1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yodgorliklarni tartibga solish, roʻyxatini shakllantirish, tarixiyligini saqlash hamda ularning turistik jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda obyektlarni belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-aprel,
227-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-apreldagi 227-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. “Kattaqoʻrgʻon shahri” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimidagi 638-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. “Payariq tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 12071-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
12071.
Alamli qishlogʻi hamda Ingichka qishlogʻi va uning atrof hududlaridagi qoyatoshlar
Antik va ilk oʻrta asrlar
Alamli qishlogʻi, “Doʻstlik” MFY hamda Ingichka qishlogʻi
Davlat mulki.
”.
3. “Parkent tumani” boʻlimi quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“
Arxitektura yodgorliklari
6491*.
“Quyosh geliokompleksi”
1981 — 1987-yillar
Parkent tumani, “Quyosh” MFY
Davlat mulki.
”.
4. “Fargʻona shahri” boʻlimining“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 111-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
111.
Kotelnikov uyi
1906 yil
B. Margʻiloniy koʻchasi, 6-uy
Davlat mulki.
”.
5. “Quvasoy shahri” boʻlimida:
a) “Monumental yodgorliklar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 671-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
671.
Oʻzbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon haykali
1982-yil
“Qoʻchqorchi” MFY, Qoʻchqorchi qishlogʻi
Davlat mulki.
”.
b) quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“
Arxitektura yodgorliklari
672.
Muhammadali hoji masjidi
XIX asr
“Boʻston” MFY, Qaramqul qishlogʻi
Davlat mulki.
”.
6. “Bagʻdod tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1401-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
1401.
“Jar qishloq” masjidi
1906 yil
“Jar” MFY
Davlat mulki.
”.
7. “Toshloq tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2941-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
a) “Mirzo Ulugʻbek tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 451*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
451*.
“Oʻzbekiston” mehmonxonasi
1963 — 1974-yillar
Maxtumquli koʻchasi, 45-uy
Xususiy mulk.
”.
b) “Mirobod tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
78-pozitsiya chiqarib tashlansin;
89-pozitsiya “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 901*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
901*.
Davlat sanʼat muzeyi
1967 — 1974-yillar
Amir Temur shoh koʻchasi, 16A
Davlat mulki.
”.
v) “Shayxontohur tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
132 va 134-pozitsiyalar “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 1632*, 1633* va 1634*-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
1632*.
Toshkent telemarkazi binosi
1972 — 1977-yillar
Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasi, 69-uy
Davlat mulki.
1633*.
“Eski juva” dehqon bozorining 8 ta moviy gumbazlari
1950-yil
Shayxontohur tumani Saqchimon koʻchasi
Davlat mulki.
1634*.
“Shodlik” mehmonxonasi
1969 — 1975-yillar
Paxtakor koʻchasi, 5-uy
Xususiy mulk.
”.
g) “Chilonzor tumani” boʻlimi:
232-pozitsiya “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 2461*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
2461*.
Koʻkrak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti
1975-yil
Chilonzor tumani Kichik halqa yoʻli koʻchasi 10/1-uy
Davlat mulki.
”.
d) “Yunusobod tumani” boʻlimining“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
268 va 277-pozitsiyalar “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
282-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
282*.
“Turkiston” konsert zali binosi hamda uning yozgi maydoni
1976 — 1993-yillar
A. Navoiy koʻchasi, 2-uy
Davlat mulki.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi operativ boshqaruv huquqi asosida.
”.
e) “Yakkasaroy tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
299, 308, 312-pozitsiyalar“*” belgisi bilan toʻldirilsin;
319, 322 va 323-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 3323* va 3324*-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
3323*.
“Kosmonavtlar” metro bekati
1972-yil
Afrosiyob va Mirobod koʻchalari kesishmasida
Davlat mulki.
3324*.
“Residence Park” mehmonxonasi binosi
1975-yil
Yunus Rajabiy koʻchasi 64-uy
Davlat mulki.
”.
j) “Yashnobod tumani” boʻlimining“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3521*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
3521*.
“Aviasozlar” madaniyat saroyi
1976 — 1980-yillar
Yashnobod tumani Qorasuv koʻchasi 1/1 uy
Davlat mulki.
”.
9. Izoh qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktoriga zarurat boʻlganda, obyektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berilsin. Ushbu aniqlik kiritish (tushuntirish berish) Madaniy meros agentligi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
“Modernizm” toifasiga kiruvchi moddiy madaniy meros obyektlari”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2024-y., 09/24/227/0295-son)