1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali taʼminlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻtgan davr mobaynida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, davlat soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda ularning vazifalari belgilab berildi.
Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan bugungi davrda jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda davlat organlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligi talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va uning aʼzolari oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla yettiligi” aʼzolari) ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish;
“Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelishi va ishdan ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish;
“Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari va davomat (tabel) hujjatini saqlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Belgilansinki, “Mahalla yettiligi” aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida haq toʻlanadi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga2-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
har bir mahalla fuqarolar yigʻini huzurida mahalla raisi rahbarligida “Mahalla yettiligi”ni tashkil qilish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga “Mahalla yettiligi”ni kiritish;
“Mahalla yettiligi”ning funksiyalari, vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash.
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi “Mahalla yettiligi” toʻgʻrisidagi namunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda ularning faoliyati samarali tashkil etilishiga har tomonlama koʻmaklashish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-mart,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritishni tartibga soladi.
2. Mazkur yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
davomat — muayyan ishda doimiy ishtirok etish yoki qatnashish;
soatbay — ish haqiga nisbatan ishlatiladigan oʻlchov birligi;
“Mahalla yettiligi” — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori aʼzolaridan iborat boʻlgan guruh.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
3. Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla yettiligi” aʼzolari) ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish uchun javobgarlik fuqarolar yigʻini raisi zimmasiga yuklanadi.
Bunda soliq inspektori va ijtimoiy xodimning ishga kelib ketishi boʻyicha davomat tegishliligi boʻyicha tumandagi soliq inspeksiyasi va (yoki) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hamda fuqarolar yigʻini raisi oʻrtasida tuzilgan ishga kelib ketish grafigiga asosan yuritiladi.
Fuqarolar yigʻini raisi lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda, “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan ovozga qoʻyish orqali davomatni (tabelni) yuritish boʻyicha vaqtincha masʼul shaxs tayinlanadi.
4. Fuqarolar yigʻini raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritishga davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mansabdor shaxslarining aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish tartibi
5. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelib ketishini hisobga olish maqsadida har bir fuqarolar yigʻinida ushbu yoʻriqnomaga 1-ilovada keltirilgan tartibda “Xodimlarning ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari” (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish daftari) yuritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
6. Hisobga olish daftari fuqarolar yigʻini raisi tomonidan yuritiladi (toʻldiriladi) hamda varaqlari ip oʻtkazib tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan va soʻrgʻich yoki mastika muhr bilan muhrlangan boʻlishi kerak.
7. Hisobga olish daftarining yuritilishi va saqlanishi hamda unga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun fuqarolar yigʻini raisi javob beradi.
8. Hisobga olish daftarida xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi, ishga kelish va ishdan ketish sanasi, vaqti koʻrsatiladi.
Hisobga olish daftarida koʻrsatilgan maʼlumotlar har bir “Mahalla yettiligi” aʼzosi tomonidan toʻldiriladi va imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. “Mahalla yettiligi” aʼzolari (soliq inspektori va ijtimoiy xodim bundan mustasno) bir ish kuni mobaynida hisobga olish daftarida ikki marta qayd etiladi.
“Mahalla yettiligi” aʼzolari (soliq inspektori va ijtimoiy xodim bundan mustasno) har kuni ishga kelgan zahoti hamda ishdan ketish oldidan hisobga olish daftariga ishga kelish va ishdan ketish vaqti toʻgʻrisidagi yozuvni kiritgan holda imzo bilan tasdiqlaydi.
10. Ish kuni yakunlari boʻyicha hisobga olish daftarining har kuni toʻldirilganligini fuqarolar yigʻini raisi nazorat qilib boradi.
“Mahalla yettiligi” aʼzolari uzrli sabab bilan ishda boʻlmagan taqdirda, sana ustuniga ushbu yoʻriqnomaga 2-ilovada keltirilgan tartibda fuqarolar yigʻini raisi shartli belgilarni qoʻyadi.
Bunda fuqarolar yigʻini raisi shartli belgi qoʻyishdan avval “Mahalla yettiligi” aʼzosining ishga kelmaganlik sababini surishtiradi.
3-bob. Davomatni (tabelni) yuritish tartibi
11. Har oy yakunlari boʻyicha fuqarolar yigʻini raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” aʼzolarining hisobga olish daftaridagi ishga kelishi va ishdan ketishi monitoring qilinadi.
Monitoring tahlillariga koʻra “Mahalla yettiligi” aʼzolarining ishga kelishi va ishdan ketishi boʻyicha davomat (tabel) fuqarolar yigʻini raisi tomonidan ushbu yoʻriqnomaga 3-ilovada keltirilgan shaklda toʻldiriladi.
12. Fuqarolar yigʻini raisi tabelga har bir “Mahalla yettiligi” aʼzosining haqiqatda ishlagan vaqtini mehnat qonunchiligiga muvofiq kiritadi.
13. Fuqarolar yigʻini raisi tabelni toʻldirib boʻlganidan soʻng tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan tabelning koʻchirma nusxasini “Mahalla yettiligi” aʼzolarining mehnatiga ish haqi hisoblash uchun ularning kadrlar bilan ishlash boʻyicha hududiy mutaxassislariga har oyning oxirgi sanasida yuboradi.
4-bob. Hisobga olish daftari va davomatni (tabel) saqlash
14. Fuqarolar yigʻinida hujjatlarning saqlanishi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ish yurituvchisi tomonidan taʼminlanadi. Ish yurituvchi hisobga olish daftari va tabelni fuqarolar yigʻinida saqlaydi.
15. Fuqarolar yigʻinida tabel boʻyicha yigʻmajildlar yuritiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Ushbu yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Xodimlarning ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari
Ishga kelganlik va kelmaganlik toʻgʻrisidagi qaydlar (oyning sanalari boʻyicha)
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
* Profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlash maqsadida maxsus profilaktika tadbirlariga jalb qilinishi mumkin.
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
__________________
fuqarolar yigʻini raisi
________________________
(F.I.O.)
20___ yil “___” _________
“________________” mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelishi va ishdan ketishi boʻyicha
_____/_______son — TABEL
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Lavozimi
Oy kunlari
Ishlandi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
Soatbay
Kun
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Fuqarolar yigʻini majlisi
(fuqarolar vakillarining yigʻilishi)
Taftish komissiyasi
Fuqarolar yigʻinining kengashi
Mahalla yettiligi
Fuqarolar yigʻinining raisi
Huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosar — profilaktika inspektori
Hokim yordamchisi
Xotin-qizlar faoli
Yoshlar yetakchisi
Ijtimoiy xodim
Soliq inspektori
Keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiya
Xotin qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya
Yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi
“Keksalar maslahati” guruhi
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi
Mahalla nazorati guruhi
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya
Ayollar maslahat kengashi
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.”.
2. Fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari toʻgʻrisida namunaviy nizomda:
a) 3-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mahalla yettiligi”;
b) quyidagi mazmundagi 42-bob bilan toʻldirilsin:
“42-bob. “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish
1-§. “Mahalla yettiligi”ning asosiy maqsadi, vazifalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
5832. “Mahalla yettiligi”ning maqsadi mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish uchun safarbar etishdan iborat.
5833. Quyidagilar “Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijrosi taʼminlanishini, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli va ehtiyojlarini oʻrganishda fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashish;
jismoniy shaxslarni “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jismoniy shaxslarga “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish boʻyicha qaror qabul qilish. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar roʻyxati”da keltirilgan ijtimoiy yordam va subsidiyalar ajratish;
fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va bunday vaziyatga tushganlarni ogʻir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan kiritilgan xulosa asosida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yordam berish boʻyicha kollegial qaror qabul qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga tegishli takliflar kiritish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
5834. Mazkur Namunaviy nizomning 4-bandida belgilangan jamoatchilik tuzilmalari qarorlarining tavsiyaviy xususiyatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi qoida “Mahalla yettiligi”ning jismoniy shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish yuzasidan qabul qiladigan qarorlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5835. “Mahalla yettiligi” quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlanganda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy yordam turlarini koʻrsatish va subsidiyalar ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
jismoniy shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish sohasiga bevosita aloqasi boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini “Mahalla yettiligi” faoliyatiga jalb etish.
“Mahalla yettiligi” qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
oʻz faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymaslik;
“Mahalla yettiligi” aʼzolariga ayon boʻlgan shaxsiy hayotga oid maʼlumotlarni oʻzgalarga oshkor qilmaslik.
2-§. “Mahalla yettiligi” tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
5837. “Mahalla yettiligi” tarkibiga 7 nafar aʼzodan iborat boʻlgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori kiritiladi.
“Mahalla yettiligi”ga fuqarolar yigʻini raisi rahbarlik qiladi.
“Mahalla yettiligi” aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
5838. Mahalla raisi:
“Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
“Mahalla yettiligi” aʼzolari oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi;
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari yigʻilishi), fuqarolar yigʻini kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
“Mahalla yettiligi” nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
5839. “Mahalla yettiligi” kotibi vazifasini bajarish mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisiga yuklanadi.
5840. “Mahalla yettiligi” vakolatiga doir masalalar uning majlislarida koʻrib chiqiladi.
“Mahalla yettiligi” majlisining hujjatlarini tayyorlash va aʼzolarini chaqirish vazifasi kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ularga yuklangan vazifalar yuzasidan jismoniy shaxslarni tegishli daftarlarga kiritish, ulardan chiqarish hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish boʻyicha hujjatlarni shakllantirish uchun javobgar hisoblanadi.
“Mahalla yettiligi” kotibi yigʻilishlarning bayonnomasini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
5841. “Mahalla yettiligi”ning yigʻilishi, agar unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, “Mahalla yettiligi”ning yangi yigʻilishi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
5842. “Mahalla yettiligi” yigʻilishining qarori yigʻilishda ishtirok etadigan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, mahalla raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
5843. “Mahalla yettiligi” oʻz faoliyati yuzasidan har oyda mahalla fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻini majlisiga (fuqarolar vakillari yigʻilishiga) hisobot beradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 09/24/137/0220-son)