Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Energetika tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son
Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. “8. Energetika vazirligi” boʻlimida “shu jumladan vazir oʻrinbosarlari soni” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
“Energetika vazirining oʻrinbosarlarining 1 shtat birligi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining 1 shtat birligi hisobidan tashkil etilgan.”;
3. “Izohlar” qismining
7-bandi tegishli ravishda 8-band deb hisoblansin.