Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-366-son
qaroriga muvofiq aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-yanvardagi 37-son
qaroriga ilovaga muvofiq “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini kengaytirish va ulardan foydalanish shartlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
1. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish toʻgʻrisidagi
nizomda:
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Baholash guruhining har bir aʼzosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida oʻz fikr va mulohazalarini berishi shart. Guruh aʼzosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy xulosa berilgan deb hisoblanadi”;
b)
13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan jismoniy shaxslar moliyaviy instrumentlardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritganda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“500,0 mln soʻmgacha kredit”;
g) quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga oʻtkazib berilishi mumkin”;
d) 2-ilovaning
nomidagi “soʻrovnomasi” soʻzi “savolnomasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning uchinchi — oltinchi ustunlaridagi “ishlab chiqarishni tashkil etish” va “asosiy vositalarni sotib olish” soʻzlari “loyihani amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1-toifa” boʻlimi qoʻyidagi mazmundagi uchinchi ustun bilan toʻldirilsin: