1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
“Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2345-1]
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2012-yil 27-fevraldagi 34-son “Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345, 2012-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 147-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-mart,
2-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2024-yil 15-fevral
Oʻzbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori A. ABDUKAYuMOV
2024-yil 21-fevral
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-son buyrugʻiga
ILOVA
“Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruq nomi va 1-banddagi “Avtomobilda xalqaro tashishda” degan soʻzlar “Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Avtomobilda xalqaro tashishda” degan soʻzlar “Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Mazkur Nizom Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga moʻljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun moʻljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “avtomobilda xalqaro” degan soʻzlar “avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlar hamda shaharlararo yoʻlovchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ustaxona kartochkasi — raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (3-ilova);”;
g) 2-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“3. Haydovchi, korxona, ustaxona va nazoratchi kartochkalarini berishni tashkil etish va elektron bazani shakllantirgan holda amaldagi kartochkalar reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga yuklanadi.”;
e) 6-banddagi “E” toifadagi” degan soʻzlar “CE”, “DE” toifadagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yo) 7 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
j) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Haydovchi kartochkasini olish uchun haydovchi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
12. Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.”;
z) 23 va 43-bandlardagi “cheklanmagan” degan soʻz “5 yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tashkilot kartochkasini olish uchun yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
25. Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.”;
y) 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmasini qiyoslash uchun raqamli nazorat qurilmasidagi maʼlumotlarni koʻchirib olishda foydalaniladi.
32. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat yuritayotgan hamda belgilangan tartibda akkreditatsiya guvohnomasiga ega boʻlgan yuridik shaxsga beriladi.”;
k) 34 va 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Ustaxonakartochkasini olish uchun yuridik shaxs vakolatliorgangaoʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
35. Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.”;
l) 38-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “joylashgan yeri” degan soʻzlar “yuridik manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“45. Nazoratchi kartochkasini olish uchun nazoratchi “TITM”mobililovasiorqali mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.”;
“Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlarni hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi
HAYDOVChI KARTOChKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Haydovchi kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-haydovchi familiyasi;
2-haydovchi ismi;
3-haydovchining tugʻilgan sanasi;
4a-haydovchi kartochkasining berilgan sanasi;
4b-haydovchi kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-haydovchi kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
5a-haydovchilik guvohnomasining raqami;
5b-haydovchi kartochkasining tartib raqami;
6-haydovchining fotosurati;
7-haydovchining imzosi;
8-haydovchining pochta manzili.
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”. Haydovchining familiyasi va ismining yozilishi xalqaro harakatda ishlatiladigan haydovchilik guvohnomasiga mos kelishi shart.
5. Haydovchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
UZ XXXXXXXXXXX X X bu erda:
UZ — Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXXX — haydovchi kartochkasining tartib raqami. Haydovchi kartochkasi 11 ta raqamdan tashkil topadi. Har bir haydovchi uchun haydovchi kartochkasining tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy
boʻladi; XX — haydovchi kartochkasining yangi berish indeksi.
“Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlarni hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi
TAShKILOT KARTOChKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Tashkilot kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-yuridik shaxs nomi;
2-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi;
3-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning ismi;
4a-tashkilot kartochkasi berilgan sana;
4b-tashkilot kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-tashkilot kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
5b-tashkilot kartochkasining raqami;
7-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi;
8-tashkilot (yakka tartibdagi tadbirkor)ning pochta manzili.
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”.
5. Tashkilot kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
UZ XXXXXXXXXX X X X, bu erda:
UZ —Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXX — tashkilot kartochkasining tartib raqami. Tashkilot kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Tashkilot uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy boʻladi;
X — tashkilotlarga berilgan tashkilot kartochkalari soni indeksi;
X X — tashkilot kartochkasini yangi berish indeksi.
“Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat olib boruvchi
USTAXONA KARTOChKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Ustaxona kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-yuridik shaxsning nomi;
2-yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi;
3-yuridik shaxs masʼul xodimining ismi;
4a-ustaxona kartochkasi berilgan sanasi;
4b-ustaxona kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-ustaxona kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
5b-ustaxona kartochkasining raqami;
7-yuridik shaxs masʼul xodimining imzosi;
8-yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili).
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”/.
5. Ustaxona kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
XXXXXXXXXX
UZ — Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXX — ustaxona kartochkasining tartib raqami. Ustaxona kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Ustaxona uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy boʻladi;
X — Ustaxona kartochkasi indeksi;
X X — Ustaxona kartochkasini yangi berish indeksi.
“Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi
NAZORATChI KARTOChKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Nazoratchi kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-nazorat qiluvchi organ nomi;
2-nazoratchining familiyasi;
3-nazoratchining ismi;
4a-nazoratchi kartochkasi berilgan sana;
4b-nazoratchi kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-nazoratchi kartochkasini bergan vakolatli organ nomi;
5b-nazoratchi kartochkasining raqami;
6-nazoratchining fotosurati
7-nazoratchining imzosi;
8-nazorat qiluvchi organning joylashgan yeri (pochta manzili).
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”.
5. Nazoratchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
UZ XXXXXXXXXX X X X bu erda:
UZ — Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXX — nazoratchi kartochkasining tartib raqami. Nazoratchi kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Nazoratchi organ uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy boʻladi;
X — nazoratchi kartochkasining indeksi.
X X — kartochkani yangi berish indeksi.
Orqa tomoni
”;
s) quyidagi mazmundagi 5 — 8-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Haydovchi kartochkasini olish uchun
ARIZA
3*4 fotosurat
F.I.O.*
JShShIR
tugʻilgan joyi va sanasi *
doimiy yashash manzili *
Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami *
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Tashkilot kartochkasini olish uchun
ARIZA
Yuridik shaxs nomi *
STIR
Yuridik shaxs rahbari F.I.O. *
Yuridik shaxs rahbari JShShIRi *
Telefon raqami
Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi tartib raqami *
Yuridik manzili *
Yuridik shaxs filiallari joylashgan manzili (agar mavjud boʻlsa)
___________
__________________________
imzo
yuridik shaxs rahbari
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ustaxona kartochkasini olish uchun
ARIZA
Yuridik shaxs maʼlumotlari
Yuridik shaxs nomi *
STIR
Yuridik shaxs rahbari F.I.O. *
Yuridik shaxs rahbari JShShIRi *
Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi tartib raqami *
Yuridik shaxsning qiyoslash faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami
Telefon raqami
Yuridik manzili *
Yuridik shaxs filiallari joylashgan manzili (agar mavjud boʻlsa)
Yuridik shaxsning qiyoslash faoliyatini amalga oshiruvchi masʼul xodimi haqida maʼlumotlari
F.I.O. *
JShShIR
Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami *
doimiy yashash manzili *
____________
______________________________________
imzo
qiyoslash faoliyatini amalga oshiruvchi masʼul shaxs F.I.O.
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Nazoratchi kartochkasini olish uchun
ARIZA
3*4 fotosurat
F.I.O.*
JShShIR
tugʻilgan joyi va sanasi *
doimiy yashash manzili *
lavozimi
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami *
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)