1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.02 (Кучини йукотган) Oʻrta taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, taʼlim sifati koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, sogʻlom maʼnaviy muhit yaratilgan, tashkiliy ishlarda namuna koʻrsatgan, shuningdek oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini samarali tashkil etgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining rahbariyati hamda oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan:
umumtaʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;
yangi tizimni samarali joriy etgan, taʼlim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga Davlat budjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibini joriy qilish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
2. Belgilab qoʻyilsinki:
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi;
rahbariyati va oʻqituvchilari ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxati har oʻquv yili yakunida eʼlon qilinadi hamda keyingi bir oʻquv yili davomida ushbu maktabning oʻqituvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda oʻqituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi;
ushbu qarorning ijrosi uchun talab etiladigan mablagʻlar 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
3. Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga
ILOVA
Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1.Ushbu Nizom oʻqitish va oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini samarali tashkil etish orqali taʼlim sifatini taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari)rahbar va pedagog kadrlariga ustama berish tartibini belgilaydi.
2.Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
formativ baholash — dars mashgʻulotlari davomida oʻquvchilar faoliyatini kuzatish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oʻlchash hamda natijani yaxshilash uchun koʻrsatmalar berish jarayoni hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
summativ baholash — taʼlim jarayonining muayyan bir davri (chorak, yarim yil yoki oʻquv yili) yoki bosqich (oʻquv fanining bob, boʻlimi) yakunida oʻquvchining oʻzlashtirgan bilimi va amaliy koʻnikma darajasini oʻqituvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan aniqlash va baholash usuli hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
bob boʻyicha summativ baholash (keyingi oʻrinlarda — BSB) — bob, boʻlim yakunida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni;
chorak boʻyicha summativ baholash (keyingi oʻrinlarda — CHSB) — chorak yakuni boʻyicha belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni;
yillik baho — oʻquv yili yakuniga koʻra oʻquvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
elektron jurnal — oʻquvchining darsdagi faolligi haqidagi maʼlumotlar hamda formativ va summativ baholash natijalari qayd qilib boriladigan tizim;
rahbar kadrlar — umumtaʼlim maktabi direktori va uning oʻrinbosarlari;
pedagog kadrlar — umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritayotgan barcha oʻqituvchilar;
2-bob. Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
3.Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablariroʻyxatini shakllantirish ushbu Nizomga ilova qilingan metodika asosida amalga oshiriladi.
Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablariroʻyxatini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan Monitoring guruhlari (keyingi oʻrinlarda — Monitoring guruhi) tuziladi.
Monitoring guruhi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Monitoring guruhi tarkibiga Direktorlar kengashi aʼzolari va faol jamoatchilik vakillari, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
4.Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablariroʻyxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
a) 1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning reytingi elektron jurnal maʼlumotlari asosida har bir oʻquvchining oʻquv yilining toʻrt choragidagi oʻzlashtirishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi. Maktablar reytingi yakuniy ball asosida amalga oshiriladi hamda har bir hudud boʻyicha reytingda yuqori oʻrinni egallagan birinchi 20 foiz umumtaʼlim maktablari saralab olinadi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
b) 2-bosqichda1-bosqich doirasida saralab olingan umumtaʼlim maktablari Monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi:
baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot ishlari olib borilganligi hamda oʻquvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi;
baholash ishlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi;
fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili;
soʻrovnomalar oʻtkazilganligi va ularning tahlili.
5.Monitoring guruhi baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari tomonidan ikkita bosqich doirasida jami toʻplangan ballardan kelib chiqib, ularning har bir hudud kesimidagi roʻyxatini shakllantiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
3-bob. Saralab olingan umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga toʻlanadigan ustama miqdorini belgilash tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
6. 1-bosqich yakuni boʻyicha har bir hudud kesimida saralab olingan va 2-bosqich doirasida tahlil qilingan hamda tegishli hududning jami umumtaʼlim maktablari soniga nisbatan 20 foiz umumtaʼlim maktablarning rahbar va pedagog kadrlariga ushbu maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami toʻplangan ballarga qarab quyidagi miqdorlarda ustama belgilanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
T/r
Umumtaʼlim maktablari
Ustama miqdori
1.
tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija koʻrsatgan birinchi 5 foiz umumtaʼlim maktablari
40 foiz
2.
tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija koʻrsatgan keyingi 10 foiz umumtaʼlim maktablari
30 foiz
3.
tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija koʻrsatgan keyingi 15 foiz umumtaʼlim maktablari
20 foiz
4.
tahlil qilingan qolgan umumtaʼlim maktablari
10 foiz
Monitoring guruhlari yuqoridagi taqsimot asosida rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini Vazirlikka taqdim etadi.
Umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Bunda ustama baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yili davomida (1-sentabrdan 31-avgustgacha) toʻlanadi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
4-bob. Shikoyat qilish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
7.Monitoring guruhlari oʻtkazgan oʻrganishlar natijasidan norozi boʻlgan umumtaʼlim maktablari Vazirlikda tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilishlari mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻiga koʻra 5 — 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi.
8.Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Monitoring guruhi tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Apellyatsiya komissiyasi arizalarni (shikoyatlarni) koʻrib chiqish jarayoniga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
9.Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn ish kunida koʻrib chiqiladi.
10.Apellyatsiya komissiyasi tahlil natijalariga oid murojaatni koʻrib chiqib, baholash natijalarini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarorining nusxasi murojaat etuvchi umumtaʼlim maktabi rahbariga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh ish kunida taqdim etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
11.Umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog kadrlari ustama olish uchun baholash oʻtkazilgan oʻquv yilida (I — IV choraklar davomida) toʻliq ishlagan boʻlishlari lozim.
Ustama umumtaʼlim maktablari rahbar va pedagog kadrlarining oylik maoshlariga qoʻshib toʻlanadi.
12.Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish
METODIKASI
1. Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari) roʻyxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
2. Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari reytingi elektron jurnal maʼlumotlari asosida har bir oʻquvchining oʻquv yilining toʻrt choragidagi oʻzlashtirishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi. Maktabning yakuniy balli oʻquvchilarning oʻquv yutuqlari va ularning rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkichlarning muvozanatli yigʻindisidan kelib chiqib hisoblanadi. Ushbu bosqich uchun ajratilgan 100 ball 1-jadvalga muvofiq taqsimlanadi.
Maktablar reytingi yakuniy ball asosida amalga oshiriladi. Bunda ball qiymati qanchalik yuqori boʻlsa, reytingda maktabning oʻrni shunchalik yuqori boʻladi.
1-jadval
Baholash mezoni
Koʻrsatkich
Ball
Umumtaʼlim maktablarining yakuniy balli (maksimal yoʻl qoʻyiladigan balldan foizda)
86 foiz va undan yuqori boʻlsa
100
71 — 85 foiz oraligʻida boʻlsa
80
55 — 70 foiz oraligʻida boʻlsa
60
40 — 54 foiz oraligʻida boʻlsa
40
30 — 39 foiz oraligʻida boʻlsa
20
30 foizdan past boʻlsa
0
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
21. Reytingni hisoblash uchun quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
oʻquvchilarning oʻquv yutuqlari progressi — oʻquv yili davomida har bir oʻquvchining natijalari yaxshilanganligini aks ettiruvchi koʻrsatkich;
oʻrtacha Z-koʻrsatkich — reytingda ishtirok etgan barcha maktablar boʻyicha maktab natijalarining oʻrtacha qiymatlardan ogʻishini tavsiflovchi statistik koʻrsatkich.
Maktabning yakuniy ballini hisoblash uchun quyidagi vazn koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
oʻquvchilarning oʻquv yutuqlari progressi — 70%;
oʻrtacha Z-koʻrsatkich — 30%.
Hisoblash formulalari:
oʻquvchilarning oʻrtacha progressi:
bu yerda:
progressi — maktab i-oʻquvchisining progressi;
n — maktabdagi oʻquvchilar soni;
barcha maktablar boʻyicha oʻrtacha ball:
bu yerda:
Ballj — barcha maktablarning j-oʻquvchilarining balli;
m — barcha maktablardagi oʻquvchilarning umumiy soni.
Maktab uchun Z-koʻrsatkich:
Maktabning yakuniy bali:
Bunda barcha hisob-kitoblar “e-maktab” tizimi taqdim etgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, muayyan maktab uchun biron-bir koʻrsatkich boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, koʻrsatkichning qiymati nolga teng deb qabul qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
3. Umumtaʼlim maktablari toʻplangan ballar asosida (eng katta balldan eng kichik ballga qarab, yuqoridan pastga) saralanadi hamda egallagan oʻrniga qarab har bir hudud boʻyicha jami maktablarning eng yaxshi natija koʻrsatgan (roʻyxat boʻyicha birinchi) 20 foizi tanlab olinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Teng ball jamgʻargan umumtaʼlim maktablari soni jami maktablarning 20 foizidan koʻp boʻlsa, Monitoring guruhlari tomonidan qoʻshimcha tahlillar oʻtkaziladi hamda choraklar davomida nisbatan barqaror natija koʻrsatgan maktablar tanlab olinadi.
4. Tanlab olingan maktablarda 2-bosqich mezonlariga koʻra tahlillar oʻtkaziladi.
2-BOSQICH
5. Tanlab olingan umumtaʼlim maktablari Monitoring guruhi tomonidan 2-jadvalda keltirilgan mezonlarga muvofiq tahlil qilinadi:
Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili
20
4.
Soʻrovnomalar oʻtkazilganligi va ularning tahlili
30
Jami
100
1. Baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot ishlari olib borilganligi hamda oʻquvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi
6. Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun ularda baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot stendlarining mavjudligi va BSB belgilangan tartibda amalga oshirilganligi tahlil qilinadi hamda mezonga ajratilgan 25 ball 3-jadvalda koʻrsatilgan tartibda taqsimlanadi:
3-jadval
Baholash mezoni
Koʻrsatkich
Ball
Baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot stendlarining mavjudligi
(5 ball)
Stendlarda baholashning yangi tartibi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi
2
Stendlarda sinflar reytingi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi
3
BSB mezoni va tahlili, BSB topshiriqlarining mezon asosida tekshirilganligi
(20 ball)
Mezon va tahlil yigʻmajildlarining talab darajasida yuritilishi (joriy oʻquv yili uchun har bir fandan, har bir sinf kesimida taqvim reja asosida berilgan BSB topshiriqlari hamda ularning mezonlari mavjudligi)
5
Joriy oʻquv yili uchun oʻquvchilar ishlarining mavjudligi
10
Oʻquvchilar ishlarining mezon asosida tekshirilganligi
5
2. Baholash ishlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi
7. Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun ularning CHSB yigʻmajildlari, “e-Maktab” platformasiga BSB va CHSB natijalarining kiritilishi tahlil qilinadi hamda mezonga ajratilgan 25 ball 4-jadvalda koʻrsatilgan tartibda taqsimlanadi:
4-jadval
Baholash mezoni
Koʻrsatkich
Ball
CHSB natijalarining haqqoniyligi
(15 ball)
CHSB natijalarini haqqoniy qoʻyilgani
10
CHSB yigʻmajildlarining yuritilishi va natijalar tahlilining mavjudligi
5
“e-Maktab” platformasidan foydalanish holati
(10 ball)
“e-Maktab” platformasiga BSB va CHSB natijalarining oʻz vaqtida kiritilishi
Izoh. Baholar haqqoniy qoʻyilmaganligi aniqlanganda barcha toʻplagan ballari bekor qilinadi hamda ushbu maktab rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxatidan chiqariladi.
3. Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili
8. Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlil qilinadi hamda mezonga ajratilgan 20 ball 5-jadvalda koʻrsatilgan tartibda taqsimlanadi:
5-jadval
Baholash mezoni
Koʻrsatkich
Ball
Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi
(10 ball)
Uslubiy birlashma yigʻmajildida BSB tahlillari xulosalarining mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida)
5
Xulosalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida)
5
Loyiha ishlari
(10 ball)
Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mavjudligi (elektron yoki model shaklida)
5
Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mezon asosida baholanganligi
5
4. Soʻrovnomalar oʻtkazilganligi va ularning tahlili
9. Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun uning rahbariyati tomonidan oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilganligi va soʻrovnomalar oʻtkazilganligi tahlil qilinadi hamda mezonga ajratilgan 30 ball 6-jadvalda koʻrsatilgan tartibda taqsimlanadi:
6-jadval
Baholash mezoni
Koʻrsatkich
Ball
Ota-onalar bilan tushuntirish ishlarining olib borilganligi
(10 ball)
Maktab rahbariyatining ota-onalar bilan qayta aloqada boʻlganligi
4
Ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilganligi
6
Baholashning yangi tartibi toʻgʻrisida oʻqituvchilarning yetarli maʼlumotga ega ekanligi
(10 ball)
Oʻqituvchilarning baholashning yangi tartibini joriy etish bilan bogʻliq hujjatlar bilan tanish ekanligi
3
Maktab rahbariyati bilan oʻqituvchilar oʻrtasida muntazam muloqotning mavjudligi
3
Oʻqituvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilganligi
4
Oʻquvchilarning baholashning yangi tartibi toʻgʻrisida maʼlumotga ega ekanligi
(10 ball)
Maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan oʻqituvchilari va oʻquvchilar oʻrtasida qayta aloqaning mavjudligi
3
Oʻquvchilar baholashning yangi tartibining maqsadi va mohiyatini tushunganligi
3
Oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilganligi
4
10. Yuqoridagi mezonlar asosida toʻplagan ballarga koʻra umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan miqdor va muddatlarda ustama toʻlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2024-y., 09/24/263/0325-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)