1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.07.00 Avtomobil, temir yoʻl va truboprovod transporti boʻyicha xalqaro hamkorlik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-dekabrdagi “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-443-son qarori ijrosini taʼminlash, respublikada “BYD” elektromobillari va gibrid avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish hamda mahalliy avtomobilsozlik mahsulotlari nomenklaturasini yanada kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
1. Quyidagilar:
a) 2022-yil 29-dekabrda “Oʻzavtosanoat” AJ va “BYD Europe B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “BYD Uzbekistan Factory” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻshma korxona) taʼsis etilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Investor oʻrtasida 2023-yil 26-sentabrda “Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasi imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Qoʻshma korxona oʻz zimmasiga quyidagilarni:
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida umumiy qiymati 160 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni, shu jumladan 60 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Investitsiya loyihasining birinchi bosqichida (2024-yil davomida) ishlab chiqarish quvvatini mayda uzelli yigʻish (CKD) usulida 50 ming dona elektromobil va gibrid avtomobilga yetkazish;
Investor ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillar uchun bosqichma-bosqich mahalliy korxonalarda butlovchi va ehtiyot qismlarni, shu jumladan oynalar, oʻrindiqlar, plastik qismlar va bamperlarni mahalliylashtirishga koʻmaklashish;
mahalliy aholi uchun 1000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Investor Qoʻshma korxonaning mablagʻlarini tadqiqotlar olib borish hamda mahalliy xodimlarning malakasini oshirib borishga (shu jumladan xorijdagi “BYD” korxonalarida) yoʻnaltirish yuzasidan majburiyatlarni olganligi;
v) Investorning elektromobillarning mahalliy iqlim va yoʻl sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega boʻlmagani uchun tartibsiz importni cheklash boʻyicha Hukumatga murojaat qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Investor oʻrtasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Bunda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qoʻshish boʻyicha Investor bilan muzokaralar olib borsin va natijasi boʻyicha qoʻshimcha kelishuvni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qoʻshma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar roʻyxatini kengaytirish;
sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini taʼminlash hamda kafolatli servis xizmatini koʻrsatish boʻyicha isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;
barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ 2024-yil 1-iyulga qadar amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkilotining tamoyillaridan kelib chiqib “BYD” brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillar importini tartibga solish boʻyicha Investorning talabini amalga oshirishga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
4. Qoʻshma korxonaning buyurtmanomalariga binoan:
Tashqi ishlar vazirligi — Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishini;
Ichki ishlar vazirligi — Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi birinchi qismining qirq oltinchi xatboshisi.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-mart,
PQ-132-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 07/24/132/0223-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)