toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yuklangan vazifalar hamda 2024-yil uchun budjet siyosati konsepsiyasida belgilangan yoʻnalishlar ijrosini amalga oshirish, shuningdek, Davlat budjeti barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-aprel,
246-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
MIQDORLARI

T/r

Tashkilot joylashgan hudud va unda bolalarning kunlik boʻlish vaqti

Bir oylik toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)

Tashkilotga qatnovchi oiladagi bitta bolaga

Oiladagi har bir bolaga, agar tashkilotga bittadan ortiq bola qatnasa

1.

Toshkent shahri

1.1.

4-5 soat

0,1238

0,0825

1.2.

9 soat

0,6602

0,4709

1.3.

10,5 soat

0,7864

0,5607

1.4.

12 soat

0,8908

0,6311

1.5.

24 soat

0,9393

0,6699

2.

viloyat markazlari

2.1.

4-5 soat

0,1143

0,0801

2.2.

9 soat

0,6383

0,4515

2.3.

10,5 soat

0,7646

0,5413

2.4.

12 soat

0,8447

0,5947

2.5.

24 soat

0,8932

0,6383

3.

viloyat boʻysunuvidagi shaharlar

3.1.

4-5 soat

0,1019

0,0752

3.2.

9 soat

0,5874

0,4175

3.3.

10,5 soat

0,6602

0,4709

3.4.

12 soat

0,7573

0,5388

3.5.

24 soat

0,7961

0,5631

4.

tuman markazlari

4.1.

4-5 soat

0,0922

0,0631

4.2.

9 soat

0,4320

0,3252

4.3.

10,5 soat

0,5874

0,4442

4.4.

12 soat

0,6675

0,5000

4.5.

24 soat

0,7087

0,5316

5.

boshqa joylar

5.1.

4-5 soat

0,0825

0,0583

5.2.

9 soat

0,3034

0,2451

5.3.

10,5 soat

0,5340

0,4272

5.4.

12 soat

0,6286

0,4709

5.5.

24 soat

0,6602

0,4976

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-son qaroriga
2-ILOVA
zbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “2021-yildan amalga kiritiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 29-apreldagi 256-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 6-ilovaning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 29-apreldagi 174-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2024-y., 09/24/246/0313-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)