Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan yigʻimlarni bojxona hududida toʻlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
bojxona hamrohligidagi kuzatuv uchun bojxona yigʻimlarini transport vositasi bojxona hamrohligiga olingandan soʻng ham toʻlash imkoniyatini belgilash;
chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni bojxona hududida toʻlash imkoniyatini yaratish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostida avtomobil yoʻllarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomning 24-bandi
birinchi xatboshisidagi “qonunchilik hujjatlariga muvofiq oldindan” soʻzlari “oldindan yoki bojxona hududida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 214-son qarori 7-bandining
birinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-yanvarga” soʻzlari “2025-yil 1-sentabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
nizomda:
birinchi xatboshi “tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar” soʻzlaridan keyin “yoki bojxona hududida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b)
ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “Tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar” soʻzlaridan keyin “yoki bojxona hududida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 3-oktabrdagi 522-son qarorining
1-bandidagi “chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim hamda bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yigʻimi bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.