining har bir asosiy tomoni maydonining kamida oltmish besh foizini tashkil etadigan tarzda o‘zgartiriladi.
Bunda joylashtiriladigan tasvir tomonlari nisbatini tasdiqlangan tibbiy ogohlantirish namunalarining tomonlari nisbatidan yigirma besh foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kengaytirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
50. Agar tamaki mahsulotlari iste’mol o‘rovining va blokining old yoki orqa tomonlari asosiy yuzasining balandligi va kengligi nisbati 1,92 dan ortiq bo‘lsa, u holda:
tibbiy ogohlantirish tasvir o‘lchami uning kengligi iste’mol o‘rov va blokining kengligiga mos keladigan tarzda o‘zgartiriladi;
ogohlantiruvchi tasvirga qo‘yilgan matn (matnning bir qismi) oq bosh harflar bilan, qalin, aniq, o‘qishga qulay shriftda, iloji bo‘lsa, uning hajmini eng uzun satr ajratilgan maydonning chetiga yetib borgunga qadar kattalashtirish kerak. Satr oralig‘i shrift balandligidan oshmasligi kerak.
Bunda joylashtiriladigan tasvir tomonlari nisbatini tasdiqlangan tibbiy ogohlantirish namunalarining tomonlari nisbatidan yigirma besh foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kengaytirishga ruxsat etiladi.
51. Tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamasining iste’mol o‘rovida, chilimning o‘rovi bundan mustasno, o‘rov asosiy tomonlari yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) tasvir ko‘rinishidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
52. Tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamasining iste’mol o‘rovida (chilimning iste’mol o‘rovi bundan mustasno) “Ushbu qurilma sog‘lig‘ingizga zarar yetkazadigan va qaramlikka olib keladigan tamaki yoki nikotinni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin!” degan tibbiy ogohlantirish joylashtirilishi lozim.
Yozuv matni oq fonda qora harflar bilan qalin, aniq, o‘qilishi oson shriftda qo‘llaniladi. Yozuv qalinligi kamida 1 mm bo‘lgan qora ramkaga joylashtiriladi. Ramka bilan o‘ralgan maydon, shu jumladan, ramkaning o‘z maydoni, iste’mol o‘rovining old tomoni yuqori qismida, asosiy yuzasining kamida oltmish besh foiziga teng bo‘lgan maydoni va orqa tomoni asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini egallashi kerak.
Bunda tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamasining iste’mol o‘rovi bir nechta, shaffof bo‘lmagan o‘rovlardan iborat bo‘lganda, tibbiy ogohlantirish uni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qavatiga joylashtiriladi.
53. 51 va 52-bandlardagi talablar tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining tamaki mahsulotini qizdirish orqali aerozol (tutun, bug‘) ishlab chiqish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan tarkibiy qismlar va elementlarining iste’mol o‘rovlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
54. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovlariga joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishdagi axborot ko‘pi bilan uch yilda bir marta yangilanadi.
Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovlari uchun mo‘ljallangan tibbiy ogohlantirish tasvirlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ogohlantirish namunalarining amal qilish muddati tugashidan bir yil oldin ishlab chiqariladi.
6-bob. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining Texnik reglamentga muvofiqligini ta’minlash
55. Tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining mazkur Texnik reglamentga muvofiqligi uning talablariga bevosita rioya etish orqali ta’minlanadi.
56. Tamaki mahsulotlari namunalarini tanlab olish, tadqiq qilish (sinash) va o‘lchash usullari ushbu talablarni qo‘llash hamda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot (sinash) va o‘lchash qoidalari hamda usullarini, shu jumladan, namuna olish qoidalari texnik reglamentlar va mahsulot muvofiqligini baholashni o‘z ichiga olgan standartlar ro‘yxatiga kiritilgan standartlarda belgilanadi.
7-bob. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
57. O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari Texnik reglament talablariga muvofiqligi bo‘yicha baholanishi (tasdiqlanishi) lozim.
Tamaki mahsulotlarining muvofiqligini baholash (tasdiqlash) tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) yoki import qiluvchi (sotuvchi) bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
58. Tamaki mahsulotlari muomalaga chiqarilgunga qadar quyidagi sxemalardan biriga muvofiq muvofiqlik deklaratsiyasi shaklida muvofiqligi tasdiqlanishi kerak:
sigaretalar uchun — 3d, 4d va 6d sxemalar;
boshqa turdagi tamaki mahsulotlari uchun — 1d va 2d.
59. Tamaki mahsulotlarining muvofiqligini deklaratsiyalashda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki import qiluvchi (sotuvchi) ariza beruvchi bo‘lishi mumkin.
60. Seriyali ishlab chiqarilgan sigaretning muvofiqlik deklaratsiyasi 3d va 6d sxemalar, seriyali ishlab chiqarilgan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari — 1d sxema, sigaretlar partiyalari — 4d sxema, boshqa turdagi tamaki mahsulotlari partiyalari — 2d sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
61. Tamaki mahsulotlarining muvofiqligini deklaratsiyalashda ariza beruvchi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1d, 3d va 6d sxemalari uchun — ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs);
2d va 4d sxemalar uchun ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki import qiluvchi (sotuvchi).
62. Tamaki mahsulotlarining muvofiqligini deklaratsiyalash sxemasi ariza beruvchi tomonidan tanlanadi.
63. 1d va 2d sxemalar bo‘yicha tamaki mahsulotlarining muvofiqligi ariza beruvchi tomonidan o‘z dalillari asosida deklaratsiyalanadi. Tamaki mahsulotlari namunalarini sinovdan milliy akkreditatsiya tizimining reyestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida (markazida) o‘tkaziladi.
3d, 4d va 6d sxemalar bo‘yicha tamaki mahsulotlarining muvofiqligi ariza beruvchi tomonidan o‘z dalillari va milliy akkreditatsiya tizimining reyestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi (markazi) ishtirokida olingan dalillar asosida dekloratsiyalanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni ishlab chiqadi va tahlil qiladi, shu jumladan:
iste’mol qadog‘i namunasi (mavjud bo‘lsa);
suqma varaq (mavjud bo‘lsa);
tamaki mahsulotlari namunalarini ushbu Texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini sinov bayonnoma(lar)i (sigaretlar uchun);
yetkazib berish shartnomasi (kontrakt) va yuk tashish hujjatlari (2d, 4d diagrammalari);
sifat menejmenti tizimi sertifikati (sertifikat nusxasi) (6d diagrammasi);
ariza beruvchining tanloviga ko‘ra tamaki mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga, shuningdek, unga nisbatan qo‘llaniladigan O‘zbekiston Respublikasining boshqa texnik reglamentlari (mavjud bo‘lsa) talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Ariza beruvchi:
ushbu Texnik reglamentning 7 — 9-bandlariga muvofiq tamaki mahsulotlarini identifikatsiyalashni amalga oshiradi;
ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydi va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi (ld, 3d va 6d sxemalar);
sifat menejmenti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi (6d diagramma);
belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona shakl va qoidalarga muvofiq tuzilgan muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi bozorida mahsulotning muvofiqlik belgisini qo‘llaydi.
Muvofiqlikni tasdiqlash tartib-taomilini tugatgandan so‘ng, ariza beruvchi ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar va muvofiqlik deklaratsiyasini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plamini shakllantiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
65. Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) tamaki mahsulotining har bir nomi uchun yoki bir turdagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarining assortimenti uchun bitta muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilishga haqli.
Import qiluvchi (sotuvchi) bitta yetkazib berish shartnomasi doirasida tamaki mahsulotining har bir nomi uchun yoki bir turdagi tamaki mahsulotlarining assortimenti uchun bitta muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilishga haqli.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
66. Muvofiqlik deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
1d, 3d va 6d sxemalar bo‘yicha tamaki mahsulotlarining muvofiqligini deklaratsiyalashda muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilish muddati 3 yil. Tamaki mahsulotlari partiyasi uchun muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilish muddati belgilanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni.
8-bob. O‘tish davri
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
67. Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida texnik tartibga solish sohasida amal qiluvchi va tamaki mahsulotlariga talablar belgilovchi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismlari bo‘yicha amal qiladi.
68. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar tamaki mahsulotlariga berilgan sanitariya-epidemiologiya xulosalari va muvofiqlik sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
9-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
69. Texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni.
70. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1861-moddasi.
Chekiladigan tamaki mahsulotining ezilgan tamaki barglari, tamaki tomirlari va ip bilan bog‘langan quritilgan tendu bargiga o‘ralgan poya aralashmasidan iborat bir turi.
2401 20 600 0
2402 20 900 0
2.
Kretek
Chekiladigan tamaki mahsulotining sigareta qog‘oziga yoki quritilgan makkajo‘xori bargiga o‘ralgan, maydalangan chinnigullar, ingrediyentlar va kesilgan xom ashyo aralashmasidan iborat filtrli yoki filtrsiz bir turi.
2402 20 100 0
2402 20 900 0
3.
Papirosa
Chekiladigan tamaki mahsulotining ingrediyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan kesilgan xom ashyo va papiros (sigareta) qog‘oziga o‘ralgan qog‘ozli nay ko‘rinishidagi yelimsiz tishli chok bilan birlashtirilgan mushtukdan iborat bo‘lgan turi
2402 20 900 0
2402 10 000 0
4.
Sigara
Chekiladigan tamaki mahsulotining ingrediyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan sigara yoki boshqa xom ashyodan ishlab chiqilgan, uch qatlamdan iborat mahsulot turi:
butun, maydalangan yoki kesilgan sigara va (yoki) boshqa xom ashyolaridan tayyorlangan to‘ldiruvchisi, sigara va (yoki) boshqa xom ashyo o‘rami hamda sigara tamaki bargining o‘rami. Sigara yoki uning uzunligini uchdan bir qismini qalinligi kamida 11 mm bo‘lishi kerak.
2402 10 000 0
5.
Filtrsiz sigareta
Chekiladigan tamaki mahsulotining ingrediyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, kesilgan xom ashyodan iborat bo‘lgan, sigareta qog‘oziga (chekish qismi) o‘ralgan bir turi.
2402 20 900 0
6.
Filtrli sigareta
Chekiladigan tamaki mahsulotining ingrediyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, kesilgan xom ashyo va filtrdan iborat bo‘lgan, sigareta qog‘oziga (chekish qismi) o‘ralgan bir turi.
2402 20 900 0
7.
Sigarilla (sigarita)
Chekiladigan tamaki mahsulotining sigara yoki boshqa xom ashyodan ishlab chiqilgan, ko‘p qatlamdan iborat mahsulot turi:
kesilgan yoki yirtilgan sigara va boshqa xom ashyolardan ingrediyentlarni qo‘shib yoki qo‘shmasdan tayyorlangan to‘ldiruvchisi, sigara va (yoki) boshqa xom ashyo o‘rami hamda sigara tamaki bargi, qayta ishlangan tamaki yoki sellyuloza va tamakidan tayyorlangan maxsus qog‘ozdan tayyorlangan o‘ram. Sigarillo (sigarita) filtrga ega bo‘lishi mumkin. Sigarilloning (sigaritaning) maksimal qalinligi 11 mm dan oshmasligi kerak.
2402 10 000 0
8.
Yupqa kesilgan chekiladigan tamaki
Chekiladigan tamaki mahsulotining, qo‘lbola usulda sigareta yoki papirosa tayyorlash uchun mo‘ljallangan, ingrediyent qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, kesilgan, yirtilgan, o‘ralgan yoki siqilgan tamakidan, mahsulot sof vaznining kamida 25 foizi kengligi 1 mm yoki undan kichik bo‘lgan tolalardan iborat bir turi.
2403 19 100 0
2403 19 900 0
9.
Trubkali tamaki
Chekiladigan tamaki mahsulotining kesilgan, yirtilgan, o‘ralgan yoki siqilgan, sof vaznining 75 foizidan ortig‘i kengligi 1 mm dan ortiq bo‘lgan tolalardan iborat bo‘lgan, ingrediyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan tamakidan iborat bo‘lgan, chekish trubkasidan foydalangan holda chekish uchun mo‘ljallangan bir turi.
2403 19 100 0
2403 19 900 0
10.
Nikotinli suyuqlik
Tarkibida nikotin miqdori 0,1 mg/ml hajmdan kam bo‘lmagan, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan har qanday suyuqlik.
2404 12 000 0
11.
Nikotinsiz suyuqlik
Tarkibida nikotin miqdori 0,1 mg/ml hajmdan kam bo‘lgan, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarida foydalanishga mo‘ljallangan har qanday suyuqlik.
2404 19 000 9
12.
Qizdiriladigan tamaki mahsuloti
Chekiladigan tamaki mahsulotining ingrediyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan tamakidan (tamaki aralashmasidan) iborat bo‘lgan, tamakini qizdirish tizimlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan turi.
2404 11 000 1
2404 11 000 9
13.
Elektron sigareta
Elektr toki (akkumulyator) yordamida moslamadagi nikotinli yoki nikotinsiz suyuqlikni qizdiradigan va iste’molchi tomonidan nafas orqali yutiladigan aerozol (bug‘, tutun) hosil qiladigan, bir marta foydalaniladigan moslama.
2404 11 000
2404 12 000 0
2404 19 000 dan
14.
Nosvoy
Shimish uchun mo‘ljallangan hamda tamakidan va tamakisiz xom ashyodan (ishqordan, ohakdan, bo‘rdan) tayyorlangan chekilmaydigan tamaki mahsuloti turi.
2403 99 100 0
2401 91 000 1
2404 91 000 2
15.
Chilim uchun tamaki
Chekiladigan tamaki mahsulotining chilim yordamida chekish uchun mo‘ljallangan va tarkibiga kesilgan yoki yirtilgan ingrediyent qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan nikotinli xom ashyo aralashmasidan yoki nikotinsiz qorishmadan iborat bir turi.
2403 11 000 0
16.
Chilim uchun nikotinli aralashmalar
Chilimdan foydalanib chekishga mo‘ljallangan, tarkibida tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari bo‘lmagan, nikotin (nikotin tuzlari) va o‘simlik xom ashyosi va (yoki) boshqa xom ashyodan iborat bo‘lib, boshqa ingreiyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan chekiladigan tamaki mahsuloti.
2403 11 000 0
2403 91 000 0
17.
Chilim uchun nikotinsiz qorishma
Chilimdan foydalanib chekishga mo‘ljallangan, tarkibida tamaki va nikotin (nikotin tuzlari) bo‘lmagan, o‘simlik xom ashyosi va (yoki) boshqa xom ashyodan iborat bo‘lib, boshqa ingreiyentlar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan chekiladigan tamaki mahsuloti.
2403 99 900 8
Tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari
18.
Chilim
Tamakining, shuningdek, tarkibida tamaki mavjud bo‘lmagan mahsulotlarning tutashi va (yoki) qizdirilishi natijasida hosil bo‘ladigan aerozolni (bug‘ni, tutunni) nafas orqali yutish uchun foydalaniladigan moslama bo‘lib, unda aerozol (bug‘, tutun) suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali o‘tadi.
9614 000 0
19.
Nikotin yetkazib beruvchi elektron tizimi
Elektr toki (akkumulyator) yordamida nikotinli yoki nikotinsiz suyuqlikni (kartrijlarda, rezervuarlarda va boshqa konteynerlarda) qizdiradigan hamda iste’molchi tomonidan nafas orqali yutiladigan aerozol (bug‘, tutun) hosil qiladigan, ko‘p marta ishlatiladigan moslamalar (tibbiy jihozlar bundan mustasno).
8543 400 0
20.
Tamakini qizdirish tizimi
Qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini chekish uchun mo‘ljallangan hamda iste’molchi tomonidan nafas orqali yutilishi maqsadida nikotinli aerozol (bug‘, tutun) hosil qiladigan elektron moslama, shu jumladan, alohida yoki birga sotilishidan qat’i nazar, bunday moslama bilan birga foydalanish uchun tayyorlangan har qanday buyum yoki qism.
8543 400 0
21.
Trubka
Tamakini joylashtirish uchun idishi bo‘lgan, tortib sotiladigan vaznli tamaki mahsulotini (trubkali tamakini) chekishga mo‘ljallangan moslama.
9614 009 0
9614 001 0
22.
Mushtuk
Donali tamaki mahsulotlarini (sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), qo‘lbola usulda o‘ralgan chekiladigan ingichka kesilgan tamakini) chekish uchun mo‘ljallangan moslama.
9614 009 0
9614 001 0
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Tarkibida tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari bo‘lgan chekiladigan tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari
Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ingridiyentlar sifatida foydalanishga ruxsat etilmaydigan moddalar
I. Tarkibida tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari bo‘lgan, chekiladigan tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda tarkibiy qismlar sifatida foydalanishga ruxsat etilmagan moddalar
1. Moddalar:
Agaritsin kislotasi (Acidumagaricinicum);
Qayin smola yog‘i (Oleum Betulaeempyreumaticum);
Erkin yoki bog‘langan gidrosiyan kislotasini o‘z ichiga olgan achchiq bodom yog‘i (Oleum Amygdalarumamarum);
3. Tetiklik va (yoki) hayotiylik bilan bog‘liq bo‘lgan moddalar, shu jumladan:
Kofein (caffeine);
Guarana (guarana);
Taurin (taurine).
4. Mahsulot sog‘liq uchun foydali yoki sog‘liq uchun xavf-xatarlarni kamaytiradi degan tasavvur hosil qiladigan moddalar, shu jumladan:
C vitamini;
E vitamini;
muhim yog‘kislotalari, shu jumladan: omega-3 va omega-6.
5. Ajralib chiqadigan tamaki tutuniga rang berish xossasiga ega moddalar, shu jumladan:
bo‘yoqlar;
pigmentlar, shu jumladan, titan dioksidi.
6. Yonmaydigan shakldagi kanserogen, mutagen yoki reproduktiv toksik xossaga ega moddalar.
II. Tarkibida nikotin yoki uning hosilalari, shu jumladan, nikotin tuzlari, eritmalari, nikotin suyuqliklari yoki tarkibida nikotin bo‘lgan gellar, shuningdek, tarkibida tamaki va nikotin mavjud bo‘lmagan, lekin tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ingridiyentlar sifatida foydalanishga ruxsat etilmaydigan moddalar
2. Ajralib chiqadigan aerozol (bug‘)ning rang berish xossalariga ega bo‘lgan moddalar.
3. Mahsulot sog‘liq uchun foydali xossalarga ega yoki sog‘liq uchun xavfi kam degan tasavvur hosil qilish uchun qo‘llaniladigan oziqa mahsulotlari va moddalar:
C vitamini;
E vitamini;
muhim yog‘kislotalari: omega-3 va omega-6.
4. G‘ayrat va (yoki) hayotiy kuch bilan bog‘lanadigan moddalar, shu jumladan:
Kofein (caffeine);
Guarana (guarana);
Taurin (taurine).
5. Ammoniy, ammiak va ularning hosilalari (shu jumladan, diammoniy fosfat).
6. Moddalar, shu jumladan:
E atsetat vitamini (alfa-tokoferol asetat);
Atsetil propionil;
Dietilenglikol;
Tetrahidrokannabinol izomerlari.
7. Yonmaydigan shakldagi kanserogen, mutagen yoki reproduktiv toksik xossalarga ega bo‘lgan moddalar.
Ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarida nikotin va tarkibida inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi boshqa moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari natijalari to‘g‘risidagi
Ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarida nikotin va tarkibida inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi boshqa moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari natijalari to‘g‘risidagi HISOBOT SHAKLI
1. Hisobot davri: o‘tgan yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha. Hisobot to‘liq davr uchun topshiriladi.
2. Davriyligi: yiliga bir marta.
3. Hisobot beruvchi shaxslar doirasi: tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar.
4. Hisobotni qabul qilish uchun vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi.
5. Tamaki mahsulotlarning har bir turida (nomida) nikotin hamda inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi boshqa moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalari bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari natijalari quyidagi shaklga muvofiq taqdim etiladi:
T/r
Tamaki mahsulot turi
Tamaki mahsulotlari nomi
O‘lchov birligi
Tartibga solinadigan moddalarning miqdori (laboratoriya tadqiqoti natijalariga ko‘ra)*
Tartibga solinadigan moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori ko‘rsatkichlari**
1.
2.
3.
...
Eslatma: *) tartibga solinadigan ko‘rsatgich nomlari va moddalar ro‘yxati, tamaki mahsuloti turidan kelib chiqib, Texnik reglamentning 10 — 14-bandlarida, 8-bandidagi jadvalda, Texnik reglamentga 2-ilovada ko‘rsatilgan. **) tamaki mahsulotlari tarkibidagi tartibga solinadigan moddalarning yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori ko‘rsatkichlari Texnik reglamentning 10 — 14-bandlarida, 8-bandidagi jadvalda, Texnik reglamentga 2-ilovada ko‘rsatilgan.
6. Texnik reglamentga 3-ilovada ko‘rsatilgan tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ingrediyentlar sifatida foydalanishi ruxsat etilmagan moddalarning ushbu tamaki mahsulotlarida mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat.
7. Kompaniya nomi _________________________________________________________.
8. Kompaniya manzili _______________________________________________________.
9. Kompaniya telefon raqami ________________________________________________.
10. Kompaniyaning elektron pochta manzili _____________________________________.
Hisobot beruvchi _______________________________
_______________
FIO
imzo
Telefon raqami:___________________
e-mail:_____________________
Rahbar
_________________________________
_______________
FIO
imzo
Telefon raqami:
__________________________
e-mail:___________________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Tamaki bargidan va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlaridan tayyorlangan mahsulotlar, trubka va mushtuk iste’mol o‘roviga hamda chilim suvdonida (nosvoy, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari bundan mustasno) joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish
Tarkibida nikotin yoki nikotinning hosilalari, shu jumladan, nikotin tuzlari, eritmalari, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotinli gellar mavjud bo‘lgan, lekin tamaki bargi va (yoki) tamaki o‘simligining boshqa qismlari mavjud bo‘lmagan mahsulotlar, tarkibida tamaki va nikotin mavjud bo‘lmagan, lekin tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bilan birga foydalanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, iste’mol o‘roviga joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentni sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalariga yetkazish.
Uch kun muddatda
2-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
1. Texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda tamaki va tamaki mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha mavjud normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzish.
Bir oy muddatda
2. Majburiylikni bekor qilish hamda tamaki va tamaki mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda ixtiyoriylikni belgilangan tartibda ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilish.
O‘n kun muddatda
3-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Tamaki va tamaki mahsulotlarining Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya doirasini kengaytirish choralarini ko‘rish.
Olti oy muddatda
4-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
Tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentni qo‘llash maqsadlari, mazmuni hamda tartibi to‘g‘risida jamoatchilik, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari keng xabardor qilinishini ta’minlash.
Rejaga muvofiq
5-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash.
O‘rnatilgan tartibda
6-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
Tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglamentni qo‘llash amaliyotini monitoring qilish hamda tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlarni kiritib borish.
Har chorakda
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 290-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2019-yil 1-fevraldagi 74-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4063-son qarori)” 2019-yil 25-dekabrdagi 1034-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarori)” 2021-yil 21-dekabrdagi 766-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.