Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 24-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3198, 2019-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/3198/4095-son) bilan tasdiqlangan Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“mutaxassis — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi davlat veterinariya inspektorlari yoki Qoʻmita tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari.”.
2. Ilovaning
matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.