1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda ortiqcha talablar va tartib-taomillarni qisqartirish hamda soddalashtirish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Shu bilan birga, tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib, ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda maʼlumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini kreditorlar uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirish, reyestrdan koʻchirma olish yigʻimi miqdorini kamaytirish;
yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni xabardor qilish tartibini joriy etish;
ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun ariza topshirish muddatini Toshkent shahrida 2024-yil 1-iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024-yil 1-iyulga qadar uzaytirish;
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorlikni tadbirkor tomonidan 9 oy muddatga teng miqdorda boʻlib toʻlash sharti bilan ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangisiga almashtirish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
2. Belgilansinki, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestri tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar tuzilganligi, qayta tashkil etilganligi, faoliyati toʻxtatilganligi, tugatilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor tuzilganligi, faoliyati toʻxtatilganligi yoki tugatilganligi va ularga oid boshqa maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yurituvchi birlamchi maʼlumotlar bazasi hisoblanadi, banklar va kredit byurolariga tegishli maʼlumotlar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni xabardor etish Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan tizim) joriy etilishini taʼminlasin;
avtomatlashtirilgan tizimda tadbirkorlik subyektlari haqida maʼlumotlar olish (qidirish) jarayonlarini soddalashtirsin;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda avtomatlashtirilgan tizimda hisobga olingan (chiqarilgan) tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari haqidagi maʼlumotlar Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasiga doimiy taqdim etib borilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-mart,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 11-ilovaga muvofiq”;
“171. Yakka tartibdagi tadbirkor istalgan vaqtda faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish va tiklash boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi mumkin. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha mazkur Nizomga 13-ilovaga muvofiq shakldagi arizani toʻldiradi”;
48-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Taʼsis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi (kamaytirilishi), ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda takroran ariza kelib tushganidan soʻng ularni toʻrt ish soatidan oshmagan vaqt mobaynida koʻrib chiqadi.
Arizani takroran koʻrib chiqishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno”;
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlar berilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar
STAVKALARI
T/r
Amalga oshiriladigan harakatlar
Yigʻimlar miqdorlari
oʻzi kelib
Internet jahon axborot tarmogʻi orqali
I. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi namunadagi guvohnomani berish*
1.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi namunadagi guvohnomani berish
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
Koʻrsatilgan summaning 90 foizi miqdorida
2.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tiklash va natijasi boʻyicha guvohnoma berish
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
Koʻrsatilgan summaning 90 foizi miqdorida
II. Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlarni berish, maxfiy axborot bundan mustasno
3.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining oʻzi toʻgʻrisida koʻchirma
Bepul
Bepul
4.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan koʻchirma, ochiq boʻlmagan axborot bundan mustasno
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
Bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida
5.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining oʻziga tegishli bitta hujjatni berish
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 foizi miqdorida
6.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan bitta hujjatni berish, ochiq boʻlmagan hujjatlar bundan mustasno
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida
7.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida
8.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan maʼlumotni berish**
Bitta tadbirkorlik subyektiga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida
9.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno
Bir qatori — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan miqdorda
* 2017-yil 1-aprelga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari uchun bir vaqtning oʻzida.
** Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yagona davlat reyestridan ikki yoki undan ortiq subyektga nisbatan maʼlumot soʻralganda va ulardan biri yoki bir nechtasi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda ham toʻlovlar soʻralayotgan subyektlar soniga mutanosib ravishda undiriladi. Shuningdek, soʻralayotgan maʼlumot bilan birga hujjat berilganda ushbu banddan tashqari, 4 yoki 5-bandlar boʻyicha alohida toʻlov undiriladi.
Izoh. Sud boshqaruvchisining arizasiga muvofiq Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlarni berish uchun oldindan toʻlov undirilmaydi. Belgilangan yigʻimning oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi”;
Nizomga 11-ilovaning 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Nizom quyidagi mazmundagi 13-ilova bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish toʻgʻrisida
ARIZA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. STIR:
II. Ariza beruvchining vakili toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
3. Faoliyat yuritish manzili:
4. Vaqtincha toʻxtatish sanasi:
III. Vaqtincha toʻxtatish sabablari:
1. Faoliyatni boshlash yoki amalga oshirish moliyaviy mablagʻlar (oʻz mablagʻlari, kredit kabilar) mavjud emasligi:
2. Tovar va xizmatlariga talabning kamayganligi:
3. Tadbirkorlik faoliyatiga davlat organi yoki mansabdor shaxslarning aralashuvi mavjudligi:
4. Daromad olish pasayib ketishi sababli soliqlarni toʻlash imkoniyati yoʻqligi:
5. Chet elga ishlash uchun ketganligi:
6. Yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishni boshlaganligi:
7. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritishni boshlaganligi:
8. Aylanma mablagʻlarining yetarli emasligi:
9. Boshqa sabablar mavjudligi:
”;
v) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga
11-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslar vakolatxona va filiallarini (keyingi oʻrinlarda — filial) hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament talablari tijorat banklari va kredit byurolari, xorijiy tijorat tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona hamda filiallarini hisobga olishga (chiqarishga) tatbiq etilmaydi.
2. Filialni hisobga olish (chiqarish) davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi.
3. Yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) oʻzlarining filialini tashkil etgandan (tugatgandan) soʻng oʻn kun muddatda davlat xizmatlari markazini xabardor qilishi lozim.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatidan foydalanish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi, vakolatli shaxs yuridik shaxs rahbari boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Yuridik shaxs rahbari haqidagi maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tekshiriladi.
6. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etganda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
7. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
filial tashkil qilinganligi toʻgʻrisida davlat tilidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;
belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi filial nizomi (hisobga olishda taqdim etiladi).
8. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
10. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etgan vaqtdan boshlab davlat xizmatlari markazi ikki ish soati davomida arizani koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha filial hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqida yoki mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda, hisobga qoʻyishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
11. Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlsa, davlat xizmatlari markazi xodimi:
yuridik shaxslarning tegishli reyestrlariga yozuvlar kiritish yoʻli bilan filialni hisobga oladi (chiqaradi);
hisobga olingan (chiqarilgan) filial haqidagi maʼlumotni Tizim vositasida avtomatik tarzda Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasiga taqdim etadi. Bunda filialning hisobi yuridik shaxs (bosh tashkilot)ning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) asosida yuritiladi;
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan filial hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
filial hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqidagi guvohnomani ariza beruvchiga taqdim etadi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
12. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganligi;
soʻrovnomada notoʻgʻri yoki xato maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi.
Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etib, istalgan vaqtda qaytadan davlat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlganda, davlat xizmatlari markazi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim etadi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ariza beruvchi filialning pochta manzili oʻzgargan taqdirda, bu haqida davlat xizmatlari markazini oʻn kundan kechiktirmay oʻzining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilganligi, shuningdek, taʼsis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
16. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII-bobi.
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida xabardor etish
Yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida xabardor etish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda, yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga oladi (chiqaradi).
2. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq boʻlganda, hisobga olish (chiqarish)ni rad etadi va bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ikki ish soatidan oshmagan vaqtda
3-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Yuridik shaxslarning vakolatxona va filialining hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqidagi guvohnomani ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hisobga olingan (chiqarilgan) vaqtning oʻzida
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida xabardor etish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. STIR:
II. Ariza beruvchining vakili toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
3. Ariza beruvchining yuridik shaxsga aloqadorligi:
III. Yuridik shaxslarning vakolatxona va filiali toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Vakolatxona va filialning nomi:
2. Vakolatxona va filialning joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Vakolatxona va filialning asosiy faoliyat turi:
4. Vakolatxona va filialning rahbari (mavjud boʻlsa):
5. Vakolatxona va filialning faoliyat muddati:
6. Bogʻlanish uchun telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud boʻlsa):
IV. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1) vakolatxona va filial tashkil qilinganligi toʻgʻrisidagi davlat tilidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;
2) belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi vakolatxona va filial nizomi (hisobga olishda taqdim etiladi);
Soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq “PDF” formatda ilova qilinadi.
Soʻrovnoma toʻldirish sababi:
Hisobga olish
Hisobdan chiqarish
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari hisobga olinganligi (chiqarilganligi) toʻgʻrisida
GUVOHNOMA
hisobga olingan (chiqarilgan) sana
Vakolatxona va filialning nomi: _________________________________________________
Joylashgan joyi (pochta manzili): _______________________________________________
Bosh tashkilot STIR: ________________________________________________________
Qoʻshimcha maʼlumotlar: _____________________________________________________
QR-kod
Guvohnomani bergan vakolatli organ nomi:
___________________________________________
___________________________________________
___________________________________________
Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
___________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida
(davlat xizmatlari markazining nomi)
belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20___ yil “____” _________________dagi
(yil, kun, oy)
____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,
____________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.
(hisobga olish (chiqarish)
Rad etish asoslari:
1.
2.
3.
Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 12-bandiga asosan ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etib, istalgan vaqtda qaytadan davlat xizmatidan foydalanishi mumkin. Bunda mazkur murojaatlar yangidan berilgan hisoblanadi.
uchinchi xatboshi “qayta roʻyxatdan oʻtkazishni” soʻzlaridan keyin “, qayta tashkil etishni, tadbirkorlik subyektini Reyestrdan chiqarishni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyekti —
yuridik shaxs toʻgʻrisidagi
KOʻCHIRMA
20__ yil “___” _________
_______-son
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan koʻchirmani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi:______________________________________________________
1.
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning toʻliq firma nomi
2.
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning qisqartirilgan firma nomi
3.
Tashkiliy-huquqiy shakli
4.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)
5.
Muassislar soni va nomi, shundan:
5.1.
yuridik shaxslar (har birining toʻliq nomi bilan)
5.2.
jismoniy shaxslar (har birining F.I.O. bilan)
6.
Taʼsischi sifatida ishtirok etgan boshqa yuridik shaxslar haqida
7.
Ustav fondining miqdori (ulushlar kesimida)
8.
Joylashgan joyi (manzili)
9.
Taʼsis etilgan sana (yil, oy, sana)
10.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va raqami
11.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami
12.
Asosiy faoliyat turi
12.1
Qoʻshimcha faoliyat turlari
13.
Tuzish uslubi
14.
Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ nomi
15.
Huquq vorisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
16.
Qayta roʻyxatdan oʻtkazishga nisbatan qoʻyilgan taqiqlar haqida
17.
Qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi tarixi
18.
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatish jarayonida, tugatilgan)
19.
Faoliyat muddati (agar tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs aniq vaqtga tashkil etilgan boʻlsa)
20.
Yuridik shaxslar rahbari haqida*
21.
Vakolatxona va filiallari haqida (nomi, manzili, rahbari, faoliyat muddati va boshqalar)
22.
Mavjud yoki amal qilishi toʻxtatilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlari yoki xabarnomalari
23.
Bekor qilingan yoki tugatilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlari yoki xabarnomalari
24.
Tadbirkorlik subyektining soliq qarzdorligi toʻgʻrisida maʼlumot
25.
Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon, faks, elektron pochta, veb-sayt — mavjud boʻlganda)
______________________________
__________
______________________
(koʻchirmani bergan masʼul shaxsning lavozimi)
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
M.Oʻ.
* Yuridik shaxslarning rahbarlari haqidagi maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan olinadi.
Axborot mavjud boʻlmaganda, tegishli ustunda — “maʼlumot mavjud emas” belgisi koʻrsatiladi.
Koʻchirma elektron koʻrinishda berilganda, koʻchirmani bergan masʼul shaxsning lavozimi, F.I.O., imzo va muhr qoʻyilmaydi”;
d) 3-ilovaning 16-bandi “vaqtinchalik toʻxtatib turish” soʻzlaridan keyin “sabablarini” soʻzi bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga — oʻzi kelgan holda yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini. Bunda tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi Internet jahon axborot tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilganda, tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini Tizim vositasida kelishadi, tugatuvchi tijorat tashkilotining direktori boʻlgan holat bundan mustasno”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarorida:
1-bandning beshinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-martga qadar” soʻzlari “Toshkent shahrida 2024-yil 1-iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar yoki toʻlov va yigʻimlardan boʻlgan qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida birinchi toʻlov amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar va qarzdorlikni boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma”;
Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaning IV boʻlimi 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar yoki toʻlov va yigʻimlardan boʻlgan qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida birinchi toʻlov amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar va qarzdorlikni boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlari barqarorligini taʼminlash hamda mahsulotlar xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-dekabrdagi 716-son qarorida:
a) nomidagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddima va 1-bandning birinchi xatboshisidagi “asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “roʻyxatlardagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga” soʻzlari “roʻyxatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “roʻyxatlardagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari” soʻzlari “roʻyxatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining” soʻzlari “ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi xatboshisidagi “asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari” soʻzlari “ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilova belgisidagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “boʻlgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari” soʻzlari “mahsulotlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar” soʻzlari “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5.Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarorida:
“tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganda yoki mavjud qarzdorlikni 9 oy muddatda har oyning 10-sanasigacha teng miqdorda boʻlib toʻlash sharti bilan qoplash majburiyatini olganda. Bunda qarzdorlikni teng miqdorda boʻlib toʻlash summasi har bir konstruksiya uchun Toshkent shahrida 100 BHMdan, qolgan hududlarda 50 BHMdan oshgan qarzdorlikka nisbatan birinchi toʻlovni qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida amalga oshirish sharti bilan qoʻllaniladi. Pasportlar bekor qilinganda, amalga oshirilgan toʻlovlar qaytarilmaydi”;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-martga qadar” soʻzlari “Toshkent shahrida 2024-yil 1-iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “obyektlarini (konstruksiyalarini)” soʻzlaridan keyin “oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “obyekti (konstruksiyasi)” soʻzlaridan keyin “oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Bunda yigʻimdan tushumni taqsimlashdan oldin “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun 0,5 foiz miqdordagi toʻlov chegirib qolinadi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 27-bandida: