toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, statistika tizimi salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Jahon banki tomonidan “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga 50 mln AQSH dollaridan oshmaydigan miqdorda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli qarz mablag‘larini ajratish ma’qullanganligi hamda moliyaviy bitim imzolanganligi;
loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining ulushi 13,3 mln AQSH dollarini, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida 7,5 mln AQSH dollarini, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar 5,8 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2024 — 2028-yillar) etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. Quyidagilar:
“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘laridan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘larini qaytarish, foiz va komissiya to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish hamda boshqarish, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ (keyingi o‘rinlarda — ijro etuvchi organ) hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
loyihani amalga oshirish davrida ijro etuvchi organ huzurida alohida bank hisobvarag‘ini ochish huquqiga ega bo‘lgan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan 12 shtat birligidan iborat bo‘lgan Loyihani boshqarish guruhi tashkil etiladi;
ijro etuvchi organ tomonidan Loyihani boshqarish guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘larini qaytarish, foiz va xizmat ko‘rsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi B.S. Hamrayev zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-mart,
113-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga

1-ILOVA

“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
KO‘RSATKICHLARI

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Jami

Moliyalashtirish manbai*, shu jumladan:

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarz mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasining ulushi**

1.

Tovar va xizmatlar

mln AQSH dollari

50,0

50,0

-

2.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish***

7,5

-

7,5

3.

Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar

5,8

-

5,8

Jami

63,3

50,0

13,3

4.

Loyihani amalga oshirish davri

2024 — 2028-yillar

5.

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘larini qaytarish muddati

30 yil

6.

shu jumladan, asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr

5 yil

Izoh. * Zarur hollarda, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar doirasida ushbu loyihada ko‘zda tutilmagan, bir-birini to‘ldiruvchi faoliyat uchun boshqa xalqaro tashkilotlardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga ruxsat etiladi.
** 2024 — 2028-yillarda ro‘yxatga olish tadbirlari va/yoki boshqa turdagi kuzatuvlar va tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga Davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishi mumkin, bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasining ulushi mos ravishda o‘zgaradi.
*** Yakuniy xarajatlar ko‘rsatkichlari Davlat budjeti hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan soliqlardagi o‘zgarishlar va loyihaning xarid rejasidagi o‘zgarishlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga

2-ILOVA

“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘laridan foydalanish
SXEMASI

Komponentlar nomi*

Qarz mablag‘lari

(ming AQSH dollari)

Qarz mablag‘larini qaytarish manbai

1-komponent. Institutsional islohotlar va salohiyatni oshirish

2 300,0

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

1.1-subkomponent — Institutsional islohotlar

460,0

1.2-subkomponent — Inson salohiyati

840,0

1.3-subkomponent — Yashirin iqtisodiyotni baholash metodologiyasini yangilash va baholash

1 000,0

2-komponent. Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish

30 000,0

2.1-subkomponent — Milliy hisoblar va biznesni ro‘yxatga olish

7 000,0

2.2-subkomponent — Farovonlik monitoringi tizimi

1 435,0

2.3-subkomponent — Aholini ro‘yxatga olish

10 000,0

2.4-subkomponent — Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi monitoringi tizimi

6 700,0

2.5-subkomponent — Metodlar, standartlar va registrlar

1 000,0

2-komponent doirasida taqsimlanmagan xarajatlar**

3 865,0

3-komponent. Uskuna va jihozlarni yangilash, statistika ma’lumotlarini tarqatish amaliyotini takomillashtirish

15 700,0

3.1-subkomponent — Ma’lumotlarni qayta ishlash va uskunalar

12 000,0

3.2-subkomponent — Tahlil va tarqatish

1 760,0

3-komponent doirasida taqsimlanmagan xarajatlar**

1 940,0

4-komponent. Loyihani boshqarishni qo‘llab-quvvatlash

2 000,0

Loyihani boshqarish guruhi xarajatlari

1 746,07

4-komponent doirasida taqsimlanmagan xarajatlar**

253,93

Oldingi tahrirga qarang.
* Qarz mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida loyiha bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar doirasida Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda, subkomponentlar va amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, ular bo‘yicha o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan mablag‘lar miqdorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
** Ushbu mablag‘lar Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda, loyiha doirasida qo‘shimcha (ko‘zda tutilmagan) tadbirlarga yo‘naltiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga

3-ILOVA

“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablag‘larini qaytarish, foiz va komissiya to‘lovlarini to‘lashning
PROGNOZ JADVALI

Qarz miqdori

50 mln AQSH dollari

Qarz muddati

30 yil

Imtiyozli davr

5 yil

Foiz stavkasi

1,25 foiz + to‘g‘rilash stavkasi (hisob-kitob bo‘yicha 1,38 foiz)

Xizmat ko‘rsatganlik stavkasi

0,75 foiz + to‘g‘rilash stavkasi (hisob-kitob bo‘yicha 1,44 foiz)

Majburiyat uchun to‘lov

0,50 foiz (o‘zlashtirilmagan qarz miqdoridan)

AQSH dollari

To‘lov davri

Qarz o‘zlashtirilishi

Qarz qoldig‘i

To‘lov miqdori

To‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy mablag‘****

asosiy qarz

foizlar*

xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov**

majburiyatlar uchun komissiya***

23.04.2022

22.06.2022

15.04.2024

12 000 000,00

12 000 000,00

15.08.2024

10 800 000,00

22 800 000,00

55 200,00

57 600,00

524 805,56

637 605,56

15.02.2025

7 000 000,00

29 800 000,00

157 320,00

164 160,00

69 511,11

390 991,11

15.08.2025

10 000 000,00

39 800 000,00

205 620,00

214 560,00

50 780,56

470 960,56

15.02.2026

6 000 000,00

45 800 000,00

274 620,00

286 560,00

26 066,67

587 246,67

15.08.2026

4 200 000,00

50 000 000,00

316 020,00

329 760,00

10 558,33

656 338,33

15.02.2027

50 000 000,00

345 000,00

360 000,00

705 000,00

15.08.2027

49 175 000,00

825 000,00

345 000,00

360 000,00

1 530 000,00

15.02.2028

48 350 000,00

825 000,00

339 307,50

354 060,00

1 518 367,50

15.08.2028

47 525 000,00

825 000,00

333 615,00

348 120,00

1 506 735,00

15.02.2029

46 700 000,00

825 000,00

327 922,50

342 180,00

1 495 102,50

15.08.2029

45 875 000,00

825 000,00

322 230,00

336 240,00

1 483 470,00

15.02.2030

45 050 000,00

825 000,00

316 537,50

330 300,00

1 471 837,50

15.08.2030

44 225 000,00

825 000,00

310 845,00

324 360,00

1 460 205,00

15.02.2031

43 400 000,00

825 000,00

305 152,50

318 420,00

1 448 572,50

15.08.2031

42 575 000,00

825 000,00

299 460,00

312 480,00

1 436 940,00

15.02.2032

41 750 000,00

825 000,00

293 767,50

306 540,00

1 425 307,50

15.08.2032

40 925 000,00

825 000,00

288 075,00

300 600,00

1 413 675,00

15.02.2033

40 100 000,00

825 000,00

282 382,50

294 660,00

1 402 042,50

15.08.2033

39 275 000,00

825 000,00

276 690,00

288 720,00

1 390 410,00

15.02.2034

38 450 000,00

825 000,00

270 997,50

282 780,00

1 378 777,50

15.08.2034

37 625 000,00

825 000,00

265 305,00

276 840,00

1 367 145,00

15.02.2035

36 800 000,00

825 000,00

259 612,50

270 900,00

1 355 512,50

15.08.2035

35 975 000,00

825 000,00

253 920,00

264 960,00

1 343 880,00

15.02.2036

35 150 000,00

825 000,00

248 227,50

259 020,00

1 332 247,50

15.08.2036

34 325 000,00

825 000,00

242 535,00

253 080,00

1 320 615,00

15.02.2037

33 500 000,00

825 000,00

236 842,50

247 140,00

1 308 982,50

15.08.2037

32 675 000,00

825 000,00

231 150,00

241 200,00

1 297 350,00

15.02.2038

31 850 000,00

825 000,00

225 457,50

235 260,00

1 285 717,50

15.08.2038

31 025 000,00

825 000,00

219 765,00

229 320,00

1 274 085,00

15.02.2039

30 200 000,00

825 000,00

214 072,50

223 380,00

1 262 452,50

15.08.2039

29 375 000,00

825 000,00

208 380,00

217 440,00

1 250 820,00

15.02.2040

28 550 000,00

825 000,00

202 687,50

211 500,00

1 239 187,50

15.08.2040

27 725 000,00

825 000,00

196 995,00

205 560,00

1 227 555,00

15.02.2041

26 900 000,00

825 000,00

191 302,50

199 620,00

1 215 922,50

15.08.2041

26 075 000,00

825 000,00

185 610,00

193 680,00

1 204 290,00

15.02.2042

25 250 000,00

825 000,00

179 917,50

187 740,00

1 192 657,50

15.08.2042

24 425 000,00

825 000,00

174 225,00

181 800,00

1 181 025,00

15.02.2043

23 600 000,00

825 000,00

168 532,50

175 860,00

1 169 392,50

15.08.2043

22 775 000,00

825 000,00

162 840,00

169 920,00

1 157 760,00

15.02.2044

21 950 000,00

825 000,00

157 147,50

163 980,00

1 146 127,50

15.08.2044

21 125 000,00

825 000,00

151 455,00

158 040,00

1 134 495,00

15.02.2045

20 300 000,00

825 000,00

145 762,50

152 100,00

1 122 862,50

15.08.2045

19 475 000,00

825 000,00

140 070,00

146 160,00

1 111 230,00

15.02.2046

18 650 000,00

825 000,00

134 377,50

140 220,00

1 099 597,50

15.08.2046

17 825 000,00

825 000,00

128 685,00

134 280,00

1 087 965,00

15.02.2047

17 000 000,00

825 000,00

122 992,50

128 340,00

1 076 332,50

15.08.2047

15 300 000,00

1 700 000,00

117 300,00

122 400,00

1 939 700,00

15.02.2048

13 600 000,00

1 700 000,00

105 570,00

110 160,00

1 915 730,00

15.08.2048

11 900 000,00

1 700 000,00

93 840,00

97 920,00

1 891 760,00

15.02.2049

10 200 000,00

1 700 000,00

82 110,00

85 680,00

1 867 790,00

15.08.2049

8 500 000,00

1 700 000,00

70 380,00

73 440,00

1 843 820,00

15.02.2050

6 800 000,00

1 700 000,00

58 650,00

61 200,00

1 819 850,00

15.08.2050

5 100 000,00

1 700 000,00

46 920,00

48 960,00

1 795 880,00

15.02.2051

3 400 000,00

1 700 000,00

35 190,00

36 720,00

1 771 910,00

15.08.2051

1 700 000,00

1 700 000,00

23 460,00

24 480,00

1 747 940,00

15.02.2052

0,00

1 700 000,00

11 730,00

12 240,00

1 723 970,00

Jami

50 000 000,00

0,00

50 000 000,00

11 358 780,00

11 852 640,00

681 722,23

73 893 142,23

* Majburiyat uchun to‘lov qarz bitimi imzolangandan so‘ng 60 kundan keyin hisoblanadi.
** To‘lov summalari qarzlarning amalda o‘zlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga
4-ILOVA
“O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Muddat

Mas’ul ijrochilar

1.

Loyihaning “Loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi”ni (Project Operational Manual) Jahon banki tartibiga muvofiq ishlab chiqish va e’lon qilish

2024-yil aprel

Statistika agentligi (B. Begalov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

2.

“Loyihani boshqarish guruhi”ni shakllantirish (asosiy mutaxassislarni tanlab olish va tasdiqlash)

2024-yil aprel

Statistika agentligi (B. Begalov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

3.

Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha “Tarmoq jadvali”ni ishlab chiqish va tasdiqlash

2024-yil may

Statistika agentligi (B. Begalov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

4.

Loyiha doirasida tegishli shaxslarning imzolari shakllarini tasdiqlash va Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga taqdim qilish

2024-yil iyun

Statistika agentligi (B. Begalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Karshibayev),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

5.

Loyihani dastlabki bosqichlarida “Loyihani boshqarish guruhi”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida statistika sohasidagi xalqaro ekspert-konsultantni jalb qilish

2024-yil iyul

Statistika agentligi (B. Begalov)

6.

Statistika agentligi rahbariyati raisligidagi tarmoq xarid komissiyasini tasdiqlash

2024-yil iyul

Statistika agentligi (B. Begalov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

(A. Qayumov)

7.

Loyihani O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi investitsiya dasturlariga kiritish

2024 — 2028-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Milliy statistika qo‘mitasi (B. Hamrayev)

8.

Loyihani boshqarish guruhining xarajatlar smetasini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish

Har yili

Milliy statistika qo‘mitasi (B. Hamrayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Karshibayev)

9.

Loyihani amalga oshirish davrida o‘zlashtirishning yillik belgilangan prognoz qiymatlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, budjet va loyiha ko‘rsatkichlari ustidan doimiy nazoratni ta’minlash

Loyihani amalga oshirish davrida

Milliy statistika qo‘mitasi (B. Hamrayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Karshibayev)

10.

Jalb qilingan qarz mablag‘larini Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish

Loyihani amalga oshirish davrida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Karshibayev)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2024-y., 09/24/113/0195-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)