1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIGʻINING
BUYrugʻi
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING QUVVATI 10 KILOVATTGAChA BOʻLGAN ELEKTR USKUNALARINI ULASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1454-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 7-apreldagi 3-sonli “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kvtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2220, 27.04.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan elektr uskunalarini ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.