1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakat iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish maqsadida:
1. Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga yillik 14 foiz stavkada jami 100 million AQSh dollari ekvivalentida, shundan AT “Xalq banki”ga 35 million AQSh dollari, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga 35 million AQSh dollari va “Mikrokreditbank”ATBga 30 million AQSh dollari miqdorida kredit resurslari ajratilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank”ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Belgilab qoʻyilsinki, Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda quyidagilarni nazarda tutuvchi xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratiladi:
tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;
xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish;
kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PF-81-son “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
3. Bosh vazir oʻrinbosari Z. Maxkamova Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2024-2025-yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Belgilansinki, Dasturni shakllantirishda va unga kiritilgan loyihalarga mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan kredit ajratishda ustuvorlik “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 650-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari toʻgʻrisidagi nizomning 2-bobi.
4. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya (T. Narbayeva):
bir hafta muddatda Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya tarkibini tasdiqlasin;
mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan Dasturni tasdiqlasin;
har oy yakuni bilan Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiyaning yigʻilishida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi va natijadorligini muhokama qilib borsin.
5. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-mart,
PQ-122-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2024-y., 07/24/122/0193-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)