

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;25.03.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5407628" id="onLBC-5407628">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7550"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish;</span></div><div id="LBC7615"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5407628" id="onLS-5407628">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5408419" id="-5408419">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5408421" id="-5408421">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5408422" id="-5408422">Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5408423" id="-5408423"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6889977" id="-6889977">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-6884042?ONDATE=25.03.2024 00#-6885041">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408424" id="-5408424">Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-68532?ONDATE=24.02.2001 00#-70640">17-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408425" id="-5408425">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408430" id="-5408430">2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi)<a href="/mact/-111460#-5232475"> 497<sup>2</sup>-moddasiga </a>muvofiq, apellyatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ular vakillarining shikoyati, shuningdek, prokuror va uning oʻrinbosari protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408432" id="-5408432">Apellyatsiya tartibida ish yuritish JPK 497<sup>2-</sup>moddasi<a href="/mact/-111460#-5232482"> toʻrtinchi qismiga </a>muvofiq, hukmning oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida eʼtirof etilmagan, biroq oʻzining haqiqiy holatiga koʻra, sud himoyasiga muhtoj boʻlgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408441" id="-5408441">Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408442" id="-5408442">3. Qonunga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408444" id="-5408444">Birinchi instansiya sudi hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408445" id="-5408445">Bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK <a href="/mact/-111460#-5232535">497<sup>6</sup>-moddasi </a>talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408447" id="-5408447">Har bir apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5408448" id="-5408448">4. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan JPK 497<sup>5</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232526">birinchi qismiga </a>muvofiq, koʻrib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410208" id="-5410208">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan JPK 497<sup>11</sup>-moddasi<a href="/mact/-111460#-5232663"> birinchi qismiga </a>koʻra, yigirma kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410209" id="-5410209">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va ishni apellyatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) boʻyicha mazmunan koʻradi. Bunda koʻrsatilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 497<sup>6</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232543">ikkinchi qismi </a>talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410211" id="-5410211">5. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410213" id="-5410213">Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek, sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar boʻyicha eʼtirozlar apellyatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410214" id="-5410214">Hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, apellyatsiya tartibida alohida koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK <a href="/mact/-111460#-257067">540-moddasi </a>va 541-moddasi <a href="/mact/-111460#-257070">birinchi qismi </a>qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410217" id="-5410217">6. JPK <a href="/mact/-111460#-5232613">497<sup>8</sup>-moddasida </a>apellyatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410220" id="-5410220">Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan koʻrishga toʻsqinlik qilsa, sudya uch kunlik muddat ichida ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest) qayta rasmiylashtirish uchun JPK <a href="/mact/-111460#-5232603">497<sup>7</sup>-moddasida </a>belgilangan doirada muddat belgilanadi. Mazkur muddat shikoyat (protest)ni uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410223" id="-5410223">Shikoyat (protest), jumladan, unda quyidagilar boʻlmasa qaytarilishi mumkin, yaʼni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410231" id="-5410231">1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410238" id="-5410238">2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6080914" id="-6080914"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6080920" id="-6080920">3) hukmni chiqargan sudning nomi, sud ishining raqami, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6080926" id="-6080926">(6-bandning uchinchi xatboshisi 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069466">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410252" id="-5410252">4) shikoyat (protest) bergan shaxsning vajlari, uning fikriga koʻra, hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410256" id="-5410256">5) shikoyat (protest) bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410262" id="-5410262">6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410278" id="-5410278">7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410280" id="-5410280">8) shikoyat (protest) berilgan sana hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxsning imzosi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410282" id="-5410282">Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud koʻrsatmalaridan biri bajarilmagan holda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410283" id="-5410283">7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun apellyatsiya shikoyati berish huquqini amalga oshirish muddatini mahkum, oqlangan shaxs va jabrlanuvchiga hukm nusxasini topshirish fakti bilan bogʻlaydi. Shu munosabat bilan ishdagi materiallar (masalan, sud majlisi bayonnomasi) bilan tanishgandan soʻng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini koʻrsatib, “dastlabki” apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410285" id="-5410285">8. Jinoyat protsessi ishtirokchisining oʻz shikoyati (protesti)ga oʻzgartirish kiritish huquqi apellyatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Biroq, JPK 497<sup>9</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232646">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlarini mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan tomonga faqat sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish uchun belgilangan muddatda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410287" id="-5410287">JPK <a href="/mact/-111460#-5232505">497<sup>4</sup>-moddasida </a>belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirishga qaratilgan talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilmaydi, shu jumladan, oʻtkazib yuborilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati tiklangandan soʻng berilgan bunday talablar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410288" id="-5410288">9. JPK <a href="/mact/-111460#-5232653">497<sup>10</sup>-moddasiga </a>muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410290" id="-5410290">Qonun mazmuniga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410292" id="-5410292">Apellyatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻlmasa, apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunday holda sud apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olgan shaxsga nisbatan apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi va boshqa shaxslarga nisbatan davom ettiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410293" id="-5410293">Sud apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilgunga qadar apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olayotgan shaxsga apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan takroran murojaat qilishga toʻsqinlik qilishini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410294" id="-5410294">10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 497<sup>7</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232609">ikkinchi qismi </a>talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining taʼminlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410295" id="-5410295">mahkum (oqlangan shaxs)ga, jabrlanuvchiga birinchi instansiya sudi qarorlari nusxasining topshirilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410296" id="-5410296">protsess ishtirokchilariga apellyatsiya shikoyati (protesti), shuningdek, qoʻshimcha materiallar kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar berilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410297" id="-5410297">apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan protsess ishtirokchilari tanishtirilganligi hamda ularga ushbu hujjatlar nusxasi topshirilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410299" id="-5410299">jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida JPK <a href="/mact/-111460#-5232475">497<sup>2</sup>-moddasida </a>koʻrsatilgan shaxslar xabardor qilinganligini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410301" id="-5410301">Apellyatsiya instansiyasi sudi sud qarorining ishda taraf boʻlmagan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi yuzasidan apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan kelib tushgan ishni koʻrishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410302" id="-5410302">unga sud qarori nusxasi topshirilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410303" id="-5410303">unga shikoyat (protest) berilganligi toʻgʻrisida xabar berilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410304" id="-5410304">kelib tushgan shikoyat (protest) nusxasi unga berilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410306" id="-5410306">unga apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqi tushuntirilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410307" id="-5410307">jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida unga xabar qilinganligini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410309" id="-5410309">Ushbu talablar bajarilmaganligi aniqlangan va ularni oʻzi amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni qayta rasmiylashtirish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishni qayta rasmiylashtirish JPK <a href="/mact/-111460#-5232603">497<sup>7</sup>-moddasida </a>nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410310" id="-5410310">11. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning unda ishtirok etishini taʼminlash ushbu sudning majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushganidan keyin mahkum apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligini aniqlash va natijasiga qarab, uni sud majlisiga olib kelish boʻyicha choralar koʻrish yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali sud majlisida ishtirok etishi huquqini taʼminlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410312" id="-5410312">Qoʻllanilgan ehtiyot chorasi turidan qatʼiy nazar, mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish huquqidan mahrum etilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb baholanadi va apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi yoki hukmining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410314" id="-5410314">12. JPK 497<sup>16</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232753">birinchi qismida </a>apellyatsiya sudi majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan taraflar nazarda tutilgan. Shu sababli apellyatsiya instansiyasi sudi har bir ish boʻyicha ularni sud majlisi joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oldindan xabardor etish choralarini koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410315" id="-5410315">Prokuror yoki himoyachi sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini koʻrib chiqish keyinga qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410316" id="-5410316">13. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqiga ega jinoyat protsessi ishtirokchilari doirasi qonunda belgilangan (JPK 497<sup>15</sup>-moddasi birinchi qismi <a href="/mact/-111460#-5232737">2-bandi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410318" id="-5410318">Apellyatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning sud majlisiga kelmasligi jinoyat ishini koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi, sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410319" id="-5410319">14. Apellyatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6080930" id="-6080930"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6080934" id="-6080934">JPK 497<sup>17</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232779">birinchi qismiga </a>muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, JPK <a href="/mact/-111460#-5232695">55<sup>2</sup>-bobida </a>nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda, koʻriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6080991" id="-6080991">(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069469">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410322" id="-5410322">15. JPK <a href="/mact/-111460#-5233112">497<sup>25</sup>-moddasiga </a>muvofiq, sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrishda apellyatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmasdan, sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini barcha mahkumlarga, shu jumladan, apellyatsiya shikoyati bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi. Biroq, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining ogʻirlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati boʻlmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apellyatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni koʻrishga haqli emas (JPK 497<sup>29</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5233426">ikkinchi </a>va <a href="/mact/-111460#-5233427">uchinchi qismlari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410335" id="-5410335">Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaligiga yoxud protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shu maqsadda apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlari toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, JPK 497<sup>25</sup>-moddasi uchinchi qismi <a href="/mact/-111460#-5233125">1 — 7-bandlarida </a>nazarda tutilgan harakatlarni bajarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410337" id="-5410337">Apellyatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qoʻshimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410338" id="-5410338">JPK <a href="/mact/-111460#-5233112">497<sup>25</sup>-moddasiga </a>muvofiq, qoʻshimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq berish yoʻli bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410340" id="-5410340">Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, apellyatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham eʼtiborga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410341" id="-5410341">16. Apellyatsiya shikoyatida (protestida) protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida keltirilgan vajlar bu shaxslarni apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410342" id="-5410342">17. Apellyatsiya instansiyasi sudida taraflar muzokaralari JPK <a href="/mact/-111460#-256480">449-moddasi </a>qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi, biroq bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410343" id="-5410343">Ish boʻyicha bir necha apellyatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlganda, birinchi boʻlib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari soʻzga chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410345" id="-5410345">18. Qonunga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan mahkumga oxirgi soʻz berilmasligi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va apellyatsiya hukmi yoki ajrimining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410346" id="-5410346">19. JPK 497<sup>29</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5233426">ikkinchi qismiga </a>muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi jazoni kuchaytirishga, shuningdek, unga eʼlon qilingan ayblov doirasida ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoxud prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410347" id="-5410347">Apellyatsiya instansiyasi sudi faqat prokuror tomonidan protest bildirilgan, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilgan hollardagina oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410348" id="-5410348">Agar ishni koʻrish vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi (JPK 416-moddasi <a href="/mact/-111460#-2057292">birinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410349" id="-5410349">Agar ishni koʻrish vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi (JPK 417-moddasi <a href="/mact/-111460#-2057313">birinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410350" id="-5410350">Agar jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrish chogʻida JPK 416-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232193">ikkinchi — beshinchi qismlarida</a>, JPK 417-moddasi <a href="/mact/-111460#-5232197">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning, jabrlanuvchining, uning vakilining, mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi. Bunda koʻrilayotgan jinoyat ishi sudning ish yurituvida qoladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410351" id="-5410351">Bunday iltimosnoma kiritilmagan, sudning ajrimi JPK <a href="/mact/-111460#-2057292">416</a>, <a href="/mact/-111460#-2057309">417-moddalarida </a>belgilangan muddatda bajarilmagan, prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoki yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan holda, apellyatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini eʼlon qilingan ayblov doirasida va jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410352" id="-5410352">Mahkumga yangi ayblovning qoʻyilishi yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ayblov hukmi bekor qilinishiga va ish birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuborilishiga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410353" id="-5410353">20. Qandaydir sababga koʻra, ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat JPK <a href="/mact/-111460#-5232520">497<sup>5</sup>-moddasi </a>tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, apellyatsiya instansiyasi sudi JPK <a href="/mact/-111460#-5233547">497<sup>35</sup>-moddasida </a>belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410354" id="-5410354">21. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar chiqarilgan hukm JPK<a href="/mact/-111460#-256504"> 455-moddasi </a>talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410355" id="-5410355">Hukmni oʻzgarishsiz qoldirganda apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410356" id="-5410356">JPK 533-moddasi birinchi qismi <a href="/mact/-111460#-257038">3-bandida </a>koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda, hukmning ijrosini kechiktirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410357" id="-5410357">amnistiya aktini qoʻllashga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410359" id="-5410359">22. JPK <a href="/mact/-111460#-5232872">497<sup>19</sup>-moddasida </a>hukm bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun bir xil asoslar belgilangan boʻlib, apellyatsiya instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, bu asoslarni u yoki bu tarzda qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410361" id="-5410361">Hukm quyidagi hollarda oʻzgartirilishi shart, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410362" id="-5410362">sud tergovi toʻliq boʻlmasa yoki bir yoqlama olib borilgan boʻlib, biroq yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻldirilganidan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasini oʻzgartirish zarurligi haqida xulosaga kelsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410363" id="-5410363">hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlmay, biroq apellyatsiya instansiyasi sudi ularga mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tegishli baho bera olsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410367" id="-5410367">ish boʻyicha JPK normalari buzilgan boʻlib, biroq ularning apellyatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmni bekor qilishni talab etmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410368" id="-5410368">sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat <a href="/mact/-111453">kodeksi </a>(bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlib, biroq apellyatsiya instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tuzatishi mumkin boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410369" id="-5410369">apellyatsiya instansiyasi sudi tayinlangan jazo yengillashtirilishi lozim deb hisoblasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410370" id="-5410370">23. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410374" id="-5410374">qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410375" id="-5410375">hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410376" id="-5410376">hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410379" id="-5410379">JK <a href="/mact/-111453#-195165">70 — 72-moddalarida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, mahkumni jazodan ozod qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410380" id="-5410380">jazo miqdorini oʻzgartirishga va JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida boshqa yengilroq yoxud JK <a href="/mact/-111453#-195008">57-moddasini </a>qoʻllagan holda jazo tayinlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410382" id="-5410382">mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda JK <a href="/mact/-111453#-286615">59 </a>yoki <a href="/mact/-111453#-195020">60-moddasini </a>qoʻllab, jazo miqdorini oʻzgartirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410383" id="-5410383">jinoyat natijasida yetkazilgan zarar, shuningdek, maʼnaviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410385" id="-5410385">mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410387" id="-5410387">mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan, qattiqroq turini belgilashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410389" id="-5410389">ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410391" id="-5410391">24. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan, JK <a href="/mact/-111453#-195008">57-moddasi </a>qoʻllanilganda ham, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmning qoʻshimcha jazo tayinlash haqidagi qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410393" id="-5410393">25. JPK <a href="/mact/-111460#-5233424">497<sup>29</sup>-moddasi </a>birinchi va ikkinchi qismlari talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi va JK <a href="/mact/-111453#-286615">59-moddasida </a>belgilangan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410395" id="-5410395">Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda boʻyicha yangi jazo belgilashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410397" id="-5410397">26. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasi <a href="/mact/-111460#-253646">ikkinchi qismi</a>) notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi jazolarni qoʻshish prinsipiga oʻtishi mumkin. Bunda yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410399" id="-5410399">27. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni oʻzgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410401" id="-5410401">Agar mahkum JK turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini oʻzgartirib, oʻsha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410403" id="-5410403">28. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm soʻzsiz bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK <a href="/mact/-111460#-5232903">497<sup>22</sup>-moddasida</a> koʻrsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga koʻra koʻrilayotganligidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410405" id="-5410405">Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi apellyatsiya instansiyasi sudini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning toʻgʻriligi, jazoning adolatliligi toʻgʻrisida va h.k.) mazmunan koʻrib chiqish va ular boʻyicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410406" id="-5410406">Jinoyat ishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan jinoyat-protsessual qonuni jiddiy buzilishi hollari apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hukm bekor qilinib, yangi hukm, shu jumladan, ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishiga yoki ishning JPK <a href="/mact/-111460#-253765">84-moddasiga </a>muvofiq tugatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410408" id="-5410408">29. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgandan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410410" id="-5410410">Agar apellyatsiya instansiyasi sudi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qoʻllanilishini istisno etuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart boʻlgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda boʻyicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi <a href="/mact/-111460#-3696646">2-bandi </a>hamda uchinchi qismi <a href="/mact/-111460#-256558">2 </a>va <a href="/mact/-111460#-256561">5-bandlariga </a>koʻra, jazodan ozod qilinishi lozim boʻlgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410414" id="-5410414">30. Agar amnistiya akti birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan qoʻllanilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi, jabrlanuvchi yoki uning vakilining shikoyati yoki prokuror protesti boʻlgan taqdirda, hukmni bekor qiladi va yangi hukm chiqarish orqali amnistiya aktini qoʻllamagan holda yangi jazo tayinlaydi (JPK 497<sup>29</sup>-moddasi <a href="/mact/-111460#-5233425">birinchi </a>va <a href="/mact/-111460#-5233426">ikkinchi qismlari</a>). Agar apellyatsiya instansiyasi sudi amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qoʻllanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, u hukmdan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qoʻllanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410416" id="-5410416">31. Apellyatsiya instansiyasi sudi mahkumga nisbatan unga eʼlon qilingan ayblov doirasida jabrlanuvchi, uning vakili shikoyatida yoki prokuror protestida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha jazoni kuchaytirish yoki ogʻirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllash lozimligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudi hukmini bekor qiladi va yangi ayblov hukmi chiqaradi. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli bekor qilishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410417" id="-5410417">Oʻzga mahkumlar yoki ular himoyachilarining ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun sabab boʻla olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410418" id="-5410418">32. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410420" id="-5410420">1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410422" id="-5410422">2) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmi chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410424" id="-5410424">3) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410426" id="-5410426">4) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410429" id="-5410429">5) JPK 416-moddasi <a href="/mact/-111460#-3174035">oʻn ikkinchi qismida </a>yoki 417-moddasi <a href="/mact/-111460#-3352332">yettinchi qismida </a>nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410431" id="-5410431">Ushbu bandning <a href="/mact/-111460#-256326">1 — 3-kichik bandlarida </a>nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410433" id="-5410433">33. Jinoyat-protsessual qonuni mazmuniga koʻra, ishni xususiy shikoyat (protest) boʻyicha koʻrganda apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410438" id="-5410438">1) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410440" id="-5410440">2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410444" id="-5410444">3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni umumiy asoslarda dastlabki tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410445" id="-5410445">4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va amnistiya aktini qoʻllashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410447" id="-5410447">5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410448" id="-5410448">6) birinchi instansiya sudi xususiy ajrimini bekor qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410449" id="-5410449">7) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgartirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410452" id="-5410452">Apellyatsiya instansiyasi sudining xususiy shikoyat (protest) boʻyicha chiqargan ajrimi uzil-kesil hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410454" id="-5410454">34. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi faqat oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin (JPK 497<sup>30</sup>-moddasi ikkinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410456" id="-5410456">Oqlov hukmi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxsning asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti boʻlgan holda bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410458" id="-5410458">Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410459" id="-5410459">35. Agar mahkum oʻzi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan soʻng, biroq ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410462" id="-5410462">Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqaradi, boshqa hollarda esa, hukmni bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi <a href="/mact/-111460#-253769">3-bandiga </a>muvofiq tugatadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6081000" id="-6081000"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6081004" id="-6081004">Agar marhumning yaqin qarindoshlaridan birortasi jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismi <a href="/mact/-111460#-253769">3-bandiga </a>asosan tugatilishiga eʼtiroz bildirsa, jinoyat ishini yuritish umumiy tartibda olib boriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6081047" id="-6081047">(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069474">qaroriga </a>asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410526" id="-5410526">Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK <a href="/mact/-111460#-254570">211-moddasiga </a>muvofiq, ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituv tartibida koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410529" id="-5410529">36. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi JPK <a href="/mact/-111460#-5233436">497<sup>31</sup>-moddasi </a>talablariga muvofiq boʻlishi, jumladan, unda apellyatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410530" id="-5410530">Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi u eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va birinchi instansiya sudi tomonidan ish apellyatsiya instansiyasi sudidan kelib tushgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida ijroga qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410531" id="-5410531">37. JPK <a href="/mact/-111460#-255126">298-moddasida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga jalb etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410533" id="-5410533">Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410535" id="-5410535">38. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning apellyatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5410537" id="-5410537">39. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli <a href="/mact/-3896773">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5410543" id="-5410543">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5410538" id="-5410538">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5410539" id="-5410539">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5410540" id="-5410540">2021-yil 20-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5410541" id="-5410541">13-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
