

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6884660" id="-6884660">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6884661" id="-6884661">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6884663" id="-6884663">Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6884665" id="-6884665"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884674" id="-6884674">Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884675" id="-6884675">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining birinchi instansiya sudining qarorlari ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884677" id="-6884677">2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232475">497<sup>2</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627270">499-moddalariga</a> muvofiq apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati, shuningdek, tegishli prokuror yoki uning oʻrinbosari protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884678" id="-6884678">Apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish JPK 497<sup>2</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232482">toʻrtinchi qismi</a> va 499-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627276">beshinchi qismiga</a> muvofiq hukmning oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Bunday shaxslar jumlasiga ishda taraf boʻlmagan, biroq oʻzining haqiqiy holatiga koʻra ish boʻyicha hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan qismida sud himoyasiga muhtoj boʻlgan (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) shaxslar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884680" id="-6884680">Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884682" id="-6884682">3. Qonunga koʻra apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884683" id="-6884683">Apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, (fuqaroviy daʼvogar) tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shuncha muddat ichida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884685" id="-6884685">Belgilangan muddatlarda bevosita apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlariga berilgan shikoyat (protest) JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626267">479-moddasi</a> hamda <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232535">497<sup>6</sup>-moddasi</a>, shuningdek, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627306">503-moddasi</a> talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884686" id="-6884686">Har bir apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884687" id="-6884687">4. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisida JPK 497<sup>5</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232526">birinchi qismiga</a> muvofiq, sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884688" id="-6884688">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan JPK 497<sup>11 </sup>moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626955">birinchi qismi</a> qoidalariga muvofiq oʻn kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884690" id="-6884690">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi (bunda muddatni oʻtkazib yuborishning sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablari ajrimda koʻrsatilishi kerak) va ishni apellyatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) boʻyicha mazmunan koʻradi. Bunda, koʻrsatilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626267">479-moddasi</a> talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884691" id="-6884691">Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablar deb topilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884692" id="-6884692">Shaxsning kasalligi, oilaviy ahvoli (oila aʼzolarining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda apellyatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884693" id="-6884693">5. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627298">501-moddasining</a> mazmuniga koʻra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng berilgan shikoyat (protest), basharti unda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar (mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini koʻpaytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirilishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek, oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan boʻlsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qoʻshilgan holda hisoblanishi kerak. Bir yillik muddat oʻtgandan soʻng berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqilmaydi va uni bergan shaxsga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884694" id="-6884694">Agar kassatsiya shikoyati (protesti) JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627298">501-moddasida</a> koʻrsatilgan bir yillik muddat oʻtgunga qadar berilgan boʻlib, mazkur muddat ish boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar oʻtib ketsa, u qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga maʼlum qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884695" id="-6884695">6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha alohida muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid hamda JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=19.09.2012 00#-2057292">416</a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=19.09.2012 00#-2057309">417-moddalari</a> tartibida chiqarilgan ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar boʻyicha eʼtirozlar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884696" id="-6884696">Hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya tartibida alohida koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-257067">540-moddasi</a> va 541-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-257069">birinchi qismi</a> qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884697" id="-6884697">JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6628991">546<sup>1</sup>-moddasiga</a> muvofiq sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Shu sababli sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) kassatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884699" id="-6884699">7. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626288">480-moddasida</a> apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularni bajarganligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884700" id="-6884700">Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan koʻrishga toʻsqinlik qilsa, sudya shikoyat (protest)ni ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest)ni qayta tuzish uchun JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232603">497<sup>7</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627300">502-moddalarida</a> belgilangan doirada muddat belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884935" id="-6884935">Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud koʻrsatmalari bajarilmagan taqdirda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884936" id="-6884936">8. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-6626942">497<sup>4</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627298">501-moddalarida</a> belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish haqidagi talablar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan eʼtiborga olinmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884937" id="-6884937">9. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232653">497<sup>10</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627317">504<sup>1</sup>-moddalariga</a> muvofiq apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884938" id="-6884938">Bunday holatda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884939" id="-6884939">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunda, agar shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisi boshlangunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, u shikoyat (protest) nusxasi, shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda saqlangan holda shikoyat (protest) bergan shaxsga xat orqali qaytariladi, boshqa hollarda esa, sud, qaytarib olingan shikoyat (protest) boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884940" id="-6884940">Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi mazkur shaxs tomonidan qayta kassatsiya shikoyati (protesti) berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884941" id="-6884941">10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shikoyat (protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sud majlisini tayinlash chogʻida JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232728">497<sup>15</sup></a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627351">509<sup>5</sup>-moddalarida</a> nazarda tutilgan masalalar hal etiladi va ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884942" id="-6884942">Jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 497<sup>6</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232543">ikkinchi qismi</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627306">503-moddasi</a> talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884943" id="-6884943">11. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning ishtirokini taʼminlash ushbu sudning majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan soʻng mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uni sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884944" id="-6884944">Qoʻllanilgan ehtiyot chorasi turidan qatʼiy nazar, mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish huquqidan mahrum etilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb baholanadi va sud ajrimining bekor boʻlishiga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884945" id="-6884945">Mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish masalasini hal etish sudning huquqiga tegishlidir. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan soʻng mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishiga zarurat borligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uning sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi choralari koʻrilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884946" id="-6884946">12. JPK 481-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626323">birinchi qismi</a> mazmuniga koʻra apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari mazkur instansiyada davlat ayblovini quvvatlash vakolatiga ega boʻlgan prokurorni har bir ish boʻyicha oldindan xabardor etish choralarini koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884947" id="-6884947">13. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida ishtirok etish huquqiga ega shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasining toʻrtinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884948" id="-6884948">Ishning koʻrilish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni koʻrish uchun toʻsiq boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884949" id="-6884949">Ayni paytda, qonunga koʻra apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida prokurorning ishtiroki shart boʻlib, bunday holda JPK 25-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-252903">birinchi qismi</a> hamda 51-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253608">6</a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6625986">9-bandlari</a> mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham taʼminlanishi shart. Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884950" id="-6884950">14. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquqlarini amalga oshirishga va majburiyatlarini bajarishga zarur sharoit yaratib berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884951" id="-6884951">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ishning muhokamasi, JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626349">483</a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232777">497<sup>17</sup></a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627375">509<sup>7</sup>-moddalarida</a> nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884952" id="-6884952">15. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari qisman yoki toʻliq sud tergovi oʻtkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlarni inobatga olgan holda huquqiy baho berishi mumkin (JPK 483-moddasining uchinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884953" id="-6884953">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qoʻshimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884954" id="-6884954">Qonunga koʻra, qoʻshimcha materiallarni talab qilib olishda muayyan tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilsa, bu haqida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ajrim chiqarishi va ijro uchun tegishli tergov organiga yuborishi mumkin. Ishning muhokamasi esa, keyinga qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884955" id="-6884955">16. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida keltirilgan vajlari bu shaxslarni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884956" id="-6884956">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ishni koʻrishda, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) <a href="/mact/-111453?ONDATE=05.04.2018 00#-3643003">238-moddasi</a> bilan bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilgan protsess ishtirokchisining bir-biridan jiddiy farq qilgan koʻrsatuvlariga, tegishli munosabat bildirishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884957" id="-6884957">17. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida taraflar muzokaralari tegishlicha JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232861"> 497<sup>18</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627375">509<sup>7</sup>-moddalari</a> qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884958" id="-6884958">Ish boʻyicha bir necha apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlganda, birinchi boʻlib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari soʻzga chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884959" id="-6884959">18. Qonunga koʻra, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida ishtirok etayotgan mahkumga oxirgi soʻz berilmasligi, jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi ajrimining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884960" id="-6884960">19. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik toʻgʻri aniqlanganligini, jinoyat va jinoyat-protsessual qonuni normalari qanchalik toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884961" id="-6884961">JPK 494-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626487">birinchi qismiga</a> muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari sudning hukmini bekor qilishga va mahkumga jazoni kuchaytirgan yoki unga nisbatan dastlabki tergov organi tomonidan eʼlon qilingan ayblov doirasida (ayblovning ayrim qismlari birinchi instansiya sudi tomonidan muhokama qilinmagan holatlarda ham) ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884962" id="-6884962">JPK 494-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626488">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jazoni kuchaytirishga, shuningdek, ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan va <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-6626942">JPK 497<sup>4</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627298">501-moddalarida</a> belgilangan muddatlar oʻtib ketmagan hollardagina haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884963" id="-6884963">Agar ishni koʻrish vaqtida sudlanuvchi tomonidan ayb eʼlon qilinmagan boshqa jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK 416-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256319">birinchi qismi</a> qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884964" id="-6884964">Agar ishni koʻrish vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK 417-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256326">birinchi qismi</a> qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884965" id="-6884965">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari faqat prokuror tomonidan protest bildirilgan, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilgan hollardagina oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884966" id="-6884966">20. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626349">483-moddasiga</a> muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻla hajmda tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884967" id="-6884967">Ish boʻyicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) oʻtgan boʻlib, hukm ustidan ulardan ayrimlari shikoyat bergan hollarda ham apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884968" id="-6884968">Biroq agar bu mahkum (oqlangan shaxs)ning ahvolini ogʻirlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati boʻlmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni koʻrishga haqli emas (JPK 494-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884969" id="-6884969">Apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan shaxs, agar apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor xulosalar qilinmagan boʻlsa, sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqini saqlab qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884970" id="-6884970">21. Muayyan sababga koʻra, ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5232520">497<sup>5</sup>-moddasi</a> tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, apellyatsiya instansiyasi sudi JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233547">497<sup>35</sup>-moddasida</a> belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884971" id="-6884971">Agar muayyan sababga koʻra ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, kassatsiya instansiyasi sudi JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-6627456">509<sup>13</sup>-moddasida</a> belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884973" id="-6884973">22. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari, agar chiqarilgan hukm JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256504">455-moddasi </a>talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884974" id="-6884974">Hukm oʻzgarishsiz qoldirilganida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884975" id="-6884975">JPK 533-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-257036">1 — 4-bandlarida</a> koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda, hukmning ijrosini kechiktirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884976" id="-6884976">amnistiya aktini qoʻllashga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884977" id="-6884977">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan quyi instansiyasi sudi hukmi, ajrimining tavsif yoki qaror qismiga oʻzgartirish kiritilganda ham, basharti bu ayblov hajmi, qilmishning kvalifikatsiyasi, tayinlangan jazo turi va miqdori oʻzgarishiga olib kelmasa, sud qarorlari oʻzgarishsiz qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884978" id="-6884978">23. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626378">485-moddasida</a> hukm, ajrimni bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan boʻlib, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ularni ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884979" id="-6884979">Hukm quyidagi hollarda oʻzgartirilishi shart, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884980" id="-6884980">sud tergovi toʻliq boʻlmasa yoki bir yoqlama olib borilgan boʻlib, biroq yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻldirilganidan soʻng apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat kvalifikatsiyasi oʻzgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884981" id="-6884981">hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlmay, biroq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ularga, shu jumladan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tegishli baho bera olsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884982" id="-6884982">ish boʻyicha JPK normalari buzilgan boʻlib, ularning apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmning oʻzgartirilishiga olib kelsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884983" id="-6884983">sud tomonidan JK normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlib, biroq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari bu xatoni, shu jumladan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tuzatishi mumkin boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884984" id="-6884984">apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tayinlangan jazo yengillashtirilishi lozim deb hisoblasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884985" id="-6884985">24. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884986" id="-6884986">qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha modda yoki qismlariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884987" id="-6884987">hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884988" id="-6884988">hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884989" id="-6884989">JK <a href="/mact/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195165">70 —</a> <a href="/mact/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195170">72</a>, <a href="/mact/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195900">87-moddalarida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, mahkumni jazodan ozod qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884990" id="-6884990">jazo miqdorini oʻzgartirib, JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yengilroq yoxud JK <a href="/mact/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-195008">57-moddasini</a> qoʻllagan holda jazo tayinlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884991" id="-6884991">jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884992" id="-6884992">mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884993" id="-6884993">mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan, qattiqroq turini belgilashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884994" id="-6884994">JK <a href="/mact/-111453?ONDATE=13.09.2019 00#-4519444">96-moddasiga</a> muvofiq mahkumga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884995" id="-6884995">ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884996" id="-6884996">25. JPK 494-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626487">birinchi</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626488">ikkinchi qismlari</a> talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga yoki bir moddaning bir necha qismlariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmga jazoni kuchaytirmagan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritish va JK <a href="/mact/-111453?ONDATE=29.09.2004 00#-286615">59-moddasida</a> belgilangan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884997" id="-6884997">Bunda yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan jazodan ogʻirroq boʻlishi faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884998" id="-6884998">Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish Kodeksning bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda boʻyicha ilgari tayinlangan jazoni kuchaytirmagan holda yangi jazo belgilashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6884999" id="-6884999">26. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash qoidalari (JK 59-moddasining uchinchi qismi) notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jazolarni qoʻshish tartibini qoʻllashi mumkin. Bunda, agar shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilmagan yoki prokuror tomonidan protest bildirilmagan boʻlsa, yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885000" id="-6885000">27. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni oʻzgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885001" id="-6885001">Agar mahkum JKning turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini oʻzgartirib, oʻsha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885002" id="-6885002">28. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm soʻzsiz bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626450">488-moddasida</a> belgilangan. Bunday qonun buzilishi aniqlaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga koʻra, koʻrilayotganligidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885003" id="-6885003">Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning toʻgʻriligi, jazoning adolatliligi toʻgʻrisida va h.k.) mazmunan koʻrib chiqish va ular boʻyicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885004" id="-6885004">Jinoyat ishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan JPK ning jiddiy buzilishi hollari apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan hukm bekor qilinib, yangi hukm (ayblov yoki oqlov hukmi) chiqarilishiga yoki ishning JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253765">84-moddasiga</a> muvofiq tugatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885005" id="-6885005">29. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgandan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885006" id="-6885006">Agar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qoʻllanilishini istisno etuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart boʻlgan qarorni chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JKning boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, ushbu modda boʻyicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=19.04.2018 00#-3696646">2-bandi</a> hamda uchinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256558">2</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256561">5-bandlariga</a> muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim boʻlgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885007" id="-6885007">30. JPK 494-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626488">ikkinchi qismi</a> mazmuniga koʻra, hukm apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885008" id="-6885008">Boshqa mahkumlar yoki ular himoyachilarining ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885009" id="-6885009">31. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885010" id="-6885010">1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885011" id="-6885011">2) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmi chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885012" id="-6885012">3) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885013" id="-6885013">4) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885014" id="-6885014">5) JPK 493-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626481">4-qismida</a> nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885015" id="-6885015">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ushbu bandning <a href="javascript:scrollText(-6885010)">1 — 3-kichik bandlarida</a> nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya hukmini chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885016" id="-6885016">32. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233529">497<sup>34</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627435">509<sup>11</sup>-moddalariga</a> muvofiq, ishni xususiy shikoyat (protest) boʻyicha koʻrganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885017" id="-6885017">1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885018" id="-6885018">2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885019" id="-6885019">3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885020" id="-6885020">4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885021" id="-6885021">5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885022" id="-6885022">6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885023" id="-6885023">7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885024" id="-6885024">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesil hisoblanib, bundan JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-255186">308</a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-255236">317-moddalarida</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-257033">59-bobida</a> nazarda tutilgan hollar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885025" id="-6885025">33. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi bu haqda shikoyat berilgan hollardagina oʻzgartirilishi mumkin (JPK 495-moddasining ikkinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885026" id="-6885026">Oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan, faqat shaxsning asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885027" id="-6885027">Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885028" id="-6885028">34. Agar mahkumning oʻzi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan soʻng, biroq ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885029" id="-6885029">Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqaradi, boshqa hollarda esa, hukmni bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253769">3-bandiga</a> muvofiq tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885030" id="-6885030">Ish tugatilganda, ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-254570">211-moddasiga</a> muvofiq, ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituvi tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituvi tartibida koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885031" id="-6885031">35. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrib chiqishda ilgari aniqlangan holatlar bilan birga ish boʻyicha JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253758">83-moddasi</a> hamda 84-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253766">birinchi</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253781">beshinchi qismlarida</a> nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa yoki ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa, shuningdek, qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa, JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6626505">496-moddasiga</a> muvofiq, sud qarorini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885032" id="-6885032">36. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885033" id="-6885033">JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233143">497<sup>26</sup></a>, 509<sup>9</sup>-moddalari birinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627421">1-bandida</a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627410">5 — 8-bandlarida</a> nazarda tutilgan hollarda — ajrim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885034" id="-6885034">JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233143">497<sup>26</sup></a>, 509<sup>9</sup>-moddalari birinchi qismining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627407">2 — 4-bandlarida</a> nazarda tutilgan hollarda — hukm;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885035" id="-6885035">bir vaqtning oʻzida har ikkala holat yuzasidan qaror qabul qilish lozim boʻlsa, tegishlicha alohida hukm va ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885036" id="-6885036">37. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233436">497<sup>31</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627419">509<sup>10</sup>-moddalari</a> talablariga muvofiq boʻlishi, jumladan, unda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885037" id="-6885037">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining hukmi, ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va JPK 497<sup>31</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233452">sakkizinchi</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233453">toʻqqizinchi qismlari</a> hamda 509<sup>10</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627431">oltinchi</a> va <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627432">yettinchi qismlarida </a>koʻrsatilgan muddatlarda ijro etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885038" id="-6885038">38. JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-255126">298-moddasida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK <a href="/mact/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5233522">497<sup>32</sup></a>, <a href="/mact/-111460?ONDATE=01.01.2024 00#-6627435">509<sup>11</sup>-moddalariga</a> asosan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga qaratishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885039" id="-6885039">Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga qoʻyuvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885040" id="-6885040">39. Qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885041" id="-6885041">40. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “<a href="/mact/-5407628">Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli hamda “Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 27-noyabrdagi 37-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6885047" id="-6885047"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi </strong><strong>B. ISLAMOV</strong></div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6885051" id="-6885051"><strong>Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi </strong><strong>N. XAKIMOVA</strong></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6885053" id="-6885053">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6885055" id="-6885055">2024-yil 25-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6885058" id="-6885058">7-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
