1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida
Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish autsorsing asosida samarali tashkil etib kelinmoqda.
Shu bilan birga, oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish autsorsing asosida tashkil etiladigan maktablar soni ortib borayotganligi sababli taomlar sifatini doimiy nazorat qilishda ayrim qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Bu esa, oʻz navbatida, autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati va tarkibining taomnomaga muvofiqligini doimiy nazorat qilib borish tizimini yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 14-apreldagi 218-son qarorigailovagamuvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) nomidagi, muqaddimadagi, 1-banddagi hamda 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan birgalikda maktablarda oʻquvchilarga berilayotgan taomlar sifati ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeta parametrlarida nazarda tutsin”.
a) nomidagi, 1-banddagi, Nizomga 1-ilovaning belgisidagi va nomidagi, Nizomga 2-ilovaning belgisidagi, Nizomga 3-ilovaning belgisidagi hamda Nizomga 4-ilovaning belgisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maktab ishchi guruhi — maktab direktori rahbarligida tashkil etiladigan, direktor boshchilik qiladigan, hamshira, tarbiyachi hamda boshqa xodimlardan iborat tarkib”;
“Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan tanlov hujjati va baholash mezonlarida tanlovda ishtirok etuvchi talabgorning mazkur sohada yetarli katta ish tajribasiga (mazkur sohada kamida ikki yillik ish tajribasiga ega, umumiy ovqatlanish maydoni mavjud boʻlgan), tegishli moliyaviy, moddiy-texnik va logistika bazasiga (texnika, ishchilar soni va ularning tarkibi) ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi”;
“13. Agentlik direktori oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi va komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Komissiya tarkibi toq sonli aʼzolardan iborat boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2 nafar xodimidan tashkil topadi”;
e) 19-bandning oltinchi xatboshisidagi “gastroenterolog, allergolog,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 21 -bandning yettinchi xatboshisidan “yuvish vositalari, olinadigan sof foyda” soʻzlari “yuvish vositalari, soliqlar, olinadigan sof foyda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“24. Oʻquv yili davomida yangi sinflar ochilganda (yoki yopilganda), oʻquvchilar soni oʻzgarganda hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari keskin oʻzgarganda, autsorser va maktab tomonidan shartnoma boʻyicha umumiy boshlangʻich summaning 10 foizidan oshmagan miqdorda qoʻshimcha shartnoma tuzilishi mumkin”;
i) 28-bandning birinchi xatboshisidagi “komissiya” soʻzi “maktab ishchi guruhi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 31-banddagi “xizmatining” soʻzi “qoʻmitasining” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)