toggle_night_mode
Hujjat 18.03.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3078-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/3078/2073-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-fevral,
103-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 2-fevraldagi 103-sonli buyrugʻiga

ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. 134 000 “Budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan transfertlar boʻyicha debitor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. 149 000 “Budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kelib tushmagan hisoblangan daromadlari boʻyicha debitor qarzdorliklari” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushmagan taqsimlanishi lozim boʻlgan Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar boʻyicha debitorlik qarzdorliklar aks ettiriladi hamda mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
3. 26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“301 300 “Hisob-kitoblar markazining depoziti va Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarni jalb etish boʻyicha majburiyatlar” schyoti depozit va Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarning ichki hisob-kitob markazlarida va tegishli gʻaznachilik filiallarida ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltirilishi;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
“271. 301 300 “Hisob-kitoblar markazining depoziti va Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarni jalb etish boʻyicha majburiyatlar” schyoti depozit va Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarni ichki hisob-kitob markazlarida toʻliq aks ettirish, tegishli gʻaznachilik filiallarida ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga mablagʻlarni manbalari tasnifi boʻyicha yoʻnaltirish maqsadida mazkur Standartning 10-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
5. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. 324 000 “Budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan transfertlar boʻyicha kreditor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. 640 000 “Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan olingan transfertlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
7. 49-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“993 100 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tushumining moliyaviy natijalari” subschyoti mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
8. Quyidagi mazmundagi 501-band bilan toʻldirilsin:
“501. 590 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kelib tushmagan hisoblangan daromadlari” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushmagan taqsimlanishi lozim boʻlgan Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar boʻyicha hisoblangan daromadlar aks ettiriladi hamda mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.”.
9. 54-bandning ikkinchi xatboshisi va 55-bandning ikkinchi xatboshisidan “,503 000 “Budjetdan moliyalashtirish”” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 58-bandning ikkinchi xatboshisi, 59-bandning ikkinchi xatboshisi, 61-bandning ikkinchi xatboshisi, 67-bandning ikkinchi xatboshisi, 76-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 281-banddagi “341 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” degan soʻzlar “151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 65-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “520 450” raqamlari “520 160” raqamlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlari tomonidan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasi amalga oshirilganda 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 180 000 “Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xarajatlar” subschyoti (tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda 163 000 “Tayyor mahsulot” subschyoti) kreditlanadi, shuningdek, bir vaqtning oʻzida 151 200 “Budjet tashkilotlarining xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti kreditlanadi.”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“realizatsiya natijasida olingan foyda boʻyicha 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 520 310 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha hisoblangan daromadlari”, 520 320 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlari” yoki 520 490 “Budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlari” subschyotlarning tegishlisining kreditiga oʻtkaziladi;”;
oltinchi xatboshidagi “911 000” raqamlari “911 100” raqamlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlari tomonidan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasi amalga oshirilganda 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 180 000 “Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xarajatlar” subschyoti (tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda 163 000 “Tayyor mahsulot” subschyoti) kreditlanadi, shuningdek, bir vaqtning oʻzida 151 200 “Budjet tashkilotlarining xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti kreditlanadi.”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“realizatsiya natijasida olingan foyda boʻyicha 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 520 310 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha hisoblangan daromadlari”, 520 320 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlari” yoki 520 490 “Budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlari” subschyotlari kreditlanadi;”;
oltinchi xatboshidagi “911 000” raqamlari “911 100” raqamlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “schyotining tegishli subschyotlarida” degan soʻzlar “subschyotida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
14. 88-bandning ikkinchi xatboshisidagi “subschyotlari debetlanadi” degan soʻzlar “subschyotlari kreditlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 95-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Depozitga qoʻyilgan mablagʻlar boʻyicha foiz koʻrinishidagi daromadlarning hisoblanishi 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining debetida va 520 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlari” schyotining tegishli subschyoti kreditida aks ettiriladi. Ushbu foiz koʻrinishidagi daromadlarning kelib tushishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.”.
16. 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“100. 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotida quyidagilar boʻyicha:
xodimlar ish joyida ovqat bilan taʼminlanganligi;
bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bolalar bogʻchalarida) saqlanganligi;
bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitilganligi;
tarbiyalanuvchilar maktab-internatlarda va boshqa taʼlim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi.
Ota-onalar tomonidan toʻlangan mablagʻlarga 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyot kreditlanadi va 102 405 “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar”, 102 406 “Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar”, 102 408 “Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” yoki 102 415 “Boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotlari debetlanadi. Bunda, toʻlovlar naqd pulda budjet tashkilotining kassasiga amalga oshirilganda tegishli kassa bilan bogʻliq oʻtkazmalar beriladi.
Toʻlovlar hisoblanganda esa 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining debetida va 520 100 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha hisoblangan daromadlar” schyotining tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotidan chiqarib olingan taqdirda oldindan toʻlangan summa ota-onalarga qaytarilganda 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining debetiga va pul mablagʻlarini aks ettiruvchi subschyotlarning kreditiga yoziladi. Bir vaqtning oʻzida hisoblangan toʻlovlar farq summasiga storno oʻtkazmasi beriladi.
Analitik hisob har bir tarbiyalanuvchi boʻyicha alohida yuritiladi.
Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilik hujjatlariga koʻra kasalxonalar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan erda umumiy ovqatlanish korxonalari boʻlmagan hollarda ularning xodimlariga toʻlov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan boʻlib ushbu tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi.
Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotning debetiga sarf qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 161 110 “Joriy oziq-ovqat mahsulotlari” subschyot kreditlanadi.
Kreditga xodimlardan ovqat uchun olingan summalar yozib boriladi, bunda tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.”.
17. 111-bandning ikkinchi xatboshisi, 282 va 283-bandlar hamda 315-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “520 200” raqamlari “520 150” raqamlari bilan almashtirilsin.
18. 112-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Budjet tashkilotlari oʻrtasida taqsimlangan mablagʻlar 154 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan debitor qarzlari” subschyotining kreditiga va 102 410 “Vazirliklar va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalari” subschyotining debetiga yoziladi.”.
19. 129-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Quyi budjet tashkilotlari yuqori budjet tashkilotlaridan xomashyo va materiallarni markazlashgan tartibda olganda, 161 000 “Xom ashyo va materiallar” schyotning tegishli subschyotlari debitlanadi va 901 200 “Markazlashgan holda olingan yoki berilgan tovar-moddiy zaxiralar” subschyotining kreditiga hisobga olinadi.”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
20. 131-bandning uchinchi va beshinchi — yettinchi xatboshilari hamda 134-bandning yettinchi xatboshisidagi “750 000 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining” degan soʻzlar “911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. Quyidagi mazmundagi 1331-band bilan toʻldirilsin:
“1331. 170 000 “Tovar-moddiy zaxiralarga xarajatlar” subschyotida tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu subschyotning debetida tovar-moddiy zaxiralarning qiymati aks ettiriladi va 421 100 “Budjet tashkilotlarining mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha uzoq muddatli kreditor qarzlari” yoki 341 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” schyotlarining tegishli subschyotlari kreditlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilishning haqiqiy qiymati boʻyicha 170 000 “Tovar-moddiy zaxiralarga xarajatlar” subschyoti kreditlanadi va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.”.
22. 158-bandining 2-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshilari va 3-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshilari, 185-bandning 1-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshilari va 2-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshilari, 222-bandning 1-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshilari va 2-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshilari hamda 308-bandning birinchi-oltinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “911 000” raqamlari “911 100” raqamlari bilan almashtirilsin.
23. 175-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
24. 253-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“253. 341 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotida quyidagilar boʻyicha:
xodimlar ish joyida ovqat bilan taʼminlanganligi;
bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bolalar bogʻchalarida) saqlanganligi;
bolalarni musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitilganligi;
tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa taʼlim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblardan yuzaga kelgan kreditor qarzlar hisobi va boshqa shu kabi hisob-kitoblar hisobi yuritiladi.
Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bolalar bogʻchalarida) saqlanganligi, bolalarni musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitilganligi, tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa taʼlim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblardan yuzaga kelgan kreditor qarzlar kelgusi hisob-kitoblarda inobatga olinadi.”.
25. Quyidagi mazmundagi 3081-band bilan toʻldirilsin:
“3081. 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotida tayyor mahsulotlar (ishlar, xizmatlar), jumladan, ishlab chiqarish (oʻquv) ustaxonalari, yordamchi qishloq xoʻjalik va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining tayyor mahsulotlari va boshqa mahsulotlarning (ish, xizmatlar) realizatsiyasi hisobga olinadi.
911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining kreditiga mahsulotlar (ish, xizmatlar)ning realizatsiya qilingan summalari yoziladi (oʻzaro tuzilgan shartnoma boʻyicha) va 151 000 “Budjet tashkilotlarining turli hisob-kitoblar boʻyicha debitor qarzlari” schyotining tegishli subschyotlari debetlanadi. Subschyot debetiga esa realizatsiya qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi yoziladi va 163 000 “Tayyor mahsulot” subschyoti kreditlanadi. Agarda, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar realizatsiya qilinayotgan boʻlsa, ularning haqiqiy tannarxi 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 180 000 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Realizatsiya natijalari boʻyicha foyda summasiga 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 520 310 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha hisoblangan daromadlari”, 520 320 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlari” yoki 520 490 “Budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlari” subschyotlari kreditlanadi. Aksincha, zarar summasiga 741 000 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 742 000 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” yoki 750 000 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotlari debetlanadi va 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti kreditlanadi. 911 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti boʻyicha qoldiq qolmaydi.”.
26. 1-ilova:
1) 102 419-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

102

900

Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi aniqlanmagan tushumlar

+

102

901

Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi budjet mablagʻlari boʻyicha aniqlanmagan tushumlar

+

102

902

Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar boʻyicha aniqlanmagan tushumlar

+

;

2) 111 300-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

111

301

Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlarga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

302

Budjet tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

303

Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

306

Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

309

Oʻquv muassasalarida oʻqishdan tushayotgan pul mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

310

Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

314

Taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar (tibbiyot muassasalari uchun) hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

315

Boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti boʻyicha ota-onalar toʻlovi hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

320

Grantlar, insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklash�sh vositalari boʻyicha ajratilgan mablagʻlar hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

111

321

Kredit mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar

+

+

;

3) 133 300-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

134

000

Budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan transfertlar boʻyicha debitor qarzlar

+

134

100

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar boʻyicha debitor qarzlar

+

134

200

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri budjetidan ajratiladigan transfertlar boʻyicha debitor qarzlar

+

;

4) 145 000 — 146 000-qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

145

000

Bojxona qoʻmitasining gʻaznachilikda milliy valyutadagi depozit shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi daromadlar boʻyicha debitor qarzlar

+

146

000

Oʻtgan yilgi debitorlik qarzdorliklar, kamomadlar, tekshiruv natijasiga koʻra toʻlovlar boʻyicha daromadlarning debitor qarzlari

+

+

;

5) 146 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

149

000

Budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kelib tushmagan hisoblangan daromadlari boʻyicha debitor qarzdorliklar

+

149

100

Davlat budjetining kelib tushmagan hisoblangan daromadlari boʻyicha debitor qarzdorliklar

+

149

200

Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kelib tushmagan hisoblangan daromadlari boʻyicha debitor qarzdorliklar

+

;

6) 231 311-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:

231

311

Ishchi hayvonlar amortizatsiyasi

+

;

7) 233 200 — 233 320 va 233 332-qatorlar chiqarib tashlansin;
8) 301 100-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

301

101

Hisob-kitoblar markazining ichki hisob-kitob markazlari bilan davlat budjeti mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari

+

301

102

Hisob-kitoblar markazining ichki hisob-kitob markazlari bilan davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari

+

301

200

Ichki hisob-kitob markazlaridan hisob-kitoblar markazining taqsimlanishi nazarda tutilgan mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari

+

301

201

Ichki hisob-kitob markazlaridan hisob-kitoblar markazining taqsimlanishi nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari

+

301

202

Ichki hisob-kitob markazlaridan hisob-kitoblar markazining taqsimlanishi nazarda tutilgan Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari

+

301

300

Hisob-kitoblar markazining depozit va Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarni jalb etish boʻyicha majburiyatlari

+

301

301

Hisob-kitoblar markazining depozit mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari

+

301

302

Hisob-kitoblar markazining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarni jalb etish boʻyicha majburiyatlari

+

;

9) 301 900-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

301

901

Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi davlat budjetiga aniqlanmagan tushumlar boʻyicha majburiyatlar

+

301

902

Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarga aniqlanmagan tushumlar boʻyicha majburiyatlar

+

;

10) 323 300-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

324

000

Budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan transfertlar boʻyicha kreditor qarzlar

+

324

100

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar boʻyicha kreditor qarzlar

+

324

200

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining ajratiladigan transfertlar boʻyicha kreditor qarzlari

+

;

11) 520 200-qatordagi “520 200” raqamlari “520 150” raqamlari bilan almashtirilsin;
12) 520 150-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

520

160

Budjet tashkilotlari tomonidan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan toʻlovlar boʻyicha hisoblangan daromadlar

+

+

;

13) 520 450-qator chiqarib tashlansin;
14) 550 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

590

000

Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kelib tushmagan hisoblangan daromadlari

+

590

100

Davlat budjetining kelib tushmagan hisoblangan daromadlari

+

590

200

Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kelib tushmagan hisoblangan daromadlari

+

;

15) 630 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

640

000

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan olingan transfertlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar

+

640

100

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan transfertlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar

+

640

200

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan olingan transfertlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar

+

;

16) 911 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:

911

000

Nomoliyaviy aktivlar va mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi

+

;

17) 911 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:

911

100

Nomoliyaviy aktivlar realizatsiyasi

+

911

200

Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi

+

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2024-y., 10/24/3078-4/0221-son)