toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2021
Hujjat 24.02.2001 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 367-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1996-yil, № 2, 56-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
162-II-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
SUDLAR TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Sud tizimi
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari faoliyat koʻrsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.
2-modda. Sudning vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasida sud Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda eʼlon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishga daʼvat etilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.
3-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishi
Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasiga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
5-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
6-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik
Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.
7-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi
Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi va Fuqarolik protsessual kodeksining 12-moddasiga qarang.
8-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
9-modda. Sud himoyasida boʻlish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida boʻlish huquqiga egadir.
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi masalalar sudlar tomonidan koʻrilayotganda prokuror ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Himoya huquqini taʼminlash. Aybsizlik prezumpsiyasi
Ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
11-modda. Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari faoliyatini tashkiliy taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qatʼiy rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya toʻgʻrisidagi nizom belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Komissiya sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, sudyalar malaka hayʼatlarining, jamoat birlashmalarining vakillaridan hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topadi. Komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi zimmasiga sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, sud kadrlarini tanlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdigʻiga tavsiya etishda qonuniylikni taʼminlash, ularning mustaqilligini mustahkamlashga va ijtimoiy himoya qilinishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi nizomi belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus vakolatli organ:
sudlarni tashkil etish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhokamasiga kiritadi;
sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi;
sudlarni moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi;
xalq maslahatchilari saylovini oʻtkazish ishini tashkil qiladi;
sud qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil qiladi;
sud statistikasi va sud amaliyotining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga taqdim etish uchun sudyalarni tanlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudlari faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Qonunchilik tashabbusi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II BOʻLIM. UMUMIY YURISDIKSIYA SUDLARI
Keyingi tahrirga qarang.
1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida koʻradi. U oʻzi birinchi instansiya sifatida koʻrgan ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega boʻlgan shaxslarning xohishiga koʻra apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrishi mumkin. Apellyatsiya tartibida koʻrilgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, sudlov hayʼatlari raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan iborat boʻlib, quyidagi tarkibda ish olib boradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Harbiy hayʼat.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi eng yuqori sudlov instansiyasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, adliya vaziri, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:
ishlarni nazorat tartibida koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hayʼatlarining tarkibi va raislarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek sudlov hayʼatlarining faoliyati haqidagi maʼruzalarni tinglaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlarini bajarish toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hayʼati tarkibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan sud ishlarini koʻrish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ishni nazorat tartibida koʻrish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ish holatlari va protest vajlari haqidagi maʼruzasini tinglaydi. Soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, shuningdek, basharti taraflar ishtirok etayotgan boʻlsa, ularning fikrlari tinglanadi. Protestni muhokama qilish va ovoz berish chogʻida majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi oxirgi boʻlib ovoz beradi.
Protest yuzasidan qaror, agar uni yoqlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ishni koʻrishda ilgari qatnashgan sudya ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.
Koʻpchilikning ovozini olmagan protest rad qilingan hisoblanadi. Shundan soʻng boshqa takliflar tushish navbatiga qarab ovozga qoʻyiladi.
Qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzosi oʻz fikrini yozma ravishda bayon etishga haqli boʻlib, bu fikr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining muayyan sud ishlari boʻyicha qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va qonunda nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan muayyan sud ishlarini hal etish bilan bogʻliq boʻlmagan masalalarni koʻrish
Keyingi tahrirga qarang.
Muayyan sud ishlarini hal etish bilan bogʻliq boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning maʼruzalari yoki ular vakolat bergan shaxslarning maʼruzalari boʻyicha tinglanadi. Ushbu masalalarning muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qoʻllayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan taʼminlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozim boʻyicha kiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ushbu Qonunning 18-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:
ishlarni nazorat tartibida koʻradi;
sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi va qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari:
ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi;
sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;
qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
sud statistikasini tahlil qiladi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;
ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi;
Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonun hujjatlariga muvofiq emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan va normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibi, sudlov hayʼatlarining hamda Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati tarkibi va raislari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qoʻzgʻatadi;
rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumidan tashqari barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tegishli sudlov hayʼatlarining tashkiliy ishiga rahbarlik qiladi;
sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga maʼruzalarni taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining majlislarida raislik qilishi mumkin;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish boʻyicha ishni tashkil etadi;
sudlar tomonidan chiqarilgan, oʻzlari protest kiritishga haqli boʻlgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini toʻxtatib turadi;
sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa rais oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining raislari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining raislari:
sudlov hayʼatlari ishini tashkil etadi va ularning majlislarida raislik qiladi;
sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga maʼruzalarni taqdim etadilar;
sud amaliyotini umumlashtirish uchun sud ishlarini talab qilib oladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-BOB. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI, VILOYAT SUDI, TOSHKENT SHAHAR SUDI
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi tarkibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi va sud rayosati hamda sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi va sud rayosati hamda sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
31-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari har oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Muayyan ishlar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati qarorlari ovoz berishda qatnashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ushbu Qonunning 18-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida ishlarni nazorat tartibida koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;
hayʼatlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalarni, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi va qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
33-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada koʻradi;
apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega boʻlgan shaxslarning xohishiga koʻra, ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻradi. Apellyatsiya tartibida koʻrilgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kerak;
sud amaliyotini umumlashtiradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
34-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi:
Keyingi tahrirga qarang.
sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
sud ishlari boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ustidan qonunda belgilangan doirada va tartibda protest kiritadi;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qoʻzgʻatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini tashkil etadi;
sudyalarning malaka hayʼati qarorlari ustidan Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼatiga taqdimnomalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari:
Keyingi tahrirga qarang.
sudlov hayʼatlarining ishini tashkil etadi;
sudlov hayʼati majlislarida raislik qilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
sud rayosatiga sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisida maʼruzalar taqdim etadi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-BOB. FUQAROLIK ISHLARI BOʻYICHA TUMANLARARO, TUMAN (SHAHAR) SUDI. JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA TUMAN (SHAHAR) SUDI
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tarkibida maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun bilan oʻz vakolatlari doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi qonun bilan oʻz vakolatlari doirasiga berilgan jinoyat ishlarini hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
38-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining raisi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining raisi:
sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi;
sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishlariga rahbarlik qiladi, qonun buzilishini, huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi;
sud xodimlari va xalq maslahatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini tashkil etadi;
sud idorasi ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining raisi yoʻqligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hayʼatining qarori bilan sudyalardan biri zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-BOB. HARBIY SUDLAR
39-modda. Harbiy sudlar tizimi
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
40-modda. Harbiy sudlar tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati lavozim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari hisoblanadigan Harbiy hayʼat raisi, Harbiy hayʼat raisining oʻrinbosari va sudyalardan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, rais oʻrinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Okrug va hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradilar va rais, sudyalar, xalq maslahatchilaridan, zarurat boʻlganda esa rais oʻrinbosaridan ham iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning, Milliy xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning daʼvolari boʻyicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
alohida holatlarga koʻra umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
42-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK SUDLARI
5-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi xoʻjalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining tushuntirishlari xoʻjalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xoʻjalik sudlari faoliyatini tekshiradi, xoʻjalik sudlarining ishini tashkil etish ijobiy tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, sudlov hayʼatlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyalaridan iborat boʻlib, quyidagi tarkibda ish olib boradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati;
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etish boʻyicha sudlov hayʼati;
Maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish boʻyicha sudlov hayʼati.
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenumi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, adliya vaziri, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin.
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumini chaqirish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda Plenum vakolatli hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi:
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hayʼatlarining tarkibini va raislarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining ishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatlari faoliyati haqidagi maʼruzalarni tinglaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlarini bajarish toʻgʻrisidagi maʼruzalarni tinglaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi matbuot organining tahrir hayʼati tarkibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
48-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan masalalarni koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning maʼruzasi yoki ular vakolat bergan shaxslarning maʼruzalari boʻyicha tinglanadi. Mazkur masalalarning muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi majlislarida bayonnoma yuritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qarori va bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlari xoʻjalik sudlari, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qoʻllayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishni tashkiliy jihatdan taʼminlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.
50-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi belgilaydigan miqdorda tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining tarkibiga lavozim boʻyicha kiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati:
ishlarni nazorat tartibida koʻradi;
sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
xoʻjalik sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudlov hayʼatlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining majlisida bayonnoma yuritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining qarori va bayonnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudlov hayʼatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudlov hayʼatlari:
ishlarni birinchi instansiyada va kassatsiya tartibida koʻradi;
sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;
qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sud statistikasini tahlil qiladi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
xoʻjalik sudlari tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 182 va 194-moddalariga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining tushuntirishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;
ishni bir xoʻjalik sudidan boshqa xoʻjalik sudiga olib berish masalasini hal qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va Rayosati muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi;
zarur hollarda bir hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hayʼat tarkibida ish koʻrishga jalb etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining tushuntirishlari qonun hujjatlariga muvofiq emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan va normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati tarkibi, sudlov hayʼatlarining hamda Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tarkibi va raislari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
xoʻjalik sudlari sudyaligiga nomzodlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qoʻzgʻatadi;
rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
fuqarolarni, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
54-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari:
xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tegishli sudlov hayʼatlarining tashkiliy ishiga rahbarlik qiladi;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish ishini tashkil etadi;
xoʻjalik sudlari tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda belgilangan tartibda toʻxtatib turadi;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 182 va 194-moddalariga qarang.
sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladi;
fuqarolarni hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa, rais oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
55-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatlarining raislari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatlarining raislari:
sudlov hayʼatlari ishini tashkil etadi va ularning majlislarida raislik qiladi;
sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatiga, shuningdek Plenumiga maʼruzalar taqdim etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish uchun sud ishlarini talab qilib oladi;
sudyalar malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
6-BOB. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK SUDI, VILOYATLAR VA TOSHKENT SHAHAR XOʻJALIK SUDLARI
56-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tarkibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari rais, rais oʻrinbosarlari va sudyalardan iborat boʻladilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudida, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarida zarur hollarda sudlov hayʼatlari tuzilishi mumkin.
57-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi:
ishlarni oʻz vakolatlari doirasida birinchi instansiya sudi sifatida va apellyatsiya tartibida koʻradi;
sud amaliyotini umumlashtiradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
58-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi raisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi raisi:
sud faoliyatiga rahbarlik qiladi;
sudlov hayʼatlari majlislarida raislik qilishi mumkin;
zarur hollarda bir hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hayʼat tarkibida ish koʻrishga jalb etadi;
rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi;
sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;
fuqarolarni, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
59-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari:
vazifalar taqsimotiga muvofiq sud ishiga rahbarlik qiladi;
tegishli sudlov hayʼatlari ishini tashkil etadi;
fuqarolarni hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV BOʻLIM. SUDYALAR MAQOMI
7-BOB. SUDYALAR, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
60-modda. Sudyalar
Sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir.
Oʻzbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga ega.
Sudlarning raislari, rais oʻrinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.
61-modda. Sudyalikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik ixtisos boʻyicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega boʻlgan hamda malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xoʻjalik sudi sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik ixtisos boʻyicha kamida besh yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya boʻlib kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan va malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik ixtisos boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya boʻlib kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan va malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasi boʻlishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega boʻlgan va ushbu moddadagi talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud sudyasi boʻlishi mumkin.
Harbiy sudlar sudyalariga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, harbiy ustavlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoyalash choralari tatbiq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
62-modda. Xalq maslahatchilari
Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yigʻilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan, saylov kunida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yigʻilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan bir yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalq maslahatchilari sudlardagi vazifalarini bajarish uchun yiliga koʻpi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, ularning ishtirokida boshlangan sud ishini koʻrishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar bundan mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
63-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi.
Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, xoʻjalik sudlari sudyalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy sudlar sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
64-modda. Sudyaning qasamyodi
Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qilganidan keyin oʻz vazifasini bajarishga kirishadi:
“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek begʻaraz, xolis va adolatli boʻlishga tantanali qasamyod qilaman”.
Sudyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladilar.
Sudyalar quyidagi tartibda qasamyod qiladilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar sudyalari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida;
xoʻjalik sudlari sudyalari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi majlisida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasining tegishli oliy sudlari rayosati majlisida.
Keyingi tahrirga qarang.
65-modda. Sudyalarning huquqlari
Sudyalar:
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot olish;
uyushmalarga birlashish huquqiga ega.
Sudyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari sudyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi. Sudyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
66-modda. Sudyalarning majburiyatlari
Sudyalar fuqarolik, xoʻjalik va jinoyat ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga soʻzsiz rioya qilishlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashlari, begʻaraz va adolatli boʻlishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar sudyalik shaʼnini qatʼiy saqlashlari, odil sudlovning obroʻsini, sudyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki sudyaning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari oʻtkazish chogʻida olingan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Sudyalar hokimiyat vakillik organlarining deputatlari boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalar siyosiy partiyalar va harakatlarning aʼzosi boʻlishi, shuningdek ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-BOB. SUDYALAR MUSTAQILLIGINING ASOSIY KAFOLATLARI
67-modda. Sudyalarning mustaqilligini taʼminlash
Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun mazkur Qonunning 63 va 72-moddalariga qarang.
ularning daxlsizligi;
odil sudlovni amalga oshirishdagi qatʼiy taomil;
qaror chiqarish chogʻida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy taʼminot berish.
68-modda. Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligiga rioya etishi shart.
Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilish, shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga binoan javobgarlikka sabab boʻladi.
69-modda. Sud ishlarini hal qilishga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrishga toʻsqinlik qilish yoki gʻayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin biron-bir tarzda taʼsir etish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga boshqacha tarzda taʼsir etishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
70-modda. Sudyalar daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida ularga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha oʻqotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Sudya tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudya sudyalarning tegishli malaka hayʼatining roziligisiz maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan koʻzdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoki olishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudi, okrug va hududiy harbiy sud sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlar sudyalariga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudda oʻz vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87-son “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2981).
71-modda. Sudyaning vakolatlarini toʻxtatish
Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari toʻxtatiladi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori bilan toʻxtatiladi, agar:
Keyingi tahrirga qarang.
sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa;
sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.
Sudyaning vakolatlari bu vakolatlarni toʻxtatishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar toʻxtatiladi.
Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalar malaka hayʼati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalik vakolatlarining toʻxtatilishi unga ish haqi toʻlanishi toʻxtatilishiga yoki uning ish haqi miqdori kamaytirilishiga, sudyaning taʼminoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab boʻlmaydi, ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan hibsga olish chorasi tanlangan hollar bundan mustasno.
72-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan; viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; xoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) yozma ariza bergan taqdirda;
3) sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
8) sogʻligʻi holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.
Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalar malaka hayʼati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, ushbu modda birinchi qismining 1 va 3-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan asoslar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
73-modda. Sudyalarning intizomiy javobgarligi
Sudya:
odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun;
sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek xizmat borasidagi yoki obroʻsiga putur yetkazadigan boshqa xatti-harakati uchun faqat sudyalar malaka hayʼatining qaroriga asosan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.
Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi nizomning 6-bobiga (“Sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi”ga) qarang.
74-modda. Sudyalar malaka hayʼatlari
Sudyalarning malaka hayʼati:
sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash;
sudyaning intizomiy javobgarligi;
sudyaning vakolatlarini toʻxtatish yoki muddatidan ilgari tugatish;
sudyaning daxlsizligini taʼminlash;
sudyani malaka attestatsiyasidan oʻtkazish va unga malaka darajasini berish masalalarini koʻrish;
sudyalar zaxirasini shakllantirish uchun tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining majlislarida besh yil muddatga, harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari esa harbiy sudlar sudyalarining majlislarida ana shu muddatga saylanadi.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga baho berish maqsadida sudyalarning malaka hayʼatlari vaqti-vaqti bilan sudyalarning malaka attestatsiyalarini oʻtkazib turadi.
Sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 323-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9-BOB. SUDYALARNING MODDIY VA IJTIMOIY TAʼMINOTI
75-modda. Sudyalarning moddiy taʼminoti
Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustama haqlardan iborat boʻlib, uning miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudyalarga har yili oʻttiz olti ish kunidan iborat haq toʻlanadigan taʼtil beriladi.
76-modda. Sudyalarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash choralari
Sudyalarning hayoti va sogʻligʻi davlatning maxsus muhofazasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurta qilinadi.
Quyidagi hollarda davlat sugʻurta organlari sugʻurta summalarini toʻlaydi:
sudya ishlayotgan davrida yoki vakolat muddati tugaganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolsa yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yoʻqolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.
Sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi.
Sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga sudya ish haqining ularning hissasiga toʻgʻri keladigan qismi va boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda, majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi.
Sudyaning oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila aʼzolariga toʻlaligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
77-modda. Sud apparati
Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini taʼminlaydi.
Sud apparati xodimlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va Oliy xoʻjalik sudi raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud apparati xodimlariga malaka darajalarini belgilash va ularni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
78-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari tuzilishi va shtat birligining soni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining tuzilishi va shtat birligining soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning) taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlarning shtatlar jadvali tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ zarur hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
79-modda. Sudlarni moliyalash va ularning moddiy-texnika taʼminoti
Sudlarni moliyalash, ularning moddiy-texnika va oʻzga xil taʼminoti, binolarini qoʻriqlash va saqlab turish respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablagʻlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ajratilgan mablagʻlarni taqsimlash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ tomonidan;
harbiy sudlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari uchun — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir sud alohida bino va avtotransport bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xoʻjalik sudining matbuot organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi oʻz matbuot organlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashlari tuziladi. Ularning vazifasiga sud amaliyotida kelib chiqadigan qonun hujjatlarini qoʻllashga doir masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
82-modda. Sudlar muhri
Sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
83-modda. Sudlarda davlat hokimiyati ramzlari
Sud binosi uzra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi, sud majlisi zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
84-modda. Sudyalarning maxsus kiyimi
Sudyalar sud majlisini maxsus kiyimda olib boradilar.
Sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
85-modda. Sudyaning guvohnomasi
Sudyalarga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 10-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2007-y., 29-30-son, 296-modda; 2009-yil, 52-son, 553-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 15-son, 242-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )